Xromatofil modda elektron mikroskop ostida sitoplazmaning erkin ribosomalar va donador endoplazmatik to`r ko`p joylashgan sohasiga to`g`ri keladi. Agar RNK oqsil sintezida faol ishtirok etishini nazarga olsak, xromatodoil modda neyronlarning maxsus vazifasi uchun zarur bo`lgan oqsillarni aktiv sintez qiladi, deb hisoblash mumkin. Shunday qilib, xromatofil modda ribosomalar va donador endoplazmatik to`rning yorug`lik mikroskoppda ko`rinishidir. Xromatofil moddaning miqdori va tuzilishi hamma vaqt hujayraning funktsional holati bilan uzviy bog`liq bo`lnb, doimo bir xil bo`lmaydi. Xaddan ortiq zo`riqqanda (stress holatida), davomli nerv qo`zg`alishida yok baz bir shikastlanishlarda (nerv o`simtalarining kesilishida), kislorodning yetishmasligi, zaharlanish kabilarda bu modda avval dendritlarda, so`ngra yadro atrofida (perikarionda) erib ketadi va yo`qoladn. Xromatofil moddaning erib ketishiga xromatoliz (tigroliz) deyiladi. Neyronlar normal holatga o`tganda xromatofil moddalarning qayta tiklanishi ro`y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |