2
REJA
Kirish
…………………………………………………………………...…….3
1.
Soliqlar va ularning mohiyati………………………………..…………….6
2.
Soliqlarning vazifalari va turlari………………………………….............15
3.
Soliq imtiyozlari va ularning amal qilishi…………………………...........25
4.
O’zbekiston Respublikasida soliq islohotlarining o’zgarish
holati
tahlili………………………………………………………………………............38
5.
O’zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotida soliqlarning tutgan o’rni……....47
Xulosa
………………………………………………………………..……...54
Foydalanilgan adabiyotlar
……………………………………..……..…....56
3
Kirish.
Kurs ishi mavzusi dolzarbligi
. Bugungi kunda respublikamiz hududida amal
qilayotgan soliq va boshqa majburiy to’lovlarning turlari, ularning vazifalari,
stavkalari, soliq siyosatidagi asosiy o’zgartirish va qo’shimchalar, ularning
ahamiyati, hamda ularga oid nazariy qarashlar va bilimlarni o’rganib chiqib, ular
asosida tegishli xulosalar shaklllantirish hamda ularning negizida yetarlicha bilim
va ko’nikmalarga ega bo’lish kurs ishi mavzusini o’rganishda
muhim ahamiyat
kasb etadi.
Soliqlarning paydo bo‘lishi davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq
bo‘lganligi uchun hamda hozirgi O‘zbekistonda ijtimoiy himoyalangan bozor
iqtisodiyoti sharoitida davlat uni tashkilotchisi ekanligidan soliqlar va soliq
faoliyati davlatning o‘ta zarur bo‘lgan xilma - xil vazifalari bilan chambarchas
bog‘liq va ularga asoslanadi. Davlat mamlakatda yaratilgan ijtimoiy mahsulot
ishlab chiqarish uni taqsimlashning qonun - qoidalarini ishlab chiqadi. Bu
taqsimlashdagi munosabat bozor iqtisodiyoti sharoitida
pul orqali amalga
oshirilganligidan davlat uni taqsimlashni ham pul munosabatlari orqali, ya‘ni soliq,
pul va kredit orqali amalga oshiradi.
Bozor iqtisodiyoti talab va taklif, raqobat, qiymat va boshqa qonunlar orqali
amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti - erkin iqtisodiyot, pulli munosabatlar
iqtisodiyotidir. Soliqlar ham pul munosabatlarini
ifoda etganligi uchun bozor
iqtisodiyoti tarkibiga kiradi, uning ajralmas qismidir.
Bugungi kunda O’zbekistonda soliq yukini masalalari yilning asosiy muhim
mavzularidan biri bo’lib kelmoqda va shu bilan birga har yili soliq siyosatimizda
o’zgarishlar sodir bo’lib turibdi. Bu shundan dalolat beradiki, mamlakatimiz
kundan kunga soliq yukini kamaytirish bilan iqtisodiyotimizni yaxshilash,
aholi
turmush darajasini oshirish tomon bormoqda. Soliq islohotlarini o’tkazishda
soliqqa tortishning an’anaviy tamoyillari o’zgarmaydi. Lekin amaldagi soliq
tizimining iqtisodiy – huquqiy tamoyillarini takomillashtirib boradi. Bunda soliq
munosabatlarining tamoyillari o’tkazilgan har bir islohotlar natijasida sayqallanadi
va mohiyati, mazmuni maqsadlari borgan sari nazariy tamoyillar darajasiga
4
yaqinlashib boradi. Zero har bir 4 davrning o’ziga xos soliq tizimining adolatlilik,
samaradorlik va soddalashtirilgan namunasi mavjud. Ana shu ko’rsatkichlar
muayyan davrga moslashtirilgan soliq islohotlari o’tkazilishi natijasida an’anaviy
mezonlarga yaqinlashib boradi.
Soliqlarni optimallashtirib borish faqatgina xo’jalik
yurituvchi
subyektlarni moliyaviy faoliyatini yaxshilanishi uchun xizmat qilmaydi, balki
byudjet daromadlarini ham oshirishni nazarda tutadi. Shundan kelib chiqib aytish
mumkinki, soliq yuki masalalarini o’ranishga va tadqiq etishga ehtiyoj mavjuddir.
2018-yilning dekabr oyida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida
O'zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo'ljallangan asosiy makroiqtisodiy
ko'rsatkichlari
prognozlari, soliq va byudjet siyosati konsepsiyasi hamda Davlat
byudjeti loyihasiga bag'ishlangan kengaytirilgan majlis bo'lib o'tdi.
Majlis ishtirokchilari tomonidan 2019-yilga mo'ljallangan soliq-byudjet
siyosatining asosiy yo'nalishlari har tomonlama ko'rib chiqildi, unda soliq yukini
yanada
qisqartirish, soliq va majburiy to'lovlar miqdorini kamaytirish, mahalliy
byudjetlar daromad bazasini mustahkamlash va ularning mustaqilligini oshirish
haqida fikrlar bildirildi.
Ma’lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir,
ya’ni davlat o‘zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun
moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi.
Soliqlarning amal
qilishi bu obyektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha subyektlar
ham real sektorda, ya’ni ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko‘rsatmaydi.
Mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish va xorijiy investisiyalarni jalb qilish
uchun soliq yukini izchillik bilan kamaytirish va qulay shart-sharoitlarni yaratishni
ta’minlaydigan soliq tizimi shakllantirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev, 2017-yil 18 iyul kuni "Soliq ma’muriyatchiligini tubdan
takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Mamlakatda tadbirkorlikni
rivojlantirish va xorijiy investisiyalarni jalb qilish uchun soliq
yukini izchillik bilan
kamaytirish va qulay shart-sharoitlarni yaratishni ta’minlaydigan soliq tizimi