2-rasm. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishiga oid buxgalteriya hujjatlarining sxematik ko‘rinishi Nomoddiy aktivlar bo‘yicha axborotlar nomoliyaviy aktivlar harakati to‘g‘risida hisobotda tashkilotning hisobot yili mobaynidagi nomoddiy aktivlarining mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.
Mazkur hisobot shaklini tuzishdan oldin tashkilotlar:
- hisobot yili boshiga mavjud nomoddiy aktivlaming to‘g‘riligini (asoslanganligini);
- yil mobaynida tashkilotga kirim bo’lgan va tashkilotdan chiqim bo‘lgan barcha nomoddiy aktivlarni (byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi bo‘yicha alohida holda) hisob registrlarida («nomoddiy aktivlar bo‘yicha aylanma vedomost» 326-shakl, “Moddiy qimmatliklaming miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi) 296- shakl, «Bosh jumal kitobi» 308-shakl va boshqa tegishli registrlarda) to‘g‘ri aks ettirilganligini;
- kirim va chiqim operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlaming mavjudligini va to’liqligini tekshirib chiqadilar.
Ushbu hisobotda nomoddiy aktivlar to‘g‘risida ma’lumotlar «Bosh jumal kitobi» (308-shakl) va boshqa nomoddiy aktivlar hisobi yuritiladigan hisob registrlari ma’lumotlari asosida toidiriladi. Hisobotda nomoddiy aktivlaming (byudjet yoki byudjetdan tashqari mablagiar hisobidan olinganligi ko‘rsatilgan holda) yil boshiga mavjud qoldig‘i, hisobot yili mobaynida kirim bo‘lgan nomoddiy aktivlaming qiymati va chiqim bo‘lgan (hisobdan chiqarilgan)larining qiymati, shuningdek, hisobot davri oxiriga tashkilotlar balansidagi mavjud qiymati ko‘rsatiladi.
Chiqib ketayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati balansdan hisobdan chiqariladi. Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida korxona balansidan hisobdan chiqariladi:2 a) tugatish;
b) sotish;
v) ayirboshlash;
g) tekinga berish;
d) ustav kapitaliga ta’sischi hissasi sifatida berish;
e) ishtirokchilar tarkibidan ishtirokchining chiqib ketishi chog‘ida nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish;
j) kamomad faktini aniqlash va boshqalar;
Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan olingan daromaddan ularning qoldiq (balans) qiymatini, nomoddiy aktivlarning chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan bilvosita soliqlar va xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
Nomoddiy aktivning chiqib ketishidan ko‘rilgan moliyaviy natijani (foyda yoki zararni) aniqlashda ilgari qayta baholangan nomoddiy aktivning bahosini o‘sishi summasi, ya’ni mazkur nomoddiy aktivni ilgarigi bahosini o‘sishi summalarining ilgarigi bahosini pasayishi summasidan yuqorisi bir vaqtning o‘zida “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti bo‘yicha rezerv kapitalini kamaytirish bilan nomoddiy aktivning chiqib ketishidan ko‘rilgan daromad sifatida “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti kreditiga olib boriladi.