10.2-jadval.
O‗zbekiston Respublikasida qishloq xo‗jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining o‗sishi dinamikasi (ming tonna)
Mahsulot turlari
|
1991-
yil
|
2000 -
Yil
|
2010-
Yil
|
2016 -
yil
|
2018 -
yil
|
2018- yilda
1991- yilga nisbatan
%da
|
Don
|
1908
|
3915
|
7391,0
|
8261,3
|
6375,4
|
334,1
|
Paxta
xomashyosi
|
4 645,8
|
3002,4
|
3404,0
|
2959,0
|
2300,0
|
49,4
|
Meva va
Rezavorlar
|
516,6
|
801,0
|
1710,3
|
3042,8
|
2589,7
|
501,3
|
Uzum
|
480,5
|
573,0
|
997,5
|
1735,8
|
1564,5
|
325,6
|
Sabzavot
|
3324,1
|
2643,1
|
6346,4
|
11275,8
|
9635,1
|
289,8
|
Kartoshka
|
355,7
|
730,7
|
1692,9
|
2958,4
|
2750,1
|
773,1
|
Poliz ekinlari
|
925,8
|
359,1
|
1182,4
|
2044,9
|
1904,9
|
205,7
|
Mamlakatimizda qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishni intensivlashtirish, diversifikatsiyalash, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, urug‗chilikni yaxshilash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida qishloq xo‗jaligi ekinlarining hosildorligi oshirildi. Don ekinlarining o‗rtacha hosildorligi gektariga 1991-yildagi 17,3 sentnerdan 2018-yilda 39,7 sentnerga, shunga muvofiq ravishda bug‗doy hosildorligi 11,8 sentnerdan 42,2 sentnerga, kartoshka 87 sentnerdan
217,9 sentnerga, sabzavot 188 sentnerdan 253,6 sentnerga, poliz mahsulotlari hosildorligi 106 sentnerdan 197,9 sentnerga. meva va rezavorlar 36,7 sentnerdan 118,3 sentnerga, uzum 50,9ssentnerdan 157,0ssentnerga o‗sdi. 2018-yilda uzumdan tashqari barcha qishloq xo‗jaligi ekinlarining hosildorligi o‗sdi.
Mamlakatimizda chorvachilik sohasida ham tarkibiy o‗zgarishlar sodir bo‗lmoqda. Mustaqillik yillarida yirik shoxli qoramollar soni 2,4 barobardan ziyodga, sigirlar soni 2 barobardan ortiqqa o‗sdi. Shuningdek, qo‗y va echkilar hamda parrandalar soni shu davrda mos ravishda 2 barobardan ziyodga oshdi.
Chorva mollari sonining o‗sishi natijasida chorvachilik mahsulotlarining qishloq xo‗jaligi mahsulotlari umumiy hajmidagi ulushi 1990-yildagi 36,6% dan
2018-yilga kelib 46,8% ga o‗sdi. Bunga asosan dehqon xo‗jaliklarida chorva mollari sonining o‗sishi hisobiga erishildi. 2018-yilda yirik shoxli qoramollarning 93,6%, quy va echkilarning 84,1%, parrandalarning 57,9% dehqon va tomorqa xo‗jaliklari ulushiga to‗gri kelgan. Natijada 1990-2018-yillarda go‗sht (tirik vaznda) ishlab chiqarish barobardan, sut 3,4 barobardan, tuxum 5,9 barobardan ziyodga o‗sdi.
Qishloq xo‗jaligi oziq-ovqat mahsulotlari hajmining va uni qayta ishlash hajmining o‗sishi natijasida aholi jon boshiga ishlab chiqarish hajmi ham o‗sish tendensiyasiga ega bo‗ldi.
2018-yilda 2000-yilga nisbatan aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan jami don mahsulotlari 159 kg.dan 259 kg.ga, kartoshka 3 barobardan ziyodga, sabzavotlar 3,4 barobarga, poliz mahsulotlari 3,5 barobardan ziyodga, mevalar ham 3 barobarga, uzum 2,2 barobarga, Go‗sht 2 barobarga, sut 2 barobardan ziyodga va 3,8 barobarga yaqin o‗sgan. Ammo 2018-yilda 2016-yilga qishloq; xo‗jaligi oziq- ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish mahsulotlari ishlab chiqarish go‗sht (tirik vaznda) dan tashqari kamayganligi, aholi sonining o‗sganligi tufayli aholi jon boshiga nisbatan ishlab chiqarish ko‗rsatkichlari ham kamaydi.
2018-yilda 1991-yilga nisbatan aholi jon boshiga don mahsulotlari, uzum va sut ishlab chiqarish 2 barobardan ziyodga,meva va rezavorlar, tuxum 3,7 barobarga, kartoshka yetishtirish 4,8 martaga yakin, go‗sht (tirik vaznda) 1,9 martaga, 2000-yilga nisbatan esa 2,1 martaga o‗sdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |