Reja: Kirish. Jahon soliq modellarining o’ziga xos xususiyatlari


Germaniyada soliq tizimi va O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi bilan solishtirma tahlili



Download 49,89 Kb.
bet5/7
Sana31.12.2021
Hajmi49,89 Kb.
#208745
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Rivojlangan mamlakatalar soliq tizimi va O'zbekiston Respublikasi soliq tizimi bilan solishtirma tahlili

4. Germaniyada soliq tizimi va O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi bilan solishtirma tahlili.

Ikkinchi jahon urushidan so’ng Germaniyada soliqqa tortish tizimi federatsiyalar, yerlar va mahalliy soliqlarga bo’linadi. Budjet xo’jaligini mustaqil yuritish tamoyillari umumdavlat va yerlarning manfaatlarni ko’zlagan holda olib borildi. Natijada hozirgi kun Germaniya Respublikasi soliq tizimida qirqta soliq mavjud. Jumladan, ish haqidan olgan daromad solig’i; QQS; kosibchilik solig’i; qat’iy daromad solig’i; korporatsiyalar solig’i; tabiiy neftga soliq; tamaki mahsulotlarga soliq; cherkov solig’i; yer solig’i; avtotransport vositalariga soliq; bojxona boji; yer maydonini sotib olishdan olgan soliq; meros solig’i; kofe; pivo; veksel; yong’in xavfsizligini ta’minlash solig’i; kuchuklar; shakarga; choyga; tuz; yoritg’ich asboblarini muhofaza qilish solig’i; ovchilik, baliq tutish solig’i; litsenziya solig’i.

Germaniyada soliqlar federatsiya, yer, qo’shma (federal va yerlar bilan birgalikda), munitsipal, jamoa, cherkov soliqlariga bo’linadi:

Federal soliqlar quyidagi soliqlardan iborat: spirt, spirt mahsulotlariga soliq; boj yig’imlari; kapitalning harajatiga soliq; sug’urta solig’i; veksel solig’i; iste’mol mahsulotlariga soliq.

Jamoa, qo’shma soliqlarga quyidagilar kiradi: ish haqiga soliq va o’rnatiladigan daromad solig’i; kapital daromadidan soliqlar va korporatsiyalar solig’i; QQS; hunarmandchilik solig’i.

Yer solig’iga quyidagilar kiradi: mol-mulk solig’i; yer maydonini sotib olishdan soliq; transport solig’i; pivoga soliq; lotoreya va ot o’yinlariga soliq; yong’in xavfsizligini ta’minlash solig’i; bilyard, kozinolardan soliq.

Munitsipal soliqlar tarkibiga quyidagilar kiradi: yer solig’i; mahalliy iste’mol soliqlari; it egalaridan soliq; kosibchilik.

Germaniya Respublikasida budjetning markazlashmaganligi markaziy budjet vositalarining mablag’larining qayta taqsimlanishi bilan emas, balki budjet daromadlarni manbalarining qonuniy biriktirilib qo’yilishi bilan amalga oshiradi.

Har bir soliq bo’yicha deyarli alohida me’yoriy hujjatlar mavjud. Germaniya Respublikasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’g’ri soliqlar ichida eng muhimi hisoblanadi. Soliqqa tortish obyekti bo’lib ish haqi, erkin kasb daromadlari, gonorarlar, kapital daromadlari, banklar jamg’armalaridagi foizlar, ijara haqi, xususiy ish faoliyatidan olinadigan daromadlar va boshqalar kiradi. Germaniya Respublikasida oltita soliq informatsiyalari mavjud bo’lib ular ishchi va xizmatchilarning ommaviy xolatini, bolalar sonini, hisobga olgan holda amal qiladi.

1 sinfga: bo’ydoqlar, bolasiz ishchilar, ajrashganlar, bevalar.

2 sinfga: ajrashib 1 ta bolasi borlar.

3 sinfga: oilalilar, agar bittasi ishlasa (ikkalasi ishlasa) ularning 1 tasi 5 sinfga o’tkaziladi.

4 sinfga: oilada er-xotin 1 vaqtda ishlasa daromadlari alohida soliqqa tortilganda.

5 sinfga: oilada ikkalasi ham ishlab ularning umumiy kelishuvga asosan 3 sinfga o’tkazilgan bo’lsa.

6 sinfga: 1 nechta ish joylarida daromad oluvchilar.

Germaniya soliq tizimining O’zbekiston soliq tizimi bilan solishtirma tahlili.

Germaniya mamlakatini O’zbekiston soliq tizimi bilan solishtiradigan bo’lsak bir qancha o’xshashlik va farqli tomonlari mavjud. Ularni quyida ko’rib chiqishimiz mumkin:

O’zbekistonda soliqlar respublika va mahalliy soliqlarga bo’linsa, Germaniyada federal yerlar (hudud) va mahalliy soliqlarga bo’linadi. Germaniyada qo’shma soliqlar, ya’ni bir vaqtning o’zida bir necha budjetga tushadigan soliqlar mavjud. O’zbekistonda esa yo’q, xar bir soliq turi to’lig’icha bitta budjetga tushadi.

Germaniya soliq tizimi O’zbekiston soliq tizimiga nisbatan ancha rivojlangandir va soliq turlari ham O’zbekistondagidan bir muncha ko’p. Germaniyada O’zbekistonda bo’lmagan, o’ziga xos hususiyatga egabo’lgan soliqlar: cherkov solig’i, it solig’i va boshqalar mavjuddir. Shu bilan birga O’zbekistonda mavjud mol-mulk solig’i Germaniyada yo’q.

Germaniya soliq tizimi O’zbekiston soliq tizimiga nisbatan ancha murakkab tuzilishga ega. Buni yer solig’i, jismoniy shaxslar daromadiga soliq misolida ko’rishimiz mumkin.

Germaniyada korporatsiyalar daromadiga soliq solishda soliqqa tortilmaydigan minimumlar bor. Korporatsiyalarni daromadini soliqqa tortishda daromadlar ikkiga bo’linadi; taqsimlanadigan va taqsimlanmaydigan.

O’zbekistonda bu soliq yuridik shaxslar daromadiga soliq deb yuritiladi. Yuridik shaxslarni faoliyatidan kelib chiqib kichik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yagona soliq va qolgan yuridik shaxslar umumiy tartibda soliq to’laydilar.

Germaniyada mol-mulk solig’i o’rniga jismoniy shaxslarga meros va sovg’aga soliq joriy qilingan. U qarindoshlik darajasiga qarab 3%dan 70% stavkagacha qo’llaniladi. O’zbekistonda meros va sovg’aga soliq bir martalik yig’im sifatida joriy qilingan.

Germaniyada yer solig’i ulardan foydalanish turi hamda u yerda yashovchi oilalar soniga qarab qo’llaniladi. O’zbekistonda esa yer solig’i yuridik shaxslarga alohida va jismoniy shaxslarga alohida qo’llaniladi. Soliq stavkasini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan har yili qayta belgilaydi. Germaniyada QQS solig’ini pasaytirilgan stavkasi mavjud. O’zbekistonda esa QQS Yagona stavkada qo’llaniladi.

Germaniya soliq tizimi bilan O’zbekiston soliq tizimi o’rtasidagi o’xshashlikka to’xtaladigan bo’lsak, har ikki davlatda ham bir qancha mohiyati jihatidan bir xil soliqlar mavjud. Masalan: QQS, jismoniy shaxslar daromad solig’i, aksiz solig’i.


Download 49,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish