Insonlarning qusurlari, nuqsonlari va kamchiliklari
Bekorchilik
Bekorchilik o‘z-o‘ziga qilingan suiqasddir.
Xudbinlik
Shaxsiy xudbinlik – razillikning boshidir.
Xudbinlikning uch toifasi bo‘ladi: o‘zi yashab, boshqalarning yashashiga halaqit bermaydigan xudbin; o‘zi yashab, boshqalarga kun bermaydigan xudbin; o‘zi ham yashamay, boshqalarning yashashiga ham kun bermaydigan xudbindir (I.S.Turgenev)
Hasad
Hasad kishilar orasida janjalni boshlab beradi (Demokrit)
Xasislik
Xasislik qancha kuchli bo‘lsa, rahm-shavqat shuncha kuchsiz bo‘ladi (F.Petrarka)
G‘arazgo‘ylik
G‘arazgo‘y odam haqgo‘y ham, qat’iy ham, mard ham, burchiga sodiq ham bo‘lolmaydi (V.A.Suxomlinskiy)
Jur’atsizlik
Jur’atsizlik – qanchadan-qancha yaxshi amallarning boshini yeydi.
Qo‘rqonlik
Eng tuban tuyg‘ular ichidagi eng tuban tuyg‘u – bu qo‘rquvdir (V.SHekspir)
Qo‘rqoqlik – rahmsizlikning boshidir (M.Montal)
Do'stlaringiz bilan baham: |