Reja: Kirish. Jahon soliq modellarining o’ziga xos xususiyatlari


Jahon soliq modellarining o’ziga xos xususiyatlari



Download 49,89 Kb.
bet2/7
Sana31.12.2021
Hajmi49,89 Kb.
#208745
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Rivojlangan mamlakatalar soliq tizimi va O'zbekiston Respublikasi soliq tizimi bilan solishtirma tahlili

1. Jahon soliq modellarining o’ziga xos xususiyatlari.

Amerika modelida:

Federal, shtat, shahar (mahaliy) soliqlar mavjud. Federal soliqning asosiy xususiyati shundaki, federal budjet tarkibida to’g’ri soliqlarning ulushi katta. Aholidan olinadigan daromad solig’i federal budjetning

asosiy qismi hisoblanadi.

Amerikada har bir jismoniy shaxs o’zining soliq maqomiga ega: er- xotinning birgalikda yoki alohida soliq deklaratsiyasini to’ldirishi oilaviy ahvolga qarab guruhlanadi va soliq to’lovchiga ma’lum imtiyozlar beriladi.

Daromadlarni hisoblash uch bosqichdan iborat, ya’ni: yalpi daromad (tushum); hisoblangan daromad; soliqqa tortiladigan daromad, yalpidaromaddan ayrim chegirmalar va ajratmalar chegiriladi.

Yevropa modelida:

Buyuk Britaniya soliq tizimi beshta yirik guruhga bo’linish xususiyati bilan ajralib turadi: to’g’ri soliqlar; egri soliqlar; mahalliy soliqlar; ishbilarmonlikka soliq; boshqa soliqlar.

Bularning ichida to’g’ri soliqlar yuqori salmoqqa ega. Bundan tashqari:

- Buyuk Britaniyada daromad solig’i boshqa davlatlarnikidan farq qiladi, ularda jismoniy shaxslar daromad solig’i shedullar asosida hisoblanadi;

- egri soliqlar ichida eng yuqorisi QQS, 2-o’rinda aksiz solig’i hisoblanadi;

- Buyuk Britaniya soliq tizimi markazlashgan va mahalliy soliqlardan iborat;

Markazlashgan soliqlarga: daromad solig’i, korporatsiyalar faoliyatidan olinadigan soliq, ish haqiga daromad solig’i, QQS, aksiz, bojxona bojlari va boshqalar kiradi.

Mahalliy soliqlarga: mol-mulk solig’i, biznesdan olinadigan soliq, qimmatbaho qog’ozlar operatsiyalaridan olinadigan daromad solig’i, ko’chmas mulkdan olinadigan soliq va boshqalar kiradi.

Fransiya soliq tizimining o’ziga xos xususiyatlari:

Hozirda Fransiyada uchta yirik soliq guruhlari mavjud: daromadlarni olish vaqtida to’lanadigan daromad solig’i; daromad sarflanayotganda undiriladigan iste’mol solig’i; kapital solig’i.

Fransiya soliq tizimida QQS eng asosiy soliq turlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Aksiz solig’ining ba’zilari davlat budjetiga, ba’zilari esa mahalliy budjetga borib tushadi. Fransiyada ham soliq turlari bo’yicha imtiyozlar va chegirmalar mavjud. Mahalliy soliqlar va yig’imlarto’rtta asosiy guruhga bo’linadi: qurilish qilingan yerlarga solinadigan soliq yoki yig’im; qurilish qilinmaydigan yerlarga solinadigan soliq yoki yig’im; turar joylarga soliq; kasb-hunarga soliq. Fransiyaning davlat budjeti tarkibida egri soliqlarning salmog’i katta.

Germaniya soliq tizimining o’ziga xos xususiyatlari:

Germaniya soliq tizimi federal, yer va mahalliy soliqlarning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Germaniyada soliq turlari soni juda ko’p bo’lib, ular quyidagilardan iborat:

Federal soliqlar: spirtli mahsulotlarga soliq, boj yig’imlari, kapitalning harakatiga soliq, sug’urta solig’i, veksel solig’i, iste’mol mahsulotlariga soliqlardan iborat.

Qo’shma soliq (federal va yer)lar: ish haqidan olinadigan daromad solig’i, kapital daromadiga va korporatsiya solig’i, QQS, hunarmandchilik soliqlaridan iborat.

Yer soliqlari: mol-mulk solig’i, yer maydonini sotib olishga soliq, transport vositalariga soliq, pivoga soliq, lotereya o’yinlariga soliq, yong’in havfsizligini ta’minlash solig’i, bilyard o’yinlaridan olinadigan daromad soliqlardan iborat.

Munitsipal soliqlar: yer solig’i, mahalliy iste’mol solig’i, it egalaridan olinadigan soliq, kosibchilik soliqlaridan iborat.

Ulardan daromad va kosibchilik soliqlari uchala budjetga ham borib tushadi. Germaniyada aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida soliqlarni sinflarga bo’lgan, ya’ni soliq to’lovchilarning turmush darajasi, oilaviy ahvoli, bolalar sonini hisobga olgan holda amal qiladi. Germaniyada cherkovlar, internatlar, bolalar bog’chalari, kasalxonalar yer solig’idan ozod qilingan. Germaniyada mahalliy soliqlarning stavkalari mahalliy boshqaruv organlari tomonidan belgilanadi.

Yaponiya soliq tizimining o’ziga xos xususiyatlari:

Yaponiyada soliqlar davlat va mahalliy soliqlarga bo’linadi. Davlat soliqlarining ichida to’g’ri soliqlarning salmog’i yuqoridir. To’g’ri soliqlarga: jismoniy shaxslar daromadiga soliq, korporatsiya daromadiga soliq, merosga soliq va yer soliqlari kiradi. Davlat soliqlarining ichida egri soliqlar ham mavjud, ya’ni iste’mol solig’i (QQS), spirtli ichimliklarga soliq, tamaki mahsulotlariga soliq, yoqilg’i mahsulotlariga soliq, bojxona bojlari, avtomobil quvvatiga soliqlardir.

Mahalliy soliqlar quyidagilardan iborat: prefekturalar (shaharlar) solig’i; munitsipal (shahar tipidagi hududlar) soliqlar.

Yaponiya soliq tizimini to’rtta guruhga bo’lib o’rganish mumkin:

- daromaddan olinadigan soliq;

- mol-mulkdan olinadigan soliq;

- iste’mol solig’i;

- maxsus mahsulotlarga belgilangan soliqlar;

Yaponiyada aholi daromad solig’ining hisoblanishiga ko’ra o’nta guruhga bo’linadi: turli xil foizlardan olinadigan foyda; dividentlardan olinadigan foyda; asosiy fondlarning ijara haqi; biznes daromad; ish bilan band bo’lganlarning daromadlari; nafaqa yoshdagilarining daromadlari; o’rmon mahsulotlarini sotishdan olingan daromad; kapital tushumlar; favqulodda daromadlar; turli-tuman daromadlar.


Download 49,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish