M i y e l i n s i z nerv tolalari asosan vegetativ nerv sistemasining nerv stvollarini hosil qiladi. Miyelinsiz nerv tolasi neyrolemmotsit bilan o`ralgan o`q silindridan iborat. Bunda Shvann hujayrasining qobig`i o`q silindrni g`ilof singari o`rab turadi. Lemmotsitlarning pardalari juda yupqa bo`lganligi sababli yorug`lik mikroskopida hujayra chegaralari ko`rinmaydi. Neyrolemmotsitlar sitoplazmasi nozik lenta sifatida ko`rinib, uning malum yerlarida yadrolar joylashgan. Yadro cho`zinchoq yoki tayoqcha shaklida bo`lib, o`q silindrining uzunasi bo`ylab joylashgan. Tashqi tomondan neyrolemmotsit bazal membrana bilan qoplangan. Bir neyrolemmotsit tanasidan bir necha (3-5, bazan 10-20) o`q silindr o`tgan bo`lishi mumkin. Bunday bir necha o`q iilindrga ega bo`lgan nerv tolasini «k a b e l tipidagi» tolalar deyiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |