Reja kirish I bob. XVI-XVIII asrlarda Xiva xonligining Rossiya bilan iqtisodiy diplomatik munosabatlari


Xiva xonligi va Rossiya aloqalarining manbashunosligi va tarixshunosligi



Download 94,2 Kb.
bet5/6
Sana16.07.2022
Hajmi94,2 Kb.
#810209
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xiva xonligi

Xiva xonligi va Rossiya aloqalarining manbashunosligi va tarixshunosligi

XVI-XIX asrlar Xiva xonligi siyosiy tarixi va savdo aloqalarining yozma manbalarda aks etishi va o’rganilishi tarixi eng avvalo chet el manbalaridan boshlanishini ta’kidlashimiz lozim. Jumladan, Xiva xonligida 1558-1559- yillarda bo’lgan Angliyaning “Moskva” savdo kompaniyasi vakili Antoniy Jenkinsonning ma’lumotlari Xiva xonligining shu davrlardagi iqtisodiy aloqalarini aks ettirsa, ikkinchi tarafdan xonlikning tashqi savdo aloqalarining ko’lamini aks ettiradi. Tadqiqotning keyingi manbalaridan Abulg’oziy Bahodirxonning “Shajarayi tarokima” va “Shajarayi turk”idir. “Shajarayi tarokima” asarning tanqidiy matni, ruscha tarjimasi, katta ilmiy tadqiqot bilan birga, 1958-yili 32 A.N.Kononov (1906 - 1986) tarafidan Sankt-Peterburgda chop etilgan1. Mazkur asardan dunyo xazinalarida bizga ma’lum yettita nusxasi mavjud. Ulardan ikkitasi Rossiyada va qolgan beshta nusxasi Toshkentdagi Aburayhon Beruniy nomidagi SHarqshunoslik institutida saqlanadi. Abulg’ozixonning ikkinchi asari “SHajarayi turk” nomi bilan mashhur. Mazkur asarning asosiy qismi 1663-1664-yillarda yozilgan. Unda Xorazmning XVI - XVII asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy tarixi bayon etiladi. Har ikkala asar ishning maxsus paragraflarida keng tahlil qilinadi. “Firdavs al-iqbol” nomli asar muallifi bo’lgan Munis Xorazmiy Abulg’ozi Bahodirxondan keyin Xorazm tarixini xronologik asosda yozgan yirik muarrix hisoblanadi. Uning qo’lyozmalari voqea va hodisalar bayoniga xolisona yoshdoshganligi va yoritilayotgan voqealarning haqqoniyligiga erishganligi bilan ajralib turadi. Munis tarixiy voqealar va Xiva xonlari shajarasini 1812-yilgacha yoritgan. Muarrixning 1829-yilda vafot qilishi natijasida to’xtab qolgan ishlarni jiyani Muhammadrizo Ogahiy davom ettirgan. Ogahiy “Firdavs al-iqbol”ning ikkinchi qismini yakunlagandan keyin “Riyoz ud-davla” (“Baxt-saodat bog’lari”), “Zubdat at-tavorix” (“Tarixlar qaymog’i”), “Jomi’ al-voqeoti sultoniy” (“Sulton voqealari yig’indisi”), “Gulshani davlat” (“Davlat gulshani”), “SHohid ul-iqbol” (“Iqbol shohidi”) kabi tarixiy asarlar yozgan. Ularda 1813-1872-yillar oralig’idagi xonlik hayoti, yirik siyosiy arboblar to’g’risidagi ma’lumotlar xronologik tarzda mohirona joylashtirilgan. “Munis va Ogahiyning asarlari adabiy hamda tarixiy asar sifatida biroz nuqsonlari bo’lsada deb yozgandi V.V.Barto’ld,-bu asarlar bayonotining mukammalligi va haqiqiy materiallarning miqdori jihatidan Buxoro va Qo’qon xonliklarining tarixiga doir bizning davrimizgacha saqlanib kelgan hamma asarlardan ustun turadi”. Xiva xonligi tarixini to’laqonli yoritishga intilgan muarrixlar orasida, shubhasiz, Muhammad Yusuf Abdulkarimbek o’g’li Bayoniy yuqori o’rinlardan birini egallaydi. 1911 -yilda Xiva xoni Asfandiyorxon amaldor Avazberdi eshon o’g’li Tolib xo’ja tavsiyasi bilan Bayoniyga buyuk Munis va Ogahiydan meros qolgan ishlarni davom ettirish hamda xonlik tarixini yangi avlod tushunadigan tilda yozishni buyuradi. Natijada 1914-yilda 16 bobdan iborat katta tarixiy asar yaratiladi. Unda bashariyatning vujudga kelishidan tortib, to XX asr boshlarigacha bo’lgan davrda Xorazm zaminida ro’y bergan voqealar aks ettiriladi. Keyinchalik muallif o’z izlanishlarini davom qildirgan bo’lsa-da, ammo 1923-yildagi vafoti oqibatida, mo’ljallagan rejalari amalga oshmasdan qolgan. Bayoniyning 508 varaqdan iborat “SHajarayi Xorazmshohiy” asari qo’lyozmasini o’rgangan M.Yo’ldoshev shunday deb yozgandi: “Bu asar bayonotining mukammalligi va haqiqiy materiallarning ko’pligi jihatidan Munis va Ogahiyning ko’p tomlik qo’lyozmalaridan ko’p marta ustun turadi”. “Xonlar tarixi”, “Sayyid Muhammadxon tarixi”, “O’rta Osiyo”, “Xivada osori-atiqalar tarixi”, “Xorazmning ta’rifi”, “Xiva shahri va uning atrofining ma’muriy bo’linishi”, “Tarix bo’yicha Risola” (Jumaniyoz Xoji Xorazmiy al-Xivaqiy ibn Boboniyoz qalamiga mansubdir); “Xiva xonligi bo’yicha tarixiy ma’lumot”, “Xorazmni o’rganishga oid hujjatlar” (Matkarim Otajonov tomonidan yozilgan); “Xorazm tarixi”, “Xorazm xonligi haqida tarixiy hujjatlar”, “Xorazmni boshqargan xonlarning avlodlari, kelib chiqishi, shajarasi, mol-mulki, o’zbek podsholarining yurish-turishlari va urf-odatlari”, “Xorazmdagi quldorchilik voqealariga oid”, “Asfandiyorxon hukmronlik qilgan davrlarda bo’lib o’tgan ba’zi bir voqealar haqida” (muallifi Bobojon Safarov), “Saodat gulshani” asarlarining mavzu bo’yicha materiallari tadqiqot doirasiga kiritildi. Yuqorida tilga olingan xorazmlik solnomachilari va muarrixlari asarlarida Xiva davlati tarixiga doir quyidagi ma’lumotlar mavjud: - Xiva xonligining siyosiy hayotini yorituvchi ma’lumotlar; qo’shni davlatlar siyosiy tarixini yorituvchi, aniqlik kirituvchi faktlar; yerga egalik munosabatlari; sug’orish ishlari; soliq masalalari; xonlikdagi ma’muriy boshqaruv, unvon va mansablar; xonlikning elchilik (diplomatik) munosabatlari; savdo aloqalari; xonlikning etnik tarkibi, etnik va etnomadaniy jarayonlari, jug’rofiy ma’lumotlar, obodonchilik masalalari, madaniy hayotga doir ma’lumotlar. Ishda xorazmlik tarixchilarining xonlikda bo’lib o’tgan siyosiy jarayonlarni yorituvchi ma’lumotlar, Xivaning qoraqalpoqlar va qo’shni davlatlar bilan olib borilgan aloqalariga ham ahamiyat berildi. Bu asarlarda Xorazmdagi siyosiy, ijtimoiy va xo’jalik hayoti, madaniyati tilga olingan. Endi mazkur mavzuga doir ilmiy tadqiqotlar va mavjud adabiyotlarni tahlil qiladigan bo’lsak, ularni quyidagi guruhlarga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiqdir: 1. XX asrning 20 yillarigacha yaratilgan tadqiqotlar va adabiyotlar. 2. Sovet davrida olib borilgan tadqiqotlar. 3. Mustaqillik davrida olib borilgan va davom ettirilayotgan izlanishlar, tadqiqotlar va chop etilgan adabiyotlar. 4. Xorijda amalga oshirilgan tadqiqotlar. Birinchi guruhga oid yaratilgan asarlar XIX asr - XX asrning boshlarida O’rta Osiyoga, jumladan Xiva xonligiga turli yillarda kelgan sayyohlar, olimlar, harbiylar va boshqa davlat vakillarining yozgan asarlari, mamlakatning o’sha davr tarixi, xo’jaligi, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotini o’rganishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Bular qatorida N.Murav’yov, M.Ivanin, L.Sobolev, L.Kostenko, A.Kun, N.Veselovskiy, G.Danilevskiy, D.Gladishev, X.Vamberi, V.Vel’yaminov, Zernov, A.Kaul’bars, A.SHile, Ye.Jelyabujskiy, A.Samoylovich, Grishfel’d kabi olim va sayyohlarning esdalik va asarlarini tilga olish mumkin. Yuqorida nomlari keltirilgan mualliflarning asarlarida XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlaridagi madaniy muhitning asosi bo’lgan kitobat va kutubxona ishiga ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o’zgarishlarning ta’siri bo’lganligi haqida ma’lumotlar keltiriladi. Rus sharqshunosligida Xiva xonligining siyosiy tarixi, ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlari, ma’muriy va davlat tuzilishi va boshqa masalalar xolisona o’rganilmadi1. Rus sharqshunoslari asarlarida bu masala bo’yicha bayon etilgan fikrlariga e’tiroz bildirish mumkin. Ayniqsa G.Danilevskiy, N.Murav’yov, A.Sobolev, N.Veselovskiy asarlarida Xiva xoni saroy amaldorlari ta’sirida bo’lib, o’zining mustaqil fikri yo’q, ertadan kechgacha aysh-ishrat bilan shug’ullangan shaxs sifatida kursatilgan, xonlikda ma’muriy bo’linish bo’lmagan, saroyda hech qanday kengash faoliyat ko’rsatmagan, xonlikda harbiy-feodal tuzum qaror topgan, degan salbiy fikrlarni bayon qilganlar. Xiva tarixchilari Munis, Ogahiy va Bayoniy asarlarida hamda Xiva xonlari arxiv hujjatlaridagi ma’lumotlar Xiva xoni Muhammad Rahimxon I (1806-1825) davridayoq davlat boshqaruvining ma’muriy-hududiy, moliyaviy, harbiy va diniy-ma’rifiy negizlari yaratilganligini, bu esa o’z navbatida, Xorazmda davlatchilik rivojida muhim bosqich bo’lganini tasdiqlaydi. L.Kostenko, A.Kaul’bars, A.SHile, Ye.Jelyabujskiy, Grishfel’d kabi mualliflarning asarlari XIX asr oxiri XX asr boshlarida Xiva xonligi aholisi, etnik tarkibi, asosiy mashg’ulotlari, xonlikda yashagan xalqlar va ijtimoiy-siyosiy, madaniy muhit haqidagi ma’lumotlar bilan qimmatlidir. SHu o’rinda A.Kun va A.Samoylovichlarning asarlari va esdaliklari mavzuni yoritishda alohida ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi guruhga kirgan asarlar orasida V.Bartold, B.Lunin, P.Ivanov, Ya.G’ulomov, A.Boltaev, M.Yo’ldoshev, A.Muhammadjonov va T.Ne’matov, Q.Munirov, H.Ziyoev,T.To’xtametov, Q.Raxmonov, N.Komilov 48 va boshqalarning ishlarini tilga olish mumkin . Bu adabiyotlar mavzuni yoritishda tahlil qilinib, kerakli xulosalar chiqarishda yordam berdi. Uchinchi guruh tadqiqotlarini mustaqillik yillarida yaratilgan asarlar tashkil qiladi. SHular orasida Xiva xonligi tarixi bilan bog’liq SH.Vohidov, A.Erkinov, M.Rahmonqulova, H.Aminov, D.Nozilov, A.Mirzarahimovlarning maqolalarini ham qayd qilish lozim. Tadqiqot ishining tegishli bo’limlarida ushbu tadqiqotlardan ham foydalanib, xulosalar berildi. Xiva xonligi tarixiga oid ayrim ma’lumotlarni Xorazm tarixchilarining asarlaridan ham olish mumkin. Jumladan, A. Abdurasulov, K.Nurjonov, K.Xudoyberganov, D.Rahim va SH.Matrasul, N.Qobulov, N.Polvonov, P.Yusupovlar bilan birga kutubxona tarixi to’g’risida, A.Kormilitsin, O.Qosimova Xiva adabiy muhiti borasida, B.Mannonov, S.Hasaniy kabi olimlar kitoblarini, «Xiva ming gumbaz shahri», «Xivaning 2500 yillik yubileyiga bag’ishlangan «Xiva jahon madaniyati durdonasi» kabi risolalarni ham aytib o’tish lozim. Mazkur olimlarning asarlarida Xiva xonligi ijtimoiy - siyosiy hayoti, xonlarning shajaraviy tarixi, xonlikning XX asrning 20 yillaridagi hayoti, xonlikning tugatilishi, «Yosh xivaliklar» harakati hamda xonlikdagi madaniy rivojlanish, ya’ni Rossiya imperiyasi bosqinidan keyin ham Xivada tarixnavislik, tarjima maktabi, kitob va kitobat san’ati, matbaa faoliyati haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Mustaqillikka erishgandan keyin o’zbek xalqi tarixini o’rganib va chuqur tahlil qilib yozilgan bir qancha asarlar, jumladan, «Istoriya O’zbekistana (XVI pervaya polovina XIX vv.)» , ikki jildlik «Xorazm tarixi» , «O’zbekistonning yangi tarixi» (1, 2 kitoblari) , «Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsional’noy nezavisimosti», «Tarix shohidligi va saboqlari (CHorizm va sovet mustamlakachiligi davrida O’zbekiston milliy boyliklarining o’zlashtirilishi)», kabi asarlardan mavzuga oid masalalarni yoritishda keng foydalanildi. Mavzuni yoritishda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bir qancha ilmiy tadqiqot ishlaridan ham foydalanildi. Ular qatorida M.Abdurahmonov, M.Madaminov, N.Polvonov, M.Qayumov, K.Xudoyberganov, F.Ernazarovlarning dissertatsiyalari va avtoreferatlari bor. O’rta Osiyo, jumladan, Xiva xonligi tarixi bo’yicha yuqorida nomlari tilga olingan olimlardan tashqari chet ellik olimlarning bir qancha asarlarini ham tilga olish mumkin. Ular qatoriga jurnalist Mak-Gaxan, Yu.Bregel’, M.Olvort, S.Bekker, J.Uiler kabi olimlarning mavzuga oid asarlarini ko’rsatish mumkin. Xorijiy tadqiqotchilarning asarlaridan XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Xiva xonligi tarixi yoritilgan qismlari o’rganildi. Ular to’rtinchi guruhni tashkil qiladi. Xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, tadqiqotga tortilgan mavzu bugungi kunga qadar alohida mavzu sifatida mufassal o’rganilmagan. Mavjud ilmiy adabiyotlar tahlili 100 yildan ortiq vaqt o’tganligiga qaramay, bu borada shu kunga qadar ham jiddiy tadqiqotlar amalga oshirilmaganligini ko’rsatdi. Rossiya davlatining hukmron sulolasi g’oyalarini ifodalagan rus tarixchilarining an’anaviyligi va sub’ektivligini ham e’tibordan qochirmagan holda, bu asarlardan tanqidiy yondashuv, tekshirish va boshqa yozma manbalar bilan qiyoslash asosida foydalanish lozim va faqat shu yo’l bilan aniqlangan faktik ma’lumotlardan ob’ektiv xulosalar chiqarish mumkin.

Xulosa
Xiva XVI asrda tashkil topgan bo’lib, shu davrdan boshlab mustaqil davlat sifatida qo’shni mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy va ko’p tarmoqlama diplomatik aloqalarni amalga oshirib, borgan. Jumladan Eron, Hindiston, Afg’oniston, Turkiya kabi, ko’pgina sharq davlatlari bilan aloqada bo’lgan. Asosan savdo-tijorat ishi bilan shug’ullanishgan. Xiva xonligi strategik jixatdan qulay o’rinda joylashganligi, tabiati, ob-havosi, tuprog’i unumdorligi sababli, bu xonlikda ytishtirilgan maxsulotlar ham juda sifatli va rang-barang, jimjimador bo’lgan. Bu esa ko’pina davlatlarda Xorazmga ya’ni Xiva xonligiga qiziqish uyg’onishiga sabab bo’lgan. Ayniqsa dastlab, Rossiya podsholigi so’ngra Angiliya davlatlrining qiziqishlari ortib borib, ikkala mamlakat o’rtasida Xiva xonligi masalasida kelishmovchiliklar vujudga keladi. Ikkala davlatning maqsadi ham Xiva xonligi bilan yaqin aloqada bo’lib, xonlikni o’ziga qaratish va ichki bozarni egallab olish bo’lgan. Shunga qaramasdan Xiva xonligi XVI-XX asrlar davomida Rossiya podsholigi bilan uzviy savdo aloqalarini olib borgan. Asrlar davomida xonlik bilan podsholik o’rtasidagi munosabatlar xonlar va podsholar almashi bilan o’zgarib, aloqalar goh yaxshilanib, goh yamonlashib turgan. Kurs ishi hodisalardan shumday xulosa kelib chiqadiki, Xiva xonligi va Rossiya podsholigi o’rtasida XVI-XVIII asrlarda ko’p tamonlama aloqalar yo’lga qo’yilagan. Asosan ikki tamonga ham ko’p foyda keltiradigan aloqalardan biri bo’lmish iqtisodiy aloqalar keng yo’lga qo’yilgan. Savdo karvonlari tashkil qilinib, yo’llarda karvonlar to’htab dam oilishlari uchun karvonsaroylar ham tashkil qilingan. Karvonsaroylar faqat dam olish joyi emas savdo qilish maskaniga ham aylangan. Shu o’rinda bir narsani alohida takidlah kerakki, Rossiya imperiyasi savdo qilish jarayonida Xiva xonligi to’g’risida turli xil ma’lumotlarni to’plab borgan. Chunki kelajakda bu yerlarni imperiya mulkiga aylantirishni ko’zlagan edi. Xiva xonligini bosib olishdan ikki maqsad bor edi. Birinchisi Xonliklar orqali Hindistonga boradigan savdo yolini qo’lga kiritish, ikkinchisi esa xonlik hududidagi oltinlarga ega bo’lish. Xulosa shuki, Rossiya XVI-XVIII asrlar davomida O’rta Osiyo xonliklari to’g’risida turli xil bahonalar bilan o’ziga kerakli bo’lgan ichki va tashqi ma’lumotlarni qo’lga kiritgan. Rossiya-Xiva xonligi o’rtasidagi diplomatik munosabatlarning rivojlanish darajasi bo’yicha quydagi xulosalar kelib chiqdi. XIX asrning 30 yillaridan boshlab Rossiy va Xiva xonligi o’rtasida olib borilgan diplomatik munosabatlar mazmuni o’zgarishi kuzatiladi. Perovskiy boshchiligida Xiva xonligi tamon harbiy ekspeditsiya jo ’natilib, Rossiya tamonidan Xiva xonligi chegaralariga yaqin hududlarda harbiy qal’alar qurilishi boshlanadi. Shu tariqa Rossiya imperiyasi Xiva xonligini bosib olishga tayyorlana boshlaydi.

XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga kelib Rossiya Xiva xonligini bosib olishga kirishadi. Uch yo’nalishda bosib olish harakatlarini boshlab yuboradi. Shu tariqa Rossiya qurol-yarog’larining eskiligi va hamjixatlik bo’lmaganligi sababli O’rta Osiyo xonliklaridan yaana biri bo’lmish Xiva xonligini ham bosib olib, Gandimyon sulx shartnomasini tuzadi. Xiva xonligi hududiy va siyosiy jixatdan Rossiya imperiyasiga qaram davlatga aylanib qoladi. Xalq o’z erkinligi va asta-sekinlik bilan tili, ma’naviyati va madaniyatidan mahrum bo’lib boradi. Rossiya davlatining hukmron sulolasi g’oyalarini ifodalagan rus tarixchilarining an’anaviyligi va sub’ektivligini ham e’tibordan qochirmagan holda, bu asarlardan tanqidiy yondashuv, tekshirish va boshqa yozma manbalar bilan qiyoslash asosida foydalanish lozim va faqat shu yo’l bilan aniqlangan faktik ma’lumotlardan ob’ektiv xulosalar chiqarish mumkin. Xulosa o’rnida, shuni aytish mumkinki, Xiva xonligi va Rossiya o’rtasida turli tarixiy davrlarda qanday siyosiy vaziyat hukm surishiga qaramay, bu mamlakatlarning xalqlari doimo o’zaro iqtisodiy savdo aloqalarida bo’lganlar.





Download 94,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish