10.3-jadval.
Qishloq xo‗jaligi oziq-ovqat mahsulotlarining aholi jon boshiga ishlab chiqarish hajmining o‗sishi dinamikasi (kg)
|
1991-
yil
|
2000-yil
|
2016-yil
|
2018-yil
|
2018-yilda 1991-yilga
nisbatan %da
|
2018-yilda 2000-yilga
nisbatan
|
Don
|
92,5
|
159,0
|
259,0
|
191,7
|
207,2
|
120,5
|
Kartoshka
|
17,3
|
30,0
|
93,0
|
82,7
|
478,0
|
275,7
|
Sabzavotlar
|
161,3
|
107,0
|
354,0
|
289,7
|
179,6
|
270,7
|
Poliz ekinlari
|
44,9
|
18,0
|
64,0
|
57,3
|
127,6
|
318,0
|
Meva va
Rezavorlar
|
25,0
|
32,0
|
96,0
|
77,8
|
311,0
|
243,1
|
Uzum
|
23,3
|
25,0
|
55,0
|
47,0
|
201,7
|
188,0
|
Go‗sht(tirik vaznda)
|
38,3
|
34,0
|
68,0
|
72,7
|
189,8
|
213,8
|
Sut
|
147,2
|
147,0
|
305,0
|
315,2
|
214,1
|
214,4
|
Tuxum(dona)
|
59,8
|
51,0
|
193,0
|
221,3
|
370,0
|
433,9
|
Aholi jon boshiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning 1991-2018-yillarda o‗sishi ularning Jahon sog‗liqni saqlash tashkiloti va O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan ratsional iste‘mol me‘yorlariga nisbatan birmuncha yaqinlashishiga, don mahsulotlari, sabzavot va poliz oziqbop ekinlar bo‗yicha esa oshib ketishiga olib keldi. Jumladan, aholi jon boshiga don mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2018-yilda 1991-yilga nisbatan iste‘molning JSST ratsional me‘yorlariga nisbatan 76,7%dan 159,1%ga, O‗zbekiston Respublikasi SSV me‘yorlariga nisbatan 71,7%dan 148,6%ni, poliz va sabzavotlar ishlab chiqarish iste‘molning mos ravishda 146,9% dan247,3% va 153,7%dan 258,7%ga oshdi. O‗zbekistonda qishloq xo‗jaligi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishini rivojlantirish va oziq- ovqat xavfsizligini ta‘minlashda quyidagi muammolar mavjud:
urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi va boshqa omillar ta‘sirida qishloq xo‗jaligida foydalaniladigan, shu jumladan ekin yer maydonlarining kamayib borishi. Jumladan, 2010-2018-yillarda qishloq xo‗jaligi ekin yer maydonlari 1,7 ming gektarga kamaygan bo‗lsa, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan 232,2 ming gektarga, ya‘ni 6,27%ga qisqardi;
meliorativ holati yomonlashgan sug‗oriladigan yer maydonlarining mavjudligi;
ilgari sug‗orilgan, ammo sho‗rlangan yerlarga aylangan, qishloq xo‗jaligi yer oborotidan chiqib ketgan yerlarning mavjudligi;
yerlarning cho‗llanish jarayonlarining yuz berayotganligi;
suv resurslari tanqisligi va uning sifatining yomonlashuvi;
yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligining pastligi, zamonaviy agrotexnika va texnologiyalarni qo‗llashning sustligi;
chorvachilik uchun ozuqa bazasining yetarli emasligi, yaylovlarning kamayib borishi;
qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirish, texnika va texnologiyalar bilan qurollanish darajasining pastligi, ayniqsa, kichik yer maydonlari uchun kichik mexanizatsiyalashtirish texnikasi, ya‘ni mini qishloq xo‗jaligi texnikasi, mini traktor va motobloklarning yetarli emasligi;
ekologik va iqlim o‗zgarishlari;
asosiy turdagi qishloq xo‗jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini hosildorligining pasayib borishi;
fermer va dehqon xo‗jaligi rahbarlarining yetarli bilim va malakalariga ega emasligi.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashda oziq-ovqat sanoati ham muhim rol‘ o‗ynaydi. Oziq-ovqat sanoati tayyor yoki yarim fabrikat holda ovqat mahsulotlari, shuningdek, ichimliklar, tamaki buyumlari hamda yog‗ ishlab chiqarish asosida sovun va yuvish vositalarining bir necha toifalarini ishlab chiqaruvchi tarmoqlar guruhidir. Oziq-ovqat sanoati agrasanoat majmuasi tarkibiga kiradi va unda xomashyo yetkazib beruvchi tarmoq sifatidagi qishloq xo‗jaligi va savdo tarmoqlari bilan mustahkam aloqador tarmoq hisoblanadi. Oziq-ovqat sanoatining bir qismi xomashyo tumanlari, boshqa qismi iste‘mol tumanlari bilan bog‗langan bo‗ladi. Bu tarmoq O‗zbekistonda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash asosida shakllangan. Uning geografik, ya‘ni hududiy joylashuvi qayta ishlanadigan xomashyo xususiyatlariga bog‗liq.
Bugungi kunda, oziq-ovqat sanoati korxonalari yuqori darajada mexanizatsiyalashgan, ma‘lum darajada avtomatlashgan, kompyuter texnologiyalari va robotlar qo‗llaniladigan ishlab chiqarishga aylangan. Shuning uchun mazkur tarmoq nafaqat qishloq xo‗jaligi, shu bilan birga mashinasozlik, energetika, kimyo sanoati bilan bevosita integratsiyalashmoqda.
Bugungi kunda, respublika oziq-ovqat sanoati «O‗zbek oziq-ovqat holding» kompaniyasi (tarmoq yalpi mahsulotidagi ulushi 33,4%)
―O‗zdonmahsulot‖(14,5%) va ―O‗zvinosanoat xolding‖(8,9%) kompaniyalari hamda xususiy korxonalar va boshqa xo‗jalik yuritish subyektlari (43,2 %) faoliyat yuritmoqda.
Tahlil davrida o‗simlik yog‗i va osh tuzi ishlab chiqarish hajmlari kamaydi. Bu xol mazkur turdagi mahsulotlar importining oshganligi bilan izohlanadi. Oziq- ovqat sanoatida eng muhim muammolardan biri qishloq xo‗jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash darajasining hamon past ekanligi bilan izohlanadi. O‗zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash ulushi (darajasi) 2012 yildagi 13,3% dan 2018 yilda 17,8%ga, go‗shtni qayta ishlash ulushi 6,9%dan 12,0%ga, sutni qayta ishlash ulushi esa 9,8%dan 14,1%ga o‗sdi.
Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash ulushi Samarqand (30,2%), Toshkent viloyati(Toshkent shahri bilan)da (22,4 %) Qashqadaryo (20,6%), Namangan(19,8%) viloyatlarida birmuncha yuqoridir. Ammo bu ko‗rsatkich Qoraqalpog‗iston Respublikasida, Xorazm, Surxondaryo, Jizzax va Navoiy nisbatan ancha pastdir. Go‗shtni qayta ishlash ulushi Toshkent va Andijon viloyatlarida kuzatiladi. Sutni qayta ishlash ulushi esa Namangan va Toshkent viloyatlarida birmuncha yuqoridir. Tahlillar shuni ko‗rsatmoqdaki, qishloq xo‗jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash darajasi mamlakatimizda ancha past bo‗lib, bu borada muammolar mavjudligidan dalolat beradi. Bu muammolar qayta ishlash tarmoqlar korxonalari sonining kamligi, ularning asosiy ishlab chiqarish fondlarining ancha eskirganligi, qayta ishlash korxonalarining respublika hududlari bo‗ylab notekis joylashtirilganli bilan bog‗liqdir. Endilikda bu muammolarni hal etish uchun qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlash
korxonalari sonini barcha hududlarda ko‗paytirish, mavjudlarini modernizatsiya qilish, yangi texnika va texnologiyalar bilan qayta jihozlash asosida ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, shuningdek, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini saqlash omborlarini tashkil etish maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |