Xiva xonlar (1511-1920)[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ilbars I (1512-1516)
Sulton hojiji (1516)
Hasan quli(1516)
Sufyan(1516-1525)
Bujugha(1525-1532)
Avnik(1532-1539)
Qal (1539-1546)
Aqataty (1546)
Doʻst Muhammad (1546-1558)
Haji Muhammad I (1558-1602)
Arab Muhammad I (1902-1623)
Isfandiyar (1623-1643)
Abu al-Ghazi I Bahadur (1643-1663)
Anusha (1663-1687)
Muhammad Avrang (1687-1688)
Ishaq Agha Shah Niyaz (1688-1702)
Arab Muhammad II (1702-?)
Haji Muhammad II
Yodgor (1714)
Avrang (1714-1715)
Shir Ghazi (1715-1728)
Ilbars II (1728-1740)
Abu al-Ghazi II Muhammad (1742-1745)
Ghaib (1745-1770)
Abu al-Ghazi III (1770)
Abu al-Ghazi ibn Gha'ib (1791-1804)
Iltazar Inaq ibn Iwaz Inaq Biy (1804-1806)
Abu Al-Ghazi ibn Gha'ib (1806)
Muhammad Rahim Bahodir (1806-1825)
Alloh Quli Bahadur (1825-1842)
Muhammad Rahim Quli (1842-1846)
Abu al-Ghazi Muhammad Amin Bahadur (1846-1855)
Abdullah (1855)
Qutlugh Muhammad Murad Bahadur (1855-1856)
Mahmud (1856)
Sayyid Muhammad (1856-Sep 1864)
Muhammad Rahim Bahadur (10-Sep 1864-yil-Sep 1910)
Isfandiyar Joʻrji Bahadur (Sep 1910-1-Oct 1918-yil)
Sayid Abdullah (1-Oct 1918-yil-1-Feb 1920-yil)
Buxoro xonligi iqtisodiyoti
Mamlakat iqtisodiy hayotida dehqonchilik, xunarmandchilik, ichki va tashqi savdo asosiy oʻrinni egallagan. Ichki nizolar boʻlib turishiga karamay iqtisodiyotning bu sohalari rivojlanishda davom etdi. Dehqonchilik sugʻorish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan. Sugʻorish tarmoqlari Zarafshon va Amudaryodan chiqarilgan. Abdullaxon II ning 1583-yilda Nurota togʻlari shim. yon bagʻirlaridagi Eski Oqchob qishlogʻi yaqinida qurdirgan suv ombori qoldiqlari hozirgacha saqlangan. Shuningdek, Zarafshon daryosida Puli Karmana, Puli Mehtar Qosim va Puli Chahorminor kabi suv taqsimlagichlar qurilgan. Zarafshondan Jizzaxga Tuyatortar arigʻi chiqarilgan. Sugʻorish tarmoqlari Amir Shohmurod va Amir Haydar davrlarida ham ancha koʻpaydi, koʻchmanchilarning oʻtroqlashuvi kuchaydi.
Xonlikda yer egaligining asosan 3 turi — amlok (amir .boshchiligidagi mulkdorlar guruhi ixtiyoridagi yerlar), mulk (xususiy yer egalariga qarashli) va vaqf (musulmon ruhrniylari, Madrasa, masjid va mozorlarga qarashli) yerlari mavjud boʻlgan. Xonlikda dehqonlar yerni asosan, ijaraga olib ishlar edi. Soliq turi va toʻlovlarning koʻpligidan, begor majburiyatidan bezor boʻlgan mehnatkash xalq tez-tez gʻalayon qilib turardi. Dehqonchilikda asosan gʻalla, paxta ekilgan. Ipakchilik koʻproq Zarafshon vodiysida rivojlaigan. Chorvachilikda ot, tuya, qoramol, qoʻy boqilgan. Hunarmandchilikning koʻp turlari ravnaq topgan. Xususan, toʻqimachilik, tikuvchilik, misgarlik, zargarlik buyumlari xonlikdan tashqarida ham haridorgir boʻlgan. Shahar va yirik qishloklar aholisining talay qismini hunarmandlar tashkil etar edi. Toʻqimachilik mahsulotlari Yaqin Sharq (mas, Zandana qishlogʻida toʻqilgan zandaniychi matosi butun Sharqda mashhur boʻlgan) mamlakatlariga chiqarilgan. Hayotni tebratuvchi bu ikki yoʻnalish ichki va tashqi savdo takdirini ham belgilagan. Dehqonchilik va hunarmandchilik mahsulotlari ichki va tashqi bozor talablarini qondirib turgan. Xonliklar oʻrtasida savdo uzluksiz davom etgan. Ayniqsa Buxoro shahri Oʻrta Osiyoning eng yirik savdo markazi sifatida mashhur boʻlib, koʻplab karvonsaroylarga va savdo rastalariga ega boʻlgan.
Buxoro islom dini markazlaridan biri sifatida mashhur edi: Abdulazizxon va Abdullaxon saroyida badiiy bezakli nodir asarlar toʻplangan kutubxona mavjud boʻlgan. Bu yerda mohir xattotlar va miniatyurachi rassomlar ishlab, qoʻlyozma, adabiyot, tarix va boshqa fanlar sohasida yaratilgan asarlarni koʻchirish, bezash va kitob holiga keltirish bilan mashgʻul boʻlganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |