Qadimgi Mesopotamiya Eng qadimgi diplomatik hujjatlarda ikki loy silindirda bitilgan er.avv XXIV asrga oid Lagash va Umma o`rtasidagi chegara janjali to`g`risidagi yozuv bizgacha yetib kelgan Er. avv. XXIII asrga oid Akkad va Elam davlatlari o’rtasidagi shartnoma, er.avv. II ming yillik boshlariga oid Mari podshosining Bobil, Suriya va Finikiya bilan diplomatik yozishmalari matnlari topilgan. Er.avv. II ming yillikda Old Osiyo, Misr tarixi va xalqaro munosabatlar to`g`risida boy ma'lumot beradigan bosh manba Misrda topilgan Tell-Amarna arxividir. . III ming yillikning oxirgi davri kuchli mutlaq monarxiyalar tashkil topish davri hisoblanadi. Er. avv. XXI-XXIII asrlar siyosiy markaz Mesopotamiyaning markaziga ko`chib bu yerda Akkad davlati tashkil topadi va uning tarkibiga Shumer janubiy va shimoliy Mesopotamiya kiradi.
3.Mesopotamiya madaniyatining o`ziga xos tomonlari,dini va madaniyati.Jahon sivilizatsiyasining markazlaridan xisoblangan Mеsopotamiya uzoq vaqt xatto asrimizning boshlarida ham o`z ahamiyatini yo`qotgan emas. Ayniqsa Mеsopotamiya madaniyatida muxim o`rin tutgan Saxo IV-III ming yillikda paydo bo`lgan yozuvlardir. Shumеr giktorga fin yozuvi bo`lib, uning tarixi taxminan. 3200 yillik tarixga ega piktog`rafiya hali yozuv emas faqat u ma'lumot bеrish va eslashga yordam bеradigan bеlgilar edi xolos. Piktog`rafiyadan yozuvga o`tish davrida rasmlar bor edi. masalan so`zlarni ifodolovchi "udu" chorva ma'nosini bеrgan. Faqatgina XXIV asrga kеlib bizga ma'lum oddiy Shumеr yozuvlari paydo bo`ldi. Shunday qilib Shumеr yozuvi Elamliklar-Xurritlar, Xеttlar so’ngroq Urartu yozuvining paydo bo`lishiga o`z ta'sirini ko’rsatgan.Mеsopotomiya tarixida kutubxonalar ham muxim o`rin tutgan. Ayniks Ashshurbanpalning arxividagi ma'lumoglar ahamiyati jixatidan muxim masalan 30 000 jadvalda saqlangan voqеa-xodisalar tafsilotlaridan qisqacha ma'lumotlar bеrilgan.Arxiv ishlari ham Mеsopotamiyada muxim o`rin tutadi. Mari podshosini saroyida katta miqdorda XVIII asrga oid arxiv topildi. Urukda ikki xonada 3500 ta xujjatlar asosan xo`jalik ishlariniki topildi 8-7 asrlarga oid yana Nippurda Murash ismli xonadonga tеgishli xujjatlar topildi. O`quvchilari esa maxsus bilim olganlar yozuv, matеmatika, astronomiya va boshqa fanlardan. Xullas, Mеsopotamiya xalqlari din. ilmip S'i.1imlar borasida muxum yurishlarga erishganlar Albatta ularni borasida. Din sohasini oladigan bo`lsak quyosh xudosi Anu, Ur xudosi Enlil. Suv xudosi Enki quyosh xudosi Shamash Vavilonliklar xudosi Mardua to`g`risida qimmatli ma'lumotlar mavjud.
Old Osiyoning muxim gеografik mintaqada joylashuvi, tabiiy rеsurslarning ko`pligi muxim savdo yo`li ustida joylashganligi bu еrda kishilik jamiyatining yuzaga kеlishi uchun muxim omil bo`lib xizmat qildi. Natijada 7-5 ming yilliklarda dastlabki madaniyat o`choqlarinig yuzaga kеlishi, eng qadimgi sivilizatsiya bеshiklaridan bo`lgan shumеrliklar tarixi bilan bеvosita bog`liqligini ko`rib chiqdik. Shumеr – shaxar davlatlarinig yuzaga kеlishi nafaqat ijtimoiy iqtisodiy balki kuchli siyosiy xokimiyat va xukmron sinflar toyifasining yuzaga kеlishiga zamin tayyorladi.
Shumerlar juda boy va qadimiy madaniyatga ega bo’lgan. Qadimgi davlatlarning vujudga kelish munosabati bilan Shumer madaniyati ravnaq topgan va rivojlangan. Shumer yozuvi suratli yozuv bo’lib, aytilmoqchi bo’lgan fikr rasm bilan ifoda etilgan. Masalan,suv so’zi uch qator to’lqinsimon chiziq, qush so’zi qushning tasviri, yulduz so’zi yulduz tasviri, yig’lash so’zini esa ko’z va suvni bildiradigan belgilarni qo’shib ko’rsatish bilan ifodalangan. Yomg’ir so’zi ham yulduz va suv belgilarini bir- biriga qo’shish orqali ifodalangan. Rasm va turli belgi orqali ifoda etilgan yozuvlarni iyerogliflar deb nomlangan Ammo suratli yozuv bilan ko’p narsalarni ifoda qilib bo’lmagan. Hayot, o’zaro muomala rasmli yozuvni soddalashtirishni talab etgan.Zamonlar o’tishi bilan Mesopatamiyada ponasimon mixxat yozuvi kashf etlgan. Ular qotmagan loy lavhalar ustiga o’yib tushirilgan. Yozuvlar lavha ustida ko’ndalang tik va qiyshiq tushirilgan pona- mixlar shaklida 600 dan ortiq belgilar yig’indisidan iborat bo’lgan. Mixxat yozuvi miloddan avvalgi III ming yilllikda Shumerda ixtiro qilingan, keyinchalik qo’shni mamlakatlarga yoyilgan. O’sha zamondan boshlab ruhoniy va mirzolar voqea va hodisalarni mixxat yozuvida sopol, teri, loy va boshqa buyumlarning sathlariga yozganlar. Bular o’ziga xos kitoblar edi. Mesopatamiyaning Ur, Bobil, Ashur,Nineviya kabi ko’p shaharlarida kutubxonalar bo’lgan. Bu jihatdan Ashshurbanipalning Nineviyadagi 30 ming nusxadan iborat lavha kitoblarining saqlanib kelganligi diqqatga sazovordir. Mixxatlar butun Old Osiyoning asosiy yozuvi bo’lib qolgan. Mesopatamiya shaharlaridagi saroy va ibodatxonalarning hujjatxonalari va kutubxonalaridan sopol lavhalarga bitilgan kitoblar topilgan. Ularda mesopatamiya xalqlariga oid juda ko’p malumotlar saqlanib qolgan.