Reja: Konfilikt haqida



Download 17,04 Kb.
Sana23.01.2022
Hajmi17,04 Kb.
#403148
Bog'liq
uJGPaoBXdcMw4E4EoBYd7zPcH-gbnzqT


6-amaliy. Mavzu: Konflikt va uning turlari

Reja:


  1. Konfilikt haqida

  2. Konfilikt turlari

  3. Badiiy asarda konfiliktning o’rni

“Konflikt” so`zi lotincha bo`lib, «to`qnashuv» degan ma’noni beradi. Badiiy asarlarda ifodalangan qarama-qarshiliklar va ularning kurashi konflikt deyiladi.

Badiiy asarda konfilikt eng asosiy koomponentlardan biri sanaladi.Syujet salmog‘i, ko‘lami, ta'sirchanlik darajasi esa badiiy konfliktga bog‘liq. Hayotning o‘zida ham kuchli to‘qnashuvli, keskin ziddiyatli voqyealar ko‘proq kishilar e'tiborini tortadi. Kishilar o‘shanday hodisalarni kuzatish, ular xususida eshitish, bilishni yoqtirishadi. Badiiy asar syujetining o‘quvchilarni o‘ziga qay darajada jalb qilishi ham ijodkor ixtiro qilgan, kashf etgan konflikt va uning ifodalanish tarziga bog’liq.

Konflikt odamlar orasidagi muomala-munosabatdagina emas, kishining o‘z ichida ham bo‘ladi. Chunki inson o‘z atrofidagilardangina emas, ba'zan o‘zi-o‘zidan ham norozi bo‘ladi. “Nima uchun shu ishni qildim? Qilmasam bo‘lardi-ku!” deb o‘zini ayblaydi, o‘zicha kuyinadi. Boshqalardan, o‘zidan norozi bo‘lish inson tabiatida qanoatlanmaslik hissi mavjudligidan kelib chiqadi.

Hayotning o‘zida ziddiyatlar xilma-xil bo‘lgani singari badiiy asarda ham badiiy konfliktning turli ko‘rinishlari qo‘llaniladi. Ularni shartli tarzda quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin: ichki ruhiy konflikt (qahramon qalbidagi kurashlar, hissiyotlar to‘qnashuvi), ijtimoiy konflikt (turli guruhlar o‘rtasidagi ziddiyatlar), oilaviy konflikt(oila a'zolari o‘rtasidagi mojarolar), shaxsiy-intim konflikt(shaxs va boshqalar manfaati o‘rtasidagi kurash) kabilar.

Har bir asarda konfliktning turli ko‘rinishlari uchraydi. Eng yaxshi asarlarda qahramon qalbidagi kurashlar, hissiyotlar to‘qnashuvini ko‘rsatishga alohida e'tibor beriladi. Bu jihatdan, ayniqsa, Fyodor Dostoevskiy, Lev Tolstoy romanlari diqqatga sazovordir.

Asar konfliktining ta'sirchan bo‘lishi syujet tarkibining boshqa unsurlari bilan ham bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun ular haqida muayyan tushunchaga ega bo‘lishi lozim. Biroq barcha asarlarda ham syujet unsurlari (ekspozitsiya, tugun, voqyealar rivoji, kulminatsiyasi va yechim) alohida-alohida holda namoyon bo‘lmaydi. Masalan, ba'zi asarlar syujeti voqyealar tuguni yoki kulminatsiyasidan boshlanadi va hodisalar qanday rivojlanib borgani ma'lum qilinadi. Yana shunday asarlar tegishli bo‘lgan yoki biror qahramon tilidan yozilgan bu qismlar esa asar syujeti tarkibiga kirmaydi.

KEYS TOPSHIRIQLAR

1-KEYS:

Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasidagi maymun obrazi asarda to‘g‘ri keltirilganmi? Agar maymun bilan bog‘liq epizod bo‘lmaganida asarning syujet liniyasi qanday bo‘lishi mumkin edi? Keysni bajarish bosqichlari va topshiriqlar: • Keysdagi muammoni keltirib chiqargan asosiy sabablarni belgilang. • Muammoning yechimi sizning nazaringizda qay darajada bo‘lishi mumkin. Fikringiz?

2-KEYS: “O’tkan kunlar” romanida qaysi qahramonlar o’rtasida konfliktlar mavjud? Keysni bajarish bosqichlari va topshiriqlar: • Keysdagi muammoni keltirib chiqargan asosiy sabablarni belgilang • Qahramonlar xarakterining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang? Asardagi uchlik haqida fikringiz?

3-KEYS: «Shaytanat» asarida Asadbekning hayotga alamzadalik bilan qarashi sabablari nimada deb o‘ylaysiz. Asarning xarakterli xususiyatini quyidagilardan qay biri ko‘proq belgilaydi- - nomlanishi; -syujet; - qahramonlarning hatti xarakati;


NAZORAT SAVOLLARI:

1. Konfliktni ta’riflang.

2. Konflikt turlarini ko`rsating.

3. Qaysi asar qahramonlarida ichki konflikt kuzatiladi?

4. Adabiyotshunoslikda konflikt muammosining o’rganilishi haqida nimalarni bilasiz? .

Topshiriq: 1. Milliy adabiyot namunalari asosida mavzuni tahlil qiling.



  1. Dramatik va lirik asarda konfliktni o’rganish

Mustaqil ta’lim: “Jahon adiblari adabiyot haqida” kitobini o‘rganish

Adabiyotlar:

1.T.Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari. – T: O’zbekiston, 2000.



2. X.Umurov. Adabiyot nazariyasi. – T.: Sharq, 2002.

3.Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. —T. : Akndemnaslir , 2010.
Download 17,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish