Nerv hujayrasining yadrosi ko`pincha markazda joylashib, xromatini kam bo`lgani uchun och bo`yaladi. Yadro, yadrocha va yadro teshiklari kompleksi juda o`zgaruvchan (labil) tuzilmalar bo`lib, turli tasirlar va patologik holatlarda o`zgaradi. Nerv hujayrasining sitoplazmasida umumiy organellalar va shuningdek faqat nerv hujayralariga mansub bo`lgan maxsus tuzilmalar - xromatofil substansiya yoki tigroid modda (substantia chromatophilica, tigroid, bazofil yoki Nissl moddasi) va neyrofibrillalarning borligini ko`rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |