Sistematikasi. Maxsar murakkabguldoshlar Astegaseaye oilasiga va Carthamus tinctoriys avlodiga va turiga mansub bir yillik o`simlikdir.
Ildizi ukildiz, kuchli darajada shoxlangan bo`lib, tuproqka ikki metrgacha chukurlikka kiradi. Poyasi tuksiz, sershox, buyi 90 sm gacha yetadi. Barglari bandsiz, tuksiz, lensetsimon, cheti mayda bo`lib, ko`pincha tikan bilan tugaydi. To`pguli diametri 1,5-3,5 sm keladigan savatchadan iborat. Xar tupida 5-6 tadan 30-50 tagacha savatcha bo`ladi. Guli naysimon, sarik yoki tuk sarik rangli beshga bo`lingan gultoji bor. Chetdan changlanadi. Mevasi pista. Uning pusti kattik bo`lib kiyin chaqiladi va pista vaznining 40-50%ini tashqil qiladi. 1000 dona pistaning vazni 20-50 g keladi. Pistasi yetilganda yerga tukilmaydi.
Biologiyasi. Maxsar kuruk kontinental iqlim o`simligi, qurgoqchilikka va juda issiqka bardosh beradi.Issiqka talabchan, maysa 2-5°S unib chiqadi, muqobil xarorat 22-25°S, maysa 3-4 °S sovukka bardosh beradi.
Zararkunandalardan maxsar uzun tumshugi, maxsar chivini bilan zararlanadi. Urugi tikonli va tikonsiz bo`ladi. Tikonsiz maxsar ekiladi, o`sish davri 95-135 kun davom etadi.
Navlar: Lalmi yerlarda "Milyutinskiy 114" navi ekilmokda.
3. Yetishtirish texnologiyasi. Asosiy utmishdoshlar-kuzgi don ekinlari, don-dukkakli ekinlar, texnika ekinlardan bushagan yerlarga ekiladi. Kunjut bir ekilgan yerga 5 yildan keyin kayta ekiladi. Tuproqga ishlov berish baxorgi ekinlarga Qanday o`tkazilsa, shunday bajariladi. Maxsar erta baxorda ekiladi, kunjut aprelning oxiri, mayning O`rtalarigacha ekiladi. Kujutni angizga iyun oyining birinchi yarmida ekilgani ma`kul. Eqish usuli-keng katorlab, kator orasi 45-60 sm. Yoppasiga katorlab ekilishi xam mumkin. Eqish chukurligi kunjut uchun 2-3 sm, maxsar uchun-3-6 sm. Eqish me`yori: kunjut 1,5-2,0 mln.dona (4-8kg), maxsar -200-400 ming.dona.ga(10-15 kg), tog oldi lalmi yerlarda yoppasiga katorlab 25kg\ga xisobiga ekiladi.
Ekinlarni parvarishlashda-borona qilinadi, kator orasiga ishlov beriladi, kunjut 2-4 ta sugoriladi, shundan gullash davrida 2 marta sugorish me`yori-600-800 kub.m.ga. kunjut uchun ugitlar me`yori: azot-50-100kg, fosfor-100-150kg, kaliy-50-70 kg sof modda xisobida. Ugitlash me`yori tuproq unumdorligiga, rejalashtirilgan xosilga, eqish usuliga, urug sifatiga qarab o`zgaradi.
Maxsar kuk oziq pichan silos uchun yetishtirilayotganda, savatchalar paydo bo`layotganda paytda yigib olinadi.
Maxsar tula yetilganda don kombaynlar yordamida yigaladi, kunjutni 70% mevasi yetilganda uriladi va mevasi chatnaganda kokib urugi ajratiladi. Kunjutni tula pishish davrigacha koldirish mumkin emas, chunki yetilgan mevalar chatnab urugi tuqiladi.
Adabiyotlar:
1. X.Atabayeva, O.Qodirxujayev O`simlikshunoslik, T.Yangi asr avlodi.2006 yil (lotin alifbosida).
2. O.Mirzayev, T.Xudoyberganov Yem-xashak yetishtirish-Andijon 2003 y.
3. X.Atabayeva va boshq.O`simlikshunoslik, T.Mexnat.2004 y.
4. I.Karimov bir yillik va ko`p yillik Mustaqil yurt g`allasi, T.O`zbekiston 2003 y.
5. A.Omonov, X.Bo`riyev, L.G`afurova, A.Nurbekov Bir boshoq don.T.2004 y.
6. Z.Umarov, A.Atabayeva va boshq.Non rizqi rzo`imiz, T.Navruz 1994 y. 26 bet.
7. N.G.Andreyev Lugovoye i polevoye kormovorizvodstsvo M.Kolos 1989 g.495 s.
8. X.Atabayeva va boshq.Yem-xashak yetishtirish.T.mexnat 1997 y.
9. Bo`riyev X.CH., Atabayeva X.N., Qand lavlagi urug`chiligi (tavsiyanoma) 199 y.
10. Zaurov D.E., Sborshikova S., Risovodstvo T.Mexnat 1989 y.
11.D.Yormatova Dala ekinlari biologiyasi va yetishtirish texnologiyasidan amaliy mashg`ulotlar.
12. Elektron darslik, ilmiy monografiya, maqolalar, nomzodlik va magistrlik dissertatsiyalari, ilmiy Amaliy anjumanlari, ma`ruzalar to`plamlari, gazeta va jurnallar, statistik ma`lumotlar, to`plamlar, mat`uraz matnlarining elektron versiyasi.
13. Internet saytlari:
14. www.ziyonet.net
Do'stlaringiz bilan baham: |