3. Tarixiy shaharlar yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonlanishi. Toshkent shahri – Islom madaniyati poytaxti.
Istiqlol tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo‘shgan buyuk bobokolonlarimizning ma’naviy merosi qaytadan o‘rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo‘la boshladi.
Mustaqillik yillarida xalqimiz ma’naviyati yulduzlari bo‘lgan buyuk allomalarimizning tavallud topgan tarixiy sanalari Yunesko bilan hamkorlikda mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi:
1991 yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi;
1992 yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi;
1993 yil – Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi;
1994 yil – Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi;
1996 yil – Amir Temur tavalludining 660 yilligi;
1997 yil – Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon tavalludining 100 yilligi;
1998 yil – Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi;
1999 yil – “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligi;
2000 yil – Burxoniddin Marg‘iloniy tavalludining 910 yilligi;
2000 yil – Kamoliddin Bexzod tavalludining 545 yilligi;
2001 yil – “Avesto” yaratilganligining 2700 yilligi;
2002 yil-Termiz shahrining 2500 yilligi;
2005 yil-Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi;
2006 yil-Qarshi shahrining 2700 yilligi;
2007 yil-Samarqand shahrining 2750 yilligi;
2007 yil-Marg‘ilon shahrining 2000 yilligi;
2009 yil-Toshkent shahrining 2200 yilligi13.
Islom olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Maxmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Boxovuddin Nakshbandiyning 675 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi.
Barcha viloyatlar va shaharlarda xar yili Bobur, Mashrab, Ogahiylarga bag‘ishlanib kechalar o‘tkazildi, Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludiga, «Alpomish» dostoni yaratilishining 1OOO yilligiga bag‘ishlangan turli kechalar, bahslar tashkil etildi.
Ma’naviy hayotni takomillashtirish maqsadida Imom al-Buxoriyning yubileyiga bagishlab, Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan «Al-jome’ as-sahiyh» (Ishonarli to‘plam), «Al-adab al-mufrad» (Adab durdonalari) o‘zbek tiliga tarjima kilinib, nashrdan chiqarildi.
1998 yili Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Axmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. Respublikada yubileylar munosabati bilan allomalar hayotiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko‘rgazmalar ochildi.
Dunyoda hech bir xalq o‘zbeklarchalik buyuk madaniy va ma’naviy merosga ega emas. Endi mustaqillik tufayli ana shu ulkan xaritani ochish, uni o‘rganish, undan bahramand bo‘lish imkoniyati tug‘ildi. Xalqimiz bundan foydalanish yulidan bormoqda.
Xususan, hukumatning maxsus qaroriga binoan, 1999 yil 17 dekabr kuni Xorazmda Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 190 yilligi, 18 dekabr kuni esa Nukusda Ajiniyoz Yeusiboy ugli tavalludining 175 yilligi, 1998 yil 24 oktabr kuni esa Farg‘onada Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlandi. Yurtboshimiz tantana qatnashchilariga yullagan tabrigida ulug‘ ajdodlarimizning jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rni nihoyatda bebaho ekanligi alohida ta’kidlangan.
Xususan, shu davrda Behbudiyning «Padarkush» asari, Fitratning «Qiyomat» qissasi va «Abulfayzxon» tarixiy dramasi nashr qilindi. Cho‘lponning ayrim she’rlari «Guliston» jurnalida, «Kecha va kunduz» asari esa «Sharq Yulduzi» jurnalida e’lon qilindi. Keyinroq ular alohida kitob holida nashr etildi.
Ulug‘ shoir Abdulhamid Cho‘lponning adabiy-badiiy merosi xalqimizning bebaho ma’naviy mulkidir. Uning har bir asari, har bir she’ri odamlarni o‘zaro hamkorlikka, ijtimoiy adolat uchun kurashga, noxaqlikka nisbatan murosasizlikka da’vat etadi14.
Bu ezgu ishlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning sa’y-harakati va rolini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Fikrimizning dalili sifatida Qashqadaryo zaminida buyuk alloma, moturidiya ta’limotining yirik vakili, islomiy e’tiqod pokligi masalasida 15 ga yaqin kitob muallifi Abu Muin Nasafiy, Sherobod tumanida buyuk hadisshunos alloma Abu Iso Muhammad at-Termiziy, Buxoroda Bahouddin Naqshband hazratlari, Toshkentda Imom Termiziy nomidagi masjid va Suzuk ota maqbaralari kabi ko‘plab ziyoratgohlarni obod qilish borasidagi ezgu ishlarni qayd etish mumkin. Shuningdek, Yurtboshimizning O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga g‘amxo‘rligining yaqqol namunasi sifatida 2017 yil 15 fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4956-sonli farmoni, 2017 yil 24 maydagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2995-sonli qarori, 2017 yil 20 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3074-sonli qarori, 2017 yil 30 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3105-sonli qarorlari xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash, buyuk allomalarimiz, aziz-avliyolarimizning ilmiy, diniy va ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, chet ellarda saqlanayotgan, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni aniqlash, shu tarixiy eksponatlarning asl yoki ko‘chirma nusxalarini yurtimizga olib kelish kabi ishlarni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning bevosita tashabbusi va topshirig‘i asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida atoqli ma’rifatparvar Is’hoqxon Ibrat nomidagi yodgorlik majmuasini tashkil etish to‘g‘risida”gi, 2017 yil 14 apreldagi “Xorazm Ma’mun akademiyasining faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 211-sonli, 2017 yil 15 iyundagi “Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash sohasidagi ishlarni tashkil etishni tartibga solish va nazorat qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 376-sonli qarorlari madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etishda alohida ahamiyatga ega me’yoriy hujjatlar hisoblanadi. Demak, bugungi kunda O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini asrab-avaylash, saqlash hamda kelajak avlodga bus-butunligicha yetkazish davlatimiz taraqqiyotida hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi15.
Darhaqiqat, xalqimizning kelajagi, eng avvalo, uning o‘ziga, ma’naviy qudratiga va milliy ongining ijodiy kuchiga bog‘liqdir. Moddiy farovonlikka tabiiy intilish millatning ma’naviy va aqliy o‘sish ehtiyojiga g‘ov bo‘lmasligi lozim. Ma’naviylik va ma’rifiylik xalqimizning ko‘p asrlik tarixi davomida doimo uning eng kuchli o‘ziga xos xususiyati bo‘lib keldi.
O‘zbekistonda diniy qadriyatlarning tiklanishi va bu boradagi mustaqillik yillarida olib borilgan islohotlar haqida to’xtaladigan bo’lsak mustaqillik sharofati bilan O‘zbekistonda diniy qadriyatlar to‘la tiklana boshladi. Qaramlik davrida tahqirlangan diniy qadriyatlarimiz mustaqillik nuri bilan qayta tiklandi, islomshunos allomalarimizning ulug‘ nomi va ilmiy merosi tiklandi.
Mustaqillik sharofati bois mo‘tabar qur’oni karim va hadislarni chop etish imkoniyati qo‘lga kiritildi. 2001-yilda Qur’oni karimning Abdulaziz Mansur tarjimasi, 2004-yilda esa ilmiy-tarixiy izohlari bilan Mutallib Usmon va boshqalar tarjimasi chop etildi. Hozirgi kunda Mo‘yi muborak madrasasida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanayotgan VII asrga oid «Usmoni Qur’on» mus’hafi va nodir qo‘lyozmalar saqlanmoqda16.
1991 yilda haj qilish baxtiga 350 kishi sazovar bo‘lgan bo‘lsa, 2001 yili xojilarning soni 3801 kishiga yetdi. Jami mustaqillik yillari xaj ibodatini ado etishga muvaffaq bo‘lganlarning soni 31.057 kishini tashkil qildi. 1991 yil Birinchi Prezident farmoni bilan Ramazon va Qurbon hayit kunlari umumxalq bayrami, deb e’lon qilindi. Xalqimiz asrlar davomida nishonlab kelgan bayramlaridan biri — «Navruz» umumxalq bayrami sifatida qayta tiklandi.
«Movarounnahr» diniy boshqarmasi faoliyati respublikamiz hayotida o‘z o‘rnini egalladi. Din inson ruhini poklashi, odamlar o‘rtasida mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashi, milliy qadriyat va an’analarni asrashga xizmat qilishi bilan jamiyat hayotida muhim o‘rin tutib kelgan. O‘zbek yurti azaldan qadimiy dinlar rivoj topgan makondir. Hozirgi kunda ko‘p millatli O‘zbekiston Respublikasida islom dini bilan bir qatorda o‘n yettita diniy konfessiyalar yonma-yon yashab kelmoqda.
yili rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘rta Osiyo yeparxiyasi tashkil etilganligining 125 yilligi yubileyi, O‘zbekiston yevangel-lyuteran jamoasi tashkil etilganining 100 yilligiga bag‘ishlangan «Bir osmon ostida» shiori bilan musulmon va xristian dinlari vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan muloqot katta ahamiyat kasb etdi. Toshkentda 2000 yilning sentabrida YuNESKO raxnamoligida «Jahon dinlari tinchlik madaniyati yo‘lida» mavzuida dinlararo muloqot, xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda AQSh, Fransiya, Rossiya, Eron, Isroil, Xindiston, Xitoy, Vatikan kabi o‘ttizga yaqin mamlakat, shuningdek, xalqaro diniy muassasalar vakillari katnaщdilar. Anjumanni o‘tkazish uchun aynan O‘zbekiston tanlangani bejiz emas. Zero, bu o‘lkadan dunyoga dong‘i ketgan buyuk allomalar, islom olamida katta hurmatga ega bo‘lgan buyuk zotlar yetishib chiqqan. Hozirgi kunda mustaqil O‘zbekistonda din va vijdon erkinligi mustahkam qaror topgan va barcha diniy konfessiyalar birgalikda mustahkam tinchlikni saqlash, diniy ekstremizm va xalqaro terrorchilikka karshi dadil kurash olib bormoqda. AQSh sobiq davlat sekretari Madlen Olbrayt 2000 yil aprelida Toshkent Sinagogida ibodat kilgandan keyin shunday degan edi: «O‘zbekistonda, yana takror aytaman, O‘zbekistonda barcha dinlarga bir xil e’tibor berilayotgani, vijdon erkinligi to‘la ta’minlanganligi meni juda quvontirdi. Bu jihatdan O‘zbekistonni bugun dunyoga ibrat qilib ko‘rsatsa arziydi».
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev 2018 yil 15 iyun kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi qurilish maydoniga tashrif buyurib, inshoot poydevoriga ramziy tamal toshi qo‘ydi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev so‘nggi bir yarim yil ichida xalqimizning milliy-diniy qadriyatlarini tiklash, ma’rifiy islomni rivojlantirish, buyuk ajdodlarimizning dinimiz sofligini ta’minlashga qo‘shgan ulkan hissasini keng o‘rganish va targ‘ib etish yuzasidan ko‘plab tashabbuslarni boshlab berdi. Davlatimiz rahbari BMT minbaridan turib islomning dunyo miqyosidagi o‘rniga, ajdodlarimizning dinimiz rivojiga qo‘shgan hissasiga yuksak baho berdi hamda “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyusiyani qabul qilish taklifini ilgari surdi. Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etildi, din masalasidagi jaholatga barham berishni ko‘zda tutuvchi “Jaholatga qarshi – ma’rifat” shiori joriy qilingani O‘zbekistonning diniy bag‘rikenglik sohasidagi tashabbuslarining yaqqol ifodasi sifatida dunyo hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otdi. Bundan bir yil muqaddam – 2017 yil 15 iyunda mamlakatimiz hayotida ilk bor imom-xatiblar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoev muqaddas dinimiz pokligini asrash masalasi jamiyatda sog‘lom muhitni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi, tinch-osuda hayotimizni ta’minlashning muhim sharti ekanini ta’kidlab, bu borada muhim vazifalarni belgilab bergan edi. O‘tgan davrda mazkur yo‘nalishda izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizda ma’naviy muhitni asrash, din yo‘lida adashgan fuqarolarni sog‘lom hayotga qaytarish bo‘yicha keng miqyosli ishlar bajarildi. O‘zbekiston Islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi va boshqa islomiy ta’lim muassasalari tashkil etildi17.
Xulosa
Bugungi kunda Islom sivilizatsiyasi markazi dunyodagi 20 dan ortiq xuddi shunday markazlar bilan aloqalar o‘rnatdi. Jumladan, Oksford islom tadqiqotlari markazi, Turkiyadagi qator ilmiy-tekshirish institutlari, Istanbuldagi To‘pqopi muzeyi, Fransiya islom markazi, Parijdagi Luvr muzeyi, Sankt-Peterburgdagi Ermitaj davlat muzeyi va boshqa qator yetakchi markazlar bilan hamkorlik o‘rnatilib, bu borada 7 ta memorandum imzolandi. Markaz kutubxonasi shakllantirilmoqda. Bugunga qadar unga 400 dan ortiq noyob qo‘lyozmalar xarid qilindi, yurtdoshlarimiz o‘zlaridagi qadimiy qo‘lyozmalarni topshirmoqda. Bu xalqimizning imon-e’tiqod, ma’naviyat va ma’rifatga intilishidan, ezgu va savobli ishlarga bosh qo‘shayotganidan dalolatdir.
Shuningdek ShHTning sindao sammitida qabul qilingan ShHT davlat rahbarlarining Yoshlarga qo‘shma murojaati ham O‘zbekiston tashabbusidir. Davlatimiz rahbari tadbirga yig‘ilgan diniy ulamolar va barcha yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti bilan tabriklab, shunday ulug‘ ayyom kunlarida markaz qurilishining boshlanayotgani zamirida ezgu niyat, chuqur ma’no-mazmun mujassam ekanini ta’kidladi. Bu markazni qurishdan maqsad islom ma’rifatini, buyuk ajdodlarimizning boy merosini avvalambor xalqimizga, dunyo hamjamiyatiga yetkazishdir. Buning uchun buyuk bobolarimiz merosiga o‘zimiz munosib bo‘lishimiz, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishimiz zarur. Boshlagan hamma sa’y-harakatlarimiz yoshlar ta’lim-tarbiyasiga, xalqimiz tinchlik-osoyishtaligiga, yorug‘ kelajagiga zamin yaratadi, dedi Prezidentimiz18.
Biz bugun yurtimizda yangi hayot barpo etar ekanmiz, bir masalaga alohida e’tibor berishimiz lozim. Ya’ni, kommunistik mafkura va axlox normalaridan voz kechilganidan so‘ng jamiyatda paydo bo‘lgan mafkuraviy bo‘shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bo‘lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o‘z ichiga olgan «ommaviy madaniyat» yopirilib kirib kelishi mumkinligi barchamizga ayon bo‘lishi kerak.
Bunday uzoqni ko‘zlaydigan, aniq maqsadlarga ega bo‘lgan turli xuruj va g‘arazli intilishlar, xorijiy markazlar tomonidan katta kuch va mablag‘ sarflanayotgan xarakatlar va bu kabi xavf-xatarlar bizga qanday zararli oqibatlar olib kelishidan ogoh bo‘lishimiz darkor.
Bunday balo-qazolarga qarshi kurashda, farzandlarimizning ma’naviy dunyosini himoya qilishda nimalarga tayanishimiz zarur? Avvalo to‘g‘ri tarbiya, sog‘lom turmush g‘oyasi, faqatgina qattiq iroda va iymon-e’tiqod hisobidan bunga erishishimiz mumkin.
Aynan ana shunday o‘z kuchiga va irodasiga ishongan, keng fikrlaydigan bilimli va madaniyatli yoshlarimiz xar qanday buzg‘unchi oqimlarga berilmasdan, hayotda uz yulini topib olishi muqarrar.
Shu nuqtai nazardan mamlakatimizni 1991-2019 yillar davomida islox qilish va yangilash borasida qulga kiritilgan natijalarni sarxisob qilar ekanmiz, bugun ushbu bosqich milliy davlatchilikni shakllantirish va respublikamizni barqaror rivojlantirishda mustahkam zamin bo‘ldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.
Tarixan qisqa vaqt ichida sovet davridagi eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berildi, milliy davlatchilikni shakllantirishning xuquqiy asoslari yaratildi, davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlari tashkil etildi, ijtimoiy va fuqarolik institutlari faoliyati yulga qo‘yildi, iqtisodiyotni erkin bozor munosabatlariga o‘tkazish jarayoni amalga oshirildi.
Eng muhimi, aholining ongu tafakkurida tub o‘zgarishlar ruy berdi, ularning uzoq yillar mobaynida kommunistik mafkura va sovet mafkurasi tamoyillari asosida shakllantirilgan fikrlash tarzi va dunyoqarashi, bir so‘z bilan aytganda, odamlarning o‘zi o‘zgardi. Bugun yangicha fikrlaydigan, o‘z kelajagini jamiyatda demokratik qadriyatlarni mustahkamlash bilan, mamlakatimizning kelajagini jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi bilan bog‘liq holda quradigan yangi avlod vakillari hayotga kirib kelmoqda.
Bu esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlarni ortga qaytarib bo‘lmasligi, islohotlar muqarrarligining ishonchli kafolatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |