Antonio Jenkinson haqida
Jenkinson Antoniy (7-1611) - ingliz sayyohi; savdo agenti va diplomat. Yevropa, Osiyo va Afrikaga sayohat qilgan, 1557—72 y.larda Rossiyaga 4 marta kelgan. J. Angliya bilan Rossiya oʻrtasida ittifoq shartnomasi tuzilgudek boʻlsa, inglizlarni savdo-sotiqda monopol huquqqa ega boʻlishiga, Ivan 1 Uning roziligini olishga erishgan (1567—69). Angliya shartnomani imzolashdan voz kechgan, Ivan IV bu imtiyozlarni bekor qilgan (1570). J. 1558—59, 1562—64 y.larda Ivan Grozniyning ruxsati bilan Rossiya orqali Eron va Oʻrta Osiyoga elchilik sayohati qilgan. Uning maqsadi Oʻrta Osiyo orqali Xitoy va Sharqiy Hindistonga olib boradigan savdo yoʻlini ochish boʻlgan, biroq u maqsadiga erisha olmagan. J. elchiligi 21 oy (1558 y. aprel-dan 1559 y. 2 sent.gacha) davom etgan. Unda Richard va Robert Jonsonlar va Aziz ismli tarjimon (tatar) hamrohlik qilgan. J. bu elchilik sayohati haqida "Rossiyadagi Moskov shahridan Baqtriyadagi Buxoro shahriga sayohat" nomli esdaliklarini yozib qoldirgan. U Xitoyga olib boradigan yoʻllar toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplagan. U Saroychiq, Xorazmdagi Vazir va Urganch sh.lari haqida qimmatli maʼlumotlarni keltirgan. J. Amudaryo, Mangʻit ulusi, Xorazm va Buxoro xonligining 16-asr oʻrtasidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, shuningdek, Oʻrta Osiyo xalqlarining turmushi, odatlari va b. haqida muhim tarixiy maʼlumotlar yozib qoldirgan.
Qatag'onlik haqida
O`zbekiston ravnaqi, istiqboli uchun fidoyilik ko‘rsatgan Fayzulla Xo‘jayev, Turar Risqulov, Abdulla Rahimboyev, Akmal Ikromov, Isroil Ortiqov, Abdulla Karimov va boshqa o‘nlab nomdor mahalliy rahbar kadrlarning hayot qismati ham pirovardida mana shunday fojea bilan yakun topdi. Mustabid tuzum hukmdorlari va ular gumashtalarining yeng shimarib qilgan “sa’y-harakatlari” natijasida 1937–1938-yillarda go‘yo O`zbekistonda bir qator yirik “aksil-inqilobiy tuzilma”lar borligi to‘qib chiqarildi. Bular respublika rahbarlari A.Ikromov va F.Xo‘jayev boshchiligidagi “Burjua-millatchilik aksilinqilobiy markazi”, Abdurauf Qoriyev rahbar bo‘lgan “Musulmon ruhoniylarning millatchi-isyonchilar tashkiloti”, “Aksilinqilobiy o‘ng trotskiychi josuslar tashkiloti markazi”, “Buxoro va Turkiston baxt-saodati” nomli aksilinqilobiy tashkilot, I.Ortiqov boshliq “Yoshlarning aksilinqilobiy burjua-millatchilik tashkiloti”, “Ingliz josuslik rezidenturasi”, “Yapon josuslik-qo‘poruvchilik rezidenturasi” va boshqalar bor edi. Eng songgi ma’lumotlar, tarixiy hujjatlarni har tomonlama o‘rganish, tahlil qilishlar, surishtirishlar bunday tashkilotlarning respublika hududida butunlay bo‘lmaganligini tasdiqlamoqda. Demak, bunday “aksilinqilobiy tuzilma”lar qatag‘onlik tuzumi buyurtmasi asosida Markaz jallodlari va jazo organlari tomonidan atayin to‘qib chiqarilgan. Buning orqasida ming-minglab begunoh, aybsiz insonlar shafqatsiz jazolangan, aziz umrlari xazon bo‘lgan.
Faqat 1937–1939-yillarda O`zbekistonda hammasi bo‘lib 43 mingdan ziyod kishi qamoqqa olingan. Ulardan 6 ming 920 nafari otib tashlangan, 37 ming nafari esa turli muddatli qamoq va surgunlarga hukm etilgan. Mustabid tuzum jallodlarining bu bedodliklarini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Yaqin milliy tariximizning bu qorong‘u zulmati xalqimiz dilida mangu o‘chmas armon bo‘lib qoldi. U faqat milliy istiqlol tufayligina to‘la yuzaga chiqib, bundan yurtimiz fuqarolari chinakam ro‘shnolik ko‘rmoqdalar.
O'ZBEK ASKARLARINING FRONTDAGI JASORATI
1941-1945 yillarda urushning barcha jabhalarida O’zbеkistonlik jangchilar qahramonlik va mardlik mo’'jizalarini ko’rsatdilar. Umuman ikkinchi jahon urushi har jabhada Turkistonlik jangchilar, shu jumladan o’zbеkning an'anaviy urush qobiliyatlarining saqlanib qolganligini ko’rsatdi. Jami bo’lib ikkinchi jahon urushiga O’zbеkistondan 1 million 433.230 kishi safarbar bo’lgan. Bu o’sha davrdagi O’zbеkistondagi urushga yaroqli aholining 50-60 foizini tashkil etar edi. Fashistlar Gеrmaniyasi sovetlar Ittifoqi hududida urush harakatlari boshlaganlaridan bir nеcha kun o’tar-o’tmas O’zbеkistonlik mard o’g’lonlarning afsonaviy Brеst qal'asini himoya qilishdagi jasoratlaridan guvoxlik bеruvchi xat-xabarlar birin-kеtin еtib kеla boshladi. Brеst qal'asini himoya qilishda jasorat ko’rsatganlar orasida O’zbеkistonliklardan N.Sodiqov, A.Abdullaеv, A.Arslonbеkov, S.Boytеmirov, A.Aliеv, T.Xidirov, U.O’taеv va boshqalar bor edi. Mo’min Karimov va Ismoil Adhamxo’jaеv SSSR g’arbiy chеgaralarida birinchilar qatorida dushman bilan jangga kirdilar. Mo’min Karimov kеyinchalik uch marta Shuhrat ordеni nishondori bo’ldi.
Butun O’zbеkiston Moskva uchun oyoqqa turdi. 1941 yil noyabridan 1942 yil mart oyiga qadar O’zbеkistonda harbiy qismlar tashkil etildi. Fashist kallakеsarlarini Moskva ostonalaridan uloqtirib tashlashda qahramonlik mo’'jizalarini ko’rsatganlar orasida O’zbеkistonda tuzilgan harbiy qismlar 44-kavalеriya diviziyasi, 21-kavalеriya diviziyasi, 259 o’qchi diviziyasining jangchi va komandirlaridan 106 kishi SSSR ordеnlari va mеdallari bilan mukofotlandi. 21-kavalеriya diviziyasi jangda ko’rsatgan qahramonliklar uchun 14-gvardiyasi kavalеriya diviziyasiga aylantirildi. 259 o’qchi diviziyasi gvardiyachi diviziya nomini oldi.
MUSTAQIL TALIM
Rossiya hukumati-1819-yilda Xivaga rus armiyasi zobiti N. Muravyovning ekspeditsiyasini jo’natdi. Ekspeditsiyaning maqsadi turkmanlar yerini, Xiva xonligining turkmanlar bilan munosabatini hamda yangi savdo yo’li ochilishi (Xiva-Turkmanlar yeri-Kaspiy dengizining sharqiy qirg’og’i Boku-Astraxan) istiqbollarini o’rganish edi. Ekspeditsiya dastlab turkmanlarning yovmut qabilasi joylashgan hududda bo’ldi. Yovmutlarning Rossiya fuqaroligiga o’tish istaklarini o’rgandi. Shundan so’ng N. Muravyov Xivaga yo’l oldi va Rahimxon qabuliga kirishga ham muvaffaq bo’ldi. Biroq Xiva xoni savdo yo’lining o’zlashtirilishiga rozi bo’lmadi va O’rta Osiyoning boshqa xonliklari bilan munosabatlarida Rossiya harbiy yordamiga tayanish mumkinligi haqidagi taklifni ham rad etdi. Chunki Muhammad Rahimxon Rossiyaning yovmut qabilasini o’z fuqaroligiga qabul qilish istagi tagida aslida nima yotishini anglab yetgan edi. Bundan tashqari, Rossiya hukumatining savdo karvonlari xavfsizligini ta’minlash bahonasida chegarada mustahkam istehkomlar qurish haqidagi rejalari Xiva hukmron doiralarini cho’chitib ham qo’ygan edi. Rossiya hukumati savdo karvonlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida qo’riqchi harbiy qism ajratishga qaror qildi. 1824-yilda Orenburg savdogarlari S. Sialkovskiy boshchiligidagi harbiy qism hamrohligida yo’lga chiqdi. Bu savdo karvoni Buxoro amirligiga borishi kerak edi. 1825-yilning yanvar oyida karvon Xiva qo’shini qarshiligiga uchradi. Xiva amaldori karvonning Buxoroga emas Xivaga yuborilishini talab qildi. S. Sialkovskiy bu talabni rad etdi va orqaga qaytishga qaror qildi. Xiva qo’shini Buxoroga olib boradigan savdo yo’lini bekitib qo’ydi
Do'stlaringiz bilan baham: |