Reja: Manbaning umumiy tafsifi



Download 61,5 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi61,5 Kb.
#280221
Bog'liq
Хамураппи 222


Xamurappi qonunlari
Reja:

1.Manbaning umumiy tafsifi

2.Konunda xo‘jalik yuritishning turli shakllarining aks etishi.

3.Bobil podsholigi ijtimoiy tarkibining aks etilishi.

4.Ijtimoiy munosabatlarning rekonstruksiyasi.

5.Kadimgi Bobil jamiyati hukukining asosiy jihatlari.

Bobil (Vavilon) Mesopatamiyaning janubiy kismida er av 2-ming yillikning boshlaridan, er av 538-yilgacha xukm surgan kadimiy davlatdir.

Er av 1894-1595, ayrim manbalarda (er av 1894-1518)4 yillarda kadimgi Bobilda amoriylar5 sulolasi mustaxkamlanib olgan. Bu sulola podsholaridan Xammurapi (er av 1792-1750) mohir siyosatchi va sarkarda bulib, u xarbiy va diplomatik yo‘l bilan o‘z podsholigining dastlabki 35 yilida Ossuriya, Mesopatamiyaning janubiy va o‘rta kismini Bobilga tobe ettirgan. Xammurapi davrida tovar-pul munosabatlari rivojlangan, xususiy kuldorlar xujaligi kuchaygan, davlatning markazlashuvi va podsho hokimiyatining mustaxkamlanish jarayoni o‘sgan6.

Bobilda markazlashgan davlat kurib, butun mamlakat bir markazdan idora kilingan va butun oliy hokimiyat-konun chikaruvchi, ijro etuvchi organlar, sud ishlarini idora kilish va dinniy hokimiyat-hammasi fakat podsho kulida bo‘lgan. Uning davrida Bobil eng kudratli davlatga aylangan7 .

Xamurappi tarixda konunlar tuzuvchi xukmdor sifatida nom koldirgan. Uning buyrug‘i bilan markazlashgan Bobil davlatini mustaxkamlash maksadida yukori tabaka vakillarining manfaatlarini ximoya kilishga karatilgan konunlar majmuasi tuzilgan va bu konunlar kuldorlik tuzumi xukukining xarakterli belgilarini o‘zida aks ettirgan kadimgi SHark xukukining kimmatli yodgorligi sanaladi8.

SHumerliklar (Somirliklar) erishgan ilmiy, badiy, axlokiy daraja, hukukka oid yutuklar bobilliklar axlokiy karashlari uchun asos buladi. Adolat va hakikatning himoyasini asosiy maksad kilib olgan Bobil podshosi Xammurapining mashhur konunlar majmuasi esa kadimgi SHumer konunlarining tadrijiy rivoji edi. Bu majmuada zaiflarni, etim-esir va kambag‘allarni adolat tamoili asosida himoya kilish asosiy maksad kilib kuyilgan9.

Erga egalik, savdo sotik, kulchilik, ijtimoiy-iktisodiy munosabatlarni tartibga solishga karatilgan “Xammurapi konunlari” to‘plami bitilgan diorit yodgorligi bizgacha etib kelgan.

Xammurapi konunlari 1901-1902 yillarda Jeniulyak boshchiligidagi fransuz arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan kadimgi Elam davlatining poytaxti Suza shahrini kazish chog‘ida topilgan. Bu konunlar mixxat yozuvida kora bazalt12 tosh ustuni sathiga o‘yib yozilgan13. Bu ustinning yukori kismida kuyosh, hakikt va adolat xudosi SHamash taxti oldida turgan hamda uning kulidan oliy sud hokimligi belgisi cho‘kmor va chambarni tantanali ravishda olayotgan podshoning o‘zini tasvirlaydigan bo‘rtma shakllar bilan bezatilgan. Ustinning kolgan hamma joyiga 282 ta moddadan iborat konunlar to‘plami bitilgan14

Bu diorit yodgorlik toshini er av 1155-1115 yillar orasida Elam podsholari Bobilni talashi natijasida o‘lja sifatida Suza shahriga olib ketgan va elamik g‘olib hokon matnning bir kismini o‘chirib, uning o‘rniga zafar yozuvini bitishga amr etadi.1 Buning natijasida matn kisman shikastlangan va 282 moddaning 5 ta ustinchaga yozilgan 35 moddasi kirib tashlangan bo‘lib, 247 moddasi saklanib kolgan. Keyinchalik o‘chirilgan moddalar kisman Suza va boshka joylardan, ayniksa Ashshurbanipolning Nineviyadagi kutbxonasidan topilgan loydan yasalgan sopol bo‘lakchalarga yozilgan “konunlar nusxasi” bo‘yicha kayta tiklangan2.

Xammurapi konunlarini biz shartli ravishda kodeks-konunlar to‘plami deyishimiz mumkin. CHunki u ko‘prok sud karorlarining to‘plamiga o‘xshab ketadi. Mazkur to‘plam 3 kismga bo‘linadi:



  1. Kirish;

  2. Konunnomaning matni(yoki asosiy kism);

  3. Xulosa;

Kirish kismida konunlarni chikarishdan asosiy maksad mamlakatda adolat o‘rnatishdir, deb ko‘rsatilgan. Unda podsho ulug‘lanib, ko‘klarga ko‘tarilgan. Undan keyin podsho o‘z kilgan ishlarini sanab ko‘rsatadi va unvonlarining to‘la nomini keltiradi3

Asosiy kismida jinoyat hukuki, protsessual hukuk, mulk hukukining buzilishi va unga ko‘llaniladigan. jazolar, nikoh va oila hukuki, jangchilarning hukuklari va boshka munosabatlar to‘grisida me’yorlar belgilangan.

Xulosa kismida podsho o‘zining halk oldidagi xizmatlarini keltiradi,bu konunlarni kelgusida bajaradigan podsholarni hurmatlash, ularni bajarmagan yoki bekor kilmokchi bulgan podsholarni la’natlash lozimligi to‘g‘risida gapiriladi4.

Xammurapi konunlariga karaganda mamlakatning butun aholisi konun bilan kuriklanadigan erkin kishilarga hamda moldek va mulk deb hisoblanadigan, tamomila ho‘jayin ixtiyorida bo‘lgan kullarga keskin suratda bo‘lingan va shu bilan birga aholi hayoti va faoliyatining juda xilma-xil sohlarini kamrab oladi5. Uni kuyidagicha taksimlash mumkin.

Xammurapi konunlarining 1-5 moddalarida sud va sud jarayonlarining ayrim masalalariga bag‘ishlangan. Bu moddalar sudlarda hukmron bo‘lgan o‘zboshimchaliklarga, suiiste’molchiliklarga, burovlarni noo‘rin ayiblashlarga karshi karatilgan. Bu shundan darak beradiki Bobilda sudyalarni va guvohlarni sotib olish, poraxo‘rlik kabi hollar xam keng tarkalgan. Xullas 1-5 moddalar kodeksning asosiy kismi boshidagi o‘ziga xos mukaddima sifatida berilgan. Undan so‘ng mulkka bag‘ishlangan juda katta bo‘lim boshlanadi, bu alohida ajratib ko‘rsatilmasada, kodeksning 6-120 moddalari mulk va u bilan bog‘lik munosabatlarni tartibga soladi. Bunga mulkni himoya kilishga taallukli, jumladan, o‘g‘irlik, talonchilik uchun jazolar o‘rnatuvchi, daraxtlarni kesish, maydonlarni payxon kilish va boshkalar uchun javobgarliklar belgilovchi me’yorlar kiritilgan ushbu bo‘limga mulkka egalik kilish va uni tassarruf etish, begona mulkdan foydalanish usullari, ko‘pgina shartnoma majburiyatlarini tartibga solishga karatilgan moddalar kiritilgan.

Xammurapi konunlarining127-195 moddalarida nikoh, oila va meros masalalariga bag‘ishlangan. Undan keyingi kismda 196-214 moddalargda shaxsning hayot va sog‘ligini himoya kilishga karatilgan me’yorlar belgilanib, bu erda shaxsga karshi karatilgan jinoyatlar, javobgarliklar o‘rnatilgan.Kodeks matnining oxirgi bo‘limi 215-282 moddalari mehnat va mehnat kurollari to‘g‘risida bo‘lib, bu erda shifokorlarga, vetinarlarga, kuruvchilarga mukofatlar va javobgarlik o‘rnatuvchi moddalar, ho‘kizlarni ijaraga berish hakidagi va suzang‘ich ho‘kiz uchun egasiing javobgarligi hakidagi kishlok xujalik ishchilari, hunarmandlar, chuponlar hakidagi kishlok xujalik asboblarini o‘g‘irlaganlik uchun jazolar hakidagi, eshaklarni, aravalarni, kemalarni ijaraga olish hakidagi va nihoyat, kullar hakidagi moddalar keltirilgan.SHunday kilib, hukuk tarmoklari bo‘yicha uning tuzilishi kuyidagichadir:

1) sud;

2) mulk;

3) nikoh va oila;

4) shaxsni himoya kilish;

5) mehnat va mehnat kurollari6.

Xammurapi konunlari kuldorchilik tuzumini, va xususiy mulkchilikni aks ettiruvi birinchi yirik va mashhur konunlar to‘plami bo‘lgan. SHu sababli konunlarda urug‘doshlik tizimiinng koldiklari saklanib kolgan. Masalan, jazolarning juda og‘ir va shafkatsizligi, talion tamoyili1 ning saklanib kolganligi, ortaliya2 usulining ko‘llanilishi va boshkalar aynan urug‘doshlik tuzumiga hos bo‘lib, ular konunlarda to‘lik saklanib kolgan3.

Xammurapi konunlari o‘zining to‘laligi nuktai nazaridan va kat’iyligi buyicha mukammal emas, ular jamiyat hayotining hamma tomonlarini tulik kamrab olmagan, ammo Mesopatamiyaning eng muhim hukukiy xujjati - Ikki daryo oralig‘idagi eng yirik davlat-kadimgi Bobil podshosi Xammurapi konunlari, kadimgi davr hukukiy karashlarining va hukuk tizimining juda katta yodgorligi sifatida biz tarixchilar uchun juda kimmatli manbadir.
Frot daryosi sohili va uning o’rta oqimida qadimgi Vavilon shahri vujudga keldi. Er.av. XVIII asrda Vavilon podsholigi kuchayib, butun Dajla va Frot sohillarini egallab oldi, boshqa bir qator davlatlarni o’ziga bo’ysundirgan qudratli davlatga aylandi. Eramizdan avvalgi 1792-1750 yillarda Vavilonda podsho Xammurapi hukmronlik qildi. U o’z hukmronligi davrida Vavilonning ijtimoiy, iqtisodiy-siyosiy hayotida muhim o’rin tutgan qonunlarini yaratdi.
Xammurapi qonunlari balandligi odam bo’yidan katta bazalt tosh ustunga, qadimgi mixxat yozuvida o’yib yozilgan. 1901 yilda frantsuz arxeologlari tamonidan topilgan. Hozir Parijdagi Luvr muzeyida saqlanadi. Qonunlar to’plami 282 moddadan iborat bo’lib, 3 qismdan: kirish, qonunlar bayoni va xulosa. Tuplamning bizgacha 247 ta moddasi saklanib kolgan, 50 ga yakin moddasi esa o’chib ketgan.1.
“Men, Xammurapi, xudolar tamonidan qo’yilgan rahbarman. Frot bo’yidagi qishloqlarni itoat ettirgan podsholarning eng birinchisiman, men mamlakatimda haqiqat va adolat o’rnatdim” deb boshlanadi qonunlar to’plami Xammurapi tilidan. Xammurapi qonunlari ko’proq sud qarorlari to’plamiga o’xshab ketadi.
Kirish qismida kodeksni chiqarishdan maqsad mamlakatda haqqoniyat o’rnatishdir, deb ko’rsatilgan.
To’plamning o’rta, asosiy qismida jinoiy ishlarga oid, sud ishlarini yuritish, xususiy mulk, huquqning buzilishi (qarilik va talash), jangchilar huquqiga oid moddalar birma-bir ko’rsatib o’tilgan.
To’plamning xulosa qismida podsho xalk oldida qilgan xizmatlarini birma-bir sanab o’tib, o’zidan keyin uning qonunlarini ado etuvchi podsholarga oq fotiha bergan va bu qonunga rioya qilmaydigan yoki uni bekor qilishga jur’at etadiganlarni qaxr bilan lanatlagan.
Xammurapi katta va markazlashgan davlatda oliy hokimiyat o’z qo’lida to’plangan g’oyat katta er fondiga tayanib turib, mamlakat xo’jalik hayotini

1. E.A. Cherkasova. Xrestomatiya po istorii drevnogo mira. M. « Prosveщenie». 1991 y. 57 – bet.



rivojlanishi uchun uringan. Mamlakat aholisi ehtiyojlaridan kelib chiqqan
holda, jumladan qurilish materiallariga bo’lgan ehtiyojni qondirish va uni
rivojlantirish uchun o’rmonlarni qo’riqlash borasida bir qancha tadbirlar belgilagan. O’rmonlar alohida-alohida o’rmon uchastkalariga bo’lingan va ularga maxsus uchastka mudirlari tayinlagan.
Bobil podsholigining iqtisodiyotidagi sohalar ushbu qonunda aks ettirilgan bo’lib, chorvachilik, dehqonchilik kabi sohalarning rivojlanishida alohida e’tibor berilgan.
Ushbu qonunga ko’ra ish hayvonni ijaraga olgan shaxs uning egasi oldida to’la javobgar bo’lgan. Agar hayvonga biror zarar etsa ijaraga olgan kishi bu zararni to’lagan. Hatto podalarni boqib yurgan cho’ponga ham muayyan javobgarliklar yuklatilgan.
Serunum tuproq bo’lgan ikki daryo oralig’idagi bu davlatda dehqonchilik katta ahamiyatga ega bo’lgan. Sug’orish ishlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Hammurapi mamlakatni g’alla to’la konga aylantirib, erlarni ishlashni osonlashtirganligi, parokanda bo’lib ketgan aholini Shumer va Akkad erlariga to’plaganligi,bu aholini don va suvga qondirganligi, uni farovonlikka va baxt-saodatga erishtirganligi bilan faxrlanadi.
Kuchayib borayotgan sinfiy kurashni bir oz yumshatish maqsadida Xammurapi qarzdorlik orqasidan asoratga tushib holuvchi kishining shaxsi va mol-mulkini qarz beruvchining xaddan ortiq siquvini oldini olishga harakat qilgan. Masalan, kodeksning 117- moddasida aytilishicha, agar qarzdor o’z qarzi badaliga xotinini, farzandini bergan bo’lsa qarz beruvchi shaxs ular mehnatidan 3 yil davomida foydalangan. 4-yili esa u ota-onasiga yoki eriga qaytarilgan. 3 yil davomida qarz beruvchi tomonidan u shaxs qiynab yoki boshqa yomon munosabatlar natijasida uldirilsa, qarz beruvchining farzandi ham qatl etilgan.
Kodeksning ayrim moddalarida jangchi-kolonistlar bo’lganligi tilga olinadi. Ular podshodan chek erlar olganlar va buning evaziga harbiy xizmat o’tashga majbur etilganlar. Agar jangchi urush davomida asrga tushib qolsa, u muayyan to’lovlar bilan qaytarib olingan. Jangchining erini boshqa kishilar tomonidan o’zlashtirish mumkin bo’lmagan. Jangchi jang davomida xalok bo’lsa uning eri jangchining farzandlariga qoldirilgan. Jangchi-kolonistga podsho tomonidan tortiq qilingan er, qoramol boqish va uni sotish mumkin bo’lmagan.
Xammurapi o’z qonunlari orqali o’z davrining hukmdori sifatida zodogonlar va mulkdorlar manfaatini himoya qildi. Quldor tuzumining yoqlar ekan, mamlakatda yagona boshqaruv g’oyasini ilgari surdi. Adolat o’rnatishga intilgan Xammurapi qullarga shaxsiy mulk sifatida qaraydi.
Xammurapi qonunlarida sharhlangan adolat odamlarning ozod kishilar va qullarga bo’linishini, shuningdek ozod kishilar ham o’zaro teng bo’lmagan turli tabaqalarga bo’linishini nazarda tutadi. Bobil xokimiyatining ijtimoiy tartibi quyidagicha ko’rsatilgan: teng huquqli erkin fuqarolar-jamiyat a’zolari: huquqiy erkin, (ya’ni qul bo’lmagan), lekin jamiyat a’zosi hisoblanmaydigan, podsholik xo’jaligida xizmatdagi teng huquqsiz odamlar, qullar”.
Uning barcha qilayotgan ishlari ezgu g’oyalardan iborat. “Men, deydi Xammurapi, yagona podshoman... Men podsholar ichida eng oliy podshoman, mening qudratimga va so’zlarimga shubha qilinmaydi. Menga qonunlarni Quyosh xudosining o’zi yuborgan... Men Xammurapi adolatli podshoman. Mening so’zlarim bebaho so’zlar, ishlarim tengi yo’q ishlardir” ,- degan so’zlar bilan kunlaydi Xammurapi o’z qonunlar to’plamini.
Hammurapi qonunlari o’z davrida etuk islohotlar davridan, kuchli markazlashgan davlat tashkil etilganidan dalolat beradi. Mamlakatni markazlashgan holda boshqarish muayyan miqdorda aholining tinch-totuv yashashiga olib kelgan va Mesopotamiyaning keyingi davlat boshliqlari davlatni boshkarishlarida g’oyaviy xizmat qilgan.
Qadimgi Sharq - insoniyat tsvilizatsiyasining beshigi bo’libgina qolmay,
insoniyat tafakkuri bilan bog’liq ilk g’oyalar ilk mafkuralar va ta’limotlar vujudga kelgan ma’naviy makon.
Sharqda yaratilgan ilk g’oyalar dunyo xalqlarining keyingi taraqqiyotiga, yaratilajak ta’limotlariga zamin bo’lib xizmat qildi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Sharq dunyo xalqlari taraqqiyoti uchun o’zining ilg’or g’oyalari, ta’limotlari va tajribasi bilan buyuk donishmand bo’lib xizmat qildi.
Download 61,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish