1
Ta'lim muassasalari attestasiya va akkreditasiya davlat attestasiyasidan o‘tkazish
REJA:
1.
O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini attestasiyadan o‘tkazish
mohiyati, mezonlari va texnologiyalari.
2.
Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarini attestasiyadan o‘tkazish mezonlari va
texnologiyalari asosida rasmiylashtiriladigan jadval bandlarini to‘ldirish bo‘yicha
tavsiyalar
3.
Ta'lim muassasasi o‘quvchilari bilim darajalarining davlat ta'lim
standartlarigi muvofiqligi
Tayanch so‘zlar: muassasalari attestasiyasi; akkreditasiya; reyting baholash
tizimi; izlanuvchi; innovasiya
(Yordamchi manbalar: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017
yil 18 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim
sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori,
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi «Umumiy o‘rta ta'limni tashkil etish
to‘g‘risida»gi 140-sonli, 2017 yil 6 apreldagi «Umumiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi
DTSlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 187-sonli qarorlari)
O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini attestasiyadan o‘tkazish mohiyati,
mezonlari va texnologiyalari
Ta'lim muassasalari attestasiyasi Davlat inspeksiyasi tomonidan tashkil etiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi 515-
son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 29-son, 698-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008 yil 14 iyulda 1836son bilan
ro‘yxatga olingan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus
ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligining 2008 yil 12 iyundagi 01-193, 173, 25-son
qarori
bilan tasdiqlangan.
Ta'lim muassasalari attestasiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan keyingi o‘rinlarda DI
deb yuritiladi) tomonidan tashkil etiladi hamda o‘tkaziladi.
Ushbu Yo‘riqnoma talablari jismoniy ѐki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan,
shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni o‘qitish, ularni
tarbiyalash hamda davolash uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tatbiq qilinmaydi.
Attestasiya ta'lim muassasalarida ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha ushbu
Yo‘riqnomada belgilangan texnologiyalar asosida o‘tkaziladi hamda ularning faoliyati
attestasiyadan o‘tkazish mezonlari bo‘yicha baholanadi.
Ta'lim muassasalari attestasiyasi DI tomonidan tuziladigan va O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan attestasiyadan o‘tkazish
jadvali asosida
o‘tkaziladi.
2
Ta'lim muassasalarini attestasiyadan o‘tkazish uchun attestasiya komissiyalari (bundan
keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 21-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston
Respublikasi ta'lim muassasalarini davlat akkreditasiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi
nizomga muvofiq tuziladi.
Akkreditasiya
guvohnomasini
taqdim
etish
shartlari,
maktab
boshqaruvi,
o‘qituvchilarning bilim saviyasi, o‘quv, moddiy-texnika bazasi,
pedagogning kasbiy
salohiyati, maktabdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘quvchining intellektual rivojlanishidagi
o‘rnlari inobotga olinadi.
Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarini attestasiyadan o‘tkazishga tayѐrgarlik ko‘rish va
amalga oshiriladigan ishlar tartibi
Attestasiyadan o‘tkaziladigan ta'lim muassasasi rasmiy ravishda 3 (uch) oy oldin
ogohlantirilishi kerak. Bunda ta'lim muassasasiga
tuman hokimining qarori, T(Sh)XTBning
buyrug‘idan ko‘chirmalar va attestasiyaga oid hujjatlar to‘plami yetkazilgan bo‘lishi shart.
Ta'lim muassasalari attestasiyaga tayѐrgarlik ko‘rish va uni belgilangan muddatda
o‘tkazish uchun attestasiyada o‘rganiladigan hujjatlarni to‘plashi, kerakli jadvallarni
to‘ldirishi, ya'ni ichki nazoratni o‘tkazgan bo‘lishi kerak. Ta'lim muassasasi attestasiya
jaraѐni oldidan ichki nazoratni quyidagi tartibda amalga oshiradi:
a) navbatdan tashqari pedagogika kengashini o‘tkazish;
b)
jamoani
attestasiya o‘tkazilishi
haqidagi
buyruq
bilan
tanishtirish;
v) bo‘limlar uchun mas'ullarni belgilash;
g) attestasiya jaraѐnida o‘rganiladigan jadvallarni to‘liq to‘ldirish
uchun mas'ulni belgilash.
Bo‘limlar bo‘yicha mas'ullarni belgilash
1. Direktorning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari va fanlar bo‘yicha uslub
birlashmalar raislariga:
- ta'lim muassasasidagi ta'lim jaraѐniga davlat ta'lim standartlarining joriy etilganligi;
- ta'lim muassasasi o‘quvchilari bilim darajalarining Davlat ta'lim standartlariga
muvofiqligi
- ta'lim muassasasida o‘quv-uslubiy ishlarning olib borilishi va o‘quvchilarning darslik
hamda uslubiy qo‘llanmalar bilan ta'minlanganligi;
- Ta'lim muassasasida ta'lim jaraѐniga zamonaviy o‘qitish
uslublari va axborot
texnologiyalarining joriy etilganligi.
2. Kadrlar ishi bo‘yicha mas'ulga:
- Ta'lim muassasasi pedagog kadrlari salohiyati.
3. Xo‘jalik ishlari bo‘yicha rahbar o‘rinbosari va hamshiraga:
- Ta'lim muassasasining moddiy-texnik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha davlat
dasturining bajarilganligi.
3
4. Ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari, psixologga:
- Ta'lim muassasasi ma'naviy-ma'rifiy ishlari.
- Ta'lim muassasasidagi o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarining sifati.
5. Monitoring ishlari bo‘yicha mas'ulga:
- Ta'lim muassasasida reyting baholash tizimining qo‘llanish sifati.
6.
Ta'lim muassasasi attestasiyasi belgilangan muddatda komissiya a'zolari va
ekspertlar tomonidan ish taqsimoti asosida o‘tkaziladi.
7.
Ta'lim muassasasi tomonidan ichki nazorat o‘tkazilmagan hollarda
attestasiyadan o‘tkazish jaraѐni kechiktiriladi va muassasa rahbariga tegishli ma'muriy jazo
ko‘rish uchun komissiya tomonidan vakolatli davlat organlariga dalolatnoma topshiriladi.
8.
Ta'lim muassasasining tarbiyalanuvchi va o‘quvchilaridan nazorat ishlari
olinadi. Nazorat ishlari ta'lim muassasasining ta'lim-tarbiya jaraѐniga
xalaqit bermasdan,
mashg‘ulotlar jadvaliga asoslangan holda Komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga
muvofiq olinishi maqsadga muvofiq.
9.
Ta'lim muassasasida attestasiya jaraѐnida tekshiriladigan hujjatlar me'riy
talablari uqtiriladi. Bu jaraѐnda 9 ta bo‘lim va uning jadvallarda berilgan bandlari bo‘yicha
tushuntiriladi.
ESLATMA: Ta'lim muassasalarida nazorat ishlariga jalb qilinadigan sinflar va guruhlar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, O‘zbekiston
Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi xalq
ta'limi vazirligining 2016 yil 9 sentyabrdagi 1836-2 – raqam bilan ruyxatdan o‘tkazilgan 2-
sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini
attestasiyadan o‘tkazish mezonlari va texnologiyalari bo‘yicha yo‘riqnoma» asosida
tanlanadi va nazorat ishlari o‘tkaziladi.