Reja Kirish Ma’muriy- huquqiy normalarning turlari, ularning funksiyalari va tuzilishi. Ma’muriy-huquqiy normalarni amalga oshirish. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 18,4 Kb.
Sana17.04.2022
Hajmi18,4 Kb.
#559311
Bog'liq
Ma\'muriy pretseturalar.



Reja
Kirish
1. Ma’muriy- huquqiy normalarning turlari, ularning funksiyalari va tuzilishi.
2. Ma’muriy-huquqiy normalarni amalga oshirish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Ma’muriy-huquqiy normalar o‘zining tartibga solish yo‘nalishlari va yuridik mazmuniga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.


Ma’muriy-huquqiy normalar turli mezonlar, ya’ni tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning xususiyatlari, vazifasi, shuningdek funksiyalariga ko‘ra turlarga ajratiladi.
1. Ma’muriy-huquqiy normalar vazifasiga ko‘ra moddiy va protsessual turlarga bo‘linadi.
Moddiy ma’muriy-huquqiy normalar ma’muriy huquq bilan tartibga solinadigan boshqaruvga oid munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari majmuini, shuningdek ularning javobgarligi, ya’ni ma’muriy-huquqiy maqomini yuridik jihatdan mustahkamlaydi. Moddiy normalarda ijro etuvchi hokimiyat (davlat boshqaruvi) tizimi, tartibga solinayotgan boshqaruvga oid munosabat ishtirokchilari faoliyat ko‘rsatishi lozim bo‘lgan huquqiy makon (rejim) o‘z ifodasini topadi. Bunday ma’muriy- huquqiy normalar ba’zan statik normalar deb ataladi. Ular toifasiga mansabdor shaxslarning fuqarolar shikoyatini qabul qilish va belgilangan muddatda ko‘rib chiqish borasidagi majburiyatlari yoki ijro etuvchi hokimiyat muayyan subyektining vakolatlari asosini belgilovchi normalar kiradi. Shunday qilib, moddiy ma’muriy- huquqiy normalar bilan boshqaruvga doir munosabat subyektlarining o‘zaro aloqasi asoslari belgilanadi; ma’muriy huquq normalarining bajarilishi, qo‘llanilishi va ularga rioya qilinishi zarur hollarda davlat majburlov choralari bilan ta’minlanadi.
Protsessual ma’muriy-huquqiy normalar davlat boshqaruvini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan protsessual masalalarni tartibga soladi. Masalan, bu normalar fuqarolarning shikoyat va arizalarini qabul qilish, ko‘rib chiqish va hal qilish tartibini; ma’muriy huquqbuzarliklarga doir ishlarni yuritish tartibini belgilaydi. Ularning vazifasi moddiy ma’muriy huquq normalari bilan belgilangan yuridik huquqlar va majburiyatlarning tartibga solinayotgan boshqaruvga oid munosabatlar doirasida amalga oshirilish tartib-taomillarini belgilashdan iborat.
Ma’muriy huquq sohasidagi moddiy va protsessual nor- malarning o‘zaro nisbatini quyidagi misolda ko‘rish mumkin.
«O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy protseduralar to‘g‘risi- da»gi 2007-yil 30-iyun qonunida ma’muriy protseduralarning mazmuni, uni amalga oshiruvchi organlarning ro‘yxati va vakolatlari, ularning ma’muriy ishlarni ko‘rish bilan bog‘liq faoliyati ta’riflangan. Shuningdek, ma’muriy protseduralarning umumiy qoidalari, ma’muriy ishlarni ko‘rish prinsiðlari, bosqichlari, tartib-taomillari, muddatlari, protsessual rasmiy- lashtirish talablari belgilangan. Bu normalar fuqarolar va yuridik shaxslarning ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish jarayonidagi huquq va imkoniyatlarini aks ettiradi. Bunda ularning yuridik talqindagi statik xususiyati va moddiyligi namoyon bo‘ladi. Ayni vaqtda, Qonunda protsessual (dinamik) normalar to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
2. Ma’muriy-huquqiy normalar subyektlar xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatish usuliga ko‘ra ijtimoiy munosabat ishtirokchilarining xulq- atvoriga turlicha ta’sir ko‘rsatadi: ular harakatga undashi, muayyan harakatlarni bajarishni buyurishi, u yoki bu harakatlarni bajarish vakolatini berishi, harakatlarni bajarishni man etishi mumkin. Ularda ta’riflangan qoidalarning xususiyatiga qarab vakolat beruvchi, majburiyat yuklovchi va taqiqlovchi ma’muriy-huquqiy normalarga ajratiladi.
3. Ma’muriy-huquqiy normalarsubyektlari va tartibga solish ko‘lamiga ko‘ra: a) davlat organlari, korxonalar, tashkilotlar faoliyatini; b) fuqarolar xulq-atvorini; v) jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar faoliyatini; g) davlat xizmati xodimlarining faoliyatini tartibga soluvchi turlarga bo‘linadi.
Ma’muriy huquq normalari O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan chet el jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
4. Ma’muriy-huquqiy normalar majburiyat yuklash shakliga ko‘ra avvalo imperativ (qat’iy) va tavsiyaviy ma’muriy-huquqiy normalarga bo‘linadi.
Imperativ normalar subyektlar xulq-atvorini bevosita belgilovchi qoidalardan iborat bo‘lib, ular mazkur huquqiy munosabat ishtirokchilarining kelishuviga binoan boshqa xulq- atvor qoidalari bilan almashtirilishi mumkin emas.
Tavsiyaviy normalar ma’muriy huquq subyektlariga u yoki bu harakatlarni bajarish maqsadga muvofiqligi xususida beriladigan tavsiyalardan iborat.
Huquqiy munosabat subyektlariga norma doirasida o‘z huquqlari va burchlarini mustaqil belgilash imkoniyatini beruvchi dispozitiv normalarga kelsak, ular ma’muriy qonunchilik hujjatlarida nisbatan kam uchraydi. Bu hol ma’muriy huquq sohasi — davlat boshqaruvining xususiyati bilan belgilanadi.
5. Ma’muriy-huquqiy normalar makonda (hududda) amal qilishiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining butun hududida, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida amal qiladi. Ayrim hollarda ko‘rsatilgan normalar ikki taraflama yoki ko‘p taraflama bitimlarga muvofiq bir nechta davlatlarning hududida amal qiladi. Mazkur amaliyotning kengayishi suveren davlatlar — Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar uchun tabiiy bir holga aylandi.
6. Ma’muriy-huquqiy normalar vaqt bo‘yicha amal qilishiga ko‘ra muddatli, ya’ni amal qilish muddati oldindan belgilangan va muddatsiz, amal qilish muddati oldindan belgilanmagan normalarga bo‘linadi.
Odatda, ma’muriy-huquqiy normalarning amal qilish muddatlari cheklanmaydi. Bu ularning rasmiy darajada o‘zgarti- rilgunga yoki bekor qilingunga qadar amal qilishini anglatadi. Ba’zi hollarda ularning amal qilish muddatlari aniq belgilanishi mumkin, masalan, favqulodda yoki harbiy holat muayyan muddatga belgilanadi. Ma’muriy-huquqiy normalar ular ifodalangan nor- mativ hujjatlar imzolangan sanadan e’tiboran, yoki tegishli normalar kuchga kirishi uchun nazarda tutilgan muddatda qonuniy, yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Ma’muriy-huquqiy normalarni amalga oshirish ushbu normalarda aks ettirilgan talablar, xulq-atvor qoidalarining ma’muriy huquq subyektlari tomonidan hayotga tatbiq etilishidir. Binobarin, ma’muriy-huquqiy normalarni amalga oshirish — ma’muriy huquq subyektlarining ma’muriy huquq normalarida belgilangan talablarga mos keladigan qonuniy xulq-atvori (faoliyati). U normalarda belgilangan huquqlarga ega bo‘lish va ulardan foydalanishda hamda ayni shu normalarda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishda ifodalanadi.
Ma’muriy huquq nazariyasida huquqiy normalarni amalda joriy etishning to‘rt shakli farqlanadi: a) rioya qilish; b) qo‘llash; d) bajarish; e) foydalanish.
Ma’muriy-huquqiy normalarga rioya qilish huquq subyekti ma’muriy-huquqiy normalarning talablariga ixtiyoriy bo‘ysunishi bilan tavsiflanadi. Huquqiy normalarni amalda joriy etishning mazkur shakli subyektning taqiqlangan harakatlarni bajarishdan tiyilishini nazarda tutadi.
Ma’muriy-huquqiy normalarni qo‘llash ijro etuvchi hoki- miyatning tegishli subyektlari tomonidan amalga oshiriladi. U amalda vakolatli organ (mansabdor shaxs) moddiy yoki protsessual normalarning talablariga asoslangan individual yuridik hujjatlarni qabul qilishida namoyon bo‘ladi. Bu hujjatlar muayyan ma’muriy ishlarga tatbiqan qabul qilinadi (masalan, lavozimga tayinlash to‘g‘risida buyruq, fuqaroning shikoyati yuzasidan chiqarilgan qaror, jamoat birlashmasini ro‘yxatdan o‘tkazish va hokazo). Shuni ta’kidlash joizki, ma’muriy huquqda huquqni qo‘llash ijroiya hokimiyat mexanizmi faoliyat ko‘rsatishi bilan bevosita bog‘liq. Fuqarolar ma’muriy-huquqiy normalarni qo‘llash vakolatlariga ega emaslar.
Ma’muriy-huquqiy normalarni bajarish — tartibga soli- nayotgan boshqaruvga oid munosabat ishtirokchilarining bu normalarda ifodalangan yuridik qoidalar, taqiqlar yoki ijozatlarga qat’iy rioya qilishidir. Huquqiy normalarni amalga oshirishning bu ko‘rinishi universaldir, chunki uning subyektlari sifatida boshqa- ruvga oid munosabatlarning barcha ishtirokchilari amal qiladi. Ma’muriy-huquqiy normalar va ular davlat boshqaruvi sohasida o‘rnatadigan huquqiy tartibning ta’sirchanligi ularni bajarish sifati, hajmi va darajasi bilan belgilanadi. Shu sababli, ma’muriy-huquqiy normalarni bajarish ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshirish sohasida huquq-tartibot va davlat intizomini yetarli darajada ta’minlashning muhim vositasi hisoblanadi.
Ma’muriy-huquqiy normalardan foydalanish huquq subyekt- larining boshqaruv sohasida subyektiv huquqlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniy harakatlarni ixtiyoriy bajarishini nazarda tutadi. Bunda ma’muriy-huquqiy normalarni bajarishdan farqli o‘laroq, ulardan foydalanish jarayonida subyektiv huquqlar amalga oshirilishini qayd etib o‘tish lozim. Masalan, fuqaro tegishli tartib-taomillarni bajarish (imtihon topshirish, hujjatlarni qo‘lga kiritish va hokazo.) yo‘li bilan olingan transport vositasini boshqarishga bo‘lgan huquqni amalga oshirishi mumkin.
Shuningdek, amaldagi qonunchilik hujjatlarida maxsus nazarda tutilgan hollarda ma’muriy tartibda huquqni qo‘llash sudlarga (sudyalarga) yuklatiladi. Jumladan, bunday harakatlarni sud organlari ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun ma’muriy jazolar tayinlash hamda ayrim ma’muriy nizolarni ko‘rib chiqish va hal qilish chog‘ida amalga oshiradi.
Shunday qilib, ma’muriy-huquqiy normalarni qo‘llash ularga rioya qilish, ularni bajarish va ulardan foydalanishdan ayrim o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi.
Birinchidan, ma’muriy huquq normalarini qo‘llash davlat boshqaruvi subyektlarining hokimiyat vakolatini amalga oshirish borasidagi faoliyati bo‘lib, uning vositasida jamiyat hayoti ijtimoiy munosabatlarning turli subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro muno- sabatlarning aniq tashkiliy asoslarini belgilash yo‘li bilan tartibga solinadi.
Ikkinchidan, huquqni qo‘llash doim aniq huquqiy munosa- batlar doirasida amalga oshiriladi. «Huquqni qo‘llashga doir munosabatlar» deb ataladigan bu huquqiy munosabat ishtirok- chilarining huquqiy holati turlicha bo‘ladi. Mazkur munosabatlarda huquqni qo‘llashning davlat-hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan subyekti ayniqsa faol rol o‘ynaydi.
Uchinchidan, huquqni qo‘llash borasidagi faoliyat doimo qonun bilan belgilangan alohida shakllarda amalga oshiriladi.
To‘rtinchidan, huquqni qo‘llash doim uning subyekti tomonidan amalga oshiriladigan individual-huquqiy hujjat (huquqni qo‘llashga doir hujjat) qabul qilish orqali ro‘yobga chiqariladi.
Qonuniylik, adolatlilik va maqsadga muvofiqlik ma’muriy huquq normalarini qo‘llashning asosiy talablaridir.
Ma’muriy-huquqiy normalarni amalga oshirishda ko‘rsatilgan munosabatlarning barcha subyektlari o‘z ma’muriy-huquqiy maqomiga muvofiq ishtirok etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Darslik / H.T. Odilqoriyev, I.Ismailov, N.T. Ismailov va boshq.; prof. Õ.T. Odilqoriyev va B. E. Qo- simovning umumiy tahriri ostida.– T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2010. — 640 b.


Download 18,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish