Reja kirish I bob. XVI-XVIII asrlarda Xiva xonligining Rossiya bilan iqtisodiy diplomatik munosabatlari



Download 94,2 Kb.
bet1/6
Sana16.07.2022
Hajmi94,2 Kb.
#810209
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xiva xonligi



REJA
KIRISH………………………………………………………………………2-3
I - BOB. XVI-XVIII asrlarda Xiva xonligining Rossiya bilan iqtisodiy diplomatik munosabatlari

  1. XVI - XVII asrlarda Xiva xonligi va Rossiya munosabatlar………………4-12

  2. XVIII asrda Xiva xonligining Rossiya bilan diplomatik munosabatlar……13-20

II-BOB. Xiva xonligining Rossiya tamonidan zabt etilishi va uning oqibatlari

    1. XIX asr davomida Xiva xonligi va Rossiya o’rtasida munosabatlarning keskinlashuvi…..…………………………………………………………21-24

    2. Xiva xonligi va Rossiya aloqalarining manbashunosligi va tarixshunosligi…………………………………………………………….25-28

Xulosa………………………………………………………………………...29-30
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………31


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Xiva xonligi va Rossiya podsholigining aloqalari qadim davrlarga borib taqaladi. Xonlik tashkil topmasdan oldin ya’ni faqatgina Xorazm davlati davrida ham aloqalar olib borishgan. Hozirgi kunda xonliklar tugatilib, umumiy bir yakdil davlat Mustaqil O’zbekiston Respublikasi tarkibiga kiribdiki, aloqalar Rossiya federattsyasi bilan ko’p tamonlama olib borilmoqda. Shunga asoslanib magistrlik dissertatsiya mavzusi tanlab olindi. Mustaqil O’zbekiston va Rossiya Federattsiysi o’rtasidagi aloqalar hozirgi kunda ham davlatimiz uchun muhimligi va azaldan ikki davlat o’rtasidagi aloqalar turli davrlarda turli xil ko’ronishlarda davom etganligi bu mavzuning dolzarbligini tashkil qilai. Sababi shuki, ikki davlat o’rtasidagi dastlabki aloqalarini bilmay turib, ko’r-ko’rona aloqalar qilib bo’lmaydi. Ko’r-ko’rona aloqalar davlatimiz havfsizligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ma’lumki, XVI asrdan boshlab Osiyo hududida Xiva xonligi vujudga kelgan. Mazkur tadqiqotda XVI-XX asr boshigacha Xiva xonligining Rossiya bilan diplomatik aloqalari masalasi o’rin olgan. Rossiya imperiyasining Turkistonni dastlab josuslik yo'li bilan uzoq yillar o'rganib chiqishi, so'ngra o'ta jirkanch usullardan foydalanib uni zabt etishi, nihoyat, mustamlakachilik sirtmog'ining o'lka bo'yniga solinishi kabi tarix haqiqati O rta Osiyo xalqlaridan sir tutilib kelingan edi. Chunki xalqimiz undan xabardor bo'lganda, o'z-o'zidan Sho'ro imperiyasining mustamlakachilik qiyofasi ochilib qolgan bo'laradi. «O’rta Osiyoning bosib olinishi» iborasi unga tamomila qarama-qarshi ibora, ya'ni «qo'shib olinishi» qabilida talqin etildi. Tarixchi olimlar tarix haqiqatiga zid ish qilib, «o'lka qo'shib olingan» iborasini qo'llab, uni ko'r-ko'rona soxtalashtirdilar. Natijada bu g'oyani rivojlantirishga katta e'tibor berildi. Shu davr mobaynida keng hajmli, ammo zamini bo'sh «ilmiy» risolalar, monografiyalar uzluksiz chiqib turdi. Bunday holat 80- yillarning oxiriga qadar davom etib, milliy ong, mustaqillik kO’rtak yoza boshlagandan keyingina to'xtadi. Yurtimizning fidoyi davlat arboblari, olimlar, shoir va adiblar zuravonlik bilan ushlab turilgan qizil saltanat tuzumi podshohlik Rossiyasi o'rnatgan mustamlakachilik siyosatining izchil davomi, milliy o'lkalarni ezish va talash, madaniyati va ma'naviyatini oyoq osti qilishning takomillashgan shakli ekanligini teran faxmlar edi. Sobiq sho'ro saltanati yillarida eng qadimgi davrlardan to XIX asr ikkinchi yarmiga qadar bo'lgan tariximiz soxtalashtirildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bu haqda: «O'zbekistonning, o'zbek xalqining bugun keng ommaga yetkazishga arziydigan haqqoniy tarixi yaratildimi-yo'qmi? Sovet davrida yozilgan tarixni men tarix sanamayman. O'zgalar yozib bergan tarixni o'qitishga mutlaqo qarshiman. Mustamlakachi o'ziga qaram bo'lgan xalq haqida qachon xolis, adolatli fikr aytgan? Ular bor kuch-g'ayratlarini Turkistonning o'tmishini kamsitishga, bizni tariximizdan judo qilishga sarflaganlar. Tarixdan judo bo'lish nimaligini yaxshi bilsangiz kerak. Inson uchun tarixidan judo bo'lish-hayotdan judo bo'lish demakdir»,- deb juda o'rinli o'qtirgan edilar. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida podsholik Rossiyasi hukmronligi davrida Turkistonda istibdodga, xalqni ezishga asoslangan siyosat hukm surdi. Mahalliy aholini xo'rlash va qatag'on etish oktyabr to'ntarishi tufayli hokimiyatga kelgan sho'ro saltanati davrida yanada kuchayib, eng yuqori pog'onalarga ko'tarildi. Shu tariqa, Turkistonda mustaqil davlatchilikni poymol etgan, til, madaniyat, urf-odatlar, milliy qadriyatlarni oyoq osti qilgan mustabidlik tuzumi 130 yil umr ko'rdi. Mavzuning ob’ekti va predmeti. Mazkur ishning asosiy ob’ekti Xiva xoligining turli davrlarda Rossiya bilan olib borgan diplomatik aloqalari va ularning mohiyati, sabablari, oqibatlari bo’lsa, uning predmeti esa shu diplomatik aloqalar haqida ma’lumot beruvchi rus - evropa, fors, arab va turkiy tillardagi yozma meros va undagi ma’lumotlarning tahlilidir. Mavzuning maqsadi va vazifalari. Kurs ishining asosiy maqsadi Xiva xonligi va Rossiya davlati o’rtasidagi turli davrlarda olib borilgan diplomatik aloqalarni manbalar, adabiyotlar, maqolalar, shu mavzuga yondosh ilmiy ishlar asosida chuqur taxlil qilish, taqqoslash, tanqidiy o’rganib, mavzuni to’liq yoritib berishdir. Tadqiqotning vazifasi esa ikkala davlat o’rtasidagi aloqalar jarayonida yuz bergan voqea va hodisalarning yutuqlari va kamchiliklarini taxlil qilish asosida bugungi kun diplomatiyasi rivojlanishiga hissa qo’shishdir. Mavzuning asosiy masalalari. Kurs ishining asosiy masalalar bu- XVI-XX asrlarda Xiva xonliginig ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli, Rossiya davlati bilan demoqratik aloqalari, Xiva xonligining Rossiya podsholigi tamonidan taziqqa olinishi va bosib olish jarayonlari tashkil qiladi. Mavzuning amaliy ahamiyati. O’zbek xonliklari tashqi aloqalari tarixi O’zbekiston tarixi fanining muhim va o’ta dolzarb ilmiy yo’nalishlar doirasiga kiradi. Mazkur ishda Xorazm va umuman O’rta Osiyo va xorij yozma merosida XVI - XX asrlar Xiva xonligi tashqi aloqalari tarixi, uning turli jihatlari har tamonlama o’rganildi va nazariy xulosalar, ilmiy natijalar olindi. Tadqiqotda keltirilgan faktlar, ilmiy umumlashma va xulosalardan Respublika oliy o’quv yurtlarining tarix mutaxassislarini tayyorlash uchun O’zbekiston tarixining so’nggi o’rta asrlar davri tarixi, manbashunoslik, tarixshunoslik fanlarini o’qitish jarayonida, amaliy mashg’ulotlarda, Xiva xonligi tarixiga oid qo’llanmalar, darsliklar yozishda hamda o’lkashunoslik to’garaklarida maxsus kurslar olib borishda foydalanish mumkin.


Download 94,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish