Mirza Olim Toshkandiy. To‘la ismi: Mirza Olim ibn domla Mirza Rahim Toshkandiy; hayotiga oid ma‘lumotlar yo‘q, «Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin» («Sulton-lar shajarasi va xoqonlar tarixi») asari bilan mashhur. Asar XIX asr so‘nggida yozib tamomlangan. Shunga Karaganda, olim XIX asrning ikkinchi yarmida o‘tgan va keng ma‘-lumotli kishilar jumlasidan bo‘lgan.
«Ansob us-salotin» Farg‘onaning XV—XIX asrlar ora-sidagi tarixini o‘z ichiga oladi. Muallif ayniqsa 1842— 1875 yillar tarixini keng yoritgan.
Asar chop qilinmagan. Uning qo‘lyozma nusxalari O‘zR FA Sharqshunoslik instituti xazinasida
inv. № 3753, 7515, 9841, 1314) ham saklanadi.
Xorazmning keng kamrovli tarixshunos olim va iste‘-dodli shoirlaridan biri Muhammad Yusuf ibn Bobojon-bek Bayoniy (1858—1923) dir. Bayoniyning naslu nasabi Xiva xonligini ko‘p yillar idora qilgan Qo‘ng‘irotlar sulola-siga borib ulanadi. Otasi Bobojonbek Xiva xoni Eltuzarxon (1804—1806) ga nabira bo‘ladi.
Muxammad Yusuf Bayoniy yoshligidan yaxshi tarbiya top-di, keng ma‘lumot oldi. Arab va fors tillarini yaxshi o‘rgandi, adabiyot, tarix, tibb va musiqa ilmlarini egal-ladi. Shu bilan birga xatgotlik ilmini ham yaxshi o‘rgandi. U, ayniqsa xatlarning rayhoniy, suls, kufiy va shikasta turlari bo‘yicha mohir xattot, musiqa ilmida, ayniqsa tanbur va g‘ijjak chalishda mahoratli sozanda bo‘lib yetishdi. Bayoniy mumtoz adabiyotni, xususan she‘r ilmini xam puxta egalladi, o‘z zamonining shoiri sifatida dong taratdi. U mumtoz she‘riyatning barcha turlarida ijod qiddi. O‘zidan bir she‘riy to‘plam (devon) qoldirdi. Devoni O‘zR FA ning Sharqshunoslik instituti kutubxonasida saklanmoqsa.
Bayoniy asosan yirik tarixshunos olim, Munis va Oga-hiylarning davomchisi sifatida shuhrat qozondi. U ikki yirik asar: «Shajarayi xorazmshohiy» va «Xorazm tari-xi» asarlarining muallifidir.
«Shajarayi xorazmshohiy» da Xorazmning turklarning qadimgi podshosi Yofas o‘g‘lon (Yofas ibn Nuh)dan to Qo‘ng‘irot sulolasigacha kechgan ta-rixi bayon etilgan. Asarning eng qimmatli qismi Muham-mad Rahimxon I (1806-1873) va Asfandiyorxon (1910-1918) davrigacha bo‘lgan so‘nggi qismidir. Olimning yana bir ta-rixiy asari «Xorazm tarixi» deb ataladi. Unda Xorazmning 1910— 1918 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixi keng yoritilgan.
Muhammad Yusuf Bayoniy mohir tarjimon sifatida ham nom qoddirgan. U ko‘pgina muhim tarixiy asarlarni arab va fors tillaridan o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Abu Ja‘far Muhammad ibn Jarir at-Tabariyning «Kitob rasul va-l muluk va-l-xulofo» asari, Darvesh Ahmadning «Sahoyif ul- akbar», Kamoliddin Binoiyning (q). «Shay-boniynoma» kitoblari shular jumlasidandir.
Olimning «Shajarayi xorazmshohiy» asarining (1911-1913 yillari yozib tamomlangan) bir qismi, ya‘ni Muham-mad Rahimxon II zamonidan sayyid Asfandiyorxon hukm-ronligi davrini o‘z ichiga olgan 15- va 16-boblari sharq-shunos olima Iqboloy Azizova tarafidan, so‘zboshi va zarur izohlar bilan, 1991 yili «Meros» to‘plamida nashr etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |