Reja: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati. Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati


Ma’ruzaning tahlili uni quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab olganligini ko‘rsatmoqda



Download 70 Kb.
bet2/4
Sana13.07.2022
Hajmi70 Kb.
#791010
1   2   3   4
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklarining kafolati

Ma’ruzaning tahlili uni quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab olganligini ko‘rsatmoqda.

  1. Konstitutsiyaviy prinsiplarning samarali tatbiq etilishini ta’minlash;

  2. Inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligini so‘zsiz ta’minlash;

  3. Qonun ustuvorligini ta’minlash va adolatli sud tizimini shakllantirish;

  4. Davlat iqtisodiy faoliyati, tadbirkorlik erkinligi, xususiy mulk daxlsizligi kafolatini ta’minlash;

  5. Fuqarolarimizning ijtimoiy va madaniy huquqlarini ta’minlash;

  6. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish.

Konstitutsiyaviy - huquqiy normalar yordamida inson, jamiyat va davlat hokimiyatini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi. Konstitutsiyaviy huquq normalari inson, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi va ta’minlaydi. Bundagi ustuvor yo‘nalishlarni va oliy qadriyatlarni aniqlaydi va Konstitutsiyaviy amaliyotni belgilab beradi.
Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining birinchi bo‘limida asosiy prinsiplar e’lon qilingan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

  1. Davlat suvereniteti

  2. Xalq hokimiyatchiligi

  3. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi

  4. Tashqi siyosat.

1. Davlat suvereniteti tushunchasi va mohiyati
"Suverenitet" atamasi ilk bor Fransiyada (XVI) vujudga kelgan. Bu atama lotincha so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, aslida "eng oliy", "oliy hokimiyat" degan ma’noni anglatadi.
Suverenitet har qanday mustaqil davlatning umumiy va ajralmas belgisi bo‘lib, uning to‘la huquqliligini hamda ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatga qaram emasligini anglatadi.
Suveren davlat o‘z ichki va tashqi ishlarini boshqa davlatlarning huquqlarini, shuningdek xalqaro huquq prinsiplari va normalarini buzmagan holda, o‘zi xohlagancha hal qiladi.
Asosiy Qonunning 5-moddasida "O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari – bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega deb ko‘rsatilgan.
Davlat ramzlari - bayroq, gerb madhiya O‘zbekiston xalqining shonsharafi, g‘ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Mana shu ramzlarni e’zozlash - o‘zining qadr-qimmatini, o‘z mamlakatiga va shaxsan o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash demakdir.
“O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan. "O‘zbekistonning davlat bayrog‘i mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayrog‘iga xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublikaning bugungi tabiatiga muvofiq keladigan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi o‘zligini ham aks ettiradi.
Bayroqdagi yarim oy - o‘zbek xalqining ko‘p asrlik an’analariga muvofiq keladi. Chunonchi, yarim oy va yulduzlar musaffo osmonning, tinchlikning ramzidir. O‘n ikki raqami - qadimdan xalqlarimiz orasida mukammallik timsoli bo‘lib kelgan. Shu boisdan ham bayrog‘imizga o‘n ikki yulduzning tasviri tushiriladi. Davlat bayrog‘i bizning ko‘hna o‘tmishimiz, bizning bugungi kunimiz va buyuk kelajagimizning ramzidir.
1992 yilning 2 iyulida O‘zbekistonning davlat gerbi to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan.
1992 yilning 10 dekabrida O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi tasdiqlangan. Davlat madhiyasining she’rini Abdulla Oripov yozgan, musiqasini esa Mutal Burhonov bastalagan.

Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish