1
Ta'lim muassasalari attestasiya va akkreditasiya davlat attestasiyasidan o‘tkazish
REJA:
1.
O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini attestasiyadan o‘tkazish
mohiyati, mezonlari va texnologiyalari.
2.
Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarini attestasiyadan o‘tkazish mezonlari va
texnologiyalari asosida rasmiylashtiriladigan jadval bandlarini to‘ldirish bo‘yicha
tavsiyalar
3.
Ta'lim muassasasi o‘quvchilari bilim darajalarining davlat ta'lim
standartlarigi muvofiqligi
Tayanch so‘zlar: muassasalari attestasiyasi; akkreditasiya; reyting baholash
tizimi; izlanuvchi; innovasiya
(Yordamchi manbalar: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017
yil 18 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim
sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori,
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi «Umumiy o‘rta ta'limni tashkil etish
to‘g‘risida»gi 140-sonli, 2017 yil 6 apreldagi «Umumiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi
DTSlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 187-sonli qarorlari)
O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarini attestasiyadan o‘tkazish mohiyati,
mezonlari va texnologiyalari
Ta'lim muassasalari attestasiyasi Davlat inspeksiyasi tomonidan tashkil etiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi 515-
son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 29-son, 698-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008 yil 14 iyulda 1836son bilan
ro‘yxatga olingan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus
ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligining 2008 yil 12 iyundagi 01-193, 173, 25-son qarori
bilan tasdiqlangan.
Ta'lim muassasalari attestasiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan keyingi o‘rinlarda DI
deb yuritiladi) tomonidan tashkil etiladi hamda o‘tkaziladi.
Ushbu Yo‘riqnoma talablari jismoniy ѐki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan,
shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni o‘qitish, ularni
tarbiyalash hamda davolash uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga tatbiq qilinmaydi.
Attestasiya ta'lim muassasalarida ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha ushbu
Yo‘riqnomada belgilangan texnologiyalar asosida o‘tkaziladi hamda ularning faoliyati
attestasiyadan o‘tkazish mezonlari bo‘yicha baholanadi.
Ta'lim muassasalari attestasiyasi DI tomonidan tuziladigan va O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan attestasiyadan o‘tkazish jadvali asosida
o‘tkaziladi.