Muhokama
Muhokama – biror masala yuzasidan ko`pchilikning fikrini to`plash, ma’lum to`xtamlarga kelishini anglatadi.
Muhokama nutqi oldiga qo`yilgan t a l a b l a r:
Muhokama mavzuidan chetga chiqmaslik.
Fikrni ixcham, soda, ta’sirli qilib ifodalash.
Ortiqcha lirik chekinishlarga berilmaslik.
Fikrga mos dalil va isbotlarni aniq, lo`nda qilib keltirish.
Boshqalar bildirgan fikrlarni takrorlamaslik.
Fikrni ifodalash davomida o`zgalar fikriga hurmat bilan qarash, o`rinsiz bildirilgan fikrlarni kishi shaxsiga tegmasdan inkor etish.
Fikrni bayon qilish davomida hayajonlanmaslik. O`zini og`ir tutish.
Do'stlaringiz bilan baham: |