kerak. Kunlik ratsiondagi yog' miqdorining energetik qiymati yosh bolalarda 40-
50%, maktab yoshidagilarda 30% ni tashkil qilishi lozim. Yog‘ miqdorining ovqatda
ko‘payib ketishi moddalar almashinuvini izdan chiqarib, o‘sishga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Uglevodlarning ahamiyati.
Uglevodlarning fiziologik ahamiyati ularning
energetik xususiyati bilan aniqlanadi. Har qanday fiziologik holatda uglevodlarga
bo‘lgan ehtiyoj ko'proq. Uglevodlar hujayra va to‘qima tarkibida bo‘lib, plastik va
kuch rolini bajaradi. Hujayralar va to‘qimalararo moddalar murakkab uglevodlardan
iborat. Miya yarim sharlarining to‘g‘ri
vazifa bajarishi, muskul ishi, jigar va
buyrakda boruvchi murakkab reaksiyalar uglevodlar hisobiga amalga oshadi. Qisqa
vaqt ichida oz miqdorda qon tarkibidagi glyukoza miqdormmg o‘zgarishi nerv
sistemasiga bog’liq bo‘lgan organizmdagi bir qancha funksiyali buzilish bilan
namoyon bo‘ladi. Uglevodlar organizmda turli ko'rinishda oddiy
monosaxaridlar,
disaxarid, polisaxarid, erkm holatda, qolaversa lipid,
mikroelementlar va oqsillar
bilan murakkab komplekslar hosil qilgan holda uchraydi.
Jadval
Bolalar va o‘smirlarning vitaminlarga bo‘lgan kundalik ehtiyoji, mg
Yoshi
A-retinol
B
1
-
tiamin
B
2
-
riboflamin
PP-
niasin
C-askorbin
k-tasi
D-
kalseferol
1 yosh
0,4 (400
ME)
0,5
0,6
7
40
0,4 (400
ME)
1-3 yosh
0,4 (400
ME)
0,8
0,9
10
45
0,4 (400
ME)
4-6 yosh
0,5 (500
ME)
1,0
1,3
12
50
0,1 (100
ME)
7-10 yosh
0,7 (700
ME)
1,4
1,6
15
60
0,1 (100
ME)
11-13 yosh 1.0 (1000
ME)
1,6
1,9
18
70
0,1 (100
ME)
14-17 yosh
(qizlar)
1.0 (1000
ME)
1,6
1,8
17
65
0,1 (100
ME)
14-17 yosh
(yigitlar)
1.0 (1000
ME)
1,7
2,0
19
76
0,1 (100
ME)
M E - xalqaro o’lchov birligi.
Uglevodlar jigar va muskullarda glikogen turda to'plam hosil qiladi. Glikogen
polisaxaridlarga kiradi.
Disaxaridlar
va
polisaxaridlar
ichakda
monosaxaridlarning
oddiy
birikmalariga qadar parchalanadi va qonga so‘riladi. Ular darvoza vena bo'ylab
jigarga tushadi, bu yerga glyukozadan glikogenga sintezlanadi va oqibat-natijada
moddalar almashinuvida qatnashadi.
Bir kunda sarflangan energiyaning yarmidan ko‘pi uglevodlar hisobiga
qoplanadi. Organizm uglevodlarga ayniqsa muskul ishi paytida ehtiyoj sezadi.
Uglevodlar tana, yurak muskuli, shuningdek samarali
aqliy mehnat uchun zarur
bo‘ladi. Ovqatlanish to‘g‘ri tashkil qilinganda sutka mobaynida o‘smir 438-500
gramm uglevod olishi kerak.
O‘simlik mahsulotlarining kletchatkasi ham uglevodlar qatoriga kiradi.
Kletchatka ovqat hazm bo‘lishiga yordam beradi. U ichak devorini mexanik
ravishda ta’sirlab, ichak harakatini qo‘zg‘atadi va bu bilan ovqat massasining ichak
kanali bo‘ylab so‘rilishiga yordam beradi. Odam ichagida kletchatkani
maydalaydigan fergmentlar bo‘lmaydi, shuning uchun kletchatka organizmga kam
singadi va uning energiya manbai sifatida ahamiyati bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: