Ayniyat qonuni predmet va hodisalarning nisbiy barqarorligini ifoda etgan holda, tafakkurning rivojlanishini, tushunchalar va bilimimizning o’zgarib, boyib borishini inkor etmaydi. Bu qonun fikrning mazmuni predmet va hodisalarni tularoq bilib borishimiz bilan o’zgarishini e’tirof etadi va uni hisobga olishni taqozo qiladi. - Ayniyat qonuni predmet va hodisalarning nisbiy barqarorligini ifoda etgan holda, tafakkurning rivojlanishini, tushunchalar va bilimimizning o’zgarib, boyib borishini inkor etmaydi. Bu qonun fikrning mazmuni predmet va hodisalarni tularoq bilib borishimiz bilan o’zgarishini e’tirof etadi va uni hisobga olishni taqozo qiladi.
- Ayniyat qonuni tafakkurga, uning barcha elementlari, shakllariga xos Bo’lgan umumiy mantiqiy qonundir. Bu qonunning talablari tafakkurning har bir shakliga xos Bo’lgan konkret qoidalarda aniq ifodalanadi. Tafakkurning tushuncha, mulohaza (hukm), xulosa chiqarish shakllari, ular o’rtasidagi munosabatlar shu qonunga asoslangan holda amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |