Konflikt vaziyat, insident va konflikt oldi holatlarni hal etishga qaratilgan:
Birinchi qadam: konflikt vaziyat o‘zining yechimini va konflikt rivoji uchun asos borligini ko‘rsatadi. Unga e’tiborsiz bo‘lmang. Uni tahlil qilish va yechimini topishga urining.
Ikkinchi qadam: konflikt vaziyat har doim asl konfliktdan oldin paydo bo‘ladi. Ammo uning masshtabi ancha kichik bo‘ladi. Konflikt esa insedent bilan, yoki uning ketidan vujudga keladi. Shu bois, konflikt vaziyatni nazoratda saqlagan odam, konfliktning o‘zini ham nazoratda saqlagan bo‘ladi.
Uchinchi qadam:konflikt vaziyatning tahlili nima qilish kerakligini ko‘rsatadi. Masalan, yuqorida tahlil qilingan er va xotin o‘rtasidagi insidentda er va xotin o‘rtasida aniq va ishonchli axborot ulashishning bo‘lmaganligi oqibatida insident konfliktga aylanib ketgan. Shu bois, konfliktlarning yuzaga kelmasligi uchun tomonlar o‘rtasida samimiy va rostgo‘y axborot almashuv bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |