Tadqiqot
natijalarining
amaliy
ahamiyati
va
tadbiqi:
O`zbekistanda yengil sanoat tovarlariga bo`lgan aholi ehtiyojini
nafaqat hajm va assortiment jihatidan, balki tovarlarining sifati
bo`yicha ham qondirish dolzarb muammodir.
Ish tuzilishi va tarkibi. Bitiruv ishi 3 qismdan, kirish, umumiy
xulosadan, adabiyot sharhi, uslubiy, tajribaviy qismlardan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatida 63 ta manba muhokama qilindi.
Umumiy ishning hajmi 86 betdan iborat, 5 ta rasm, 13 ta jadvalda
tajribaviy qism natijalari keltirilgan.
13
I- BO`LIM. ADABIYOTLAR SHARHI
1. Pardozlashda gazlamalarni bo`yashga va gul bosishga
tayyorlash
Hozirgi davrda assortimentlarni aralash tolali matolardan ko`paytirish
va ular miqdorini kengaytirish keng yo`lga qo`yilgan. Aralash tolali
matolarni keng miqyosda ishlatilishi, ularni pardozlashga tayyorlashning
maxsus usullarini ishlab chiqarishni taqoza etadi.[4]
Aralash tolali matolarni pardozlashga tayyorlashda aralash tolali mato
tarkibidagi tolaning xossalariga e`tibor berishimiz kerak. Bizga ma`lumki,
to`qimachilik materiallarini bo`yashga va gul bosishga tayyorlashdan
maqsad, tola tarkibidagi tabiiy iflosliklarni, yordamchi moddalarni (shlixta,
yelimsimon moddalar) yo`qotishdan, ularga yetarli bo`lgan kapillyarlik va
oqlik berishdan iborat.[5-6]
Yaponiyalik mutaxasislar aralash tolali matolarni ham ishqoriy, ham
kislotali muhitda oqartirish mumkin degan xulosaga keldi [7]. Bu usulning
mohiyati shundan iboratki, oqartirish avval kuchsiz kislotali muhitda
pH=5-7, polifosfor kislotasi ishtirokida boradi. Shuningdek polifosfor
kislotasidan tashqari 100% li H
2
O
2
ning 10 g/l kontsentratsiyali eritmasi
ishlatiladi. Ishlov vaqti 10-30 minut davom etadi. So`ng oqartirish
vannasiga pH=9,5-11 bo`lgunga qadar ishqoriy agent qo`shiladi. T-100
0
C,
ishlov vaqti 30 minut. Bunday oqartirish usuli orqali biz H
2
O
2
ni
tejashimiz mumkin.[8]
Yana bir zamonaviy keng qo`llaniladigan usullardan biri, to`qimachilik
materiallarini pardozlashga tayyorlash jarayonida yuqori energiya
manbalaridan foydalanishdir. Bu usul bir bosqichli usul hisoblanadi [9].
Oksidlovchilarni fotokimyoviy aktivlash yoki peroksidli vannalarni
ultratovush bilan aktivlash natijasida yuqori sifatli oqlikka erishish mumkin
[7-10]. Oksidlovchilar sifatida peroksidli birikmalar, o`zida xlor tutgan
oqartiruvchilar va xlordan foydalanish mumkin. Ultrabinafsha nurlanish
oqartiruvchi moddani parchalanish jarayonini tezlashtiradi. Bu esa
14
oqartirish jarayonini tezlashtiradi. Matoning oqligi 0,1-0,3 daqiqada 80-
82% ga yetadi.
1.1. Materiallarga gul bosishning umumiy masalalari
1.1.1. Matolarga gul bosish jarayoni
Gul bosishning bo`yashdan farqi shuki, bo’yashda bo`yovchi modda
mato yuzasining ayrim qismlariga gul sifatida tushiriladi. Gul bosish
jihozlari, jarayon sharoitlari, bo’yovchi modda tarkibi murakkabroq bo’lsa
ham, lekin fizik- kimyoviy qonuniyatlar xuddi bo`yashdagidek o`tadi.
Matoga gul tushiruvchi aralashma bo`yoq deb ataladi va bo`yash
eritmasidan o`zining quyuqligi bilan farq qiladi. Gul bosish bo`yog’i
tarkibiga: bo`yovchi modda, quyultiruvchi va yordamchi moddalar kiradi.
Bo`yovchi moddalar to`qima materiallar yuzasida ravshan va mustahkam
rang berishi lozim, bu talablarga quyidagi sinf bo`yovchi moddalari javob
beradi:
-
sellyulozali mahsulotlarga gul bosilganda – aktiv, kub, suvda
erimaydigan azobo`yovchi moddalar va pigmentlar;
-
oqsil tolali mahsulotlar uchun - aktiv, kub, xromli, kislotali,
metallkompleks bo`yovchilar va pigmentlar;
-
atsetat va sintetik tolalar uchun – asosan dispers bo`yovchi
moddalar va pigmentlar.
Bo’yash jarayonida sodir bo’ladigan bo’yovchi modda va tolali
materiallar holati, hamda ularning ta’sirini belgilovchi asosiy fizik-
kimyoviy qonuniyatlar gul bosish jarayonida ham saqlanib qoladi, lekin
bo’yashda farqli o’laroq matolarga gul bosishda bo’yovchi moddalarning
eritmadagi diffuziyasi va ularning tola yuzasiga shimilishi o’z ma’nosini
yo’qotadi. Mato yuzasiga gul shaklida tushirilgan bo’yovchi modda
quritish
mashinasidan chiqqach, quyultiruvchi molekulalari bilan
molekulalararo
bog’lanishlar
yordamida
mustahkam
ushlanib,
quyultiruvchi plyonkasida qotib qoladi va tola ichiga diffuziyasi to’xtaydi.
15
Bo’yash jarayonida sodir bo’ladigan va uzluksiz boradigan fizik kimyoviy
bosqichlar ketma-ketligi buziladi. Quyultiruvchi plyonkasida qotib qolgan
bo’yovchi moddaning tola ichki qatlamlari tomon harakatlanishi uchun
bo’yovchi moddani o’z ichiga qamrab olgan plyonkani yumshatish lozim.
Shu maqsadda gul bosib quritilgan mato bug’lanadi yoki qizdiriladi.
Qaynoq bug’ yoki havo ta’sirida plyonkani yumshatishni osonlashtirish
maqsadida gul bosish bo’yog’i tarkibiga yuqori harorat ta’sirida tola
g’ovaklarida suyulib, bo’yovchi modda diffuziyasini tezlashtiruvchi muhit
hosil qiluvchi moddalar qo’shiladi. Bo’yoq tarkibidagi bo’yovchi modda va
quyultiruvchi orasidagi o’zaro ta’sir kuchsiz bo’lgani sababli gul bosishda
bo’yovchi moddaning tola ichiga diffuziyasi ancha sust bo’ladi. Shu sabali,
turli sinf bo’yovchi moddalari bilan gul bosishda ularning o’ziga xos
bo’lgan jadallashtirish usullari ma’lum. Gul bosish jarayoni quyidagi
bosqichlardan iborat: matoni gul bosishga tayyorlash
gul bosish
quritish
bo’yovchi moddani tola ichiga singdirish
yuvish
quritish.
Gul bosishda paydo bo’ladigan nuqsonlar ayrim joylardagina
uchraydigan va butun gazlama to’piga tarqalgan xillarga bo’linadi. Ba’zi
gazlamalar maxsus pardozlanishi mumkin.
1.1.2. Quyultiruvchilarning sinflanishi va ularning xususiyatlari
Quyultiruvchi - bu ko’p komponentli dispers sistema yoki suvda
eruvchan tabiiy yoki kimyoviy polimerlar – quyultiruvchilar va yordamchi
moddalar eritmasi bo’lib, u bo’yovchi modda bilan cheksiz aralashib,
turg’un gul bosish bo’yog’i hosil qiladi.
Gul bosish uchun ishlatiladigan quyultiruvchilar quyidagi talablarni
qanoatlantirishi lozim:
- mato yuzasiga ravon o’tish,
- gul chegara chiziqlarining aniqligi,
- gul bosish validagi naqshlarni yaxshi ho’llash, unda ushlanib qolish va
gul bosish jarayonining turli sharoitlariga chidamlilik;
- ikki va undan ortiq bo’yoqning o’zaro tez aralashishi;
16
- mato yuzasidagi bo’yoq plyonkasining bo’kuvchanligi;
- oson yuviluvchanlik, rangning ravonligi,
- bo’yovchi modda bilan kimyoviy bog’lanmaslik.
Quyultiruvchilar polimer materiallarning chin yoki kolloid eritmalari
bo’lib, makromolekulalar eritmada o’zaro ta’sirlashadi va ichki fazoviy
struktura hosil qiladi.
Texnik xossalari, bu:
- gul bosish ravonligi,
- gul chegara chiziqlarining aniqligi,
- bo’yoqning mato qatlamiga kirishish chuqurligi,
- bo’yoqning naqshband o’ymalaridan matoga o’tish qobiliyati,
- rang to’qligi,
- bo’yovchi moddaning bog’lanish darajasi.
Fizik xossalari quyultiruvchining ichki fazoviy strukturasining
saqlangan holatidagi xossalari- mexanik va oqish paytida dastlabki qurilma
bo’laklarining parchalanishdagi xossalari – reologik xossalaridan iboratdir.
Gul bosish sifati bo’yoqning texnik va fizik xossalari orasidagi bog’liqlikni
to’g’ri topishni taqozo qiladi. Gul chegara chizig’ning yoyilib ketishi
bo’yoq qovushqoqligining susayishi tufayli ro’y beradi. Bu hodisa esa o’z
navbatida bo’yoq ichki strukturasining mexanik ta’sir ostida buzilishiga
bog’liqdir. Tashqi ta’sir olingandan so’ng bo’yoqning o’z xossalarini
tiklay olish qobiliyati uning tiksotropligi deyiladi. Gul bosishda faqat
tiksotropik xossasiga ega bo’lgan quyultiruvchigina ishlatiladi. Bo’yoq
tarkibiga bo’yovchi modda va quyultiruvchidan tashqari yordamchi
moddalar ham kiradi.
Kraxmalni
etirifikatsiyalash
natijasida
suvda
eruvchan
karboksimetilkraxmal (KMK) olinadi. KMK yuqori quyuqlash
qobiliyatiga ega, uzoq saqlasa bo’ladi, lekin kraxmaldan 2-3 marta
qimmat. Sellyuloza efirlari ichida karboksimetilsellyuloza (KMS) natriyli
tuz holida ishlatiladi, u yuqori quyuqlash qobiliyatiga ega, sovuq suvda
17
yaxshi eriydi, 50
0
C dan yuqorida eruvchanligi susayadi. Kamedlar ichida
tragant ko’proq ishlatiladi, chunki unda yaxshi quyuqlash xususiyati bor.
Emulsion quyultiruvchilar moyni emulgatorning suvli eritmasi bilan
yuqori tezlikda aralashtirish natijasida olinadigan ikki fazali sistemadir. Bu
sistemaga emulgator – sirt aktiv moddadan tashqari, yuqori molekulali
stabilizator
(natriy
alginat,
KMS
va
b)
qo’shiladi. Emulsion
quyultiruvchilar, asosan, pigmentlar bilan gul bosishda ishlatiladi.
Kamchiligi yonuvchan ekanligidadir.
Hozirgi paytda mavjud bo`lgan quyultiruvchilar ikki guruhga bo`linadi:
1. Turli yuqori molekulali moddalarning suvli eritmasi, ya`ni strukturasi
bir fazali polimer eritmasi.
2. Ikki fazali, aniq ifodalangan ustki bo`lakli kolloid sistema
Ko`pincha makkajo’xori kraxmali qo`llaniladi. U sovuq suvda
erimaydi, shuning uchun ham qaynatiladi. Qaynatilgan kraxmal tez
buziladi, saqlash qiyin. Shuning uchun uning modifikatsiyasi ishlab
chiqilgan.
Kraxmalga mexanikaviy ishlov berib, kislota ta`sir etib uning
modifikatsiyasi olinadi. Kraxmalni mexanikaviy ishlov berish natijasida
uning modifikatsiyasi yuqori texnik xususiyatga ega bo`ladi.
Quyultiruvchilar olish manbalaridan biri jigarrang dengiz o`simligi
bo`lib, uning tarkibiga alginat kislotasi bo`ladi. Alginat kislotaning
natriyli tuzi quyultiruvchi sifatida ishlatiladi va natriy alginat deyiladi, u
suvda yaxshi eriydi va past konsentratsiyada bir xil quyuq massa hosil
qiladi. Odatda 8% li natriy alginat qo`llaniladi. Natriy alginat ishqorga
chidamli, kislotaga esa chidamsiz bo`ladi.
Amalda hozirgi paytda tropik o`simliklar ildizidagi qotgan sharbat
tabiiy kamed katta ahamiyatga ega.Kamedlar asosan sintetik matolarga gul
bosishda ishlatiladi. Kamedlar quyultiruvchi sifatida ishlatilganda shakl
toza va tekis bo`ladi va mato yuzidan tez yuviladi hamda yaxshi saqlanadi.
Lekin juda qimmat. Tragant (mevali kamed) yaxshi quyultiruvchi
18
xususiyatga ega, uning 6-8% konsentratsiyasi tayyorlanadi. Odatda tragant
quyultiruvchi kraxmal va dekstrin quyultiruvchilar bilan qo`shib
ishlatiladi.
1.2.Faol bo’yoqlar, kimyoviy tuzilishi, xossalari va
qo’llash usullarining xususiyatlari
Faol bo’yoqlar tez rivojlanayotgan bo’yoqlar sinfini tashkil etib,
ularga katta miqdorda patentlar va ilmiy tadqiqotlar bag’ishlangan.
11-12
Yangi xromoforlar, yangi faol guruhlar, yangi qurilmalarga doir tadqiqotlar
o’tkazilmoqda hamda bo’yash va gul bosishning optimal texnologiyalari
qidirilmoqda. Faol bo’yoqlarning sifatini oshirish va ularning kamchiligini
bartaraf etish bo’yicha ishlar olib borildi, ularning singish darajasi oshirildi,
ortiqcha bo’yoqning yuvilishi yaxshilandi, ayrim ranglarning yorug’likka
chidamliligi ko’paytirildi. Bularning barchasi ishlab chirarishda tejamkorlik
va faol bo’yoqlarni qo’llash nuqtai nazaridan ko’rib chiqilmoqda.
13-15
Faol bo’yoqlar molekulasida ikkita qism ajralib turadi: bo’yoqning
rangi uchun javob beruvchi xromofor va bo’yoqni tola bilan bog’lanishiga
javob beruvchi faol guruh. Molekuladagi bu qismlarning turlicha
kombinatsiyalari bo’yoqlarning turli bo’yovchi va ekspluatatsion
xossalarini keltirib chiqaradi.
16-17
Faol bo’yoqlarning xromoforlari sifatida odatda an’anaviy
strukturalar, hammaga ma’lum kislotali va bevosita bo’yoqlar qo’llaniladi.
Biroq faol bo’yoqlardagi xromoforlar kimyosi turli tuman emas. Bu yerda
barcha ranglarda (sariqdan tortib to qoragacha) azostrukturalar (asosan,
monoaza) ko’pchilikni tashkil etadi, bundan tashqari misli va xrom-kobaltli
komplekslar saqlagan strukturalar mavjud va faqatgina to’q ko’k va qora
bo’yoqlar disazostrukturalarni va juda kam miqdorda trisazostrukturalarni
saqlaydi.
Yorqin ko’k bo’yoqlar – bu antraxinon yoki trifendioksazin
hosilalaridir. Ko’k ranglarni farmazon bo’yoqlar beradi, feruza va yorqin
ko’kish-yashil bo’yoqlar esa mis yoki nikel ftalotsianinlari hisoblanadi.
19
Ba’zi murakkab ranglarda (yashil, zaytun rang va boshqalarda) azo – va
antraxinon bo’yoqlar qo’shilgan bo’ladi.
18
Faol bo’yoqlardagi xromoforlar nafaqat rang uchun, balki muhim
sifat ko’rsatkichlaridan biri yorug’likka chidamlilik, shuningdek
qaytaruvchilar, oksidlovchilar va boshqa fizik-kimyoviy ta’sirlarga
barqarorlik uchun ham javob beradi.
19
Faol bo’yoqlar tarixining oxirgi 50 yilligida xromoforning tola bilan
bog’lanishini ta’minlovchi 200 ga yaqin faol guruhlar yaratildi, lekin
amaliy ahamiyatga quyidagi muhim faol guruhlar ega bo’ladi:
- monoxlortriazinlar;
- dixlortriazinlar;
- vinilsulfonlar;
- triftorpirimidinlar.
Faol bo’yoqlarning eng ko’p miqdori xlortriazonlar va vinilsulfonlar
asosida ishlab chiqariladi. Hozirgi kunda dunyo ishlab chiqarishida bi – va
polifunksional bo’yoqlar asosiy o’rinni egallab kelmoqda, ular tarkibida bir
xil va turli xil faol guruhlar bo’lishi mumkin
13
. Bu guruhlar
xromoforning bir tomonida yoki turli tomonlarida joylashadi, shu sababli
faol bo’yoqlarning turli tumanligi xromoforlar va faol guruhlarning turlicha
tuzilgan konstruktsiyalari asosida tuziladi
20-22
.
Masalan,
Sibakron
S
da
xromoforning
turli
tomonlarida
monoxlortriazin va vinilsulfon guruhlari, Drimaren SL da esa –
triftorpirimidin, xlorftorpirimidin, monoxlortriazin va ikkita vinilsulfon
guruhlari joylashadi.
13
Ikkita turli faol guruhlar yonma-yon joylanishi, shuningdek,
―ko’prikcha‖ bilan ajratilishi mumkin, bular esa ularning bo’yash
xossalarini o’zgartiradi.
Vinilsulfonli bo’yoqlarda esa, sulfatoetilsulfonil qanday holatda –
para-yoki meta holatda joylashgani muhim hisoblanadi, chunki shunga rang
20
va bo’yoqning bo’yash xossalari bog’liq bo’ladi.
24
Bo’yash jarayonida
tolali materiallar makromolekulalarining funksional guruhlari bilan
kovalent bog’lanish hosil qiladigan atomlar guruhlarini saqlovchi bo’yoqlar
faol bo’yoqlar deb nomlanadi. Bu bilan faol bo’yoqlar boshqa barcha
bo’yoqlar sinfidan farq qiladi, ular tolada asosan kovalent, vodorod yoki
ion bog’lanishlar orqali birikadi.
Bo’yash natijasida faol bo’yoq tola makromalekulasining bir qismi
bo’lib qoladi, shu sababli bunday ranglar ishqalanish, kimyoviy tozalash
va boshqa tashqi ta’sirlarga chidamli bo’ladi.
Faol bo’yoqlardagi xromoforlar nafaqat rang uchun, balki muhim
sifat ko’rsatkichlaridan biri yorug’likka chidamlilik, shuningdek
qaytaruvchilar, oksidlovchilar va boshqa fizik-kimyoviy ta’sirlarga
barqarorlik uchun ham javob beradi [21].
Monoxlortriazin
bo’yoqlarning
faolligi
dixlortriazin
bo’yoqlarnikidan yuqori bo’lmaydi, primidin halqasidagi xlor atomining
faolligi esa, sianurxlorid hosilalaridagi xlornikidan past bo’ladi.
Vinilsulfonli faol bo’yoqlar tarkibida faol xlor bo’lmaydi, shuning uchun
ular nukleofil o’rin olish reaksiyalariga kirishmaydi, sellyuloza bilan ular
nuklefil birikish mexanizmi bo’yicha refleksiyaga kirishadi. Bu bo’yoqlar
molekulalarining reaksion qismini SO
2
CH
2
CH
2
-O-SO
3
H guruhi tashkil
etadi [22].
Bo’yash jarayoning real sharoitlarida selluloza bilan asosiy va suv
bilan qo’shimcha reaksiyalar bir vaqda sodir bo’ladi, ba’zi faktorlar ikkala
jarayonni ham ya’ni bo’yoqning tola bilan bog’lanishi va suvli eritmada
uning giodrolizini tezlashtiradi. Shunga binoan, faol bo’yoqlarga quyidagi
qo’shimcha talablar qo’yiladi.
1) yuqori reaksion qobiliyat;
2) quruq holda va eritmada saqlashdagi ularning barqarorligi;
3) bo’yoq va tola orasida kovalet bog’lanishning mustahkamligi;
4) tolaga nisbatan yuqori substantlik darajasi.
21
Bo’yashning ratsional texnologiyasi ko’chirilganda va retseptura
tuzilganda bo’yoqning maksimal singishini va uning gidroliz natijasida
minimal yo’qotilishini ta’minlovchi parametrlarni (harorat, pH, jarayon
vaqti, elektrolitlar konsentrasiyasi va boshqalarni) to’g’ri tanlash talab
etiladi.
Faol bo’yoqlar shartli ravishda 3 guruhga bo’linadi; sellulozali tolalar
uchun mo’ljallangan bo’yoqlar; junni bo’yash uchun mo’ljallangan
bo’yoqlar; poliaminli tolalar uchun mo’ljallangan dispers bo’yoqlar. O’z
navbatida sellyuloza uchun mo’ljallangan faol bo’yoqlar bo’yash xususiyati
va usuli bo’yicha 3 guruhga bo’linadi:
1) Sovuqda bo’yaladigan bo’yoqlar (nomlanishi X harfiga ega),
kimyoviy tuzilishi bo’yicha ular dixlortriazinli bo’yoqlarga mansub bo’lib,
yuqori reaksion qobiliyatga ega.
2) iliq vannada (60% C) bo’yaladigan bo’yoqlar (nomlanishi T harfiga
ega), kimyoviy tuzilishi bo’yicha ular vinilsulfonli bo’yoqlarga mansub,
reaksion qobiliyati, bo’yicha esa di- va monoxlortriazinli bo’yoqlar orasida
oraliq holatni egallaydi.
3) issiq vannada (70-90
0
C) bo’yalgan bo’yoqlar (nomlanishi maxsus
belgiga ega emas), kimyoviy tuzilishi bo’yicha ular monoxlortriazinli
bo’yoqlarga mansub bo’lib, reaksion qobiliyati yuqoridagi guruh
bo’yoqlaridan past bo’ladi [22].
Gidrolizlangan bo’yoqning yuvilish darajasi bo’yicha faol bo’yoqlar
4 ta guruhga bo’linadi:
-yaxshi yuviladigan va oq fonga o’tmaydigan bo’yoqlar;
-qoniqarli darajada yuviladigan va oq fonga qisman o’tadigan bo’yoqlar;
-yomon yuviladigan va oq fonga o’tadigan bo’yoqlar;
-Juda yomon yuviladigan va oq fonga faol o’tadigan bo’yoqlar.
Faol bo’yoqlarning sellyuloza bilan ta’sirlanishi tola bilan
ta’sirlanish xarakteri bo’yicha faol bo’yoqlarning asosiy ikkita guruhi
mavjud. Ularning biri nukleofil o’rin olish reaksiyasiga kirishib,
22
sellyulozaning rangli murakkab efirini hosil qiladi. Ikkinchi nukleofil
birikish reaksiyasiga kirishib, sellyulozaning rangi oddiy efirini hosil
qiladi.
Vinilsulfon bo’yoqlar faqat faol shaklga o’tgandan keyin sellyuloza
va suv bilan reaksiyaga kirishadi.
Yuqorida tavsiflangan reaksiyalardan ko’rinadiki, sellyulozaning
bo’yoq bilan rangli birikmasi hosil bo’lishi bilan bir qatorda yana keraksiz
mahsulot – bo’yoqning gidrolizlangan shakli ham olinadi. Lekin gul bosish
jarayonida faol bo’yoqlar suvga nisbatan sellyuloza bilan yaxshiroq
reaksiyaga kirishadi, chunki Sell-O
-
ionlarining konsentratsiyasi suvdagi
OH
-
ionlaridan yuqori bo’ladi (sellyuloza gidroksillarining dissotsilanish
konstantasi suvnikidan katta). Sellyuloza gidroksili yuqori nukleofillikni
namoyon etadi, bu ham reaksiyaga o’z ta’sirini ko’rsatadi, suvning
gidroksili – OH
-
ga nisbatan sellyuloza bilan reaksiya 100 marta tez boradi.
Tolaning faol markazlari yaqinida sorbsiyalangan bo’yoqning yuqori
konsentratsiyasi hamda ularning tolaga diffuziyalanish qobiliyati sellyuloza
bilan faol bo’yoq orasidagi reaksiyaning borishi uchun qulay sharoit yaratib
beradi. Sell-O
-
ionlarining konsentratsiyasi ko’payishi bilan sellyulozaning
reaksion qobiliyati ortadi.
Faol bo’yoqlarning muhim xarakteristikalaridan biri ularning
eritmalardagi
barqarorligidir.
Eritmalardagi
ularning
holatini
barqarorlashtirish uchun turli barqarorlashtiruvchilar (stabilizatorlar), bufer
moddalar – mono – va dinatriyfosfatlar qo’shiladi. Bo’yovchi sistemalarga
– OH (kraxmal), - NH
2
, - CH guruhlarini saqlovchi moddalarni kiritish
tavsiya etilmaydi [24].
Do'stlaringiz bilan baham: |