Ikkyuzlamachilik
Faqat pastkash odamgina oldingda maqtab, orqangda g‘iybat qiladi (Pifagor)
Ezmalik
Ezmalik – so‘zdagi beodoblikdir
Zolimlik
Zolimlik – o‘zgalar hayotiga qarshi yo‘naltirilgan kuchdir
Zo‘ravonlik
O‘z so‘zini o‘tkaza olmagan ojiz odam, kuch va zo‘ravonlikka erk beradi
Jizzakilik
Jizzakilik – o‘zini tuta bilmaslik oqibatidir
G‘azab
G‘azab – bir muddatlik oshkora nafratdir; nafrat esa – yashirin, doimiy g‘azabdir (SH.Dyuklo)
Chiqisha olmaslik
Barcha janjallarning o‘ziga xos xususiyati – ikkala tomonning zaifligidir (F.Volter)
Bekorga va’da berish
Asossiz umid berish – insonni erkin nafasdan mahrum etishdir
O‘z so‘zi ustida turmaslik
O‘zini behurmat qilgan odamgina o‘z so‘zi ustida turmaydi
Bahslashish
Bahslashish ko‘plarning qo‘lidan keladi, oddiygina suhbatlashishini esa kamdan-kam kishi uddalaydi (A.Olkott)
Do'stlaringiz bilan baham: |