Reja: Kirish Tijorat banklarining aktivlari va ularning diversifikatsiyasi


Tijorat banklarining aktivlari va ularning diversifikatsiyasi



Download 27,33 Kb.
bet2/3
Sana26.03.2022
Hajmi27,33 Kb.
#512204
1   2   3
Bog'liq
KURs ishi sps

Tijorat banklarining aktivlari va ularning diversifikatsiyasi.

Bank aktivlari deyilganda-bank faoliyatida amalga oshirilgan va oshiriladigan amaliyotlari jarayoni-da mablag‘ni xarid qilish, foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish natijasida iqtisodiy manfaat keltiruvchi moddiy va nomoddiy mablag‘lar tushuniladi.
Iqtisodiy manfaat odatda aktivlarda pul oqimi shaklida namoyon bo‘ladi.Naqd puldan tashqari har qanday resurs aktivga aylanishi uchun alohida yoki biror bir boshqa resurs bilan birgalakda bevosita yoki bilvosita pul oqimini ta’minlashi zarur.
Bank aktivlari, bankning aktiv amaliyoti natijasida shakllanadi, ya’ni bank balansini likvid holda ushlab turib, o‘z va jalb qilingan mablag‘larni foyda olish maqsadida joylashtirish faoliyatini ta’minlaydi.Bank aynan aktiv amaliyotlari natijasida daromadining asosiy qismini oladi.
Tijorat banklari aktivlarining o‘ziga xos belgilariga qarab guruhlanishi:
Bank aktivlarining tarkibi deyilganda bank balansining aktiv qismida joylashgan moddalarning sifat nuqtai nazaridan uning umumiy miqdoridagi ulushi tushuniladi.

  1. Aktivlarning sifat darajasi bankning maqsadga muvofiq tarkibiy tuzilishi, aktiv operatsiyalarning diversifikatsiyasi, riskli aktivlarning hajmi, riskli va to‘lasholmagan aktivlarning salmog‘i va ularning o‘zgaruvchanligi kabi xususiyatlari bilan baholanadi.

  2. Tijorat banklarining aktivlari ularning balansida likvidlilik darajasiga ko‘ra aks ettiriladi.

Tijorat banklarining kredit potensiali - bu jalb qilingan mablag‘larning kredit va bankning boshqa aktiv operatsiyalarini amalga oshirishning iqtisodiy chegarasi hisoblanadi.
Tijorat banklarining umumiy kreditlash qudratiga quyidagi omillar yig‘indisi ob’ektiv ta’sir ko‘rsatadi:
-Bankda yig‘ilgan jami mablag‘larning umumiy hajmi;
-Kreditlash qudrati manbalarining tuzilishi va barqarorligi;
-Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan majburiy zaxiralar darajasi;
-Tijorat banklari joriy likvidligini ushlab turish uchun zaxiradan foydalanishga yo‘l qo‘yilgan hollarda undan foydalanish tartibi;
-Bank majburiyatlarini tuzilishi va umumiy summasi va boshqalarga bog‘liqdir.
Daromad keltirishiga qarab bank aktivlari
1. Daromad keltiruvchi aktivlar.
- Qisqa va uzoq muddatli ssudalar (aholiga,mijozlarga, boshqa banklarga);
- Faktoring,lizing,forfeyting,trast operatsiyalaridan olinadigan daromadlar;
- Qimmatli qog‘ozlar operatsiyalaridan olinadigan daromadlar
2. Daromad keltirmaydigan aktivlar.
- Pul mablag‘lari;
- Boshqa banklardagi korschyotlardagi mablag‘;
- Bino va inshootlar;
- Nomolliy aktivlar;
- Debitorlar;
- Hisob-kitobdagi mablag‘lar;
- Muddati utgan ssudalar .
Aktivlarning likvidli ta’minotiga quyidagilar kiradi:
- O‘zbekiston Respublikasi xukumatining so‘zsiz kafolati;
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining so‘zsiz kafolati;
- banklarda ochilgan hisobvarag‘larda erkin ayirboshlanadigan valyuta shaklidagi garov;
- O‘zbekiston Respublikasi xukumati qimmatli qog‘ozlari shaklidagi garov;
- andozaviy qimmatbaho metallar shaklidagi, ya’ni oltin va kumush quymalari shaklidagi garov.
Quyidagi aktivlar nolikvid ta’minotga ega, deb hisoblanadi:
- ko‘chmas mulk, o‘zlashtirilgan va o‘zlashtirilmagan erga bo‘lgan xuquqni hisobga olgan holda;
- ko‘chma mulk;
- xususiy korxonalarning qimmatli qog‘ozlari;
- yuridik va xususiy shaxslarning kafolatlari.
Tijorat banklari aktivlarining oʼziga xos toifasiga kapitallashgan aktivlar kiradi. Tijorat banklari amaldagi qonunchilikka asosan oʼz faoliyatini yuritish uchun maxsus binolar, transport vositalari, kompyuterlar, tashkiliy texnika, seyflar, turli vositalar, moslamalar va boshqalarga ega boʼlishlari shart. Ushbu vositalar pul aylanmasida ishtirok etmaydilar va shu asosda odatda ularni aylanmadan tashqari aktivlar deb ataladi. Ushbu aktivlarning ayrim moddalari kapitallashgan aktivlar hisoblanadi.
Iqtisodiyotda sanoat korxonalaridan farqli ravishda tijorat banklari aktivlari tarkibida asosiy vositalar va boshqa nomoddiy aktivlar odatda 10,0-15,0 foizni tashkil etadi. kapitallashgan aktivlarning aktivlar tarkibidagi ulushining yuqori darajada boʼlishi tijorat banklari aktivlarining samarasiz tarkibidan iborat ekanligi va aktivlar daromadlilik darajasining pastligi hamda likvidliligini qaltisligidan dalolat beradi.
Xalqaro amaliyotda tijorat banklarining kapitallashgan aktivlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
• tijorat banklarining asosiy vositalari;
• kapital qoʼyilmalar;
• nomoddiy aktivlar;
• xoʼjalik materiallari.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, koʼplab mamlakatlarda amaldagi qonunchilikka asosan tijorat banklarining binolari ustav kapitali tarkibiga kiritiladi.
Tijorat banklarining aktivlari tarkibida boshqa aktivlar toifasi ham kiritiladi. Xalqaro amaliyotda tijorat banklarining boshqa aktivlariga debitorlik qarzdorligi boʼyicha xisoblar, bank filiallari boʼyicha hisob-kitoblar, tarnzit hisobraqamlar, bank hisobraqamiga adashib tushgan mablagʼlar, kelgusi davr xarajatlari va boshqalar kiritiladi. Tijorat banklari jami aktivlarining tarkibida boshqa aktivlarning ulushi odatda 0 foizdan 10,0 foiz atrofida tashkil etishi mumkin. Shuni taʼkidlash lozimki, tijorat banklari jami aktivlarining tarkibida boshqa aktivlarning egallagan ulushining yuqoriligi mazkur tijorat banki faoliyatidagi salbiy holatdan yoki bank tomonidan moliyaviy hisob-kitoblarni buzib koʼrsatishidan dalolat beradi. Jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqishiga tijorat banklari tomonidan moliyaviy hisob-kitoblarni buzib koʼrsatganligi hamda ushbu holatni hisobga olmay bu tijorat banklariga xalqaro reyting agentliklari tomonidan yuqori reytinlarni berganliklari ham sabab boʼlgan.
Xalqaro amaliyotda tijorat banklari aktivlarini amaldagi buxgalteriya xisobi raqamlarining rejasiga asosan quyidagi guruhlarga ajratiladi:
a) muddatsiz aktivlar;
b) maʼlum muddatga joylashtirilgan aktivlar:
- talab qilib olinguncha aktivlar;
- muddati 30 kungacha boʼlgan aktivlar;
- muddati 30 kundan 90 kungacha boʼlgan aktivlar;
- muddati 90 kundan 180 kungacha boʼlgan aktivlar;
- muddati 180 kundan 360 kungacha boʼlgan aktivlar;
- muddati 360 kundan ortiq boʼlgan aktivlar.
Tijorat banklari aktivlarining muddatlariga asosan tarkibi bankning aktiv operatsiyalarining qaltislik darajasiga bevosita bogʼliqdir. Lekin asosiy oʼrnini muddatlari boʼyicha joylashtirilgan aktivlar tarkibi bankning passivlar tarkibida qisqa muddatli passivlar asosiy ulushini egallab turgan vaqtda tijorat banklari oʼz aktivlarining uzoq muddatga joylashtirish imkoniyatidan mahrum boʼladi. Chunki, tijorat banklarining mijozlari muddatsiz yoki talab qilib olingunga boʼlgan depozitlarni oʼzlari hohlagan vaqtda bankdan talab qilish huquqiga ega. Bunday holatlarda tijorat banklari oʼzining likvidlik darajasini bajara olmaydilar. Xalqaro amaliyotda tijorat banklari aktivlar tarkibida muddati 90 kundan 180 kungacha boʼlgan aktivlarning ulushi asosiy oʼrinni egallaydi.
Tijorat banklari oʼzlarining aktivlarini oʼz mijozlari orasida joylashtiradi va ayrim qismi bankning likvidligini taʼminlash maqsadida oʼzida saqlanadi. Xalqaro amaliyotda joylashtirilgan bank aktivlari kimlar tomonidan foydalanilayotganligiga asosan quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin:
1. tijorat bankini oʼzining tomonidan foydalanayotgan aktivlar;
2. tijorat banki tomonidan oʼzining boshqa mijozlariga vaqtinchalik foydalanish uchun ajratilgan aktivlar:
a) davlat organlariga:
• Moliya vazirligiga, Markaziy bankka va mahalliy hokimiyat organlariga;
• byudjetdan tashqari maqsadli jamgʼarmalaga;
• davlat mulkchiligiga asoslangan moliya tashkilotlariga;
• davlat mulkchiligiga asoslangan va uning ixtiyoridagi tijorat korxonalari va tashkilotlari;
• davlat mulkchiligiga asoslangan va uning ixtiyoridagi notijorat korxonalar va tashkilotlar.
b) nodavlat yuridik shaxslarga:
• turli moliya muassasalari;
• tijorat korxonlari va tashkilotlari;
• notijorat korxonalar va tashkilotlar;
v) jismoniy shaxslarga:
• xususiy tadbirkorlarga;
• fuqarolarga;
g) norezident shaxslarga:
• xorijiy davlatlarga;
• xorijiy tijorat banklari va boshqa moliya muassasalariga;
• xorijiy nomoliyaviy yuridik shaxslarga;
• norezident jismoniy shaxslarga.
Tijorat banki aktivlarining subʼektlar boʼyicha tarkibiga asosan ushbu bankning iqtisodiyotning qaysi sektoriga oʼz aktivlarini yoʼnaltirilganligini koʼrish mumkin. Xuddi shu tarkibga asosan bank aktivlarining diversifikatsiya darajasini baholash mumkin. Аgarda tijorat banki aktivlarining asosiy qismi iqtisodiyotning maʼlum sektorida markazlashgan boʼlsa, u holda ushbu bank ishonchsiz hisoblanadi. Buning aksi, agarda tijorat banki aktivlari maʼlum sohada kam markazlashgan hamda barcha sohada joylashtirilgan boʼlsa, ushbu bank ishonchli hisoblanadi. Bundan tashqari, tijorat banki aktivlarining tarkibiga asosan bankning kredit, investitsiya va qimmatli qogʼozlar boʼyicha portfelini tahlil etish mumkin. Buning uchun tijorat bankining xisobotini analitik hisob-kitoblarni qoʼllash tavsiya etiladi. Аnalitik hisob-kitoblar natijasida tijorat bankining kredit yoki investitsiya portfelini tarkibi va uning sifat darajasini hisoblab chiqish mumkin.

Download 27,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish