Olimpiada
. 1993-yilning sentabrida Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining 101-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo‘mitasi to‘la-to‘kis tan olindi. Qo‘mita shu bugungi kungacha xalqaro sport va olimpiya harakatining rivojlanishiga yordam berib kelmoqda. UO‘zbekistonda olimpiya g‘oyalarini targ‘ib qilish, Olimpiya o‘yinlarida respublika vakillari ishtirokini ta’minlash, jahon sportchilari bilan do‘stona aloqalar o‘rnatish va rivojlantirish vazifalari bilan shug‘ullanmoqda.1996-yil yanvarda Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining qaroriga muvofi q, jahon sportini rivojlantirishdagi xizmatlari va olimpiya g‘oyalariga sadoqatiuchun O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Olimpiya Oltin ordeni bilan mukofotlandi. Toshkentda 1996-yil avgustda Olimpiya shon-shuhrati muzeyi tashkil etildi. 2000–2016-yillar oralig‘idagi yozgi Olimpiya va Osiyo o‘yinlarida mamlakatimiz sportchilari muvaffaqiyat bilan ishtirok etishdi. A.Taymazov, M.Ibragimov (erkin kurash), A.Doktorashvili (yunon-rum kurashi), R.Sobirov (dzyudo), O‘.Haydarov, A.Atoyev, B.Sultonov (boks), A. Fokin (sport gimnastikasi), Yekaterina Xilko (gimnastika) kabi sportchilarimiz mamlakatimiz sporti shuhratining xalqaro maydonda yanada oshishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Xususan, erkin kurashchi Artur Taymazov bir necha karra Olimpiya chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan yagona sportchi bo‘ldi. 2016-yilgi Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiada mamlakatimiz tarixidagi eng sermahsul musobaqa bo‘ldi.Ushbu Olimpiadada eng ko‘p medalni bokschilarimiz qo‘lga kiritishdi. Charmqo‘lqop ustalarimizning 7 nafari Riodan medal bilan qaytishga muvaffaq bo‘ldilar. Ular Hasanboy Do‘stmatov,2016-yilgi Olimpiada sovrindorlari
Yodda tuting!
2003-yilda Osiyo Olimpiya kengashining Quvaytda o‘tgan XXII Bosh assambleyasida o‘zbek kurashi Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritildi.
Shahobiddin Zoirov, Fazliddin G‘oyibnazarov (oltin), Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziyev (kumush), Rustam To‘laganov, Murodjon Ahmadaliyev (bronza). Ushbu natija Olimpiadadagi boks musobaqalaridagi eng yuqori natija bo‘ldi. Sportning ushbu turida medal jamg‘arish bo‘yicha ular Kuba, Qozog‘iston va Rossiyadan tashrif buyurgan raqiblarini ortda qoldirib, mazkur sport turida birinchilikka erishdilar. Og‘ir atletikachimiz Ruslan Nuriddinov Olimpiada rekordini qayd etgan holda oltin medal sohibiga aylandi.
Futbol
. Mustaqillik yillarida sportning eng ommaviy turi – futbolga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekistonda ommaviy va professional futbolni yanada rivojlantirish, uning moddiy bazasini mustahkamlash, futbolchilarning yangi avlodini tayyorlash vatarbiyalash, Vatanimiz futbolining xalqaro nufuzini oshirish maqsadida 1993-yilda “O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 1996-yilda “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2006-yilda “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.Dunyoga O‘zbekiston sportchilarining salohiyati va qudratini namoyon etayotgan o‘zbek hakami Ravshan Ermatov O‘zbekiston futbol federatsiyasining xalqaro toifadagi hakami darajasini va 2003-yildan FIFA hakami maqomini olgan. U 2008, 2009, 2010, 2011 va 2014-yillarda besh marotaba Osiyoning
eng yaxshi hakami deb e’tirof etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |