boshqaruvining huquqiy-me'ѐriy va idoraviy me'ѐriy hujjatlar bilan ta'minlanishi
ahvoliga oid jadvallar alohida talablar asosida to‘ldirilishi va rasmiylashtirilishi lozim.
Chunki, har bir huquqiy–me'ѐriy hujjatning ijrosini ta'minlash maqsadidan kelib
chiqqan holda ta'lim muassasasida hujjatlarda belgilangan vazifalarning ijrosi
bo‘yicha ko‘rilgan amaliy choratadbirlarning to‘laqonli bajarilishi nazoratga olingan,
ijro intizomiga qat'iy amal qilinganligi, shuningdek, hujjatlar ijrosi bo‘yicha yig‘ma
jildlarning rasmiylashishi holatiga baho beriladi. Ta'lim muassasalari boshqaruvining
huquqiy-me'ѐriy va idoraviy me'ѐriy hujjatlariga tegishli bo‘lim o‘rnatilgan tartibda
to‘ldirilgan jadvallar asosida baholanadi va bajarilish sifatining foizi aniqlanadi.
Ta'lim muassasasi Ustavi, Pasporti, ichki mehnat tartibi qoidalari, rahbar tomonidan
muassasani qabul qilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma, yangi o‘quv yiliga tayѐrgarlik sifati
haqidagi dalolatnoma, oldingi attestasiya materiallari va akkreditasiyadan o‘tganligi
8
haqidagi hujjatlar, ta'lim muassasasining istiqbol rejasi, ta'lim muassasasiga kelgan va ketgan
hujjatlarni va monitoring natijalarini qayd etish daftarlari hamda ular ijrosining sifati
baholanadi.
Ta'lim muassasasi Ustavi (1-satr) - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2017 yil 15 martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilishi va Ustav - 1) umumiy
qoidalar, 2) maktabning maqsad va vazifalari, 3) maktab ta'lim-tarbiya jaraѐnining mazmuni
va uni tashkil etish, 4) o‘quvchilarning huquq va burchlari, 5) maktab pedagog xodimlari, 6)
maktabni boshqarish, 7) ota-onalar ѐki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari,
majburiyat va mas'uliyatlari, 8) maktabning moddiy va moliyaviy xo‘jalik ta'minoti, 9)
maktabning xalqaro hamkorlik faoliyati bo‘limlaridan iborat. Ustavning to‘g‘ri
rasmiylashtirilganligini o‘rganishda ta'lim muassasasi pedagogik kengashida muhokama
qilinganligi va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash uchun tavsiya etish haqida qaror qabul
qilinganligiga, tuman(shahar) ta'lim muassasalari faoliyatini ta'minlash va tashkil etish
bo‘limi buyrug‘i bilan tasdiqlangan va mudir tomonidan (imzo va muhr bilan) rasmiylashgan
bo‘lishi, mahalliy davlat hokimiyati tomonidan ro‘yxatga olinganligi (tegishli raqam va muhr
bo‘lishi shart), Ustavga o‘zgartirish kiritilsa, kiritilgan o‘zgartirishni rasmiylashtirish
yangidan amalga oshirilganligi o‘rganiladi va baholanadi.
Ta'lim muassasasining texnik pasportida (2-satr) qurilish me'ѐrlari va qoidalari,
sanitariya me'ѐrlari, tarbiyalanuvchilar sog‘ligi muhofazasi, ta'lim-tarbiya jaraѐnining va
guruh xonalarining minimal ta'minoti bo‘yicha davlat talablari ko‘rsatilishi kerak. Ushbu
hujjat tuman(shahar) ta'lim muassasalari faoliyatini ta'minlash va tashkil etish bo‘lim mudiri
tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Ichki mehnat tartib-qoidalarida (3-satr) har bir xodimning ish tartibi, ishga kelish-ketish
vaqti ѐzilgan va tasdiqlangan bo‘lishi hamda ta'lim muassasasidagi tartib-qoidalar aks etishi
lozim. Ishga yangi kelgan har bir xodim ichki mehnat tartib-qoidasi bilan tanishtiriladi va
tanishganligi to‘g‘risida qayd qilinadigan daftar tutilib, unga tanishgan sanasi va imzosi
qo‘yiladi.
Muassasani qabul qilish haqidagi dalolatnoma (4-satr)Ta'lim muassasasi rahbari
o‘zgarganda ta'lim muassasasiga tegishli moddiymoliyaviy ashѐlarni, xalq ta'limi boshqaruv
organlarining mas'ul vakillari tomonidan ixtiѐriy ravishda tuzilgan, sobiq rahbar ishtirokida
muassasani dalolatnoma asosida ikkinchi rahbarga topshiradi.
Dalolatnomaga topshirilaѐtgan narsalar ro‘yxati ilova qilinadi. Ushbu hujjat ta'lim
muassasasida doimiy saqlanadi.
Ta'lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayѐrgarlik to‘g‘risidagi dalolatnomasi (5-
satr) har o‘quv yili boshida (iyul-avgust oyida) tuziladi va tuman hokimi o‘rinbosari,
tuman(shahar) ta'lim muassasalari faoliyatini ta'minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri,
tuman gaz ta'minoti korxonasi raisi, tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari va tuman
ѐng‘indan muhofaza qilish bo‘limi rahbarlari tomonidan imzolanadi.
Umumiy o‘rta ta'lim muassasasining attestasiyadan o‘tganligi va akkreditasiya
qilinganligi to‘g‘risidagi hujjatlari (6satr) Bunda ta'lim muassasasining attestasiyadan o‘tgan
yili, akkreditasiya qilinganganligi haqidagi sertifikat raqami, berilgan yili haqidagi
9
ma'lumotlar kiritiladi. Ushbu sertifikat ta'lim muassasasida saqlanadi.a gar muassasa
attestasiyadan o‘tmagan, akkreditasiya qilinmagan bo‘lsa «mos emas» deb baholanadi.
Ta'lim muassasasining istiqbol rejasi (7-satr) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2004 yil 21 maydagi «2004-2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy
dasturi to‘g‘risida»gi PF-3431 Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib tuzilganligi,
unda ta'lim muassasasining binosi va qo‘shimcha imoratlarining holatini yaxshilash,
zamonaviy o‘quv va o‘quv-laboratoriya uskunalari, komp'yuter texnikasi, darsliklar va
o‘quv-uslubiy materiallar bilan jihozlash, malakali pedagoglar bilan ta'minlash, ularning
malakasini oshirish va mehnatini rag‘batlantirish, sport bazasini mustahkamlash va
rivojlantirish ishlarining amalga oshirilgani haqidagi ma'lumotlar to‘liq kiritiladi.
Ta'lim muassasasida kelgan va ketgan hujjatlar(8-satr) (buyruq, xat, ko‘rsatma va
boshqalar)ning nazoratga olinganligi, hujjatlarning maxsus daftarlarga qayd etilganligi,
belgilangan vazifalarning bajarilish muddati, ijrosi uchun mas'ul tayinlanganligi,
bajarilganlik belgisi nazoratga olinganligi, kelgan va ketgan hujjatlarni qayd etish daftari
sahifalari raqamlangani, tikilgani, ta'lim muassasasi rahbari tomonidan imzolanib va
muhrlangani, olingan buyruqlar soni, daftar talabga javob beradi ѐki yo‘qligi haqidagi
ma'lumotlar ѐzilib, baholandi.
Monitoring natijalarini qayd etish daftari (9-satr) ning sahifalari tikiladi, raqamlanadi va
ta'lim muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi. Daftarga qayd etilgan tekshirishlar ko‘rsatiladi.
(1.8-jadval).Ta'lim muassasasi o‘quv-pedagogik hujjatlarining rasmiylashtirilishi va
yuritilishi
Ta'lim muassasasi pedagogika kengashi baѐnnomalari daftari (1-satr) da pedagogika
kengash (keyingi o‘rinlarda-Kengash) kun tartibiga kiritilgan masala muhokamasining
borishi, mazkur kengash baѐnnomalari aniq, ozoda, ravon husnixat bilan ѐzilganligi,
daftarning har bir sahifasi raqamlangan, tikilgan, T(Sh)XTB rahbari tomonidan yakuniy
betga ip uchi va alohida qog‘oz yelimlanganligi, betlar soni yelimlangan qog‘ozga raqam
hamda so‘zda ѐzilganligi, rahbarning imzo qo‘yganligi va muhrlanganligi, Kengash
faoliyatini tashkil etish va ish mazmuni -Kengash O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi
vazirligi (keyingi o‘rinlarda - XTV)ning 2011 yil 7 iyuldagi 144-sonli buyrug‘i bilan
tasdiqlangan Nizomga muvofiq tashkil etiladi. Yuritilishi bo‘yicha ustunga kengash hujjatlari
(1) ish reja; 2) Kengash baѐnnomalari daftari; 3) Kengash kun tartibida muhokama qilingan
materiallari; 4) Kengashning yillik hisobotidan iborat bo‘ladi) asosida muassasaning
attestasiyadan o‘taѐtgan kunigacha bo‘lgan davrdagi ma'lumotlar tahlili qiritiladi.
Ta'lim muassasalaridagi buyruqlar daftari (2-satr) – bitta va undan ko‘p bo‘ladi.
Birinchisida o‘quvchilarga taalluqli buyruqlar, ikkinchisida kadrlar haqidagi buyruqlar,
uchinchisida ishlab chiqarish jaraѐniga oid buyruqlar ѐziladi.
Birinchi buyruqlardaftarida o‘quv yili boshida (10-15 sentyabrdan kechikmasdan)
o‘quvchilarni birinchi sinfga qabul qilish va sinflarga taqsimlash, o‘quvchilarni navbatdagi
sinfga qabul qilish, 20 sentyabrgacha kuni uzaytirilgan guruhlarni komplektlash haqida, 10-
15 sentyabrdan kechikmasdan o‘quvchilarning sinflar bo‘yicha taqsimlanishi, o‘quv yili
davomida ta'lim muassasasidan ketgan ѐki kelgan o‘quvchilar (bir haftadan kechikmasdan)
haqidagi buyruqlar ѐziladi (har bir o‘quvchiga alohida).
10
Do'stlaringiz bilan baham: |