9.2. Озиқ-овқат хавфсизлигининг иқтисодий аҳамияти ва уни таъминлаш муаммолари
Oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash har qanday mamlakat iqtisodiy strategiyasi va siyosatining muhim ustuvor yo‗nalishi bo‗lib, jamiyatdagi siyosiy, ijtimoiy, millatlararo barqarorlik uni amalga oshirish samaradorligiga bog‗liqdir. Buning uchun mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash tizimi va uni amalga oshirish mexanizmi shakllantirilishi lozim bo‗ladi. Mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash tizimi va mexanizmini shakllantirishning asosiy maqsadi va vazifalari uning oziq-ovqat xavfsizligini
ta‘minlash strategiyasi, yoki dasturi, yoki doktrinasida belgilab qo‗yilgan bo‗ladi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash tizimi quyidagi vazifalarni bajaradi:
xavfsizlik obyektlarining hayotiy muhim manfaatlariga ichki va tashqi tahdidlarni aniqlash va ularni oldini olish hamda neytrallashtirish;
xavfsizlikni ta‘minlash vositalarini vujudga keltirish va qo‗llab- quvvatlash hamda tahdidlar vujudga kelgan sharoitda ularni boshqarish;
xalqaro shartnoma va kelishuvlarga muvofiq davlatdan tashqarida oziq- ovqat xavfsizligini ta‘minlashda ishtirok etish.
Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash quyidagi shartlarni ro‗yobga chiqarish orqali amalga oshiriladi:
muvozanatlashgan davlat va mintaqaviy xomashyo, oziq-ovqat resurslarini shakllantirish maqsadida agrosanoat ishlab chiqarishini, shuningdek, ASKning eksport potensialini barqaror rivojlantirish;
aholi turmush darajasi va sifati o‗sishini ta‘minlash, tibbiyot me‘yorlari bo‗yicha oziq-ovqat mahsulotlarini iste‘mol qilishga yetarli bo‗lgan daromadlar olish uchun sharoitlar yaratish;
yetmayotgan oziq-ovqat va xomashyoni import qilish uchun zarur bo‗lgan valuta resurslari zaxiralarini, shu jumladan eksportdan olingan mablag‗lar hisobiga yaratish;
mamlakatning oziq-ovqat va xomashyo bilan o‗zini o‗zi ta‘minlashning barqaror darajasini qo‗llab-quvvatlash hamda import o‗rnini bosadigan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish bo‗yicha ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlar komleksini amalga oshirish.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash mexanizmi-davlatga oziq-ovqat xavfsizligi darajasini barqarorlashtirishga imkon beruvchi yagona huquqiy me‘yorlar asosida tartibga solinadigan mexanizmga birlashgan xalqaro, milliy va mintaqaviy darajalarda o‗zaro bog‗langan tashkiliy shakllar va iqtisodiy usullar yig‗indisidir. Milliy oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash mexanizmi o‗z ichiga xalqaro, milliy va mintaqaviy darajadagi xavfsizlik subyektlarini, oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash dastaklarini, tamoyillarini va uni baholashni, oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash darajasini oshirish bo‗yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni, ularni monitoring qilish hamda monitoring natijalarini hisobga olgan holda dasturlarga tuzatishlar kiritishni oladi.
O‗zbekiston oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash uchun quyidagi hududiy, iqtisodiy va tashkiliy mexanizmlarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.
Huquqiy mexanizm - yer qonunchiligini bozor munosabatlariga asoslangan holda yanada takomillashtirish:
qishloq xo‗jaligida ipoteka kreditlarini ajratish bo‗yicha huquqiy asoslarni shakllantirish;
mahsulot sifatini boshqarish va xavfsizligini nazorat qilishning huquqiy- me‘yoriy mexanizmlarini takomillashtirish;
mahalliy eksport qiluvchilar huquqini xorijiy davlatlarda himoya qilish;
zamonaviy bozor institutlari va infratuzilmalarini shakllantirish uchun huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
agrar tarmoqda integratsiyani rivojlantirishning huquqiy-me‘yoriy asoslarini takomillashtirish;
Umumjahon Savdo Tashkiloti talablaridan kelib chiqqan holda tarmoqni isloh qilishning huquqiy asoslarini shakllantirish;
mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash Dasturini ishlab chiqish;
«Iste‘mol savati to‗g‗risida»gi qonunni qabul qilish.
Iqtisodiy mexanizm - qishloq xo‗jaligida ipoteka kreditlari ajratishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish:
agrar tarmoqqa investitsiya, shu jumladan, xorijiy kapitalni jalb qilishni oshirish;
narx va kredit siyosatini mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash nuqtayi nazaridan takomillashtirish;
budjetdan ajratilgan mablag‗lardan oqilona foydalanish va uni qat‘iy nazorat qilish ;
qishloq xo‗jaligini moliyaviy sog‗lomlashtirish tizimi va ishlab chiqaruvchilar bankrotligi mexanizmini ishlab chiqish, yagona yer solig‗ini yanada takomillashtirish tez buzuluvchi mahsulotlarni eksport qiluvchilar uchun transport tariflarini optimallashtirish;
yer unumdorligini oshirgan xo‗jalik subyektlariga iqtisodiy imtiyozlar berish;
qishloq joylarida muhandislik va ijtimoiy infratuzilmalarni moliyalashtirishning samarali mexanizmini ishlab chiqish;
ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qishloq xo‗jaligi balansiga o‗tkazish;
agrar tarmoqda integratsiyani rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini ishlab chiqish, agrosanoat majmui tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish.
Tashkiliy mexanizmlar - favqulodda vaziyatlarda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta‘minlash mexanizmini ishlab chiqish:
agrar sohada ilg‗or axborot tizimini shakllantirish;
oziq-ovqat mahsulotlari savdosida ma‘muriy va texnik to‗siqlarni yo‗qotish;
milliy sertifikatsiyalash tashkilotlarini xorijiy davlatlarda akkreditatsiyadan o‗tkazish.
Oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish va tartibga solishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi quyidagi muammolarni hal etishga yo‗naltirilgan:
davlatning oziq-ovqat ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, iste‘mol jarayonlarini tartibga solishdagi rolini kuchaytirish;
mamlakat ichki oziq-ovqat bozori infratuzilmasini elementlarini shakllantirish va rivojlantirish;
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish;
agrosanoat majmuasi tarkibiga kiruvchi tarmoq va sohalarining integratsiya va kooperatsiyasini rivojlantirish (yirik ishlab chiqarish korxonalari, qishloq xo‗jaligi klasterlari va boshqa tuzilmalarni tashkil etish);
eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari turlarini ishlab chiqarish bo‗yicha mamlakat va uning hududlari bo‗yicha tarmoq uyushma va assotsiatsiyalarini vujudga keltirish;
qishloq xo‗jaligi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalari, fermer va dehqon xo‗jaliklari rahbarlari, ASK. tarmoqlari korxonalarining rahbar va mutaxassislarini bozor sharoitida ishlash tamoyillari bo‗yicha o‗qitishni tashkil etish.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashni kompleks baholash o‗z ichiga uchta muhim jihatni oladi:
iqtisodiy: qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini mintaqaning ASK ishlab chiqarish-iqtisodiy salohiyati resurslarining cheklanganligini hisobga olgan holda zarar ko‗rmaslikni va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta‘minlash uchun yetarli bo‗lgan hajmlarda ishlab chiqarish;
institutsional: oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashga imkon beradigan davlat va bozor institutlarining samaradorligi, me‘yoriy- huquqiy bazaning mosligi, ASKni boshqarishning barcha darajalarida tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarning ishchanligi;
ijtimoiy: aholini yuqori sifatli mahsulotlar bilan yetarli miqdorda va ularning to‗lov qobiliyatiga muvofiq ta‘minlash.
O‗zbekiston Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha uchta muhim jihat: agrosanoat majmuasida oziq-ovqat ishlab chiqarishni tartibga solish va rag‗batlantirish, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyoji erishishini va iste‘molini ta‘minlash va bu boradagi imkoniyatlarini oshirish hamda oziq- ovqat xavfsizligini boshqarishni tashkil etish tizimini takomillashtirib borish bo‗yicha dastak va chora-tadbirlarni o‗z ichiga oladi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash mexanizmi agrosanoat majmuasida oziq-ovqat ishlab chiqarishni tartibga solish va rag‗batlantirish sohasida quyidagi dastak va chora-tadbirlarni o‗z ichiga oladi:
oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashning qonuniy, huquqiy-me‘yoriy asosini vujudga keltirish va takomillashtirib borish;
budjet-soliq vositalari orqali oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishni rag‗batlantirish. Bunda soliq imtiyozlari, dotatsiya va subvensiyalar berish nazarda tutiladi;
pul-kredit siyosati dastaklari vositasida oziq-ovqat ishlab chiqarishni rag‗batlantirish. Bunda imtiyozli kreditlash tizimining joriy etilishi nazarda tutiladi;
oziq-ovqat eksporti va importini bojxona tariflari va tarifsiz tartiblash. Bunda mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan yoki kam miqdorda ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishni hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning oziq-ovqat, shu jumladan, qishloq xo‗jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini eksport faoliyatini bojxona tariflari yoki tarifsiz tartibga solish va rag‗batlantirish chora-tadbirlari amalga oshiriladi;
ASM tarmoqlariga investitsiyalar kiritishni rag‗batlantirish. Bunda agrosanoat majmuasi tarmoqlariga, jumladan, qishloq va baliqchilik xo‗jaligi, suv xo‗jaligi, oziq-ovqat sanoati tarmoqlariga ichki va xorijiy investitsiyalarni kiritishni, mamlakat mintaqalarida, erkin agrar iqtisodiy zonalar, qishloq xo‗jaligi klasterlarini tashkil etishni rag‗batlantirish, ularni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.
Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan erishishini va xavfsiz iste‘mol sohasida ushbu mexanizm quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
aholi daromadlari o‗sishini rag‗batlantirish. Bu borada tirikchilik minimumini va iste‘mol savatini aniqlash, ish haqining eng kam miqdorini belgilash, budjet tashkilotlari ish haqini oshirib borish, yillik inflatsiya darajasiga muvofiq indeksatsiya qilish amalga oshiriladi;
kam ta‘minlangan aholini ijtimoiy himoyalash. Bu borada bolali oilalarga, yolg‗iz va nogiron kishilarga moddiy yordam ko‗rsatish, ishsizlik nafaqasi, talabalarga stipendiyalar joriy etish, pensiya va keksalik nafaqalari tayinlash, ijtimoiy sug‗urta, kambag‗allik va qashshoqlikni qisqartirish bo‗yicha ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish, ijtimoiy sug‗urta nazarda tutiladi;
Oziq-ovqat eksporti va importini bojxona ta‘riflari va ta‘rifsiz tartiblash
Mahalliy hokimliklar
Oziq-ovqat iste‘molchilarini huquq va manfaatlarini himoya qilish tizimi
Markaziy bank
Pul kredit siyosati dastaklari (imtiyozli kreditlar)
ASM tarmoqlar boshqaruv organlari
Oziq-ovqat sifati va xavsizligini nazorat qilish tizimi
Budjet soliq vositalari (soliq imtiyozlari, dotatsiya va subvensiyalar berish)
Vazirlar Mahkamasi
Kam ta‘minlangan aholini ijtimoiy himoyalash
Oliy majlis
Oziq – ovqat xavfsizligini ta‘minlashning huquqiy me‘yoriy asosini takomillashtirish
Prezident
Aholi daromadlari o‗sishini rag‘batlantirish
ASM tarmoqlariga investitsiyalar kiritishni rag‘batlantirish va oziq
– ovqat tovarlari ishlab chiqaruvchilarni qo‗llab- quvvatlash
Oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, saqlash, sotish, umumovqatlanish infratuzilmasini rivojlantirishni rag‘batlantirish
Savdo sanoat palatasi, fermerlar kengashi, Dehqon va tomorqa xo‗jaliklari uyushmasi va boshqa NNT
10.1-rasm. O‘zbekistonda oziq – ovqat xavfsizligini ta‘minlash mexanizmi va uning dastaklari
oziq-ovqat sifati va xavfsizligini nazorat qilish tizimi oziq-ovqat sifati va xavfsizligi standartlarini, muvofiqlik sertifikatlarini joriy etishni, ularni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, sifat monitoringini amalga oshirish, oziq-ovqat
mahsulotlari savdosini va umumovqatlanish muassasalarini sanitariya-gigiena hamda ekologik nazoratini tashkil etish va shu kabilarni o‗z ichiga oladi;
oziq-ovqat iste‘molchilarini huquq va manfaatlarini himoya qilish tizimi monopolistik faoliyatni tartibga solish, raqobatni rag‗batlantirish va iste‘molchilar huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish bo‗yicha davlat organlari hamda Federatsiyalar faoliyatini o‗z ichiga oladi;
oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, saqlash, sotish, umumovqatlanish infratuzilmasini rivojlanishini rag‗batlantirish. Bunda transport, yuklash-tushirish, oziq-ovqat mahsulotlarini joylash va o‗rash idishlari, taralari, jihozlari, qadoqlash, qoliplash, saqlash omborlari, kameralari, sovutkichlari, ular bilan ulgurji va chakana savdo bozorlari, shahobchalari, umumovqatlanish restoran, kafe, taomxonalar faoliyatini tartibga solish hamda rag‗batlantirish nazarda tutiladi.
Oziq-ovqat xavfsizligini boshqarishni tashkil etish tizimi mazkur mexanizmning amal qilishini tashkil etadi va ta‘minlaydi. Bunda davlat rahbari bo‗lgan Prezident oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash strategiyasini va davlat siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirishga, bu jarayonlarni nazorat qilishga bosh bo‗ladi.
Oliy Majlis oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish orqali uning qonuniy, huquqiy-me‘yoriy asosini takomillashtirib borishda muhim rol o‗ynaydi.
Vazirlar Mahkamasi, uning tarkibidagi moliya, iqtisodiyot, qishloq xo‗jaligi, suv xo‗jaligi, sog‗liqni saqlash, bandlik va mehnatni mudofaza qilish va boshqa vazirliklar, davlat soliq qo‗mitasi va boshqa tegishli vazirlik hamda davlat qo‗mitalari, agrosanoat majmuasi tarmoqlari boshqaruv organlari oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularning barqaror zaxiralarini tashkil etish, aholining ularga jismoniy va iqtisodiy, ijtimoiy jihatdan erishishlarini ta‘minlashga yo‗naltirilgan davlat iqtisodiy strategiyasi va siyosatini amalga oshirishda ijrochilik funksiyalarini bajaradilar.
Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga oshirish orqali oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini imtiyozli kreditlash amaliyotni yuritish orqali muhim tartibga soluvchilik funksiyasini amalga oshiradi.
Mahalliy hokimliklar, fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish va tegishli davlat organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarini o‗rnatib, huquqlarning oziq-ovqat; xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan dasturlarni, chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.
Mamlakat miqyosida oziq-ovqat xavfsizligining asosiy mezonlari quyidagilardan iborat:
oziq-ovqat bilan mamlakatning o‗zini o‗zi ta‘minlash darajasi va oziq- ovqat mahsulotlarining mustaqil ta‘minotining import asosida yetkazib berishga bog‗liq emasligi;
strategik va joriy oziq-ovqat zaxiralarining iste‘molning normativ me‘yorlariga nisbatan qiyosiy miqdorlari;
aholi jon boshi hisobiga oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish darajasi;
o‗ta muhim mahsulotlarni iste‘mol darajasi;
aholining turli tabaqalari uchun oziq-ovqatga jismoniy va iqtisodiy erishish darajasi;
asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligi;
oziq-ovqat mahsulotlarining sifatligi va ekologik sofligi.
Mamlakat mintaqalarining oziq-ovqat xavfsizligi quyidagi mezon va ko‗rsatkichlar bilan baholanadi:
Oziq-ovqatga jismoniy erishish. Oziq-ovqat savdosini amalga oshirish uchun 1000 kishi hisobiga maydon bilan ta‘minlanganligi va hududda yo‗llar tarmog‗ining mavjudligi bilan aniqlanadi. Oziq-ovqatga erishish imkoniyatini belgilovchi ko‗rsatkichlarning yana biri uning narxidir. Uning asosida quyidagilar tahlil qilinadi:
uy xo‗jaliklarida iste‘mol qilingan oziq-ovqat mahsulotlarini o‗rtacha xarid narxlari(so‗m/1kg);
oziq-ovqat mahsulotlarining turli tarkibdagi uy xo‗jaliklaridagi qiymati (uy xo‗jaligining har bir a‘zosiga nisbatan / so‗m);
aholining iste‘mol xarajatlari tarkibida oziq-ovqatga sarflangan xarajatlar (uy xo‗jaligi a‘zosiga nisbatan, bir oyda o‗rtacha);
aholi jon boshiga asosiy turdagi qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish (kg, dona).
Oziq-ovqatga iqtisodiy erishish kambag‗allik va aholi daromadlarining xarid qobiliyati koeffitsiyentlari orqali ifodalanadi.
Hududda ishlab chiqarilgan va iste‘mol qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi, brak qilingan tovarlar ulushi (sifat koeffitsiyenti) bilan aniqlanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining, birinchi navbatda donning bir hosil yig‗imidan yangisigacha bo‗lgan davrdagi mavsumiy zaxiralarining miqdori.
Hududning (tumanning) oziq-ovqat importiga bog‗liqligi asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste‘mol nisbati orqali aniqlanadi.
Aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga bo‗lgan ehtiyojining qondirilishi darajasi. Bu ko‗rsatkich ovqatlanish koeffitsiyenti orqali aniqlanadi.
Tadqiq etilayotgan hududda aholining ovqatlanish ratsionidagi energetik quvvatlar darajasi. Bu ko‗rsatkich ovqatning kaloriyaligini meditsina me‘yorlari bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.
Oziq-ovqat xavfsizligini baholashda O‗zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning umumiy ulushi chetdan keltirilayotgan mahsulotlarga nisbatan ko‗rsatkich sifatida qo‗llaniladi:
don -95% kam emas;
shakar -80%;
o‗simlik moylari-80%;
go‗sht mahsulotlari (go‗shtga hisoblanganda) - 85%;
sut va sut mahsulotlari (sutga hisoblanganda) -90%;
baliq mahsulotlari -80%;
kartoshka -95%;
osh to‗zi- 85%.
Ta‘kidlash lozimki, oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash darajasini aniqlashda mamlakatda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari aholining jon boshiga amalda erishilgan iste‘mol darajasini jahon sog‗liqni saqlash tashkiloti va har bir mamlakatning sog‗liqni saqlash vazirliklari tomonidan belgilangan ratsional iste‘mol me‘yorlariga nisbati bilan taqqoslanadi.
Истиқлолдан аввал юртдошларимиз бугунги дориламон кунлар, фаровон ҳаёт, беқиёс имконияту ғамхўрликлар ҳақида тасаввур ҳам қила олмасди. Ахир илгари улар умр бўйи далада меҳнат қилиб, косаси оқармай, бири икки бўлмай, амаллаб рўзғор тебратган, холос. Бугунчи? Яратиб берилган қулай шарт-шароитлардан оқилона фойдаланиб, фидокорона меҳнат қилаётган деҳқон ва фермерлар нафақат жамиятимизга наф келтираяпти, балки ўзлари катта манфаат ҳамда рағбат кўраяпти. Уларнинг ишлаб топган даромади оила аъзоларининг фаровон турмуш кечириши, дастурхони тўкинлиги, юртимиз тараққиётининг кафолати бўлиб хизмат қилмоқда.
Do'stlaringiz bilan baham: |