Reja: Kirish Nomoddiy aktivlar hisobini tashkil etish, uning maqsadi va vazifalari



Download 0,55 Mb.
bet3/8
Sana16.06.2022
Hajmi0,55 Mb.
#677848
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi byudjet hisobi

Nomoddiy aktivlar kirimi bilan bog’liq xarajatlar xar bir inventar ob’ekt bo’yicha jamlanma qaydnoma tuzilib buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida AV-6 shakldagi inventar kartochka ochiladi, buxgalteriya yozuvlari berilib 6-memorial order yoki 274-son shakldagi memorial order , memorial orderga asosan 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot shakllariga tushiriladi.

Nomoddiy aktivlar kirimi bilan bog’liq xarajatlar xar bir inventar ob’ekt bo’yicha jamlanma qaydnoma tuzilib buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida AV-6 shakldagi inventar kartochka ochiladi, buxgalteriya yozuvlari berilib 6-memorial order yoki 274-son shakldagi memorial order , memorial orderga asosan 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot shakllariga tushiriladi.

Nomoddiy aktivlar foydalanishga yaroqsiz holga kelguniga qadar hisobda aks ettiriladi. Foydalanishga yaroqsiz holga kelgan nomoddiy aktivlar belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.

Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida tashkilot balansidan hisobdan chiqariladi:

-tugatish;

-sotish;

-beg’araz berish;

-kamomad yoki yo’qotishning aniqlanishi;

-qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.


Nomoddiy aktivlar tarkibi turlicha bo`lib, ular bir qator belgilari bo`-yicha tarkibiy qismlarga ajratilib o`rganiladi: identifikatsiyalash, sotib olish, kutilayotgan ustunliklar berish davri, korxonadan ajralishi va boshqalar bo`yicha turkumlanishi mumkin.(1-chizma)


Nomoddiy aktivlarning turkumlanishini izohlashdan oldin korxona no-moddiy aktivlari va ularni tavsifi bilan tanishib chiqaylik. Korxona nomod-diy aktivlariga quyidagilar kiradi: patentlar, litsenziyalar, intelektual mulk va savdo belgilari, kompьyuter dasturlari, mualliflik huquqi, mijozlar ro`yhati, litsenziya, marketing huquqlari, import kvotalari, tashkiliy xarajatlar, nou-xau, franchayzing va gudvill.
Patent — huquqiy tan olingan va ro`yxatdan o`tkazilgan mutlaq huquq. Patent huquqi o`zining egasiga patentga taalluqli bo`lgan buyumni, jarayonni yoki faoliyatni foydalanish, ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish huquqini beradi. Bunda chetdan boshqa shaxslar bevosita aralasha olmaydi. Patent huquqi kashfiyotning tarkibini himoya qiladi va u belgilangan tartibda ro`yxatga olingan bo`lishi kerak. Patent huquqi bilan himoyalanadigan ob`ektlarni ishlatishning asosiy ko`rinishi - bu huquqni litsenziya shartnomasi asosida berish va ob`ektni korxona ustav kapitaliga ulush sifatida qo`shishdir.
Yer va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi - yer maydonlari, tabiiy resurslarni qazib olish maydonlari va ushbu maydonlar haqidagi geologik va boshqa axborotlarga egalik qilish huquqidir.





Inson yoki iqtisodiy omillariga boğliq

Birgalikda sotib olingan


Idеntifika siyalanmaydigan


Alohida mulk bilan birga bеriladigan


1-chizma. Nomoddiy aktivlarni turkumlanishi


"Nou-xau" - texnik tashkil qilish, hizmat ko`rsatish va tijorat xususiyatiga ega axborot bo`lib, u boshqa shaxslarga noma`lumligi sababli, haqiqiy yoki poten-tsial tijorat qiymatiga ega bo`ladi. Qonuniy asoslarga ko`ra, axborotlarga erishib bo`lmaydi va bu axborotga ega bo`lgan shaxs uning sirliligini ta`minlashga mas`ul-dir.
Sanoat mulklari boshqa ob`ektlardan farqli ravishda "nou-xau" ro`yxatiga olinmaydi. "Nou-xau"ni topshirish haqidagi shartnoma asosida "nou-xau"ning o`zi topshiriladi, uni ishlatish huquqi emas. "Nou-xau"ni topshirish shartnomasining majburiy elementlari: ob`ektning hamma xususiyatlari tavsifi, uni sir saqlash bilan bog`liq tartiblar va "nou-xau"ning uni amaliyotga qo`llashdagi hamkorligi.
Sanoat namunalarini ro`yxatdan o`tkazish - bu ishlab chiqarilgan buyumning shakli, namunasi yoki bezaklariga nisbatan berilgan patentga o`xshashdir. Sanoat namunasini ro`yxatdan o`tkazishda tashqi ko`rinish himoya vositasining vazifasini bajarsa, patent xizmat ko`rsatishni himoya kila oladi. Masalan, kompaniya terminalining yangi dizaynni ruyxatdan o`tkazish bilan himoyalanadi. Kompьyuter esa patent bilan himoyalanadi. Sanoat namunasining patentga ega bo`lishi zarurligi uning o`ziga xosligi va sanoatda qo`llanila olishligidir. Sanoat namunasiga patent 10 yilga beriladi va yana 5 yil muddatga o`zaytirilishi mumkin.
Patent huquqi bilan himoyalanadigan ob`ektlar ishlatilishining asosiy ko`rinishi-bu huquqlarning litsenzion shartnomalar asosida amal qilishi va ob`ektning korxona ustav kapitaliga ulush sifatida qo`shilishidir. Litsenzion shartnoma oldi-sotdi yoki ijara shartnomalaridan farq qiladi. Chunki patent egasi litsenzion shartnoma orqali kashfiyotni o`zini emas, balki uning ishlatish huquqini berdi. Patent egasi kashfiyotni ishlatish huquqini uchinchi shaxslarning keng davrasiga topshirishi va o`zi ham kashfiyotni ishlatishi mumkin.
Mualliflik huquqi — bu mualliflarga adabiyot, musiqa, tasviriy san`at va boshqa yaratilgan asarlar uchun qonun yo`li bilan berilgan himoya shaklidir. Mualliflik huquqi egalariga beriladigan huquqlar — o`z ishlarini chop ettirish, qayta bosish va ko`paytirish, sotish va nusxalarini taqsimlash va o`z asarlarini ijro etish hamda yozdirish huquqlarini beradi. Mualliflik huquqi bilan tartibga solinadigan ob`ektlarga kompьyuterlar uchun dasturlar, ma`lumotlar ba--zasi va shuningdek, ilm-fan, adabiyot, san`at asarlari misol bo`la oladi.
Mualliflik huquqi bilan boshqariladigan ob`ektlarni ro`yxatdan o`tka-zish shart emas. Muallif o`z asarini ob`ekt ko`rinishida namoyon qilishi va uni istalgan vaqtda ko`rsatib berishi shart. Mualliflik huquqi ob`ektlarni topshi-rishning huquqiy ko`rinishi, ya`ni mualliflik shartnomasidir. Ma`lum turdagi faoliyat bilan shug`ullanish huquqini beruvchi litsenziyalar misol bo`la oladi. Albatta, bunda litsenziya bir yildan ortiq muddatga berilgan bo`lishi kerak.
Kashfiyot agar yangi kashfiyot bo`lsa va sanoatda qo`llanila olsa yoki ma`lum bo`lgan asbob-uskunalar, shtamp, kimyoviy moddalardan yangicha tarzda ko`llanilsa, ular ham qonuniy ravishda himoyalanishi mumkin. Kashfiyotlarga patent 20 yilga beriladi va u kashfiyotning ustunliklarini, muallifligini tasdiqlovchi hujjat sanaladi va uni ishlatishga huquq beradi.
Savdo markalari va tovar belgisi. Savdo markalari (Masalan: Nestle, Adi-das) yoki savdo namunalari (Koka-kola) kompaniyalar tomonidan mahsulot yoki xiz-mat uchun berilgan nomlar yoki identifikatsiyani aniqlovchi boshqa ramzlar ular egalik qilishni asosli ravishda olib borish uchun ruyxatdan o`tkazilishi mumkin. Ruyxatdan o`tkazilgan savdo markalari va savdo namunalarini keyingi yillarga ham muddatni uzaytirish yo`li bilan xizmat muddatini yangilab turish mumkin. Bu holda nomlar, ramzlar yoki mahsulot identifikatsiyasini belgilovchi boshqa ramz-lar huquqiy hisoblanadi.
Franchayzing — ma`lum bir formula, texnologiya yoki tashqi ko`rinishini qo`llash bo`yicha o`ziga xos huquq. Franchayzing (masalan: kabel televideniyasi kom-paniyasi) odatda hukumat organlari tomonidan davlat mulkidan foydalanish hu-quqiga egalik qilish yoki kommunal xizmat ko`rsatish (elektromontaj) uchun va xo`-jalik sub`ektlari tomonidan aniq bir ishlar va aniq xizmatlardan foy-dalanish huquqi bilan egalik qilish uchun taqdim qilinadi. Franchayzing to`g`risidagi har bir kontrakt uning amalda bo`lish davrini, shuningdek franchayzer (foydalanish huquqiga imkon beruvchi sub`ekt)ning hamda franchayzi (bu imtiyozni oluvchi sub`ekt)ning huquq va majburiyatlari aniq belgilab beriladi.
Kompьyuter dasturiy ta`minoti – bu korxonaning ishlab chiqarish, ma`muriy faoliyatida ishlatish yoki ijaraga berish uchun mo`ljallangan hamda kelgusida iq-tisodiy manfaatlar keltiradigan komp`yuterlarda maxsus operatsiyalarni (buxgal-teriya hisobi, iqtisodiy tahlil va shunga o`xshashlarni) bajarishga mo`ljallangan hamda korxonani o`zida yaratilgan yoki sotib olingan dasturlardir.
Kompьyuter dasturlarini takomillashtirish bilan bog`liq bo`lgan xara-jatlar hisobi tarmokning kengayib borishi va amaliyotda ishlab chiqarilgan yangi hisob jarayonlarini paydo bo`lishi bilan o`ta muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kompьyuter dasturlari va ularni takomillashtirishga qilingan investi-tsiyalar kompьyuter dasturiy ta`minoti, bilan shugullanuvchi korxonalarda boshqa aktivlar sifatida ko`riladi. Kompьyuter dasturiy ta`minotiga qilingan harajat-
larni kapitalizatsiyalashtirish, sotish yoki keng foydalanish uchun ijaraga berish-ga mo`ljallangan kompьyuterning dasturiy ta`minotini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar xarajatlarning salmoqli qismini tashkil etadi. Hisobga olishda asosiy masala bo`lib, dasturiy ta`minot to`plamlarini takomil-lashtirishda amalga oshirilgan qanday xarajatlar hisobdan chiqarilishi va qan-daylari kapitalizatsiyalashtirilishi kerakligiga ahamiyat beriladi.
Dasturiy ta`minot hisobida quyidagi holatlarga alohida e`tibor qaratish lozim:
Sotish yoki ijaraga berish uchun mo`ljallangan kompьyuter dasturiy ta`-minotini ishlab chiqarishga ketgan barcha xarajatlar, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar xarajatlari hisoblanadi hamda hisobdan chiqarilishi lozim;
Тexnik iqtisodiy asoslashni o`tkazish uchun ishlab chiqarilgan mah-sulotning asl nusxalarini ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar sar-moyalashtirilishi zarur. Bu xarajatlar tarkibiga kodlash va texnik iq-tisodiy asoslashni o`tkazish uchun tekshiruv bilan bog`liq xarajatlar kiradi.
Тashkiliy xarajatlar - bu faoliyatni tashkil qilishga ketgan xarajat-lardir. Тashkiliy xarajatlarning ba`zilari to`g`ridan-to`g`ri kapitalizatsiyalanadi. Bunday xarajatlarga misol tariqasida huquqiy masalalar bo`yicha, buxgalteriya bo`yicha, devon tovarlari uchun qilingan xarajatlarni keltirish mumkin. Тashki-liy xarajatlarni kapitalizatsiya qilishning sababi, ular kelgusida daromad keltiradi. Barcha xarajatlarni birinchi yilda hisobdan chiqarish xarajatlar va daromadlarning muvofiqlik tamoyiliga putur etkazadi. Shuning uchun tashkiliy xarajatlar odatda erkin tanlab olingan qiska davr ichida amortizatsiya qilinadi.
Gudvill - noaniq nomoddiy aktiv hisoblanadi. Hisobga olish maqsadida gudvill - kompaniyaning sotib olingan haqiqiy bahosi bilan identifikatsiya-lanadigan sof aktivlarning bozordagi bahosi o`rtasidagi farqdir. U eng ko`p tar-qalgan va muhim nomoddiy aktiv hisoblanadi. Gudvill kompaniyaning ijobiy tavsiflaridan kelib chiqadigan qiymat bo`lib, kompaniyaning aniq aktivlaridan kutilayotgan daromadlarning qo`shimcha ravishda ko`paytirishga xizmat qiladi. Kompaniyaning o`zi tomonidan yuzaga keltirilgan gudvill aktiv sifatida aks ettirilmaydi. Chunki bu kompaniya sotib olinayotganda sotib olish bahosi va kompaniya aktivlarining haqiqiy bahosi o`rtasidagi farq sifatida yuzaga chiqadi. Gudvill asosan kompaniyaning oddiy ko`rsatkichlaridan yukori bo`lgan moliyaviy ko`rsatkichlarining taxmin qilinayotgan qiymatini aks ettiradi. Bu taxminlar kompaniya yoki uning operatsion muhitiga aloqador bo`lgan nomoddiy ijobiy tavsiflar yoki omillar bunday daromadlar olishiga ishonch tugdiradi. Ular kompaniyalar uchun o`rtachadan yuqori bo`ladi.
Yuqori darajadagi rahbar jamoasi, sotish jarayonini a`lo darajada tashkil qilinishi, o`ta samarali reklama, ishlab chiqishdagi maxfiy jarayon, mutlaq dara-jada yaxshi mehnat munosabatlari, yuqori ishonch reytingi, xodimlarni tayyor-lashning ilg`or dasturi va hokazolar gudvillni yuzaga keltiruvchi sabablar bo`lib hisoblanadi.
Salbiy gudvill - sotib olingan sof aktivlarning xaqqoniy qiymati korxonaning harid qiymatidan yuqori bo`lsa, paydo bo`ladigan farq sifatida namoyon bo`ladi. Bu sotib olayotgan korxona uchun qulay hariddir. Bunday hollarda moddiy aktivlar qiymatlari shu darajaga kamaytirilishi lozimki, bunda salbiy gudvillga o`rin kolmasligi kerak.
Yuqorida ko`rib chiqilgan nomoddiy aktivlarning ayrimlari, almashtirishga tegishli nomoddiy aktivlar bo`lib, ular firmaning boshqa aktivlaridan alohida identifikatsiyalashtiriladigan va alohida sotilishi mumkin Masalan, patentlar, mualliflik huquqlari, franchayzing va savdo markalari. Ular sotib olingan yoki firma ichida ishlab chiqarilgan bo`lishi mumkin.
Nomoddiy aktivlarning boshqa bir turlari esa, almashtirishga tegishli bo`lmagan identifikatsiyalanadigan nomoddiy aktivlar bo`lib, ular firmaning boshqa aktivlari bilan birga yoki alohida idetifikatsiyalanishi mumkin, lekin ular alohida sotilishi mumkin emas. Almashtirishga tegishli bo`lmagan nomoddiy aktivlarga gudvill, tashkiliy xarajatlar kabilarni misol keltirish mumkin.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish