Kirish zanjirlarining tahlili
Kirish zanjirlarini tahlil qilish – bu ularning xarakteristik parametrlarini topish demakdir. Buning uchun avvaliga ularning ekvivalent sxemalari tuziladi. So‘ngra esa ularni mumkin qadar soddalashtiriladi. Kirish zanjirlarini umumlashgan ekvivalent sxemasini tuzishda antennaning ekvivalent sxemasidan xam foydalaniladi. CHunki kirish zanjiri antenna bilan ma’lum elementlar orqali doimo bog‘langan bo‘ladi.
SHu sabab, umumlashgan ekvvivalent sxemani tuzishdan oldin antennani ekvivalent sxemasini tuzish va unga kerakli bo‘lgan ifodalarni yozish kerak bo‘ladi.
6.4-rasmda antennaning ekvivalent sxemasi ko‘rsatilgan.
Sxemadagi ifoda EA quyidagicha topiladi:
EA = htE (6.8)
bu erda. ht – antennaning ishchi balandligi,
E - qabul qilinayotgan radiosignalning kuchlanganligi,
ZA - antenna chiqishidagi to‘la qarshilik,
IA - antenna toki.
Kirish zanjirining umumlashgan ekvivalent sxemasini tuzilayotganтpaytda, odatda antennaning parallel ekvivalent sxemasi (6.4,b-rasm) dan foydalaniladi va u sxemani kirish zanjirining ekvivalent sxemasiga chala ulash koeffitsienti ko‘rinishida ulanadi. Ulash koeffitsienti quyidagicha topiladi.
m = U1/Ukon (6.15).
Bu erda:
U1 - signal manbasining kuchlanishi,
Ukon - tebranma konturning kuchlanishi. Bu koeffitsienti antennaning kirish zanjiri bilan aloqa darajasini ko‘rsatadi.
6.4- rasm.
Yuqorida zikr etilganlarni hisobga olinsa kirish zanjirining umumlashgan ekvivalent sxemasi quyidagi 6.5-rasmda ko‘rsatilganidek bo‘ladi.
6.5- rasm.
Sxemada, kirish zanjirining o‘zidan keyingi kaskadning kirish o‘tkazuvchanligi quyidagicha teng bo‘ladi:
Uk = G2 + jωS2 (6.16)
ga teng deb olindi.
m2 = U2 /Ukon (6.17).
Bu erda, U2 - kirish zanjirining chiqishidagi kuchlanish bo‘lib, uni keyingi zanjirning kirish kuchlanishi deb ham qarash mumkin.
Faraz qilaylik, kirish zanjirining antenna bilan o‘zaro bog‘lanishi tashqi sig‘im orqali amalga oshayotgan bo‘lsin. Bu holda elektrik va radiotexnik zanjirlar nazariyasiga asosan
ra = 0; Xa = 1/ωCa; m1 = m2 = 1 (6.18)
bo‘ladi. Ichki sig‘im aloqali kirish zanjirlari uchun esa,
ra = 1/ω2Ca2R2; Xa = ω2Ca2R2/(1 + Ca2R2)
m1 = C/(C + Ca); m2 = 1 (6.19)
Bo‘ladi. Induktiv aloqali kirish zanjirlari uchun bu parametrlar
ra = ria; Xa = ωLa; m1 = M/L; m2 = 1 (6.20)
ga teng bo‘ladi.
Bu erda M – induktiv bog‘lovchi elementi va tebranish konturidagi induktiv g‘altaklari orasidagi o‘zaro induktiv koeffitsientdir.
Nihoyat kirish zanjirining antenna bilan avtotransformator orqali bog‘langan bo‘lsa, yuqorida zikr etilgan parametrlarni quyidagicha yozish mumkin, ya’ni:
m1= (L1+ M1)/L
ra = 0; Xa=0 (6.21)
m2= (L2+ M2)/L
.
Bu erda, va lar tebranish kontur g‘altagining hamda antennani o‘zidan keyingi keladigan zanjir bilan ulanishlariga tegishli bo‘lgan qismchalarining induktivligi. Va lar esa tegishlicha o‘zaro induktiv koeffitsientlardir.
Odatda, tebranma konturni, sig‘im yordamida sozlanadi. Lekin konturni sozlanayotgan paytida konturga o‘z ta’sirini ko‘rsatayotgan tashqi reaktiv o‘tkazuvchanlik b va ωC2 larni xam hisobga olish kerak bo‘ladi. Bu aytilgan fikrni e’tiborga oladigan bo‘lsak kirish zanjirining umumlashgan ekvivalent sxemasi 6.6-rasmda ko‘rsatilgan sxemadek soddalashib qoladi.
6.6 – rasm. Sxemadagi tebranma konturning ekvivalent sxemasi quyidagicha topiladi:
ωSe = m12b1 + m2 2ωS2 + ωS (6.22).
6.6-rasmda ko‘rsatilgan ekvivalent sxemani yanada soddalashtirish mumkin. Buning uchun yukning o‘tkazuvchanligini ga teng deb faraz qilinib, sxemadagi elementlarni bir-birlari bilan o‘zaro parallel ulanadi. Bu jarayon bajarilsa sxemaning ko‘rinishi 6.7-rasmda ko‘rsatilgan sxema ko‘rinishiga kelib qoladi.
6.7-rasm.
Bu sxemaga asosan:
U2=Uchiq =m1EA/(m2ZA(m12G1/m22+g/m22+G2)) (6.23)
ga teng buladi.
Tenglama (6.1) va (6.3) larga asosan kirish zanjirining kuchlanish bo‘yicha uzatish koeffitsienti quyidagiga teng bo‘ladi;
K0= m1m2/ZA.( m12G1+g+m22G2)=m1m/ZAGe (6.24).
Bu erda,
Ge = m12 G1 + g + m22 G2 (6.25)
ifoda orqali topiladi. Bu ifodadagi Ge tashqi o‘tkazuvchanlik G1 va G2 larning ta’sirini hisobga olingan paytdagi konturning ekvivalent o‘tkazuvchanligi.
Kirish zanjirining tanlovchanlik xossasiga kelganda uni so‘nish koeffitsienti δ-ga teng bo‘lgan tebranma konturning rezonans xarakteristikasi orqali aniqlanadi deb so‘z yuritgan edik. Konturning so‘nish koeffitsienti uning xarakteristik qarshiligi bilan quyidagicha bog‘langan bo‘ladi. δ = ρ · g (6.26).
Do'stlaringiz bilan baham: |