5. Fransiyada soliq tizimi va O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi bilan solishtirma tahlili.
Hozirgi kunda Fransiyadagi soliqni uch xil guruhga ajratish mumkin: daromad solig’i, shaxslarni daromad olganda keyingi to’lanadigan solig’i (ish haqi), iste’mol solig’i. Soliq tizimi asosan iste’mol yo’nalishiga qaratilgan bo’lib uning asosiy ko’rsatkichi olingan foyda (daromad)dir. Hozirda qo’shilgan qiymat solig’i ustida gap ketganda barcha ishlab chiqarish va iste’mol uchun qilingan barcha sarf harajatlar ko’zda tutilib barcha yo’nalishlar bo’yicha soliqqa tortilishini tushuniladi. Tashqi bozorbilan bog’liq bo’lgan barcha operatsiyalar qo’shilgan qiymat solig’idan ozod etiladi. Import bo’yicha bajariladigan barcha operatsiyalar QQS tortiladi. QQS bajariladigan ishning turlariga bog’liq bo’lib, u soliq to’lovchining moliyaviy holatiga bog’liq bo’lmaydi. Soliq stavkasi tovarni bahosiga bog’liq bo’lmaydi. Qo’shilgan qiymat solig’i obyekti sotilgan tovarlarni qiymati va ko’rsatilgan xizmatlar tashkil etadi. Bundan tashqari boshqa qilingan harajatlar ham hisobga olinadi (yuklarni tashish, ortish, tushirish, boj va h.k.). Qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblaganda, xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar qiymati chegirib tashlanadi.
QQS dan ozod etiladi: ma’muriy ijtimoiy, tarbiyaviy, madaniy, sport sohalari bo’yicha faoliyat ko’rsatuvchi davlat muassalari; qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilar; yakka tadbirkorlik, yakka faoliyat ko’rsatuvchi shifokorlar; diniy yo’nalishda xizmat qilayotganlar.
Qo’shilgan qiymat solig’i ayrim bojlar bilan to’ldiriladi. (boj, aksiz) bular ham iste’mol qiymatiga ega bo’lgan iste’mol solig’ini vujudga keltiradi. Bularni ayrimlari davlat hisobiga ayrimlari maxalliy budjetga o’tkaziladi.Qo’shilgan soliqqa tortiladigan tovarlarga quyidagilar kiradi: spirtli ichimliklar, tabaki mahsulotlari, gugurt, zajigalki, qimmatbaho toshlardan tayyorlangan mahsulotlar, shakar, konditer mahsulotlar, uchuvchi apparatlar, pivo va shifobaxsh suvlar, ayrim turdagi avtomobillar.
Bilvosita soliqqa qo’shimcha ravishda elektrenergiyadan foydalanganlik, televizion reklama qilinganlik uchun tortilishi. Ayrim hududlarda dam olish maskanlarini tashkil etish imkoniyatlari bo’lsa u holda mahalliy hokimiyat turistik yig’imlar yig’ib olishni joriy etadi. Bojxona boji ham iste’mol solig’i hisoblanib, uning asosiy maqsadi ichki bozorni, ishlab chiqarishni, qishloq xo’jaligini himoyalashdan iborat. Bojxona boji davlat siyosati bo’lib, uning asosiy yo’nalishini ichki bozorni himoyalash. Bojxona boji keltirilgan tovarlarni bahosini ichki bozor bahosiga tenglashtirishdan iborat. Bojxona boji tovar bahosiga qarab olinadi. Ayrim hollarda boj olishda tovarni og’irligi, hajmi hisobga olinadi. Bunday boj, ichimliklar, tamaki mahsulotlari, kinofilmlar uchun hamqo’llaniladi. Korxonani sof foydasi daromad solig’iga tortiladi. Olinadigan soliq miqdori daromad va harajat o’rtasidagi farq tenglashtiriladi.
Daromad solig’iga asosiy o’rinlardan birini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i tashkil etadi. Jismoniy shaxs barcha oladigan daromadlarini hisobga olgan daromad deklaratsiyasini soliq organlariga taqdim etadi. Daromad bu yil davomida olingan foyda tushumidir. Hisobotda yana har xil daromadlar ham hisobga olinadi, (maqsadli nafaqalar, ayrim ijtimoiy guruhlar, qariyalar va nogironlar) qilingan sarf harajatlar umumiy foydadan chegirib tashlanadi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i progressiv xarakterga ega bo’lib, daromadlari ma’lum belgilangan chegaradan oshsa, soliq to’lanadi. Fransiyada ko’chmas mulk, qimmatbaho qog’oz va boshqa mulklar buyicha qilingan operatsiyalardan olingan daromadni soliqqa tortishning boshqacha qoidalari mavjuddir.
Agar ko’chmas mulk qancha narxda sotilgan bo’lsa shu baho miqdorida sotilgan yilda soliqqa tortiladi. Uy joyni sotishdan olgan daromad (foyda) soliqdan ozod etiladi. Agarda uy joyga egalik qilish muddati 32 yildan ortiq bo’lsa. Shunday qilib muddatlar bo’yicha har xil stavkalar qo’llaniladi. Agarda mulk sotuvchini qo’lida ikki yildan oshiq tursa u holda stavka kamaytiradi xatto 0% ham kamaytiriladi. Ko’chmas mulk bo’yicha o’tkazilgan operatsiyalardan hosil bo’lgan foyda soliqqa tortiladi. Agar uning miqdori 20 ming frankdan ortiq bo’lsa. Bu holatda uch xil soliq stavkasi qo’llaniladi 4%, 5%, 7% - san’at asarlari uchun, 7,5% qimmatbaho metallar bilan ish qilinganda Fransiyada xususiy mulk solig’i budjetga ko’p daromad keltiradi.
Mahalliy soliq tizimini to’rtta asosiy yo’naliga ajratish mumkin:
- yer solig’i qurib bitirilgan uchastkalar uchun;
- yer solig’i qurib bitirilmagan uchastkalar uchun;
- turar joy solig’i;
- mutaxassislik solig’i.
Bu soliq stavkalari mahalliy hokimiyat tomonidan belgilanadi (bosh kengash va mahalliy kengash). Bu soliq stavkalari davlat tomonidan belgilangan stavkadan o’tib ketmasligi kerak. Soliq mulkning hamma turiga binolar, inshootlar, suv xavzalari, suv yig’uvchi qurilmalar va ishlab chiqarish va tijorat maqsadlarida foydalanish uchun ajratilgan yer uchastkalarga taalluqli. Soliqqa tortilgan qism ijaraga berilgan uchastka qiymatini yarmini tashkil etadi. Bu soliqdan shahardan tashqarida bo’lgan qishloq xo’jalik maqsadlaridan foydalanilgan davlat mulki binolar ozod etiladi.
Yoshi 75 dan yuqori bo’lgan jismoniy shaxslardan, maxsus nafaqa oluvchilardan va nogironlardan soliq olinmaydi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish maqsadida yaratilgan su’niy o’rmonzorlar va ularda band bo’lib turgan yer uchastkalar - ma’lum muddati soliqdan ozodetilishi mumkin. Turar joy xususiy mulk kabi soliqqa tortiladi. Kam ta’minlangan shaxs butunlay yoki qisman bu soliqdan ozod etilishi mumkin. Doimiy mutaxassislik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun soliq joriy etilgan.
Mahalliy boshqaruv organlari yuqorida keltirilgan soliq turlariga qo’shimcha ravishda soliqlar va yig’imlarni joriy etishi mumkin ya’ni: maydonlarni tozalash solig’i;qishloq xo’jalik palatalarini ta’minlash boji; hunar ta’lim palatalarini ta’minlash boji; konlarni o’zlashtirishdagi mahalliy yig’imlar; elektr yoritkichlar o’rnatganlik uchun maxalliy yig’imlar; uskunalardan foydalanganlik uchun olinadigan boj; binolarni sotishdan olinadigan soliq; transport vositalari uchun olinadigan boj; limit darajasidan oshib ketgan qurilishlar uchun soliq; maydonni band qilish chegarasi limit darajasidan oshib ketganligi uchun to’lanadigan soliq.
Fransiya mamlakati soliq tizimi bilan O’zbekiston soliq tizimining solishtirma tahlili. Fransiya soliq tizimini O’zbekiston soliq tizimi bilan o’xshashliklari juda ko’pdir. Bu o’xshash jihatlarni quyidagi soliq turlarini mavjudligi, ularni budjetga to’lanish tartibi jihatlaridan solishtirma tahlil qilamiz:
Fransiya soliqlari umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’linishi O’zbekiston Respublikasining bo’linishiga o’xshashdir. Fransiyada markaziy hukumat budjet daromadlarining asosiy 93 % ni soliq to’lovlari tashkil etadi. Budjet daromadlarining qolgan qismini maxsus daromadlar tashkil qiladi. Maxsus daromadlar asosan ijtimoiy fondlarga to’lovlar tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasida markaziy hukumat budjet daromadlarining asosiy qismini 93-95 % ni soliq to’lovlari tashkil etadi.
Iqtisodiy mohiyatiga ko’ra Fransiya va O’zbekiston Respublikasini soliq tizimi to’g’ri soliqlar va egri soliqlarga ajratiladi. To’g’ri soliqlar o’z navbatida yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar, jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlardir. Bu soliq turlari quyidagilar: yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar: korporatsiya foydasidan soliq; korporatsiya mol-mulkiga soliq; sug’urta jamiyatlarining daromad solig’i; yuridik shaxslardan mahalliy yig’imlar va boshqa soliqlar ham undiriladi.
Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar: jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; turar joyga soliq; kasb-hunarga soliqlar; mahalliy yig’imlar va boshqa yig’imlar.Yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar: qurilish qilinadigan yerlarga soliq; qurilish qilinmaydigan yerlarga soliq; reklama solig’i; mahalliy yig’imlar va boshqa to’lovlar.
Egri soliqlar tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i va bojxona bojlari kiradi. Bu soliqlarni tarkibi Fransiyaga taaluqli bo’lib, egri soliqlar tarkibi O’zbekiston Respublikasini egri soliqlari tarkibi bilan bir xildir.
O’zbekiston Respublikasining to’g’ri soliqlar tarkibiga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i, mol-mulk solig’i, yer solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i va boshqa soliqlar kiradi.
Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig’i Fransiya davlatidagi fuqarolardan olinadigan daromad solig’i bo’lib, tarixiy xususiyatga ega. Fransiyada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining xususiyati quyidagicha:
- davlat tomonidan ijtimoiy siyosat yurgizishga ta’sir etadi;
- har bir kishining daromadidan emas balki oila daromadiga nisbatan hisoblanadi.
Ushbu soliqning to’lovchilari 18 yoshga to’lgan va undan kattalar hisoblanadi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i Fransiya davlat budjetidagi ulushi 20 % ni tashkil etadi. Daromad solig’idan tushgan mablag’larni kam ta’minlangan oilalarga, ta’lim, maorif, sport va boshqa sohalarga yo’naltiriladi. Bundan tashqari jismoniy shaxslarning daromad solig’iga aholining omonat kassalariga, ko’chmas mulkka pul qo’yishini, aksiyalar sotib olishni rag’batlantirish funksiyalari yuklatilgan.
Soliq miqdori progressiv harakterga ega. Fransiyada istiqomat qiluvchilarning barchasi mamlakat ichida yoki chet elda olgan daromadlaridan daromad solig’i to’laydilar. Yil davomida olingan barcha pul tushumlari daromad deb tushuniladi. Bunga asosan quyidagilar kiradi: ish xaqi, mukofotlar, pensiya va nafaqalar, renta, harakatlanuvchi mol- mulkdan olingan daromad, qishloq xo’jaligi faoliyatidan olingan daromad, qimmatbaho qog’ozlar operatsiyalari bo’yicha olingan daromad va boshqa daromadlar kiradi.
Fransiya davlatida aholidan olinadigan daromad solig’i yalpi daromadga nisbatan hisob-kitob qilinadi va fuqarolar yiliga bir marta topshiriladigan deklaratsiya asosida soliq hisob-kitob qilinadi. Daromad solig’ini hisoblashda soliq to’lovchining daromadi yettita kategoriyaga bo’linadi: yollanma ish uchun mehnatga haq to’lash; yerdan olinadigandaromad; aylanma mablag’lardan olinadigan daromad; qayta sotishdan olinadigan daromad; hissadorlik jamiyati hisoblanmagan korxonalarning sanoat va savdo operatsiyalaridan olingan daromad; notijorat daromadlari; qishloq xo’jaligi faoliyatidan olingan daromadlar.
O’zbekiston jismoniy shaxslaridan undiriladigan soliq Fransiya jismoniy shaxslaridan olinadigan soliqqa mohiyatan o’xshab ketadi. Ularning biroz farqi stavkalaridadir.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida quyidagi guruh stavkalari belgilangan:
- jismoniy shaxslarning ish haqi, mukofotlar va boshqa daromadlarining differensial stavkalari;
- jismoniy shaxslarning dividend va foizlarga stavkalar;
- manbalar to’langan norezidentlarning daromadlariga stavkalar.
Soliq obyekti bo’lib yillik jami daromad bilan soliq qonunchiligi bo’yicha chegirilib tashlanadigan chegirmalar orasidagi farq sifatida aniqlangan miqdor soliqqa tortiladigan daromad hisoblanadi. Demak, soliqqa tortiladigan daromad – bu jami daromaddan chegirmalar va soliqqa tortilmaydigan daromadlar chiqarib tashlangan summadir.
Fransiya budjetiga mol-mulkka solinadigan soliq ham katta daromad keltiradi. Mol-mulk solig’ining obyekti bo’lib qo’yidagilar hisoblanadi: mol-mulk, mulkiy huquq, qimmatli qog’ozlar. Mol-mulk tarkibiga binolar, inshoatlar, sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalari xarakterlanadi. Mol-mulk, chorva mollari va ko’p yillik daraxtlar kiritiladi. Ushbu soliq progressiv xarakterga ega bo’lib, tabaqalashtirilgan. Fransiyada shu narsaga alohida e’tibor berilganki daromad solig’i bilan mol-mulkka solinadigan soliqning birgalikdagi umumiy summasi jami daromadning 85 foizidan ortib ketmasligi kerak.
O’zbekistonda mol-mulk solig’i Fransiyadagi mol-mulk solig’i bilan deyarli bir xil ahamiyatga ega bo’lib, ular soliq stavkalari va hisoblanishi jihatidan farq qiladi.
QQSning vatani Fransiya bo’lib, 1954 yilda Lore tomonidan joriy qilingan. QQS birinchi bo’lib markaziy budjetga kelib tushadi. Uning 10 %i esa bevosita mahalliy budjetga borib tushadi. QQSning asosan 3ta stavkasi mavjud:
- pasaytirilgan stavka – turistik otellar, pansionat, korxona oshxonasida tayyorlangan oziq-ovqatlar uchun, shakar, yog’, sut mahsulotlari, murabbo, ximikatlar, o’g’itlarga nisbatan 2,1 % ni tashkil etadi;
- o’rtacha stavka – import mahsulotlariga, savdo-sotiq operatsiyalariga, gaz, elektr, issiq suvga, choy, kofe, mo’zqaymoqlar va restorandagi xizmatlarga nisbatan qo’llaniladi. Uning stavkasi 4-5.5 % ni tashkil etadi.
- yuqori stavka - qimmatbaho toshlarga, hayvonlar terisiga, mo’ynalar, kinoapparatura, audio, video apparaturalar, avtomobillar, tamaki mahsulotlari va gugurtlarga nisbatan 18,6% qilib belgilangan.
O’zbekistonda QQS tovarlarni ishlab chiqarish, sotish va O’zbekiston xududiga tovarlar import qilish jarayonida qo’shilgan qiymatning bir qismini budjetga ajratishni bildiradi. QQS oborotdan olinadi. QQS stavkasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 20% li proporsional stavka qilib belgilangan. O’zbekistonda tovar, mahsulot, ko’chmas mulk, imoratlar va inshoatlar qo’shilib elektr-energiya, issiqlik energiyasi, gaz, suv, bajarilgan qurilish montaj, ta’mirlash, ilmiy tekshirish, tajriba-konstruktorlik, texnologik, loyiha qidiruv, ta’mirlash va boshqa ishlarga QQS solinadi.
Fransiya soliq tizimida mahalliy soliqlar ham ahamiyatli bo’lib, mahalliy idoralar 80000 dan ortiq mustaqil budjetlarni birlashtiradi. Mahalliy soliqlar va yig’imlar 4 ta asosiy guruhga bo’linadi: qurilish qilingan yerlarga solinadigan soliq - obyekti bo’lib qo’yidagilar hisoblanadi: bino va inshoatlar, minoralar, sanoat va tijorat maqsadlarida ishlatilishga mo’ljallangan maydonlar; qurilish qilinmaydigan yerlarga solinadigan soliq obyekti bo’lib dalalar, o’rmonlar, yaylovlar, botqoqliklar sho’r yerlar, qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarishni rivojlantirishga mo’ljallangan yerlar, qo’riqxonalar va boshqalar; turar joylarga soliq - obyekti turar joy egalari va ijarachilar mol-mulki; kasb-xunarga soliq - erkin kasb bilan shug’ullanadigan lekin ish haqi olmaydigan shaxslar tomonidan to’lanadi.
O’zbekiston mahalliy soliqlari Fransiyanikidan bir muncha farq qilib, ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: yer solig’i, mol-mulk solig’i, transport vositalarigi benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun soliq, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im.
Xulosa.
Rivojlangan mamlakatlar soliq tizimlari ko’pgina umumiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bularga: rivojlangan qonunchilik bazasining mavjudligi, vujudga keladigan munozaralar, yuqori ish haqi, zamonaviy aloqa vositalari, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqa qilish darajasi, soliqqa tortish tizimini tashkil qilish, qabul qilinadigan qarorlarning ilmiy asoslanganligi va boshqalar kiradi. Rivojlangan mamlakatlar soliq tizimlarida ko’pgina o’xshash jihatlari ham mavjud. Masalan, Germaniya soliq tizimi bilan O’zbekiston soliq tizimi o’rtasidagi o’xshashlikka to’xtaladigan bo’lsak, har ikki davlatda ham bir qancha mohiyati jihatidan bir xil soliqlar mavjud. Masalan: QQS, jismoniy shaxslar daromad solig’i, aksiz solig’i. Fransiya soliqlari umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’linishi O’zbekiston Respublikasining bo’linishiga o’xshashdir. Fransiyada markaziy hukumat budjet daromadlarining asosiy 93 % ni soliq to’lovlari tashkil etadi. Budjet daromadlarining qolgan qismini maxsus daromadlar tashkil qiladi. Maxsus daromadlar asosan ijtimoiy fondlarga to’lovlar tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasida markaziy hukumat budjet daromadlarining asosiy qismini 93-95 % ni soliq to’lovlari tashkil etadi. O’zbekistonda mol-mulk solig’i Fransiyadagi mol-mulk solig’i bilan deyarli bir xil ahamiyatga ega bo’lib, ular soliq stavkalari va hisoblanishi jihatidan farq qiladi. O’zbekiston va Fransiya mamlakatlarini soliq tizimining bir-biridan farqli jihatlari ham bor. Masalan, O’zbekiston mahalliy soliqlari Fransiyanikidan bir muncha farq qilib, ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: yer solig’i, mol-mulk solig’i, transport vositalarigi benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun soliq, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im.
Do'stlaringiz bilan baham: |