Reja kirish i-bob. XVII-XVIII asrlar birinchi yarmida O’rta Osiyoda yuz bergan asosiy ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar



Download 0,65 Mb.
bet15/39
Sana30.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#720365
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Bog'liq
tarix 4

Madaniyati
Qoʻqon xonligining XVIII-XIX-asrlar 1-yarmida kechgan madaniy hayotida ham sezilarli ijobiy oʻzgarishlar va siljishlar yuz berib borganligi ayondir. 19-asrda Qo'qon xonligida tarixnavislik sezilarli ravishda oʻsib borgan. Oldinlari yozilgan bir necha tarixiy asarlar fors va arab tillaridan oʻzbek tiliga tarjima qilindi va yangi kitoblar yozildi. Bu yangi asarlarning oʻziga xos xususiyatlari ham bor edi – ularning ayrimlari sheʼriy yoki qisman sheʼriy yoʻlda yozildi. Bu esa qoʻqonlik tarixchilarning adabiyotni yaxshi bilibgina qolmay, oʻzlari ham sheʼriyatda qalam tebratganliklarini koʻrsatadi. Mas, "Tarixi jahonnamoyi" (Junayd Mullo Avazmuhammad Mullo Roʻzi Muhammad soʻfi oʻgʻli), "Shohnoma" (Abdulkarim Fazliy Namangoniy), "Shohnomayi Umarxoniy" (Mirzo Qalandar Mushrif Isfaragiy, u Fazliy Namangoniyning "Zafarnoma" asarini nasriy qilib yozgan). "Muntaxab at-tavorix" (Xoʻja Muhammad Hakimxon-toʻra bin Sayid Maʼsumxon), "Tarixi Shohruxiy" ("Tarixi sayyidi Xudoyorxon", Mullo Niyoz Muhammad Xoʻqandiy Niyoziy bin Mullo bin Ashur Muhammad Xoʻqandiy), "Tarixi jadidai Toshkand (Muhammad Solihxoʻja ibn Qorixoʻja), "Shohnoma" (Mahzun Ziyovuddin Xoʻqandiy), "Jangnomai Xudoyorxon" (Shavqiy Namangoniy) va boshqa
XIX-asr boshlarida shakllangan Qoʻqon adabiy muhiti ham xonlikning madaniy hayotida katta oʻrin tutgan. Qoʻqon hukmdorlarining qator namo-yandalari temuriylar anʼanasini davom ettirib, oʻzlari ham ilm-maʼrifat bilan shugʻullanib, bu sohani rav-naq topdirishga katta saʼy-harakat qilganlar. Ayniqsa, bunda Qoʻqon xonlaridan Umarxon (1810–22) va muhammad Alixon (1822–41) davrlari yaqqol ajralib turadi.
Xususan, Akmal (Maxmurning otasi), Amiriy (Qoʻqon xoni Umarxon), Boqixontoʻra, Muhammad Sharif, Gulxaniy, Maxmur (Mahmud), Muntazir, Nizomiy Xoʻqandiy (asl nomi Nizomiddin Muhammadaminxoʻja oʻgʻli), Nodir, Nozil Muhammad Avaz, Avazmuham-mad Yormuhammad oʻgʻli Pisandiy, Fazliy Namangoniy, Gʻoziy singari shoirlar xalq ichida mashhur edilar.
Qoʻqon adabiy muhitining yana bir muhim xarakterli jihati shundaki, bu davrda oʻzbek va fors-tojik tilida bab-baravar qalam tebratgan bir qator taniqli va mashhur oʻzbek shoiralari isteʼdodi keng rivoj topdi. Mas, Dilshod otin, Zebuniso, Zinnat, Moh-zoda Begim, Mahzuna, Mushtariy, Nodira, Nozuk Xonim, Uvaysiylarning ijodi ayricha ahamiyatga molik-dir.
Qoʻqon adabiy muhitining samarali taʼsiri oʻlaroq bu yurtdan keyinchalik Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa yetuk badiiy soʻz sanʼatkorlari yetishib chiqdilar va oʻz xalqining erki, hurligi va ozodligi uchun xizmat qildilar.
Umuman olganda, XIX-asrning oʻrtalariga kelib, Oʻrta Osiyo xonliklarida adabiyot va tarixshunoslik bilan bir qatorda mat., tibbiyot, geografiya, astro-nomiyaga oid hamda diniy asarlar yaratildi. Bu xonliklarda miniatyura va xattotlik sanʼati ham oʻz oʻrniga ega. Bu davrning madaniy hayotida dorbozlik, askiya, qoʻgʻirchoq teatri, masxarabozlik, ayniqsa, bastakorlik bir-muncha rivojlandi.
Qo'qon xonligining barcha bekliklarida madrasa, maktab va qorixonalar mavjud edi. Madrasalarda ham diniy, ham dunyoviy fanlar boʻyicha tanilgan mudarrislar, olimlar bor boʻlganligi uchun ham bu yerga turli mamla-katlardan koʻplab talabalar kelib oʻqishgan.
XVIII asr boshida Ashtarxoniylar xonligida hukm surgan siyosiy inqiroz sharoitida Fargʻona Buxorodan ajralib chiqadi. Markazi Qoʻqonda joylashgan mustaqil davlatga dastavval hojalar, keyin Ming xonlar sulolasi hukmronlik qila boshlaydi.
Xonlik oʻz tarkibiga Namangan, Qoʻqon, Andijon va Margʻilon viloyatlarini kiritdi. Birinchi hukmdor etib oʻzbeklarning Ming qabilasidan Shohruhbiy eʼlon qilindi. 1721/22 yillar Shohruh amirlarning baʼzi guruhlari oʻrtasidagi nizolar oqibatida halok boʻladi. Uning oʻgʻli Abdurahimbiy (1721/17-1733yy.) Xoʻjand va Andijonni xonlikka qoʻshib oldi, Samarqand, Kattaqoʻrgʻon, Jizzaxni ishgʻol qildi. Uning akasi Abdukarim (1733–1747/48yy.) hukmronligi davrida Oʻsh zabt etildi. Keyingi yigirma yillik hukmdorlarning tez-tez almashib turishi bilan ajralib turadi. 1770-yil Qoʻqon zodagonlari Norboʻtani (1770-1800yy.) hukmdor deb eʼlon qilishdi. U Chust, Namangan va Xoʻjand hukmdorlarining ajralib chiqishga boʻlgan harakatlarini bosishga muvaffaq boʻldi. Norboʻtabiy Toshkentga ham qoʻshin yuboradi, lekin shaharni boʻysindira olmaydi. Norboʻtabiy davrida nisbatan siyosiy osoyishtalikka erishildi, bu esa oʻz navbatida iqtisodiy taraqqiyotga yoʻl ochdi. Sugʻorish tizimi kengaytirildi, yangi madrasalar, jumladan, Mir madrasasi bunyod etildi. Norboʻtaning oʻgʻli Olimbek (1800-1809yy.) Qoʻqonning siyosiy mavqeini sezilarli tarzda koʻtardi. Olimxon hokimiyatni markazlashtirishga boʻlgan harakatlarida oʻzi togʻli tojiklardan tashkil qilgan yollanma qoʻshinga suyandi. U Toshkent va Fargʻonani boʻysintirdi, Oʻratepaga bir necha marta yurish qildi.
Qo'qon xonlari Shohruhbiy (1709-1721) Abdurahimbiy (1721-1733) Abdulkarimmbiy (1733-1750) Abdurahmonbek (1750-1751) Erdonabiy (1751-1752,1752-1762) Bobobek (1752) Sulaymonbek (1762-1763) Norbo'tabiy (1763-1798) Olimxon (1798-1810) Amir Umarxon (1810-1822) Muhammad Alixon (1822-1841) Sulton Mahmudxon (1841-1842) Sheralixon (1842-1845) Xudoyorxon (1845-1858,1862-1863, 1865-1875) Mallaxon (1858-1862) Shohmurodxon (1862) Sulton Saidxon (1863-1865) Nasriddinxon (1875-1876)
Umarxon
Uyushtirilgan suiqasd oqibatida Olimxon oʻldiriladi va taxtga uning akasi Umarxon (1809-1822yy.) koʻtariladi. U Buxoro amiri Haydar bilan shartnoma tuzdi va Sirdaryoning quyi oqimigacha boʻlgan yerlarni saltanatiga qoʻshib oldi. Toshkent, Buxoro va Xiva yoʻllari kesishgan joyda u Oqmachit istehkomini bunyod qildi. „Musulmonlar amiri“-"amir ul muslimin" unvonining sohibi boʻlmish Umarxon oʻz nomidagi tangalarni zarb etgan. Uning hukmdorligi chogʻida Qoʻqonda ham Buxoro xonligidagi kabi maʼmuriy tizim joriy etilgan.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish