Reja: Og’iz bo’shlig’ida, me’da va ichakda ovqat hazm bo’lishining xususiyatlari


Moddalar va energiya almashinuvining yosh xususiyatlari



Download 477,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/34
Sana19.03.2022
Hajmi477,26 Kb.
#501228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
3-MA’RUZA Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari va ovqatlanish gigienasi. Qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi. Ayiruv va nafas tizimlarining yosh xususiy

Moddalar va energiya almashinuvining yosh xususiyatlari. 
Ovqatlanish
- energiya sarfini qoplash, hujayralar va to'qimalarni tuzish va 
yangilash, organizm funksiyalarini idora qilish uchun organizmga zarur oziq-ovqat 
moddalarning kirishi, hazm bo’lishi, so‘rilishi va singishi jarayonlarining 
yigindisidir. Almashinuv jarayonlariga hazm yo’llarida singigandan keyin so‘rilgan 
ovqatning tarkibiy qismlarigina qo‘shilishi mumkin. Zarur miqdordagi oqsillar, 


yog’ar, uglevodlar, vitaminlar, biogen moddalar va suv kerakli nisbatda organizm 
ga kiritilgan taqdirdagina ovqatlanish organizmning normal hayot faoliyatini 
ta’minlaydi.
Bolalarda moddalar almashinuvi murakkab jarayon bo’lib, uning o‘zgarishi 
organizmda bir vaqtda bir-biriga qarama-qarshi bo’ladi. Assimilyatsiya 
organizmdagi sintezga bog’liq bo’lgan barcha hodisalarni birlashtirib, o‘sish va 
rivojlanish, organizmni hayot uchun zarur bo’lgan moddalar bilan ta’minlash va 
ularni sarflash bilan ifodalanadi. Dissimilyatsiya moddalaming parchalanishi va 
oksidlanishi, hamda ularni organizmdan ajratib chiqaruvchi jarayondir. 
Assimilyatsiya jarayoni organizmdagi o‘sish va rivojlanish qonunlarini ifodalaydi. 
Masalan, bolaUk davrida oqsilga bo’lgan talab katta yoshdagi organizmga nisbatan 
ko‘proq bo’ladi. Bolalarda asosiy moddalar almashinuvi miqdori kattalarga nisbatan 
1,5-2 barobar ko‘pdir. Asosiy moddalar almashinuvining nisbiy miqdori turli yoshda 
1 kg/kkal tana vazniga:
2-3 yoshda 55,
6-7 yoshda 42,
10-13 yoshda 34,
kattalarda 24 ni tashkil qiladi.
Bolalik va o‘smirlik davrida kuch sarflanishi quyidagicha ifodalanadi:
1-5 yoshdagi bolalarda bu 80-100 kkal,
13-16 yoshdagi o'smirlarda 65- 50 kkal va
katta yoshdagi kishilarda 45 kkal ni tashkil etadi (har bir kg vazniga nisbatan).
Kuch sarilanishi va asosiy moddalar almashinuvining oshishiga qarab bolalar 
va o‘smirlar ovqatlanishini tashkil qilish lozim. Bolalik va o'smirlik yoshida kuch 
sarflanishining turli darajada o'zgarib borishini e’tiborga olgan holda tarkibida oqsil 
- 24%, yog‘ - 21%, va karbonsuvlar-55% bo'lgan oziq-ovqat iste’mol qilishzarur. 
Balanslangan oziqa moddalari organizmning plastik jarayonini ta’minlaydi.
Oqsillarning ahamiyati. 
Bolalar uchun oqsillar eng katta ahamiyatga ega. 
Oqsil inson oziqasidagi asosiy qism bo‘lib, organizmning plastik funksiyasi va 
quvvatini oshiradi. Oqsil hujayraning asosiy tarkibiy qismini va hujayralararo 
tizimini tashkil qiladi. Oqsil umumiy tana og'irligining 16-17% ini tashkil qilishi, 
quruvchi qism sifatida uning ahamiyati birinchi darajali ekanligini ko‘rsatadi. 
Asosiy hayotiy jarayonlar oqsil bilan bog‘liq bo‘lib, ular organizmning ko'payish va 
o'sish qobiliyati, sezuvchanlik, moddalar almashinuvi, qisqarish harakatining turli 
ko‘rinishi va bir qancha faoliyatiga egadir. Oqsil katalizator-tezlashtiruvchi 
vazifasini bajaradi. Oqsil bolalar organizmida immunitet hosil bo'lishida qatnashadi. 
DNK va RNK tarkibi oqsil molekulalaridan tuzilgandir. Oqsil moddalar energiyasi 
sarflanishi jarayonida ham qatnashadi.
Bolalar va o'smirlarda oqsil yetishmasligi jismoniy rivojlanishda funksional 
o‘zgarishlarga olib keladi. Oziqa mahsulotlarida oqsilni kam miqdorda iste’mol 
qilish natijasida alimentar distrofiya va boshqa kasalliklar ham uchrashi mumkin. 
Oqsil tarkibidagi aminokislotalar (ayniqsa organizm sintez qilishi mumkin 
bo'lmagan aminokislotalar) soniga qarab, biologik qiym at qo'yiladi. Bolalar 
ovqatida aminokislotalarni noto‘g‘ri muvozanatlash, almashtirib bo'lmaydigan 
aminokislotalarning biror-bir ta’sirining yetishmasligi organizm rivojlanishiga 


salbiy natija berishi mumkin. Hozircha oziq-ovqatlarda 26 xil aminokislotalar 
uchraydi.
Aminokislotalarning biologik qiymatini belgilovchi mezon - bu ulaming bir 
kompleksda bo‘lishi va ularsiz organizmda oqsil sintezi bo‘lishi mumkin 
emasligidadir. Aminokislotalarning yetishmasligi yoki bo'lmasligi, o'sishdan qolish, 
jismoniy zaiflikka olib keladi, shu bilan birga kamqonlik, ichki bezlarning ishi 
bxizilishiga sabab bo‘ladi. Masalan, organizmda lizinning yetishmasligi - suyakning 
kalsiy bilan ta’minlanishining, azot muvozanatining buzilishiga, gemoglobin 
miqdorining kamayishiga, qon hosil bo'lishining buzilishiga olib keladi. 
Jadval
Bolalar va o‘smirlariiing kundalík energiya (kkal)ga, oqsil, yog‘ va 
karbonsuvlarga (g. hisobida) bo’lgan ebtiyoji 
 
Yoshi 
kg/kaloriya 
Oqsil 
yog’ 
karbonsuvlar 
I-3 yosh 
1540 
53 
53 
212 
4-6 yosh 
1970 
68 
66 
272 
7-10 yosh 
2300 
79 
79 
315 
11-13 yoshdagi o‘g‘il bolalar 
2700 
93 
93 
370 
11-13 yoshdagi qiz bolalar 
2400 
85 
85 
340 
14-17 yoshdagi o‘smirlar bolalar 
2900 
100 
100 
400 
14-17 yoshdagi o‘smirlar qizlar 
2600 
90 
90 
360 


Download 477,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish