Tuksiz miya, shirinmiya – Glycyrrhiza glabra L



Download 20,67 Kb.
Sana08.04.2022
Hajmi20,67 Kb.
#536849
Bog'liq
Qizilmiya


Tuksiz miya, shirinmiya – Glycyrrhiza glabra L.
Ildizpoyalari o’rmalovchi ko’p yillik o’tsimon o’simlik. Poyasi tik o’sadi, bo’yi 45 -120 sm, yonbargchalarining uzunligi 3mm, yopishqoq toq patsimon bargli. Gullari uzunligi 7- 8 sm keladigan binafsha rang shingilsimon to’pgulga yig’ilgan. May-iyun oylarida gullab iyul-sentabr oylarida urug’laydi.
O’rta Osiyoning daryolari yoqalarida, chala cho’l va cho’l zonalaridan iborat dashtlarda o’sadi. Qimmatli yem-xashak, dorivor va texnik o’simlik. Ildizidan olinadigan ekstraktlar oziq-ovqat sanoatida (holva tayyorlash uchun) va meditsinada ishlatiladi. O’simlikning yer ustki qismidan molar uchun yem-xashak tayyorlanadi.
[ I.V.Belolipov, G.S.Kostelova, O.A.Titova O’zbekiston o’simliklar dunyosi – 1997-yil “O’qituvchi” nashriyoti ]
Qizilmiya, солодка – Glycyrrhiza L.
Qizilmiya turlari dukkakdoshlar – Fabaceae oilasiga mansub – bo’yi 50-100 sm bo’ladigan ko’p yillik o’t o’simlik. O’rta Osiyoda o’sadigan turlaridan quyidagi ikkitasi tibbiyotda ishlatiladi:
Oddiy qizilmiya (chuchukmiya) – Солодка обыкновенная – G glabra L. va Ural qizilmiyasi G. uralensis Fisch.
O’simlik tasviri. Qizilmiya turlarining yer ostki qismi yaxshi taraqqiy etgan bo’lib, ko’p boshli, kalta, yo’g’on ildizpoyali. Undan yer ostida gorizontal va vertikalnovdalar (4-5 m chuqurlikda) tarqaladi. Poyasi bir nechta, tik o’sadi, shoxlanmagan yoki kam shoxlangan. Barglari toq patli murakkab, 3-7 juft ellipssimon, cho’ziq – tuxumsimon yoki nishtarsimon, tekis qirrali bargchalardan tashkil topgan bo’lib, bandi yordamida poyasi bilan shoxlarida ketma-ket o’rnashgan. Oqish binafsha rangli, besh bo’lakli gullaribarg qo’ltig’idan o’sib chiqqan shingil gulto’plamga joylashgan. Mevasi – to’g’ri (yoki Ural qizilmiyasida o’roqsimon qayrilgan) bezli tikanchalar bilan qoplangan yoki silliq, pishganda ochilmaydigan, ko’p urug’li dukkak.
Iyun-avgust oylarida gullaydi, mevasi avgust-sentabrda yetiladi.
Geografik tarqalishi. Qizilmiya turlari O’rta Osiyoning cho’l va yarim cho’llarida, ayniqsa Turkmaniston va o’zbekistonda (Amudaryo va Sirdaryo bo’ylarida), Qozog’istonda (Sirdaryo va Ural daryolari hamda Balxash ko’li bo’yida), Kavkaz, sobiq SSSR Yevropa qismining janubida va Sibirdagi sho’r tuproqli cho’llarda, cho’llardagi ariq, kanal, daryo va ko’l bo’ylarida, begona o’t sifatida ekinzorlarda va boshqa qumli yerlarda, qumli qiyaliklarda hamda to’qayzorlarda o’sadi.
Qo’llaniladigan qismi. Yer ostki qismi (ildizpoyasi bilan ildizi). Ularni o’sadigan joyiga qarab yil bo’yi (bahordan kech kuzgacha, Turkmanistonda oktabr oyidan kelasi yilning apreligacha) yig’ish mumkin. Qizilmiya ildizi belkurak, ketmon, ko’p o’sadigan joylarda traktor va so’qa yordamida haydab kovlab olinadi, tuproqdan tozalanadi va quritiladi. Ba’zan ildizining po’stlog’I po’kak qismidan tozalanadi va ochiq havoda quritiladi.
Kimyoviy tarkibi va ishlatilishi. Ildizi tarkibida 3.2 – 24% triterpen saponin – glitsirrizin birikmasi, 4% gacha flavonoidlar, 20% gacha qandlar, 34% gacha kraxmal, asparagine, efir moyi, vitamin C, achchiq, 6% gacha pectin va boshqa moddalar, Ural qizilmiyasi ildizida yana tritepten saponin – uralenoglyukuron kislotasi bor.
Ildiz flavonoidlaridan likviritin, likviritozid, likurozid, glabrozid va boshqa birikmalar ajratib olingan.
Qizilmiya ildizidan tayorlangan quyuq va quruq ekstraktlari hamda sharbati nafas yo’llari kasallanganda balg’am ko’chiruvchi, surunkali qabziyatda engil surgi dori sifatida qo’llaniladi. Ildiz preparatlaridan glitsiram – astma, ekzema, allergik dermatit va boshqa kasalliklarni, likviriton, likurazid va flakarbon uchun me’da va o’n ikki barmoq ichak yarasi hamda yallig’lanish kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi.
Qizilmiya ildizining poroshogi, qirqilgan ildizi, quyuq va quruq ekstraktlari hamda sharbati farmatsevtika amaliyotida hab dori tayyorlashda, suyuq dori shakllari va choy – yig’malarning ta’mini yaxshilash uchun qo’llaniladi. Ildizining poroshogi surgi dori sifatida ishlatiladigan murakkab qizilmiya poroshogi, ekstrakti nafas yo’llari kasalligida qo’llaniladigan ko’krak eleksiri,qirqilgan ildiz bo’lakchalari o’pka kasalliklarida ishlatiladigan balg’am ko’chiruvchi hamda siydik haydovchi va ich yumshatuvchi choylar – yig’malar tarkibiga kiradi.
Qizilmiya ildizi xalq tabobatida qadimdan turli kasalliklarni davolashda keng ishlatib kelingan. Abu Ali ibn Sino bu o’simlikning ildizi bilan buyrak, qovuq va me’da yallig’lanishi hamda isitma, o’pka kasalliklarini davolagan.
Xalq tabobatida qizilmiya ildizidan tayyorlangan qaynatma ko’krak og’rig’i, ko’kyo’tal, nafas qisishi, tomoq qurishi, me’da-ichak (me’da va ichak yallig’lanishi, qabziyatda) va boshqa kasalliklarda ichiladi. Ildizining qaynatmasi yana yo’tal va nafas olish yo’llari shamollaganda balg’am ko’chiruvchi hamda siydik haydovchi va surunkali qabziyatda yengil surgi dorisifatida qo’llaniladi.
Qizilmiya o’simligining ildizidan oziq-ovqat sanoatida (pivo, kvas kabilar tayyorlashda) hamda texnikada, to’qimachilik, kimyo sanoatida va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlarida keng foydalaniladi.
[ H.X.Xolmatov, A.I.Qosimov - Dorivor o’simliklar. Toshkent Ibn Sino nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi – 1994 ]
Download 20,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish