1.2. Neolit davriga oid Hisor, Kaltaminor,
Joyitun madaniyati
Hisor madaniyati Dushanbedan 25 km g’arbda joylashgan yirik
qarorgoxlardan biri Telem Gaziyon manzilgoxining 1953-1958 yillarda
o’rganilganidan so’ng arxeologiya faniga kiritilgan. Shundan so’ng Tojikistonning
daryo vodiylari, tog’oldi va tog’lik rayonlaridan 200 dan ortiq neolit davri
qarorgoxlari topilib o’rganilgan. Bular jumlasiga Tutkovul, Soy Sayyod, Darm
sho’r, Tangi Tavri, Guyoni Poyon, ko’xna Boy kabilar kirib, bularni barchasi Xisor
madaniyatini yorituvchi yodgorliklar xisoblanadi. Markaziy Osiyoning Sharqiy
rayonlarida asosan Hisor- Pomir tog’laridan topilgan ne-olit davrining qarorgoxlari
Hisor madaniyati nomi bilan ataladi. Hisor madaniyatini maxalliy tilda tog’
madaniyati xam deyishadi. Hisor madaniyatining asosiy markazi Toji-kiston
Respublikasini g’arbidagi Hisor-Bobotog’- Qoratog’ oralig’idagi xududlar bo’lib,
Hisor madaniyatining neolit davriga mansub dastlabki yodgorliklari Hisor
vodiysidan topilib o’rganilganligi uchun shu nom bilan ataladi.
Hisor madaniyatini aks ettiruvchi, arxeologik ashyolarga eng boy bo’lgan
qarorgoxlardan biri Tutqovul yodgorligi bo’lib u Dushanbedan 70 km janubiy-
sharqda Norak suv ombori xavza-si xududida Vaxsh daryosining Pulisanchin
darasidan chiqib kelish yaqinida Norak shahridan 12 km yuqoridagi Tutqovul
qishlog’i yaqinida joylashgan. 1963-1965 va 1967 yillarda bu yodgorliklarda
V.A.Ranov boshchiligida arxeologik qazish ishlari olib borilib, bu yodgorlikni ko’p
qatlamli ekanligi aniqlangan va bu madaniy qatlamlardan toshdan yasalgan mexnat
qurollari va ularni chiqindilarini jami bo’lib 40 mingdan ortiq topilmalar olingan.
Tutqovulni madaniy qatlamlari 2 metrlik qalinlikka ega bo’lgan o’rta asrga oid
Temliyat shahrining madaniy qatlami tagiga joylashgan. Bu Tutqovul yodgorligini
tosh qurollari, shu madaniyatga taal-luqli yodgorliklarga nisbatan juda ko’p.
Shuning uchun xam Hisor madaniyatiga xos bo’lgan xususiyatlarni ko’pchiligi,
aynan shu yodgorlikda mujassamlashgan. Hisor madaniyatini bosh xususiyati, shu
madaniyat sohiblarini «galechnaya texnika
«
dan keng foydalanganliklaridir.
Bu kadaniyat ega-lari o’z mexnat qurollarini yasashda asosan daryo va soy
qirg’oqlarida ko’plab uchraydigan qayroq toshlardan xomashyo sifatida
foydalanganlar. shuning uchun xam Hisor madaniyatiga oid tosh industriyasi xaqida
gap ketganida arxeologlarimiz ularni «galechnaya texnika
»
deb ataydilar. Bu
texnikadan foydalanishda, ya`ni qayroq toshlardan, qay-roq tosh otboyniklar
yordamida mexnat qurollarini yasashda ularni dastlabki qiyofalarini eslatuvchi
shakllari birmun-cha saqlab qolingan. Bu qayroq toshlardan yasalgan mexnat
qurollari Tutqovulni tosh industriyasini bir qismini tash-kil qilsa, ikkinchi qismini
chaqmoq toshdan yasalgan mehnat qurollari tashkil qilib, ularni aksariyati kalta va
to’mtoq plastinkalardan iborat.
Tutqovulni mexnat qurolari ana shunday o’ziga xos xususiyatlari bilan boshqa
12
yodgorliklardan farq qiladi. I va II gorizontlardagi chaqmoqtoshlardan yasal-gan
qurollar ja mi tosh industriyasini 30 foizini tashkil qiladi. Nafaqat Tut-Qovul
yodgorligida, balki butun Hisor madaniyatiga oid yodgorliklarda asosiy rolni qayroq
tosh-lardan yasalgan qo’pol ko’rinishdagi uchirindilar tashkil qilib, ulardan asosan
xech qanday ishlov berilmasdan foyda-lanilgan. Hisor madaniyatining keng
tarqalgan qurollaridan biri randa(skobel )lar bo’lib, ular asosan yirik va dag’al
uchirindilaridan qilingan. O’zak (nukleus)lari qayroq tosh va chaqmoq toshlardan
qilingan bo’lib, ularni tashqi ko’rinishlari bir-birlaridan kam farq qilganlar.
Geomet-rik shakldagi mikrrlitlarni soni 12 ta. Mehnat qurollaridan
randa(skobel)lar,
parma(sverlo)lar,
razvyortkalar,
kesuvchi
(rezchik)lar,
arra(pilki)chalar bor. III gorizontda 300 ta buyum bo’lib, bularni hammasi
chaqmoqtoshdan yasalgan. Bula'r orasida bironta xam qayroq toshlardan yasalgani
yo’q. Qurol yasash texnikasi asosan plastinkali uslubda bo’lgan. Demak, Tutqovulni
III gori-zontida Hisor elementlari yo’q. To’g’ri shaklga ega bo’lgan plastinkalar juda
oz. II gorizont radiokarbon analizi na-tijalariga ko’ra eradan avvalgi 5150 -Q140 yil
bilan II chi «A» gorizonti esa eradan avvalgi VII chi ming yillik bilan, III gorizont
esa X1-X ming yillik bilan belgilangan.
Shuni aytish joizki, III gorizont industriyasi yuqori qat-lamlarnikidan mutlaqo
farq qiladi. Demak, yuqori qatlamlarga mansub odamlar butunlay boshqacha texnika
an analariga ega bo’lganlar. Aytilganlardan xulosa shuki, III gorizont odamlari
Tutqovul qarorgohini noma`lum sabablarga ko’ra tashlab ketganlaridan so’ng bu
erga butunlay boshqa Qabilalar kelib o’rnashganlar va ular shu qarorgoxni III go-
rizontida yashagan ajdodlarni avlodlari bo’lmaganlar. Shuning uchun xam ularni
mexnat qurollari yasashdagi texnika lari quyi qatlamlardagilarnikidan keskin fark
qilgan. Shuni ham aytish kerakki, hozirgi kunga qadar yuqoridaga manzarani
takrorlovchi bironta ham yodgorlik topilgani yo’q. Tutqovulni topilmalarini va
undagi o’choq qoldiqlarini ko’pligi, hamda maydonini kengligi bu yodgorlikni qa-
rorgoh emas, balki manzilgoh (poselenie) deyishga imkon beradi.
Tutqovul manzilgoxi egalarini va bu yodgorlik bilan bog’liq bo’lgan barcha
Hisor madaniyatiga oid yodgorliklarni xo’jaligini asosini nima tashkil qilgani haqida
hozirgacha olimlarimizni umumlashgan bir xil fikrlari yo’q. A. P. Okladnikov va V.
A. Ranovlar Hisor madaniyatini asosini qoloq dexqonchilik bilan chorvachilik
tashkil qilgan desalar V. M. Masson Hisor madaniyati egalarini ko’pchiligi ovchi va
yig’uvchilarni tashkil etgan bo’lishi mumkin deb o’zini taxminiy fikrini bayon
qiladi. Hisor mada-niyatiga oid yodgorliklarni ko’pchiligini mexnat qurollarini
trasologiya uslubi asosida o’rgangan G. F. Korobkovani hulosasiga ko’ra Hisor
madaniyati egalarini xo’jaligini asosini o’zlashtiruvchi emas, balki ishlab
chiqaruvchi usul tashkil etgan. Bu ishlab chiqaruvchi usul chorvachilikka asos-
langan.
Dehqonchilik bo’lmagan. Bunday xulosaga V.A.Ranov ham qo’shilgan.
Paleozolog B.Botirovni Tutqovuldan topilgan suyak qoldiqlarini o’rganish
13
natijalariga ko’ra, bu erda yovvoyi hayvonlarning suyak qoldiqlari qatorida
xonakilashtirilgan qo’y va echkilarning ham suyak qoldiqlari ham bo’lgan. Bundan
xuloas shuki, Hisor madaniyati haqidagi hulosalardan G.F.Korobkovani va
V.A.Ranovlarni xulosalari to’g’ri. Demak, eradan avvalgi yillikdagi Tutqovulni
taraqqiyot evolyutsiyasini ov va termachilikdan chorvachilikka va chorvachilikdan
oddiy dexqonchilikka o’ta boshla-gan qabilalarning manzilgoxi deyish mumkin.
Shuni ham aytish joizki, bu manzilgox egalari no’lda yasalgan sopol idishlardan
foydalanganlar. Bu idishlarni tayyorlash usuli juda sodda bo’lgan. Ba`zi sopol
parchalarini ichki yuzasida mato izlarini saqlanganligi, idishlarni pardozlashda
matolardan foydalanganliklarini ko’rsatadi.
Hisor madaniyatiga oid yodgorliklardan Say- Sayyod
qarorgohi bo’lib, bu
yodgorlik Tojikiston jumhuriyatidagi Tutqouldan keyingi eng yirik va mashxur
neolit davri qarorgoxlaridan biri hisoblanadi. U Norak suv ombori xavzasida bo’lib,
Vaxsh daryosining chap sohilida joylashgan. Say- Sayyod qarorgohidan 30 minggga
yaqin suyak va toshlardan yasalgan mehnat qurollari va ularni chiqindilari topilgan.
Ammo qayroqtoshlardan yasalgan Hisor madaniyatiga xos mehnat qurollari boshqa
yodgorliklardagi kabi unchalik ko’p emas. Qarorgohdan pichoqsimon o’tkir qirrali
plastinkalar, otboyniklar, chopper va choppinglar, uchirindilar, o’zaklar, xatto
suyaklardan yasalgan ignalar xam topilgan. Bular orasida toshdan yasalgan turli
taqinchoqlar, uchburchak shakldagi silliqlangan (shlifovannqe) tosh boltalar xam
uchraydi. Say- Sayyodning madaniy qatlamlaridan tulki, yov-voyi ot, buqa va
boshqa hayvonlarning suyak qoldiqlari xamda qo’y va echki suyaklarini judda
ko’plab topilishi garchi mutaxassislar tomonidan bularni xonakilashtirilganligi
xozircha aniqlanmagan bo’lsada, Say- Sayyod egalarini xo’ja-ligini asosini
chorvachidlik tashkil qilgan degan taxminiy xulosa chiqarishga imkon beradi.
Ovchilik esa bularni hayo-tida ikkinchi darajaga tushgan. Ma`lumki paleolit
davridan boshlab, Markaziy Osiyo xududida ikki xil an`anaga ega bo’lgan toshlarga
ishlov berish texnika uslubi mavjud bo’lgan va bu uslublar juda uzoq davr
mobaynida davom etgan. Buni yaqqol misoli qilib neolit davridagi Hisor madaniyati
yodgorliklaridagi o’ziga xos hususiyatlarni aniqrog’i, «galechnaya texnika» ni
ko’rsatishimiz mumkin. Bu madaniyatgi oid yodgorliklar hozirgi kungacha yuqorida
ta`kidlaganimizdek juda ko’plab topil-gan. Ular asosan G’arbiy Tojikistonning
tog’li rayonlarida joylashgan. Ammo bular orasida Tutqovul va Say- Sayyodga
o’xshab Hisor madaniyatini ko’p qirralarini o’zida aks ettirgan yodgorliklardan
Qo’y- Bulyon va Oq-Tongi hisoblanadi.
Qo’y-Bulyon yodgorligida 1958- 59 yillarda A. P. Okladni-kov tomonidan
arxeologik qazish ishlari olib borilib, bu ajoyib qarorgohni madaniy qatlamlaridan
juda ko’plab arxeologik ashyolar topilgan. Bu topilmalarni o’rganish natijalari shu
qarorgoh egalarini prizma shaklidagi nukleus-lardan o’ta nozik va yupqa
pichoqsimon plastinkalarni uchirib olishdek yuqori texnikaga ega ekanliklarini
ko’rsatdi. A. P. Okladnikovni fikriga ko’ra manzilgoh egalari ana shu xududdagi
14
xalqlarni eng birinchi dehqonchilik bilan shug’ul-langan ajdodlaridir. Qo’y-
Bulyonda 3 ta gorizont aniqla-nib, qarorgohni satxi gips va kul aralashmasidan
qilingan qorishma bilan 3- 5 sm qalinlikda suvalgan. Ammo katta masshtabda qazish
ishlari olib borilganiga qaramay, qaror-gohni turar joyini aniqlanmagan. Oq-Tongi
yodgshorligida 1959 yili qazish ishlari olib borilib, uni madaniy qatlamlaridan o’rta
asrdan tortib, antik davr va bronza asri davrini topilmalari borligi aniqlangan. Lekin
bu yodgorlik keyingi yillarda xam, arxeologlar tomonidan takror o’rganilib, oxirgi
bronza asri qatlami deb topilgan, madaniy qatlamni bronza emas balki Hisor
madaniyatiga oid deb topildi. Chunki Oq-Tongi qarorgohidan Hisor madaniyatiga
xos bo’lgan o’choqlar bilan birga oxaktosh bo’laklari xam topilgan.
Hisor madaniyatini birinchi bo’lib, fanga kiritgan A. P. Okladnikov Oq-
Tongini quyi qatlamlarini eradan avvalgi III- II ming yilliklar bilan belgylagan. Bu
yodgorlikni madaniy qatlamlaridagi topilmalar ko’proq qayroqtosh texnikasiga
bog’liq. Bu erda asosan ikki turdagi choppersimon va rapidasimon nukleuslar
mavjud. Choppersimon nukleuslar asosan qayroqtoshlardan bo’lib, ularni bir
tomonidan uchirindilar uchirilib, ikkinchi tomonidan uchirindilar olinmagan.
Shuning uchun xam bu turdagi nukleuslarni choppersimon nukleuslar deyiladi.
Rapidasimon nukleuslarni esa, xamma yon tomonlaridan ko’plab uchirindilar
uchirib olingan. Bu ishlarning barchasi otboyniklar yordamida bajarilgan.
Yodgorlikdagi tosh qurollarni guruxlarga bulib o’rganilishini natijasi shuni
ko’rsatdiki bu erda uchirindilar soni dag’al plastinkalarga nisbatan juda ko’p.
(Plastinkalar deb uchirindilarga nisbatan bo’yi uzunroq eni ixchamroq, ammo
qalin va to’mtoq qiyofadagi buyumlar tushuniladi. Bularni bunday qiyofaga ega
bo’lishlarini sabablari ular posrednik va yog’och to’qmoqlar yordamida emas balki
otboyniklar yordamida uchirib olinganligidadir.) Oq- Tongi qarorgohini eagalarini
xo’jaligi asosini A. P. Okladnikov dehqonchilik va chorvachilik bilan bog’laydi.
Ammo bu erda dehqonchilik bilan shug’ullanganlari haqida dalolat beruvchi daliliy
ashyolar hozircha yo’q. Shuning uchun bu erda xo’jalik ovchilik
asosida, juda
bo’lganda chorvachilikka asoslangan desak to’g’ri bo’ladi. Shuni
aytish kerakki Hisor madaniyatiga oid neolit davri yodgorliklari hozirgi Qirg’iziston
respublikasi xududdida xam ko’plab topilgan.
Birinchi neolit davriga mansub bo’lgan ilk topilmalarni XX asrning 20
yillarini oxirlarida M. V. Voevodskiy Olamedin GES yaqinidagi qabrtepani qazish
vaqtida topgan. Bu topilmalar bir nechta chaqmoqtoshlardan qilingan plastinkalar
bo’lib, ularda ikkinchi ishlov berilganligini isbotlovchi izlar bo’lgan. Ammo
Qirg’iziston xududidagi nafaqat keyingi davrlarni, balki tosh asrini yodgorliklarini
o’rganishda o’zini ulkan hissasini qo’shgan olimlardan A. N. Bernshtam
hisoblanadi.
U Tyan’shan-Oloy arxeologik ekspeditsiyasiga 1944- 1947 yillari raxbarlik
qilib, ko’p bo’lmasada must’e nukleuslarini topib, Qirg’iziston xududida xam
paleolit odamla-rini yashaganliklari haqida bayon qilgan. Uning sayi xara-katlari
15
bilan tosh asriga oid bir nechta g’orlarda qaror-gohlar Markaziy Tyan’shan va
Pomir- Oloy tog’laridan to-pilgan. Ammo Qirg’iziston xududini nisbatan keng
ko’lamda o’rganish XX asrni ikkinchi yarmini boshlaridan boshlanadi. 1953 yilda
Qirg’izistonda arxeologiya va etnografiya kom-pleks ekspeditsiyasi tashkil qilinadi.
Shu yilni o’zida Sari- Jez daryosi rayonida Oq- Cho’nqur g’ori topilib, unga shurf
solinadi va bu yodgorlikni neolitga mansubligi aniqlanadi.
1957 yildan boshlab, paleolit guruxi V. A. Ranov boshchiligida Oloy
vodiysida qidiruv ishlarini olib borib, qayroqtosh uchirindilaridan iborat neolitga oid
mehnat qurollarini topadi. 1960 yillardan boshlab esa O’sh viloyatiga qarashli
Xaydarkon shahri atroflarida o’zbek arxeologlari qidiruv ishlarini olib borib, Obishir
1 va V kabi mezolit davriga mansub yodgorliklarni topadilar. Shuni aytish kerakki
Qirg’iziston xududlaridan topilgan yodgorliklarni ko’pchiligi neolit davriga mansub
bo’lib, ularni katta qismi madaniy qatlamga ega emas, balki er satxidan terib olingan
ashyolardir. Shuning uchun xam ularni soni oz. Ba`zi bir mehnat qurollarini hisobga
olmaganda ularni ko’pchiligi asosan soy va daryolardagi qayroqtoshlardan yasalgan.
Qirg’iziston xududidan topilgan neolit davriga mansub bo’lgan topilmalarni
qiyosiy o’rganib, arxeolog olimlarimiz Qirg’izistonni tog’li rayonlaridagi aksariyat
yodgorliklarni Hisor madaniyatiga mansub deb topdilar. Sababi neolitni oxirgi
bosqichlarida Hisor madaniyatini aks ettiruvchi barcha yodgorliklarda »galechnaya
texnika» xuk-mronlik qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |