Reja: Kirish Yalpi milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari



Download 54,76 Kb.
bet2/2
Sana09.03.2020
Hajmi54,76 Kb.
#41879
1   2
Bog'liq
Yalpi ichki va milliy mahsulot


Yalpi ichki mahsulot — umumiy qabul qilinish qisqartirilishi hamda makroekonomik koʻrsatkich, bu bevosita har bir yilning oxirgi mollar va xizmatlar aks ettiruvchi bozor qiymatidir (yaʼni bevosita isteʼmol uchun moʻljallangan) davlatlar iqtisodiyot hududining hamma sohalarida isteʼmol qilish uchun yil davomida ishlab chiqarilgan hisoboti[1], milliy jihozlar ishlab chiqarish omillari ishlatilgan qatʼiy eksportning jamgʻarmalari hisoblanadi. Birinchi marta 1934-yilda Saymon Kuznets tomonidan bu tushuncha ilk bor taklif etilgan edi. YaIM mavjud va belgilangan davlatlar ishlab chiqarishning izchilligini yillik hisobot sifatida dunyo iqtisodchilari qismlarga boʻlishadi(angl. nominal and real GDP). YaIM ushbu yildagi narhlarning oʻsishini joriy narxlarga(nisbat berilmasdan) asoslanib dunyo bozorlarida belgilaydi . YaIM (inqirozni toʻgʻri baholashligi bilan) narxlardagi oʻsish hususiyatini oldingisi yoki har qanday boshqasini yillik zahira taqsimotiga muhrlaydi. Har doim YaIMga amaldagi mavjud mahsulotlar hisobga olinadi va qanday darajada mamlakatlarda ishlab chiqarishning oʻsishi mavjudligi bilan narxlarni YaIM darajasi yordamida aniqlanadi. YaIM yonida iqtisodiyot oʻz imkoniyatlarini toʻlaqonli sotilgan ishchi kuchini band etish barobarida qaytaradi. YaIM imkoniyati — bu YaIM bilan toʻlaqonli bandlik va iqtisodiyot imkoniyatini boshqa sohalardagi tadqiqotlar bilan oʻzaro va bevosita bogʻliqlik ahamiyatini oshiradi[2]. YaIM mamlakatlar orasida zarurat chogʻida birja nuqtalarida har qanday milliy valyutada kursga hisoblanishi yoki horijiy valyutalar yordamida qiymatlashtiriladi. Bularni shunday qiymatlarga baholash uchun jahon bozorida Paritet Haridorlik qobiliyati (PHQ) (xalqaro qiyoslashni aniqligi yoki ortiqligini bilish uchun)taqdim etilgan. Bugun " Bozor qiymati " deb nomlanuvchi maʼlum miqdorda hisoblash yoki barqaror kattalikdagi mahsulotlar erkin jahon bozorida amal qila oladi[3].

Yalpi ichki mahsulot (YAIM) — mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan davr (oy, chorak, yil) davomidagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan koʻrsatkich. Mamlakat hududida joylashgan barcha korxonalar (chet el va qoʻshma korxonalari ham shu hisobga kiradi) tomonidan jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning bozor qiymatlaridagi ifodasi boʻlib, uning miqdori milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini makrodarajada tavsiflash va tahlil etishda foydalaniladi. Oʻzbekistonda 2003 yilda amaldagi narxlarda 9964,1 mlrd. soʻmlik YAIM ishlab chiqarildi. Bu 2002 yilga nisbatan 4,4 % ga koʻp demakdir. Yaratilgan YAIMning tarmoq tuzilmasi quyidagicha: uning 48,5% tovarlar ishlab chiqarish (uning 15% sanoatda, 28,8% qishloq xoʻjaligida, 4,5% qurilishda) va 38,1% xizmatlar koʻrsatish (uning 8,5% traneport va aloqada, 9,4% savdo va umumiy ovqatlanishda, 20,2% bozor va nobozor xizmatlarda)ga, 13,4% mahsulot va eksportimport operatsiyalari sof soliqlariga toʻgʻri keldi. Milliy statistikada asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich sifatida YAIM yoki yalpi milliy mahsulot (YAMM), hatto yalpi milliy daromad (YAMD) ham qabul qilinishi mumkin. Mas, AQSH va Yaponiyada YAIM emas, balki YAMM asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich hisoblanadi. Ammo BMT ning milliy hisoblar tizimida YAIM birlamchi iqtisodiy koʻrsatkich boʻlib xizmat qiladi. Miqdor jihatdan bu koʻrsatkichlar oʻrtasidagi tafovut unchalik katta emas: rivojlangan mamlakatlarda bu tafovut bir foizdan oshmaydi. Chet ellarda ishlovchi fuqarolardan tushadigan daromadlar salmoqli boʻlgan mamlakatlarda bu tafovut kattaroq boʻlishi mumkin.

3.Makroiqtisodiyot tushunchasi va uning mohiyati.

Makroiqtisodiyot - bu mamlakat miqiyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy so‘zlarini bir butun qilib olingan milliy iqtisodiyotdir. Milliy ho‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mexnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi. Makroiqtisodiyot o‘z ichiga xalq xo‘jaligining moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish, hamda hizmat ko‘rsatish sohalarini oladi. Moddiy ishlab chiqarish sohalari o‘z navbatida xalq xo‘jaligining ko‘plab yirik tarmoqlaridan iborat bo‘ladi. Ular ishlab chiqarish vositalari va iste`mol buyumlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga (I va II bo‘linma) ajratiladi. Milliy iqtisodiyot meyorida faoliyat qilish uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Nomoddiy ishlab chiqarish milliy iqtisodiyotning ijtimoiy iste`molni qondirishga hizmat qiluvchi (soliqni saqlash, ta`lim, tarbiya) va millatning madaniy rivojlanishini belgilab beruvchi (fan, madaniyat, san`at, sport) sohalarini, hamda davlat boshqaruv va mudofaa tizimini o‘z ichiga oladi. Xizmat ko‘rsatish sohalari uy-joy, kommunal xo‘jaligi va madaniy maishiy xarakterdagi xizmat ko‘rsatuvchi ko‘plab tizimlardan iborat bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish hajmi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali, mikro va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Bu ko‘rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baxo beriladi va milliy iqtisodiyotning rivojlanish tamoyillari aniqlanadi. Masalan, korxonalar faoliyatiga baxo berish uchun, ularning daromadlari va harajatlari hisoblab chiqiladi. Shu ma`lumotlarga asoslanib korxonaning foyda olishi eki zarar ko‘rishini bilish mumkin. Agar korxonaning ishi yaxshi bo‘lib, foida olsa, tegishli ma`lumotlaridan muvaffaqiyat sabablarini aniqlash uchun foydalaniladi. Korxona zarar ko‘rgan taqdirda ham tegishli mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlaridan uning bevosita sabablari aniqlanadi. Mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ham butun iqtisodiyot uchun huddi shunday vazifani bajaradi. Bu tizimga kiruvchi turli hil ko‘rsatkichlar, birinchidan, bizga ma`lum vaqt oralig‘idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishini bevosita ta`sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodii ko‘rsatkichlar tizimi, Yamm ni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya`ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Nixoyat mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini yaxshi tushunib olish uchun bozor ho‘jaligi sub`ektlari va bozor operasiyalari tarkibini (klassifikasiyasini) bilib olish zarur. Bozor xo‘jalik sub`ektlarini quyidagicha tasniflash qabul qilingan. 1. Nomoliyaviy korxonalar yoki ishlab chiqarish shakllari. 2. Uy xo’jaliklari. 3. Davlat ma`muriy tashkilotlari. 4. Mazkur mamlakat chegarasidan tashqaridagi xo’jalik sub`ektlari. Bozorli operasiyalar 3ta katta guruhga bo‘linadi: 1. Tovarlar va hizmatlar bilan operasiyalar (ishlab chisarish, investisiyalash, iste`mol qilish, import va shu kabilar). 2. Taqsimlash operasiyalari (ish haqi, foyda, ijtimoiy sugurta to’lovlari va h.k.) 3. Moliyaviy operasiyalar (pulga taaluqli aktivlar va passivlarning o’zgarishi, valyuta va qimmatli qog’ozlar bilan operasiyalar, kreditli operasiyalar va h.k.) Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda moliyaviy balanslar tizimi alohida o‘rin tutadi. Bunda balans shaklidagi jadval orqali resurslar va ulardan foydalanish ikki yo‘qlama yozish tartibida ko‘rsatiladi, ya`ni har bir operasiya to‘lovchisi va oluvchisiga ega bo‘ladi. Shu sababli bir marta resurslar va ikkinchi marta foydalanish sifatida yoziladi. BMT statistika hizmati tavsiya qilgan uslub bo‘yicha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar harakati ikki darajada aks etadi: yig‘ma hisobda YaMM, MD harakti, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish, boshqa mamlakatlar bilan operasiyalar; mukammal hisobda esa tarmoqlararo aloqalar, daromadlarning harakati, ularning taqsimlanish va pirovard foydalanishi ko‘rsatiladi. Yig‘ma hisobga yalpi milliy maxsulotni daromadlar va sarflar bo‘yicha hisoblash misol bo‘la oladi. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasini harakterlovchi juda ko‘plab makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar mavjud. Tarixiy jihatdan dastlab moddiy ishlab chiqarish sohalari rivojlanish miqiyosini harakterlovchi ko‘rsatkichlarga ustunlik berilgan. Bu faqat foydali buyumlarni tayorlashda qo‘llaniladigan mexnat tan olingan ishlab chiqarish sharoitida to‘liq tabiy xol hisoblanadi. Shu nuqtay nazardan kelib chiqib ingliz klassik siyosiy iqtisodchilari milliy ho‘jalikdagi barcha mexnatni ikki turga ajiratgan: 1)Moddiy boyliklar yaratuvchi unumli va uni istemol qiladigan mexnat. 2)Boylik yaratmaydigan, faqat uni istemol qiladigan unumlik mexnat. Bu nazariy asos tegishli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqarish va ulardan uzo? yillar davomida ko‘pchilik mamlakatlar ho‘jalik amaliyotida foydalanishga sabab bo‘lgan. Mazkur ko‘rsatkichlarni hozirgi davrda ham moddiy ishlab chiqarish sohalari rivojlanishini iqtisodit taxlil qilishda qo‘llash foydadan holi emas. Ishlab chiqarishni sohalari rivojlanishini eng umumiy holda - ijtimoiy maxsulot ko‘rsatkichi harakterlaidi. Ma`lum vaqt davomida (odatda bir yilda) moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan barcha maxsulotlar o‘zining qiimat ifodasida jami ijtimoiy maxsulotni tashkil qiladi. Butun halq Ho‘jaligi ishlab chiqarish vositalari va istemol buyumlari ishlab chiqaradigan tarmoqlardan iborat bo‘lganligi sababli jomi ijtimoiy maxsulot (JIM)ning ashyoviy (natural-buyum) tarkibi ishlab chiqarish vositalari va iste`mol buyumlaridan iborat bo‘ladi. Bunday bo‘linish asosida JIM tarkibii elementlarining iste`mol qilinish harakteri etadi. JIMning ishlab chiqarish vositalaridan iborat qismi (mashina, uskuna va shu kabilar) ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladi va demak belvosita iste`molni qondiradi, iste`mol buyumlari (oziqovqat, kiyim-kechak va shu kabilar) esa ulardan farq qilib, bevosita ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatiladi. JIMning tarmoq tarkibi ham farqlanadi. JIM tarmoq tarkibi undagi ayrim tarmoqlar (sanoat, qishloq ho‘jaligi va shu kabi) maxsulotlarining ulushi sifatida namoyon bo‘ladi. Qiymat shaklida JIM - iste`mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati (S) va yangidan yaratilgan qiymatidan (V+m) iborat bo‘ladi. JIMni W bilan belgilasak, bunda W c+V+m bo‘ladi. Yangidan yaratilgan qiymat zaruriy maxsulot eki ishchi kuchi qiymatidan (V) va qo‘shimcha maxsulotdan (m) iborat bo‘ladi. JIM ko‘rsatkichi muxim kamchilikga ega. Uni hisoblashda ishlab chiqarishning barcha texnologik bosqichlaridagi moddiy harajatlar miqdori bir necha marta ko‘rib chiqiladi Boshqacha aytganda: JIM oraliq maxsulot + pirovard maxsulot Oraliq maxsulotga ishlov berish, qayta ishlash va sotish maxsadlari uchun harid qilingan tovarlar kiradi. Pirovard maxsulot iste`molchilar tomonidan foidalanish uchun sotib olinadigan tayor tovarlar va hizmatlardan iborat bo‘ladi. Pirovard maxsulot mexnat predmetlari qiymatini takroriy hisoblashdan ozod bo‘lsada, u mexnat vositalarining yillik amortizasiya ajratmalari summasiga teng bo‘lgan, ko‘chgan qiymat o‘tmish mexnat natijasi bo‘lib, oldingi davrlarda vujudga keltirilgan. Shu sababli moddiy ishlab chiqarish hodimlarining joriy yildagi faoliyatini aniq baxolash uchun boshqa umumlashtiruvchi ko‘rsatkich zarur bo‘ladi. Bunday ko‘rsatkich sof milliy maxsulot qisoblanadi. Sof milliy maxsulot - bu yalpi ijtimoiy maxsulotning bir qismi bo‘lib, o‘zida moddiy ishlab chiqarish soqalarida yil davomida yangidan vujudga keltirilgan qiymatini ifodalaydi. Milliy daromad pirovard maxsulot –omortizasiya eki W-ChV+m Butun milliy iqtisodiyotining holatini harakterlovchi muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkich - yalpi milliy maxsulot YAMM hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy hizmat ko‘rsatish sohalaridagi barcha xo‘jalik birliklari iqtisodiy faoliyati pirovard natijalarini qamrab oladi.

Makroiqtisodiyot (makro... va iqtisodiyot) — bozor xoʻjaligi umumiy nazariyasining boʻlimi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xoʻjalikka oid katta miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni oʻrganadi.

Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investiniyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va sh k. jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar M. oʻrganadigan obʼyektlar hisoblanadi. Ayni paytda M. mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish haqi, inflyasiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, bir tomondan, maʼlum vaqt oraligʻida ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, yaʼni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni koʻrgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Shuningdek, oʻsishning umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari, mamlakat iqtisodiyotini tavsiflaydigan koʻrsatkichlarning pasayishi hamda ortishi surʼatlari va unda yuz berayotgan iktisodiy jarayonlar, tuzilmaviy proporsiyalar ham M. predmeti hisoblanadi. Makroiktisodiy koʻrsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat koʻrsatish sohalaridagi barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. M.ning asoslari ingliz olimi J.M.Keynsiint 1936 yilda nashr etilgan "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" asarida bayon etilgan. 

Makroiqtisodiyot milliy iqtisodiyot ko’lamida ish ko’radi. Milliy iqtisodiyot - faoliyati millat ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan xo’jalik sub’ektlarining davlat miqyosidagi hatti - harakatini ifoda etadi. milliy iqtisodiyot ochiq yoki yopiq tavsifga ega bo’lishi mumkin. Ochiq iqtisodiyot - bu, boshqa mamlaktlar bilan o’zaro manfaatli shartlar asosida savdo-iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi iqtisodiyotdir. Yopiq iqtisodiyot- bu, barcha tovar va xizmatlarni o’zida ishlab chiqarishga intiluvchi, boshqa mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni cheklashga harakat qiluvchi iqtisodiyotdir.

Resurslar, daromadlar va tayyor mahsulotlar bilan ayirboshlashning barcha jarayonlari uzluksiz, bir tekis kechayotgan bo’lsa, unda iqtisodiy tizim barqaror va muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har qanday iqtisodiy tizimning bunday holati hayoliydir. Amalda u yoki bu resurslarning, tovar hamda daromadning ortiqchaligi yoki etishmasligi doimo uchrab turadi. Iqtisodiyotda umumiy muvozanatning shu kabi buzilish hollari inflyatsiya va ishsizlik darajasining, yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning o’sish sur’atlarini o’zgarishida namoyon bo’ladi. Sanab o’tilgan hodisalar va jarayonlar ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha qatnashuvchilari yoki tizimning barcha iqtisodiy agentlarning faoliyatlari natijasida paydo bo’ladi va milliy iqtisodiyotni yaxlit ifodalaydi, ya’ni ular keng qamrovli xususiyatga ega. Shuning uchun ularni makroiqtisodiy jarayonlar va hodisalar deb ataladi, uni o’rganuvchi fan makroiqtisodiyot deb yuritiladi. Resurslar, tovarlar va daromadlarning doiraviy aylanish alohida olingan korxonalar, tarmoqlar, hududlar darajasida ham ro’y beradi. Ularning bu darajadati harakatini boshqa fan - mikroiqtisodiyot o’rganadi. Bu fan korxona yoki tarmoqning daromadlarini, u yoki bu mahsulotga bo’lgan talab va taklifning hajmini, uning narxini va boshqa ko’rsatkichlarini ko’rib chiqadi. Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo’limi hisoblanib, unda milliy xo’jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari tadqiq qilinadi. Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko’rinishi o’zaro farqlanadi: a) pozitiv makroiqtisodiyot; b) normativ makroiqtisoiyot. Pozitiv makroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqadorliklarini o’rganadi. Normativ makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo’nalishlarini taklif etadi.

Shu joyda iqtisodiy nazariyaning ikki mustaqil bo’limi sifatida makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fanlarining predmetlarini o’zaro farqlab olishimiz zarur. Makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining barqaror o’sishini, resurslarning to’liq bandliligini, inflyatsiyaning past sur’atlarini va to’lov balansining muvozanatini ta’minlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini o’rganadi. Keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki makroiqtisodiyot predmetida o’zaro bog’liq uch jihatni ajratib ko’rsatish mumkin. Bular: 1) milliy iqtisodiyot; 2) davlat tomonidan iqtisodiy siyosati yuritish va iqtisodiyotni tartibga solish; 3) jahon xo’jaligi doirasida milliy iqtisodiyotni boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti bilan o’zaro munosabatlari masalasi. Uy xo’jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyo makroiqtisodiyot sub’ektlari hisoblanadilar. Bu sub’ektlar orasida davlatning roli bahsli masala hisoblanib kelmoqda. Keynschilar bozor tizimi mexanizmlarining iqtisodiyotni barqaror o’sishini ta’minlashga doim ham qodir emas va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarur deb hisoblasalar, iqtisodiy nazariyaning klassik maktabi namoyondalari bunday aralashishga qarshi fikrlar bildiradilar. Bugungi kunga kelib ko’pchilik mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi roli sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur etkazmagan holda iqtisodiyotni tartibga solishi muhim ekanligiga iqror bo’lamiz. Davlat makroiqtisodiyotning boshqa sub’ektlari hatti-harakatini belgilovchi omillarni hisobga olgan holda, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadida, o’z tasarrufida mavjud bo’lgan vositalar orqali ularni yo’naltirib turadi. Bu vositalar esa fiskal (byudjet-soliq) va monetar (pul-kredit) siyosatdir. Xulosa qilib aytganda makroiqtisodiyot fani alohida mamlakatda iqtisodiy siyosatning va jahon xo’jalik aloqalarini tashkil etishning nazariy asosi hisoblanadi. Zamonaviy makroiqtisodiyotning asosiy belgisi va afzalligi - bu jamiyatdagi jarayonlarda mavjud resurslarni cheklanganlarini qayd etib, ularni tejab ishlatish, farovonlikni oshirish yo’llarini asoslab berish hisoblanadi. Makroiqtisodiyot fani – turli moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa tur boyliklarni bir mamlakatdagi barcha resurslar doiraviy aylanishini, ularni samarali ishlatilishini, iqtisodiy o’sish barqarorligini, ya’ni milliy iqtisodiyotni rivojlanishini umumiy holda o’rganadi. Makroiqtisodiyot fanining ahamiyati nafaqat davlat boshqaruvida umumiqtisodiy siyosatni olib borishi va yo’nalishlarini ishlab chiqish uchungina, balki alohida tadbirkorlar, korxonalar, uy xo’jaliklari, oddiy fuqarolar faoliyatida ham zarur.

Makroiqtisodiyot fani alohida mamlakatda iqtisodiy siyosatning va jahon xo’jalik aloqalarini tashkil etishning nazariy asosi hisoblanadi. Zamonaviy makroiqtisodiyotning asosiy belgisi va afzalligi - bu jamiyatdagi jarayonlarda mavjud resurslarni cheklanganlarini qayd etib, ularni tejab ishlatish, farovonlikni oshirish yo’llarini asoslab berish hisoblanadi. Makroiqtisodiyot fani – turli moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa tur boyliklarni bir mamlakatdagi barcha resurslar doiraviy aylanishini, ularni samarali ishlatilishini, iqtisodiy o’sish barqarorligini, ya’ni milliy iqtisodiyotni rivojlanishini umumiy holda o’rganadi. Makroiqtisodiyot fanining ahamiyati nafaqat davlat boshqaruvida umumiqtisodiy siyosatni olib borishi va yo’nalishlarini ishlab chiqish uchungina, balki alohida tadbirkorlar, korxonalar, uy xo’jaliklari, oddiy fuqarolar faoliyatida ham zarur.

Makroiqtisodiyot — mamlakat (yoki uning bir qismi, tarmoqlar) iqtisodiyotini, inflatsiya, ishsizlik, budjet taqchilligi (defisiti), iqtisodiy o'sish, iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi va shu kabfhjncddi umumiy jarayonlarni oʻrganuvchi fan. Makroiqtisodiyot YaIM, YaMM, yalpi talab, yalpi taklif, to'lov balansi, pul bozori, tovar bozori va mehnat bozori kabi tushunchalar bilan ishlaydi.

Makroiqtisodiyot (makro... va iqtisodiyot) — bozor xoʻjaligi umumiy nazariyasining boʻlimi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xoʻjalikka oid katta miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni oʻrganadi.

Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investiniyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va sh k. jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar M. oʻrganadigan obʼyektlar hisoblanadi. Ayni paytda M. mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish haqi, inflyasiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, bir tomondan, maʼlum vaqt oraligʻida ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, yaʼni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni koʻrgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Shuningdek, oʻsishning umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari, mamlakat iqtisodiyotini tavsiflaydigan koʻrsatkichlarning pasayishi hamda ortishi surʼatlari va unda yuz berayotgan iktisodiy jarayonlar, tuzilmaviy proporsiyalar ham M. predmeti hisoblanadi. Makroiktisodiy koʻrsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat koʻrsatish sohalaridagi barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. M.ning asoslari ingliz olimi J.M.Keynsiint 1936 yilda nashr etilgan "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" asarida bayon etilgan. Hozirgi zamon M. nazariyasida 3 oqim (neokeynschilik, monetarizm va yangi klassik yoʻnalish) mavjud, ular oʻrtasidagi asosiy farq makroiktisodiy siyosatga nisbatan berilgan tavsiyalarning har xilligida.

Xulosa

Yalpi ichki mahsulot (YAIM) - mamlakatning iqtisodiy salohiyatini ifodalovchi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich hisoblanadi. U muayyan davrda rezident va norezidentlar tomonidan mamlakat hududida yaratilgan pirovard tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymatini aks ettiradi.

Lekin har qanday yaratilgan tovar va xizmatlar ham YAIM tarkibida hisobga olinmasligi mumkin. Tovar yoki xizmat YAIMda aks ettirilishi uchun u tugallangan bo‘lishi lozim. Masalan, non ishlab chiqarishni olaylik. Faraz qilaylik, fermer xo‘jaligida 1 million so‘mlik bug‘doy yetishtirildi. Yetishtirilgan bug‘doy tegirmonga olib boriladi va u yerda unga aylantiriladi, unning qiymati 1,5 million so‘mni tashkil etsin. U holda bug‘doyni unga aylantirishda qo‘shilgan qiymat 500 ming (0,5 million) so‘m bo‘ladi. Endi, un tayyor non ishlab chiqarish uchun non sexlariga jo‘natiladi, non ishlab chiqarish qiymati 1,8 million deb faraz qilsak, u holda un mahsulotidan non ishlab chiqarishda qo‘shilgan qiymat 300 ming so‘m (1,8 million-1,5 million=0,3 million yoki 300 ming so‘m)ga teng bo‘ladi. Demak, non ishlab chiqarishda yaratilgan jami qo‘shilgan qiymat 1 million.+ 0,5 million.+0,3 million.=1,8 million. so‘mga teng bo‘ladi.

Mana shu tarzda mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovar va xizmatlarning qiymatlari hisoblanib, ularning yig‘indisi olinsa, yaratilgan YAIMning qiymati hosil bo‘ladi. Ushbu usul iqtisodiyotda YAIMni hisoblashning ishlab chiqarish usuli deb ataladi.

Milliy iqtisodiyotda YAIMni bosh¬qa usullar yordamida ham hisoblash mumkin. Ulardan biri - daromadlar usulidir. Ushbu usulga ko‘ra, YAIM – mamlakatdagi barcha iqtisodiy birliklar tomonidan olingan daromadlarning yig‘indisidir.

Bu nimani anglatadi? Ma'lumki, iqtisodiy birliklar turlicha bo‘lishi mumkin: yollanma ishchilar, tadbirkorlar, sarmoya egalari (investorlar), yer egalari, aksiyadorlar va hokazo. Yollanma ishchilar mehnat haqi ko‘rinishida daromad oladi. Tadbirkorlarning daromad manbai foyda, kapital egalarining daromadi esa foiz ko‘rinishidagi daromadlar hisoblanadi. Yer egalarining daromadi renta va aksiyadorlarning daromadi esa dividend hisoblanadi. Ta'rifga ko‘ra, ushbu daromad turlarining yig‘indisi mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotga teng bo‘ladi.

Yalpi ichki mahsulotni hisoblashning keng tarqalgan usullaridan yana biri - yakuniy iste'mol (xarajatlar) usulidir. Ushbu usulda YAIM uy xo‘jaliklarining iste'mol xarajatlari, davlatning joriy xarajatlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining joriy xarajatlari, investitsiya xarajatlari va sof eksportning (eksport va import orasidagi farq) yig‘indisiga teng bo‘ladi. Ushbu usul yordamida aholining xarajatlari va uning tarkibi, investitsion faollik va mamlakatning tash¬qi dunyo bilan aloqalarini iqtisodiy jihatdan baholash mumkin.

Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzada ta'kidlaganidek, «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, hisobot yilida yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qariyb 7 foizga o‘sdi». Bu esa mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan faol ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning natijasidir.

2015 yilda yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 33,5 foizni, qishloq xo‘jaligi 16,6 foizni tashkil etgan. YAIM hajmining ortishi aholi turmush darajasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Birinchidan, YAIMning ortishi aholi daromadlarining ortishiga sabab bo‘ladi. Masalan, o‘tgan yili 1 tonna pomidor yetishtirilib, kilosi 1500 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, jami daromad 1,5 million so‘mni tashkil etadi. Bu yil esa xuddi shu yer maydonidan pomidor yetishtirishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda 1,5 tonna pomidor yetishtirilib sotilsa, jami daromad 2,25 million so‘mni (pomidor narxi o‘zgarmagan deb olinsa) tashkil etadi.

Ikkinchidan, yalpi ichki mahsulot hajmining ortishi natijasida byudjetga kelib tushuvchi soliq tushumlari hajmi ortadi. Bu esa davlat tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Uchinchidan, YAIM hajmining ortishi natijasida yangi ish o‘rinlari yaratiladi va aholining ish bilan bandligi ortadi.

To‘rtinchidan, YAIM hajmining ortishi natijasida ichki bozorlar to‘ladi va mahsulotlarning narxi bar¬qarorlashadi.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati::

  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: «O‘zbekiston», 2003. 

  2. Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida. - T.: «Adolat», 2004. 

  3. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi.– T.: «Adolat», 2004. 

  4. Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari) to‘g‘risida. – T.: «Adolat», 2004. 

  5. Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida.– T.: «Adolat», 2004. 

  6. Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida.– T.: «Adolat», 2004. 

  7. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida. - T.: «Adolat», 2003. 

  8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida. - T.: «Adolat», 2003. 

  9. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida. - T.: «Adolat», 2003. 

  10. Qimmatli qog‘ozlar bozorining amal qilishi to‘g‘risida. - T.: «Adolat», 2003. 

  11. Erkin iqtisodiy hududlar to‘g‘risida. - T.: «Adolat», 2003. 

  12. Kasaba uyushmalari, ularning huquq va kafolatlari to‘g‘risida. - T.: «Adolat», 2002. 




Download 54,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish