2. Fosfoproteidlar;-oqsil molekulasining fosfat kislota bilan hosil qilgan kompleksidir. Ular gidroliz qilinganda aminokislotadardan tashqari fosfat kislota ham ajralib chiqadi. Masalan; fosfoproteinlarning asosiy vaqili bo‘lgan sut tarkibidagi oqsil – kazeinogen gidrolizlanganda ko‘p miqdorda serinfosfat ajralib chiqadi.
Fosfoproteinlarning boshqa vakillari tuxumdan ajratib olingan ovovitellin va baliq urug‘idan olingan ixtulindir.
3. Lipoproteidlar;-oqsillarning Yog‘simon moddalar bilan hosil qilgan birikmasidir. Ular hujayra yadrosida, tuxum sarig‘ida, sutda va qonda bo‘ladi. Lipoproteidlar suvda eriydi. Ularning strukturasi shunday tuzilganki, Yog‘simon komponent ichida bo‘lib, sirti oqsil qavat bilan qoplangan. Proteolipidlarda, aksincha, oqsil komponenti ichkarida bo‘lib, sirti Yog‘ modda bilan o‘ralgan, ular Yog‘ erituvchilarda eriydi. Lipoproteidlar ko‘proq biologik membranalar (hujayra qobug‘ida) uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |