Reja: Kulachokli mexanizm turlari


Kulachokli mexanizmlarning kamchiliklari



Download 0,82 Mb.
bet3/3
Sana28.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#712444
1   2   3
Bog'liq
2 5382253453986765652

Kulachokli mexanizmlarning kamchiliklari
Yuqorida aytib o`tganimizdek kulachokli mexanizm yordamida yetaklanuvchi bo`g`inning oldindan belgilangan istalgan harakat konunini olish mumkinligi, uning xar qanday boshqa mexanizmlardan afzalligini ko`rsatuvchi belgidir. Shu bilan bir qatorda ushbu mexa­nizmlarning kamchiliklari ham bor.
Tarkibida oliy kinematik juft borligi va uni moylab turish kiyinligi bo`g`in sirtlarining tez eyilishiga sabab bo`ladi.
Etakchi va etaklanuvchi bo`g`inlarning doimiy juft hosil qilib turishi uchun tashqaridan qo`shimcha kuch qo`yilishi talab etiladi. Bu kuch ta'sirida juftning sirtlarida qo`shimcha bosim vujudga keladi va harakatlantiruvchi kuchning ma'lum qismi uni yengishga sarflanadi. Natijada mexanizmning foydali ish koef­fitsienti (F I K) pasayadi.
Murakkab profilli kulachoklar yasash va ularni ta'mirlash murakkab texnologik jarayon hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Фролов К.В ва б. Механизм ва машиналар назарияси. – Т.: Укитувчи, 1990.

  2. Джураев А ва б. Механизм ва машиналар назарияси. – Т.: Укитувчи, 2004.

  3. Karimov R.I, Saliyev A. Mexanizm va mashinalar nazariyasi fanidan o’quv qo’llanma. T.: ToshDTU, 2006.

  4. Abduvaliyev U.A., Karimov R.I. “Amaliy mexanika” faninig “Mashina va mexanizmlar nazariyasi” bo’limidan kurs ishini bajarish bo’yicha o’quv qo’llanma – T,ToshDTU, 2008.

Qo’shimcha ma’lumotlar :


Turtkichi tebranma harakat qiluvchi kulachokli mexanizmning minimal radiusini aniqlash va profilini loyihalash



5.13-rasm.
5.15-rasmda keltirilgan turkichida roligi boʻlgan kulachokli mexanizmni koʻrib chiqamiz. Harakatlantiruvchi P kuch rolik bilan kulachokni urinish nuqtasidan oʻtkazilgan N-N normal boʻyicha ta’sir etadi. Rolikning B nuqtasi markazi O1 boʻlgan α-α yoy boʻyicha harakatlanadi. Tebranma harakat yoʻnalishi yoyga oʻtkazilgan urinmaga mos tushadi, ya’ni BO1 ga perpendikulyar. P va T kuchlar orasidagi α burchak bosim burchagidir. Bosim burchagi α ni keltirilgan tezlik vB ga bog’lash uchun, almashtirilgan mexanizm OO2BO1 uchun keltirilgan tezliklar plani OO2b ni tuzamiz. Turtkichning B nuqtasiga Ob ga teng va parallel boʻlgan, qarama-qarshi yoʻnalgan Bbʹ kesmani chizamiz. Bu Bbʹ kesmani B nuqtaning keltirilgan tezligidir. Bbʹ kesmaning uchini (bʹ nuqtani) kulachokning
200
markazi O bilan tutashtiramiz. SHunda, ObBbʹ parallelogramm hosil boʻladi. Bu parallelogrammda bB va Obʹ lar bir-biriga parallel boʻladi. Bosim burchagini aniqlash uchun keltirilgan tezlikni uchini kulachokning aylanish markazi bilan tutashtirish yetarli hisoblanadi.



5.14-rasm.
Maksimal bosim burchagini va kulachokning minimal radiusini aniqlash uchun esa, keltirilgan tezlik bilan siljish masofasini (vB-S2) bog’liqlik grafigini qoʻrish lozim. Lekin, turtkich tebranma harakat qilganligi sababli, kulachokning minimal radiusini aniqlash uchun burchak tezlikni burilish burchagi (ω-) ga bog’liqlik grafigida foydalanamiz (5.15-rasm).



5.15-rasm.

Grafik asosi hisoblangan xmax ni teng boʻlaklarga boʻlamiz. Masalan, sakkiz boʻlakka boʻlib, boʻlish nuqtalarida ordinatalar oʻtkazamiz.


SHundan soʻng, ixriyoriy joyga turtkich OB ning yuqori va pastki holatlarini
tasvirlaymiz (tebranish burchagi  ). Turtkichning yuqori va pastki holatlarini
tutashtiruvchi radiusi OB ga teng boʻlgan yoy chizamiz. Bu yoyni xmax ni nechta boʻlakka boʻlgan boʻlsak, shuncha boʻlakka (sakkizta) boʻlamiz. Boʻlingan
boʻlaklardagi 1, 2, 3, ... 8 nuqtalarning barchasini aylanish markazi O bilan
tutashtirib chiqamiz. SHundan soʻng, turtkichning tebranma harakatidagi holatlari
tasvirlanadi. Har bir holat boʻyicha turtkich uchining keltirilgan tezligini qoʻyib
chiqamiz. 5 nuqta misolida koʻrib chiqamiz. Bunda, ordinata uω5 ni oʻlchab,
burchak tezlikning masshtab koeffitsienti μω ga koʻpaytirib, quyidagini hosil
qilamiz



5.16-rasm.
Agar ω- grafik simmetrik boʻlsa, vB-s2 grafigini qurishda turtkich uchining keltirilgan tezligining manfiy va mustab qiymatlarini qaysi tomonga qoʻyishning ahamiyati boʻlmaydi, chunki ularning modullari bir-biriga teng boʻladi.
Agar ω- grafik asimmetrik boʻlsa, vB-s2 grafigini qurishda quyidagicha yondashiladi. Ya’ni, turtkichning tebranma harakati kulachokning aylanma harakatiga qarama-qarshi tomonga yoʻnalgan boʻlsa, u holda keltirilgan tezlik kesmasi turtkich uchining davomiga qoʻyiladi. Agarda, turtkichning tebranma harakati kulachokning aylanma harakati bilan bir tomonga yoʻnalgan boʻlsa, u holda keltirilgan tezlik kesmasi turtkich aylanish markazi tomon qoʻyiladi.
Tanlab olingan beshinchi nuqtadagi bosim burchagini aniqlash uchun, aniqlangan 5ʹ nuqtani kulachokning aylanish markazi O1 nuqta bilan tutashtiramiz hamda shu nuqtadan 5ʹ-O ga perpendikulyar toʻg’ri chiziq oʻtkazamiz. Oʻtkazilgan chiziqlar orasidagi α burchak bosim burchagi boʻladi.
Bosim burchagining maksimal qiymatini aniqlash uchun, kulachokning aylanish markazi O1 dan eng chetki 4ʹ va 12ʹ nuqtalarga urinma oʻtkazamiz hamda shu nuqtalardan turtkichga perpendikulyar toʻg’ri chiziqlar oʻtkazamiz. Mos ravishda oʻtkazilga chiziqlar orasidagi burchak αmax lar maksimal bosim burchagi boʻladi.
Agar kulachokning minimal radiusini aniqlashda, uning aylanish markazi O1 ham noma’lum boʻlsa, u holda turtkichning keltirilgan tezligi maksimum qiymatiga erishadigan 4ʹ va 12ʹ nuqtalarda bosim burchagi αmax ostida urinmalar oʻtkazamiz. Urinmalar kesishgan nuqtani O1 bilan belgilaymiz. Bunda, kulachokning r0 minimal radiusi kulachokning aylanish markazi O1 dan rolikning aylanish markazi B nuqtaga boʻlgan masofa O1B kesmaga teng boʻladi. Kulachokning aylanish markazi siftida shtrixlangan yuzaning ixtiyoriy nuqtasini tanlash mumkin.
5.14-rasmda keltirilgan kulachokli mexanizm kulachogining profilini loyihalashni koʻrib chiqamiz. Turtkich (koromislo)ning harakat qonuni β=β(φ1) diagramma koʻrinish 5.17-rasmda keltirilagn, bu yerda β- koromisloning tebranish burchagi. Kulachokning minimal radiusi rmin ni aniqlash bilan yuqorida tanishib
chiqdik. Bunda, berilgan koromisloning uzunligi BO1=l va kulachok bilan turtkich oʻqlari orasidagi masofa OO1 orasidagi β0 burchak aniqlanadi (5.16-rasm). Rasmda OBO1 uchburchakka teng va oʻxshash uchburchakni alohida yasab, OB=rmin radius va OO1=l1 radius boʻyicha aylanalar chizamiz. Aylantirish usulidan foydalanib, koromisloning tebranish markazi O1 nuqta kulachokning markazi O atrofida aylanma harakat qiladi deb faraz qilamiz (5.18-rasm).



5.17-rasm.
Koromisloning markazi O1 va kulachok markazi O lardan nur chizamiz. Oʻtkazilgan nurdan boshlab ω1 yoʻnalishda kulachokning ishchi faza burchaklari φk, φu, φq ni belgilab, nurlar oʻtkazamiz. SHundan soʻng, 5.17-rasmda keltirilgan β=β(φ1) diagrammasida koʻtarilish va qaytish faza burchaklari qancha teng boʻlaklarga boʻlingan boʻlsa, 5.18-rasmda ham kulachokning faza burchaklari φk, va φq larni ham shuncha teng boʻlaklarga boʻlamiz. Natijada OO1, OOI1, OOII1, … lar hosil boʻladi. Koromisloning B nuqtasining tebranishidagi holatlarini, ya’ni B1, B2, B3, ... nuqtalarni aniqlab olamiz. O markazdan aniqlangan B1, B2, B3, ... nuqtalarga mos ravishda yoylar oʻtkazamiz. Ikkinchi tomondan OI1, OII1, OIII1, ... markazdan mos ravishda B1O2=l2 radius bilan yoylar chizilib, ularni kesishish nuqtalari Bʹ1, Bʹ2, Bʹ3, ... larni hosil qilamiz. Hosil boʻlgan Bʹ1, Bʹ2, Bʹ3, … nuqtalarni egri chiziq bilan birlashtirib, koʻtarilish faza burchagida kulachokning markaziy profilini hosil qilamiz.
Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish