Nerv tolalari deb glial parda bilan o`ralgan nerv hujayralarining o`simtalariga (neyrit va dendritlarga) aytiladi. Nerv tolalari pardalarining tuzilishiga ko`ra ikki gruppaga bo`linadi: 1) miyelinsiz nerv tolalari; 2) miyelinli nerv tolalari. Miyelinli va miyelinsiz nerv tolalarining markazida o`q silindr joylashgan bo`lib, u nerv hujayrasining o`simtasidir. Oq silindr oligodendrotsitlar hisobiga hosil bo`lgan pardalar bilan o`ralgan. Bu hujayralar Shvann hujayralari yoki neyrolemmotsitlar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |