O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Qo’lyozma huquqida
QO`CHQOROVA DILFUZA O`KTAM QIZI
Aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash
texnologiyasini tadqiq etish
5A140501- kimyo (fan yo’nalishlari bo’yicha) mutaxasisligi
Magistr
akademik darajasini olish uchun yozilgan
DISSERTATSIYA
Ilmiy rahbar:
k.f.d. dots. G.A.Ixtiyarova
BUXORO-2014
2
MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………………… 8
I BOB. ADABIYOTLAR SHARHI
1. Pardozlashda gazlamalarni bo`yashga va gul bosishga
tayyorlash....................................................................................................13
1.1. Materiallarga gul bosishning umumiy masalalari……………….......14
1.1.1. Matolarga gul bosish jarayoni………………………………….......14
1.1.2. Quyultiruvchilarning sinflanishi va ularning xususiyatlari…...........15
1.2.Faol bo’yoqlar, kimyoviy tuzilishi, xossalari va qo’llash usullarining
ususiyatlari…………………………………………………………….......18
1.2.1. Aralash tolali matolarni bo`yash va gul bosishga tayyorlash............22
1.2.2.Paxta va ipak tolali aralash matolarni bo’yash………………….......32
1.3. Gul bosish jarayoni texnologiyasi……………………………….......38
1.3.1. Modifikatsion kraxmal asosidagi quyultiruvchi moddalar…...........39
1.4.Yakunlovchi pardozlash jarayoni xususiyatlari………………............41
I bob bo`yicha xulosa………………………………………………..........43
II BOB. METODIK QISM
2.1.Foydalanilgan kimyoviy moddalar tavsifi……………………….........44
2.2. Namunalarning oqlik darajasini aniqlash……………………….........46
2.3. Namunalarni kapillyarligini aniqlash…………………………..........46
2.4. Paxta-modifikatsiyalangan nitron asosidagi matoni aktiv bo`yovchi
moddalar bo’yash…………………………………………………............47
2.5. Sovun eritmasi ta`siriga rang mustahkamligini tekshirish……...........47
2.6. Rangni ishqalanishga bo`lgan chidamliligini tekshirish……….........48
2.7. Aralash quyultiruvchilar tayyorlash uslubiyoti…………………........48
II bob bo`yicha xulosa…………………………………………………...49
III BOB. TAJRIBA NATIJALARI VA ULARNING TAHLILI
3.1. Aralash tolali matolarni bo’yash va gul bosishga tayyorlash……….50
3
3.2. Gul bosish jarayonida karboksimetilkraxmal va poliakrilatlar asosida
aralash quyuqlovchilar olish……………………………………………..52
3.3. Pigmentlar bilan gul bosish………………………………………….65
3.3.1. Dispers bo’yovchi moddalar bilan gul bosish……………………..67
3.4. Yakunlovchi pardozlash jarayonining bosqichlari…………………...67
3.5. Gul bosish jarayonida karboksimetilkraxmal va poliakrilatlar
asosida aralash quyuqlovchilar olish……………………………………...69
3.5.1. Gul bosish jarayonida karboksimetilsellyuloza va poliakrilatlar asosida
aralash quyuqlovchilar olish……………………………………………………74
III bob bo`yicha xulosa…………………………………………………….79
Xulosa ……..………………………………………………………………80
Adabiyotlar ro’yxati ……………………………………………………..81
Ilova ……………………………………………………………………….87
4
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Fakultet: Kimyo-biologiya Magistratura talabasi: D.O`.Qo`chqorova
Kafedra: Umumiy kimyo Ilmiy rahbar: k.f.d.dots G.A.Ixtiyarova
O’quv yili: 2013/2014 Mutaxassisligi:5A140501 Kimyo
(fan yo`nalishlari bo`yicha)
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI
Mavzuning dolzarbligi.. Keyingi paytlarda aralash tolalar asosidagi
turli-tuman assortimentdagi gazlama va materiallarini soni ko’payib ketdi.
Paxta va nitron, paxta va ipak, tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikatsiya
qilingan nitron asosidagi matolarni bo’yash, ularga gul bosish jarayonida
mahalliy xom ashyolardan olingan quyultiruvchilarni ishlatish, bo’yovchi
moddani (BM) to’g’ri tanlash yakunlovchi pardozlashda matolarning
iste’mol sifatini yaxshilaydi.
Ishning maqsadi va vazifalari. Aralash tolalar va ular asosidagi
matolarni bo’yash, ularga gul bosish va yakunlovchi pardozlash jarayonini
o’rganish. Pardozlash jarayonida quyultiruvchilar va bo’yovchi
moddalarning aralash matolarning sifat ko’rsatkichlariga ta’sirini tadqiq
etish. Bu maqsaddan quyidagi vazifalar kelib chiqadi:
- tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikasiya qilingan nitron matolarni
bo’yash va gul boshishga tayyorlash;
- paxta va nitron aralash matolarni gul boshishga tayyorlashning fizik-
kimyoviy jarayonlarini o’rganish;
- ishlab chiqarishda mahsulotlar assortimentlarini kengaytirish, sifatini
yaxshilash, tabiiy tolalarni kimyoviy tolalarga aralashtirish orqali,
tansiq tolalar o’rniga arzon kimyoviy tolalarni ishlatish imkonini
yaratish;
- aralash matolardagi tabiiy tolaning gigiyenik xossalarini va kimyoviy
tolalarning o`ziga xos fizik-mexanikaviy xossalarini yaxshilash.
5
Tadqiqot obyekti va predmeti. Ishning tadqiq obyekti tabiiy va
sintertik tola asosidagi aralash mato, bo’yovchi moddalar, quyultiruvchilar,
sirt faol moddalar hisoblanadi.
Tadqiqot uslubiyoti va uslublari. Reologiya, kolorimetriya,
spektrofotometriya, tegishli Davlat standartlari bo’yicha matolarning
intensivligi, mustahkamlik va sifat ko’rsatkichlarini aniqlash kabi
zamonaviy nazariy va eksperimental tadqiqot usullari qo’llanilgan.
Ishning ilmiy yangiligi shu bilan belgilanadiki, ilk bor bifunktsional
bo’yovchi moddalar va mahalliy xom ashyolar asosida olingan
qyultiruvchilar bilan aralash tolali matolarni bo’yash, gul bosish va
yakunlovchi pardozlash jarayonlari o’rganildi.
Ishning nazariy va amaliy ahamiyati. O`zbekistanda yengil
sanoat tovarlariga bo`lgan aholi ehtiyojini nafaqat hajm va assortiment
jihatidan, balki tovarlarining sifati bo`yicha ham qondirish dolzarb
muammodir.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch
bob, umumiy xulosa, adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishning umumiy
hajmi 86 betni tashkil etadi.
Bajarilgan ishning asosiy natijalari. Ishdagi ayrim masalalar va
xulosalari bo’yicha ilmiy jurnal va to’plamlarda maqolalar nashr etilgan.
Xulosa va takliflarning qisqacha umumlashtirilgan ifodasi.
Paxta va tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikasiyalangan nitron va
ular asosidagi assortimntni kengaytirish ularning material sig`imini
kamayishiga, gazlamalarning pishiqligini ortishi, nitron tolasini qo`shish
hisobiga ipak mato assortimentni arzonlashtirishga olib keladi.
Ilmiy rahbar: ______________
Magistratura talabasi: ______________
6
THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
THE MINISTRY OF HIGHER AND SECONDARY SPECIAL
EDUCATION
BUKHARA STATE UNIVERSITY
Faculty: Chemistry and Biology Graduate student: Kuchkorova Dilfuza Uktam Kizi
Department: General Chemistry Research supervisor:Ixtiyarova Gulnora Аkmalovna
Year of study: 2013/2014 Speciality: Chemistry (according area of discipline)
ANNOTATION FOR MASTER’S THESIS
Relevance of the topic: At the last time number different assortment in mixed
fabric and material increased. Under to consumptions decaration material
quality improves under it is necessary it is correct to choose dye staffs to
become thicker on base local resource for dyeing and typing mixed part fabric
pat on base and synthetic wool material( nitron) pat and snap and modified
nitron with departure natural crack.
Goals and objectives of the work. The Choice of the dye staffs depends
basically by nature and correlations , mixed fabric and to from stability of the
colour, and use fabric.
In dye - an decaration factory for miхed fabric specially to choose the mixture
of the dye staffs and use the different bifunksional to dye staffs. For instance:
active and acid, dispers and active, deep blue and dispers.
Methodology and methods of investigation. Reologe, colorimetric,
spektrophotometric.
Scientific novelty of the work. Purpose of the study is a development of the
dyeing, typing mixture fabric quality mixed fabric and studies of the decorating
of the process and final decorating Problem studies is:
- preparation to dyeing and typing mixed fabrics on base modified synthetic
wool material( nitron) with departure natural crack
- a studies physico-mechanical processes mixed fabric pat on base and synthetic
wool material( nitron)
- a development and improvements quality new assortment mixed fabric to
account of the accompaniment by cheap chemical yarn
7
- an improvements physico-mechanical and hygenic characteristic mixed fabric
Practical significance and application of the work. Preparation to dyeing and
typing mixed fabrics on base modified synthetic wool material( nitron) with
departure natural crack a development and improvements quality new
assortment mixed fabric to account of the accompaniment by cheap chemical
yarn.
Structure and volume of dissertation. The dissertation consists of
introduction, three chapters, general conclusion and the list of literature. Total
volume of the work consists of 86 pages.
Main results of the work. Articles on some issues and conclusions of the work
were published in collected articles.
Conclusion. The dyeing, typing mixture fabric quality mixed fabric and studies
of the decorating of the process and final decorating.
Research supervisor: ______________
Graduate student: ______________
8
KIRISH
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi:
Mamlakatimiz
mustaqillikka erishgandan keyingi asosiy vazifasi iqtisodiyotda tubdan islohatlar
o’tkazish edi. Ayniqsa, iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri to’qimachilik
sanoatini rivojlantirishga qaratilgandir.Respublikamizda yiliga o’rtacha 3-3,5
mln tonna paxta yetishtirilib,1 -1,2 mln tonna paxta tolasi qayta ishlanadi va
chetga eksport qilinadi.
Hozirgi kunda yangi tolalar kashf etishdan ko’ra mavjud tolalar asosida yangi
assortimentlarni yaratish dolzarb masala hisoblanadi. Respublikamizda issiq
iqlim sharoitiga mo’ljallangan, tarkibida nitron va paxta, nitron va ipak tutgan
aralash tolali matoni pardozlash texnologiyasini o’rganish borasida ilmiy
izlanishlar olib borilmoqda.
Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi qimmatbaho turdagi paxta, ipak, va arzon
nitron tolalarini ishlab chiqaradigan davlatlar qatoriga kiradi. Oxirgi yillarda
jahonda aralash tolali matolarga bo`lgan talab juda oshdi. Bunday mahsulotlar
o`zida tabiiy tolaning gigiyenik xossalarini va kimyoviy tolalarning o`ziga xos
fizik-mexanikaviy xossalarini mujassam etadi.
O`zbekistanda yengil sanoat tovarlariga bo`lgan aholi ehtiyojini nafaqat
hajm va assortiment jihatidan, balki tovarlarining sifati bo`yicha ham
qondirish dolzarb muammodir [1].
Hozirda paxta va tabiiy ipak iplari, paxta va nitron, ipak va nitron
aralashmasidan olinayotgan matolarga katta e`tibor berilmoqda, umuman so`ngi
yillarda aralashma matolarni ishlab chiqarishga imkoniyatlar yaratilmoqda.
Dunyo tajribasi shuni ko`rsatadiki, nitron bilan ipak tolalari, paxta tolasi bilan
ipak tolalari, paxta tolasi bilan nitron tolalari aralashmalaridan to`qimachilik
mahsulotlarini keng assortimentlarini yaratish mumkin.
Nitron va tabiiy ipak asosidagi assortimentni kengaytirish, ularning material
sig`imini kamayishiga, gazlamalarning pishiqligini ortishi, sintetik tolani
qo`shish hisobiga ipak mato assortimentni arzonlashtirish bilan bir qatorda,
ularni pardozlash jarayonini o’zgartirishiga olib keladi.
9
Mamlakatimizda yetishtirilayotgan pillaning bir qismi pilla yuvish fabrikalarida
qayta ishlab, to`qimachilik xom ashyosiga aylantiriladi. Buni O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ham o`z asarlarida vatanimizda paxta
yetishtirish muammolariga alohida e`tibor qaratish bilan bir qatorda ipak
tolasini ishlab chiqarish va uni to`qimachilik sanoatida qayta ishlashni
kengaytirish muhimligi to`g`risida fikrlar bildirganlar [2].
Bu mahsulotlar o`zlarining uzoq muddat xizmat qilishi va mustahkamligi,
yuqori gigiyenik xossalari bilan ajralib turadi. Shu bilan birga turli xil aralash
tolali matolarning keng ishlatilishi pardozlovchilar oldiga murakkab yechimli
masalalarni qo`yadi. Aralash tolali matolarni ishlab chiqarishda optimal
texnologik jarayon parametrlarini tanlashda har bir tolaning xususiyatlarini
hisobga
olish
kerak,
sababi
ushbu
tolalarning
qaynatish-oqartirish
jarayonlaridagi modda bilan o`zaro bog`lanishi va turli reagentlarga ta`siri bir-
biridan tubdan farq qiladi.
Bularni ishlab chiqarishga tadbiq qilish uchun esa zamonaviy jihozlar bilan
ta`minlangan yangi korxonalar kerak bo`ladi. Shu sababdan oxirgi yillarda
paxtani mukammal qayta ishlashni ta`minlash va respublikada tayyor
mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini yanada ko`paytirish uchun xorijiy
sarmoyalarni yanada ko`proq jalb qilish maqsadida xorijiy sarmoyador
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi qonunchilik uzluksiz takomillashib bormoqda.
Shunday hujjatlardan biri O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2005 yil 27 yanvarda imzolangan «Respublika to`qimachilik sanoatiga
sarmoyalar jalb qilish choralari to`g`risidagi» 38-sonli qaror bo`lib, u
to`qimachilik sanoatidagi sarmoyalar jalb qilish muhitini tubdan o`zgartirish
imkoniyatlarini yaratdi. Ushbu qaror bilan chet el sarmoyalarini jalb
qilinishining 2005-2008 yillarga mo`ljallangan dasturi tasdiqlandi [3].
Keyingi paytlarda aralash tolalar asosidagi turli-tuman assortimentdagi
gazlama va trikotaj mahsulotlarini soni ko’payib ketdi. Gazlama va polotnilar
tayyorlashda aralash tolalarni ishlatish, ularning iste’mol sifatini yaxshilaydi,
ammo ularni bo’yashda bir muncha qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab bo’ldi.
10
Bu qiyinchiliklar shundan iboratki, har bir tola turli sinfdagi bo’yovchi modda
(BM) bilan bo`yaladi. Hatto ikki tola bir sinfdagi BM bilan bir xil sharoitda
bo’yalsada (muhit, harorat va b), bo’yalgan tolalarda bir xil tusdagi va bir xil
to’yingan ranglar olish juda ham qiyin. Masalan, paxta +viskoza aralashmasini
yoki jun + PA tolalar aralashmasini bir xil BM bilan bo’yash mumkin, ammo
hosil qilingan ranglar bir xil bo’lmaydi.
BM sinfi va bo’yash usulini tanlash asosan aralashma tarkibidagi
tolalarning tabiatiga, ularning aralashmadagi nisbatiga, rang mustahkamligiga
bo’lgan talabga, ranglar effektiga va mahsulotni ishlatilish sohasiga bog’liq.
Aralash tolalar uchun pardozlash-bo’yash korxonalarida maxsus tanlangan
BM lar aralashmasidan hamda kimyoviy sanoatda ishlab chiqariladigan ikki xil
BM aralashmasidan tarkib topgan maxsus BM lar aralashmasidan foydalanish
mumkin. Masalan, bevosita va kislotali, kub va dispers BM aralashmalari va
h.k lar.
Hozirgi vaqtda ilm fanning asosiy masalalaridan biri bu ilmiy texnik
rivojlanishga, ishlab chiqarish effektivligini va ishlab chiqarilayotgan
mahsulotning assortimentini, hamda uning sifatini oshirishdan iborat.
Respublikamizda an`anaviy ishlab chiqarilayotgan nitron-ipak, paxta-ipak
aralash tolali mahsulotlarini yangi assortiment yaratishda mahalliy xom
ashyodan keng foydalanish va bu assortimentlarning kimyoviy pardozlash
texnologiyasini yaratish orqali ularning sifat ko`rsatgichlarini jahon talablariga
moslash o`ta dolzarb vazifadir.
Nitron-ipak, paxta-ipakli aralashma mato va trikotaj-mahsulotlarni bo`yash va
gul bosishga to`g`ri tayyorlashning ahamiyati kattadir. Bunda xom paxta xom
ipak tolasining tabiiy ijobiy xususiyatlarini saqlagan holda ularga kapillyarlik va
oqlik berish talab qilinadi.
Ipak ishqor ta`siriga o`ta chidamsiz bo`lganligi sababli paxta-ipakli aralashma
mahsulotni qaynatish sharoiti asosan ipakli matolar sharoitida olib boriladi. Shu
sababli qaynatishda ishlatiladigan kimyoviy moddalarga o`ta faollarini tanlash,
hamda paxta tolasini yo`ldosh moddalarini parchalash reaksiyani tezlatuvchi
11
katalizatorlar qo`llash zarur bo`ladi. Paxta-ipakli aralashma matolarni bo`yash
va gul bosishga tayyorlashning shu kabi o`ta nozik tomonlarini jiddiy o`rganish
shu kungacha to`liq amalga oshirilmagan.
Tadqiqot ob’yekti va predmetining belgilanishi: Ishning tadqiq obyekti tabiiy
va sintertik tola asosidagi aralash mato, bo’yovchi moddalar, quyultiruvchilar,
sirt faol moddalar hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsad. Nitron bilan paxta va nitron bilan ipak tolasidan
tayyorlangan aralash tolali matolarni bo`yash, gul bosish va yakunlovchi
pardozlash jarayonini o`rganish va takomillashtirishdаn ibоrаt.
Asosiy masalalar. Ishda quyidagi masalalar hal qilinadi:
- paxta va ipak chiqindilari bilan modifikatsiyalangan nitron tolasidan
tayyorlangan aralash tolali matolarni bo’yash jarayonlarini o’rganish va
takomillashtirish;
- aralash matolarni pardozlash jarayonida quyultiruvchilar ta’sirini o’rganish;
- nitron bilan paxta tolasi asosida aralash tolali matolarga gul bosish va
bo’yovchi moddalar ta’sirini oshirish;
- aralash matolarga gul bosish texnologiyasini tadqiq etish;
- yakunlovchi pardozlash texnologiyasini ishlab chiqarishga tadbiq etish.
Tadqiqot metodlari: IQ-spektroskopiya, reologiya, kolorimetriya,
spektrofotometriya, optik mikroskopiya, tegishli Davlat standartlari
bo’yicha matolarning intensivligi, mustahkamlik va sifat ko’rsatkichlarini
aniqlash kabi zamonaviy nazariy va eksperimental tadqiqot usullari
qo’llanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- bevosita bo’yovchi moddalar ishtirokida paxta va ipak chiqindilari
bilan modifikatsiyalangan nitron tolasidan tayyorlangan aralash tolali
matolarni bo’yash jarayonlari o’rganildi;
- faol va dispers bo’yovchi moddalar bilan aralash tolali(paxta-nitron,
nitron-ipak) matolarga gul bosish jarayonlari tadqiq etildi;
12
- gul bosishga tayyorlash jarayonining optimal sharoiti ishlab chiqildi;
- tayyorlov jarayonini sharoitini mato xususiyatiga ta`siri o`rganildi va
aralash matoni bo’yashga tayyorlash texnologiyasi taklif etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |