2. Iqtisodiy taraqqiyot
3. Ijtimoiy sohaning rivojlanishi
4. Xalq ta'limi, fan va madaniyat
XX asming boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtiso- diy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta o'zgarishlar yuz berdi. 1924- yili Turkiston ASSRning Amudaryo viioyati va Xiva xonligining Xo‘jayli hamda Qo‘ng‘irot tumanlari hududida Qozog‘iston ASSR tarkibida Qoraqalpog‘iston Avtonom viloyati tashkil etildi. U 1930- yildan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932-yilda Qoraqalpog‘iston Avto- nom Respublikasiga aylantirildi.
Qoraqalpoqlar tarixida 1936-yil muhim siyosiy voqealar yili sifatida abadiy qoladi. Chunki, shu yili ular o‘z taqdirlarini Q‘zbekiston SSR tarkibiga kirish bilan belgiladi va o‘z tanlagan yoiining istiqbolli ekanligim ko'rsata oldi.
SSSR tarqalib ketganidan so‘ng mustaqii 0‘zbekiston tarkibi- dagi suveren Qoraqalpogiston Respubhkasi maqotnini oldi. Bu tabi- iy hodisa edi. Chunki, asrlar mobaynida qoraqalpoqlar bilan o'zbek xalqi oitasida do‘stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgan, tur- mush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orolbo‘yi kengliklarida qadimiv o‘zbek va qoraqalpoq ajdodlari birgalikda yashab. mehnat qilishdi. 0‘z!arining mushtarak taraqqiyot yo'ilarini bosib o'tishdi
Qadimiy turkiy qavmning ikki shajarasi yillar mobaynida haqi- qiy og‘a-imchilik fazilatlarini ko'rsatdilar, o'zaro munosabatlarni chuqurlashtirdilar. Bu ikki qavrn ma'naviy-ruhiy yaqinligini belgi- laydigan asosiy omil va madamyatiar rnushtarakligi, ulaming o'zaro yaqinligi edi. Darhaqiqat. tillar yaqinligi dillar yaqinligiga olib kel- di. Madaniyatiar bir-birini boyitdi. Qadimiy madamyat namunalari, umummilliy qadriyatlar, jondosh-u qondosh bo'lgan har ikki mil- iat uchun tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan an'analar shakllandi. Shu asosda iqtisodiy hamkorlik, yagona lqtisodiy makon vujudga keldi.
O'zbekiston tarkibida o'tgan 60 yillik tarix qoraqalpoq xalqi uchun jiddiy o'zgarishlar davri bo'ldi. Madaniy va ma’naviyravnaq san'at va adabiyotdagi yuksalish, qishloq xo‘jaligi va sanoat ish- lab chiqarishidagi katta yutuqlar bevosita qardosh o‘zbek xalqining beg‘araz yordami, og‘alarcha ko‘magi bilan dunyoga keldi.
Qardoshlik va yaqin qo‘shnichilik singari yuksak insoniy fa- zilatlar asrlar sinovidan o‘tib, og‘ir kimlarda eng ishonchli qurol bo‘lib xizmat qildi. Natijada, Sovet hokimiyati yillaridagi ma’muriy- buyruqbozlik usuli, soxta va asossiz milliy siyosat, «ulug‘ og‘a»larga xos soxta va yuzaki «millatparvarlik» bu makon xalqlarining muno- sabatlariga rahna sololmadi.
Qoraqalpoq va o‘zbek xalqi bir necha o‘n yilliklar mobaynida to‘planib qolgan muammolami hal etishda, ijtimoiy-iqtisodiy mu- nosabatlami yanada chuqurlashtirishda o‘z an’analaridan unum- li foydalanish yo‘lini tanladilar. Har ikki xalq taqdiri, istiqboli bir ekanligini, ulami mushtarak orzular, yagona intilish birlashtirib tur- ganligini ochiq-oydin ko‘rsatdilar. Tarixan turli davrlarda turli siyosiy o‘zgarishlar va qiyinchiliklarda toblangan do‘stlik va qardoshlik munosabatlari bunga asos boTdi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, sobiq SSSR davrida milliy masaladagi yuzaki yondashuvlar, balandparvoz shiorlar, asossiz chaqiriqlar faqat «ulug‘ og‘a»lar manfaatiga xizmat qilardi, xolos. Bu shiorlar milliy ravnaq, kichik xalqlaming milliy taraqqiyoti, itti- foqdosh respublikalar xalqlarining milliy ehtiyojlarini qondirishdan uzoq edi. Totalitar davlatchilik paytida birinchi rahbar biron marta ham QoraqalpogTstondan boTmagan, uning xalqi hayoti bilan ta- nishmagan, unga yaqindan yordam bermagan edi.
Yuqoridan amalga oshirilgan bir yoqlama rejalashtirish, kichik xalqlarga boTgan e’tiboming sustligi tufayli QoraqalpogTston sobiq ittifoq tarkibida taraqqiyot darajasi eng past boTgan oTkaga aylandi. Ittifoq hukumatining aybi bilan qiyinchiliklar chuqurlashdi, muam- molar ustiga muammolar to‘plandi. Ekologik h'alokat yuzaga keldi. Amudaryo suvining ifloslanishi va Orol dengizining qurishi bilan bogTiq boTgan jiddiy muammolar paydo boTdi.
To‘planib qolgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraq- qiyot borasidagi muammolar tizimini hal etishda eng adolatli yo‘1 tanlandi: yagona zamin, yagona makon birlashtirib turgan, umumiy taqdirini mushtarak etgan 0‘zbek va Qoraqalpoq xalqlari o‘z taqdir- larini abadiy birlikda ko‘rishdi. Qoraqalpoq xalqi milliy davlatchilik asoslarini qurishda hamda tom ma’nodagi siyosiy va iqtisodiy mus- taqillikka o‘zbek xalqi ko‘magida erishdi va o‘zining porloq kela- jagini yaratishga kirishdi. Uning ulkan orzu-umidi bekam-u ko‘st amalga oshadigan boTdi.
Qoraqalpog‘iston jamoatchiligining 0‘zbekiston tarkibida dav- lat mustaqilligi va respublika maqomining huquqiy asosiga ega bo‘lishga intilishi Prezident Islom Karimov tomonidan qo‘llab- quwatlandi. Natijada 1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining IV sessiyasida «0‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat suve- reniteti to‘g‘risidagi» Deklaratsiyani qabul qildi. Mazkur Deklara- tsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «0‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunda o‘zining huquqiy maqomiga ega bo‘ldi. Unda Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlit- ligi va mustaqilligi to‘la e'tirof etildi. Qonunda Qoraqalpog‘iston va 0‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar teng huquqlilik, ikkito- monlama shartnomalar, bitimlar va boshqa qonun aktlari asosida mustahkamlanishi ko‘rsatib berildi. Har ikki respublika o‘rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar 0‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsi- yasida (70-75-moddalar) o‘z aksini topdi. Natijada ikkitomonlama hurmat asosida qoraqalpoq xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash, mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi roli oshdi. Kelajakka qat’iy ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni yaratishning kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega bo‘ldi.
Bundan tashqari 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek (70-modda) Qoraqalpog‘iston Respublikasi 0‘zbe- kiston Respublikasi tomonidan himoya qilinadi.
Konstitutsiyaning 21-moddasiga asosan Qoraqalpog‘iston Res- publikasi fuqarosi ayni paytda 0‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Bu qoraqalpoq xalqiga 0‘zbekiston xalqlarining barcha huquqlardan foydalanish imkonini beradi. Ulaming haq-huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi.
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Qoraqalpog‘iston Res- publikasi taraqqiyoti uchun qator imkoniyatlar beradi. Masalan, Oliy Majlis va 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida uning hu- quqiy vakilligi mavjud. 86-moddada mustahkamlab qo'yilganidek, 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi o‘rinbosarlaridan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakili bo‘ladi.
Konstitutsiyaning 98-moddasiga binoan Qoraqalpog‘iston Res- publikasi hukumati rahbari lavozimi bo‘yicha 0‘zbekiston Respub- likasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. 107-moddaga binoan esa 0‘zbekiston Respublikasi sud tizimiga Qoraqalpog‘iston Respubli- kasining xuddi shunday huquq organlari kiradi. Sud hujjatlari o‘zbek tili bilan birga qoraqalpoq tilida ham olib boriladi (115-modda).
0‘zbekiston Konstitutsiyasining 71-moddasida belgilab qo‘yil- ganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z Konstitutsiyasiga ega bo‘lmog‘i kerak. Ana shu huquqiy asosga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining XII sessiyasida (1993-yil 9-aprel) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi 0‘zbekiston Res- publikasi Konstitutsiyasiga hech qanday monelik qilmaydi, aksincha uni bosh huquqiy asos sifatida biladi va Qoraqalpog‘iston hududida to‘la amal qilishini ta’minlaydi. 0‘zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog‘istonning butun hududida majburiy ekanligi e'tirof etil- gan.
Qoraqalpoq milliy davlatchiligi o‘z taraqqiyoti tarixida birinchi marta ana shunday insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo‘ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning barcha atributlari- ga ega. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Majlisining 1992-yil 14-dekabrda bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida Qoraqalpog‘iston Davlat bayrog‘i, 1993-yil 9-aprelda bo‘lib o‘tgan XII sessiyasida Davlat tamg‘asi, 1993-yil 4-dekabrda bo‘lib o‘tgan XIV sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan
yil 25-dekabrda Oliy Kengashning 86 deputatdan ibo- rat yangi tarkibi muqobillik asosida saylandi. Ayni paytda parla- ment Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi deb ataladi. Jo‘qarg‘i Kengesning 1995 yil 11 yanvarda, Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Jo‘qarg‘i Kenges Ra- isi, uning o‘rinbosarlari, mandat komissiyasi, 8-qo‘mita raislari va uning a'zolarini sayladi. Ayni paytda deputatlar qo‘mitalar raislari rahbarligida respublika qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar.
Xususan, demokratik jamiyat qurish, erkin bozor munosabat- iarini shakllantirishga mo‘ljailangan muhim qonun va qarorlar qa- bul qilindi. Jo‘qarg‘i Kenges Raisi qoshida doimiy harakatdagi Kengash taslikil qilingan bo‘lib, uning tarkibiga Jo‘qarg‘i Kenges Raisi, rais o‘rinbosarlari, Ministrlar Kengashi raisi, mandat komissi- yasi va qo'mitalar raislari kiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijroiya organi Ministrlar Kenga- shi Insoblanadi. Uning tarkibiga rais, ikkita birinchi o'rinbosar va 4 ta tannoq o‘rinbosarlari kiradi. Shuningdek, ijroiya hokimiyat tarki- bmi Vazirliklar va qator tarmoq qo‘mitalari rahbarlan tashkil etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ministrlar Kengashi Toshkent shahri da 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida o‘zining ish olib boruvchi doimiy vakiliga ega.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan qator jamoat tashkilotlari bu yerda demokratik jarayonlaming tobora qa- ror topayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda Respublika hududida hukumatga qarashli bo‘lmagan qator tashkilotlar, jumladan, «Orol va Amudaryoni himoya qilish uyushmasi» «EKOSAN» «Aralsos», «Sog‘lom avlod uchun» singari bir qator xalqaro tashkilotlaming bo‘limlari ish olib bormoqda.
Ayni vaqtda shuni ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida Qora- qalpog‘istonda qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyatining zamona- viy tizimini vujudga keltirishda dastlabki qadamlar qo‘yilgan bo‘lsa- da, hali bu borada qator muammolar hamon saqlanib qolmoqda.
1997-yil 17-iyul kuni Nukusda bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Res- publikasi Jo‘qarg‘i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasi qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyati faoliyatlarida davom etib kelayot- gan kamchiliklami chuqur tahlil qildi. Xususan, qabul qilingan qo- nun va qarorlami hayotga to‘la tatbiq qilinishida, ijroiya intizomini qaror topdirishda hali jiddiy kamchiliklar borligi qayd qilindi.
Shu bois sessiyada nutq so‘zlar ekan, Prezident I. Karimov «... Har bir boshqaruv tizimi, har bir rahbar organ, awalo o‘z tasarrufida belgilangan, topshirilgan ishlar bilan shug‘ullanishini ta’minlash zarur», - deb ko‘rsatma berdi.
Sessiyada Qoraqalpog‘iston boshqamv tizimida bir qator kam- chiliklar mavjudligi ro‘yirost ko‘rsatib o‘tildi. Jumladan, Jo‘qarg‘i Kenges va Ministrlar Kengashi faoliyatlaridagi bir-birini takrorlash hollari tanqid qilindi. Amaliy faoliyatga xalaqit berayotgan rasmi- yatchilik, hujjatbozlik, bo‘lar-bo‘lmas ma'lumotlar to‘plash kabi nuqsonlar tilga olindi.
Kadrlami tanlash va joy-joyiga qo‘yishdagi rasmiyatchilik va to‘rachilik illatlariga barham berish alohida ta’kidlandi. Jo‘qarg‘i Kenges amalda tarixga aylanib qolgan va o‘tmish sarqiti hisoblan- gan sho‘rolar davridagi «01iy Sovet Prezidiumi» rolini bajarayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Jo‘qarg‘i Kenges qo'mitalari faoliyati o‘z maqomiga va o‘z ol- diga qo‘ygan vazifalarga mos kelmaydi. Jumladan, ular muhokama qilayotgan masalalaming aksariyati ishlab chiqarishga doir muam- molardir. Aksincha, qonunchilik bilan shug‘ullanish, har bir qo‘mita o‘z sohasi bo‘yicha qonunlar tizimini yaratish lozim.
Qonunchilik hokimiyati - Jo‘qarg‘i Kenges o‘z vazifasi, Ijro hokimiyati - Ministrlar kengashi va sud hokimiyatlari o‘z maqomi
doirasida ish olib bormog‘i lozim. Ana shunda haqiqiy demokratik jamiyat shakllanadi.
1991-2008-yillar, aytish mumkinki, Qoraqalpog‘iston davlat- chiligi shakllanish davri bo‘ldi. Ayni paytda bu o‘lkada hozirgi za- mon davlatchiligi ilg‘or tajribalari asosida, 0‘zbekiston davlatining ko‘magi va yordami bilan amaldagi konstitutsiyalar doirasida har to- monlama rivojlanmoqda. Fuqarolik jamiyati tamoyillari tobora chu- qurlashmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |