I bob bo’yicha xulosa
Olib borilgan ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, paxta va
tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikasiya qilingan nitron asosidagi aralash
matolarni bo’yash va gul boshishga tayyorlashning fizik-kimyoviy
jarayonlarini o’rganish, bunda namlik yutishini oshishiga, elektrlanishini
kamayishiga bag’ishlangan dolzarb muammolar hal etilganligi va shu
bilan birga modifikasiyalangan nitron tolalarini to’qimachilik jihozlarida
qayta ishlash osonlashganligidan darak beradi.
Shu nuqtai nazardan to’qimachilik sanoatida ishlab chiqariladigan
paxta-nitron tolasi asosida aralash mato olindi va uning xossalari o’rganildi.
Tabiiy ipak chiqindilari bilan nitron tolasi modifikasiyalandi va ular orasida
kimyoviy bog’ hosil bo’lishi aniqlandi. Tayyorlangan aralash tolali matoning
gul bosish va yakunlovchi pardozlash jarayonlari o’rganish ham ilmiy,
ham amaliy ahamiyat kasb etadi.
44
II -bo`lim. Metodik qism
2.1.Foydalanilgan kimyoviy moddalar tavsifi
Faol bo’yovchi moddalarning asosiy xarakteristikasi
Jadval 2.1.
Bo’yovchi modda
nomi
Struktura formulasi
Ishlab
chiqaruvchi
DTS
Zarg’aldoq- 5R
Turkiya
Bercolin
Mol. massasi
889
Ochiq qizil 6B
Bezema
Mol. massasi
802
Binafsha- 4R
Turkiya
Bercolin
Mol. massasi
926
Ochiq ko’k 19K
Turkiya
Bercolin
Mol. massasi
626
45
Jadval 2.2.
Kimyoviy moddalar
nomi
Formulasi
Tashqi ko`rinishi
Natriy bisulfit
NaHSO
3
Oq kukun
Natriy karbonat
Na
2
CO
3
Oq rangli kukun
Magniy Xlor
MgCl
2
Oq rangli kukun
Natriy silikat
Na
2
SiO
3
Rangsiz,
qovushqoq
suyuqlik
Vodorod peroksid
H
2
O
2
Rangsiz suyuklik
oqarturuvchi
O`yuvchi ishqor
NaOH
O`yuvchi rangsiz
suyuqlik
Sulfat kislota
H
2
SO
4
Rangsiz,
qovushqoq
suyuqlik
OP-10
—
Sirt aktiv modda
OOM
—
Optik oqartiruvchi
modda
Mochevina
CO(NH
2
)
2
Oq donachalar
Aktiv bo’yovchi
modda
NaSO
3
–Kp–T–X
Dispers bo’yovchi
modda
Kp–SO
3
Na
3 g li xom namunaga quyidagi tarkib bo’yicha ishlov beriladi,
(g/l): Vanna moduli 1:30.
1. Na
2
SiO
3
- 30
2. SAM - 0,5
46
3. H
2
O
2
- 3
4. MgCl
2
- 1
Qaynatish — oqartirish jarayoni 95°C haroratda, 30 minut davomida
olib boriladi. Ishlov berilgan mato avval issiq suv keyin sovuq suv bilan
yaxshilab yuviladi va quritiladi.
2.2. Namunalarning oqlik darajasini aniqlash
Namunalarning
oqlik
darajasi
«Minolta» spektrofotometrida
aniqlandi. Spektrofotometr oq va qora etalonlar bo`yicha kolibrovka
qilinadi. Uning Data baza katagi bosiladi va spektrofotometrga qora maska
joylashtirilib Measure katagi bosiladi va bir oz poylab turiladi. Ekranda oq
etalonni
qo`yish
mumkinligi
to`g`risida
axborot
chiqgach,
spektrofotometrga oq etalon joylashtirilib yana Measure katagi bosiladi.
Ekranda kolibrovka tugaganligi haqida axborot chiqadi. So`ng quyidagi
amallar ketma-ket bajariladi: mato spektrofotometrga joylashtiriladi, YUS
katagi bosiladi - OREN — AS — WNAITEN. Ekranning tepa chap
tarafidagi birinchi tugma bosiladi. Ekranda o`lchanayotgan mato oqlik
darajasi qiymati to`rtta standart bo`yicha hisoblanib, son va grafik
ko`rinishda chiqadi. Talab qilinganda ularni qog`ozga ko`chirish mumkin.
2.3. Namunalarni kapillyarligini aniqlash
To`qimachilik materialining kapillyarlik darajasi uning ho`llanishiga
bog`liq bo`lib, bo`yash va gul bosish kabi jarayonlarda muhim o`rin tutadi.
Kapillyarlikni aniqlash uchun uzunligi 30 sm va eni 5 sm bo`lgan
namunalarning bir uchi kaliy bixromatning 3 g/l li eritmasiga tushirib,
ikkinchi uchi osib qo`yiladi. Suyuqlikning ko`tarilish balandligi chizg`ich
bilan o`lchanadi. Tekshirish 1, 5 ,10, 20, 30 minut va 1 soatda o`lchanib
boriladi. Yaxshi tayyorlangan matolarda suyuqlik bir tekis ko`tariladi,
47
yaxshi tayyorlanmagan to`qimachilik materiallarida buni aksini ko`rish
mumkin. Suyuqlikning bir tekis ko`tarilgan va eng yuqori nuqtasi orasidagi
farq matoning bir tekis tayyorlanganligi ko`rsatadi.
2.4. Paxta-modifikatsiyalangan nitron asosidagi matoni aktiv
bo`yovchi moddalar bilan bo’yash
Aktiv bo`yovchi moddalar bilan sellyulozali tolalarni bo`yash uchun
1-2 g og`irlikdagi oqartirilgan mato namunasi 30°C haroratda 1,5% li aktiv
bo`yovchi moddaning neytral eritmasiga shimdiriladi, 3-5 minut
shimdirilgach, siqiladi va 80°C haroratda quritish shkafida quritiladi.
So`ngra mato 2 qismga bo`linadi va birinchi namuna quyidagi tarkibli
eritmada 3-5 minut shimdiriladi va siqiladi: natriy karbonat — 2,0 g/l,
natriy xlorid — 30,0 g/l. Har ikki mato 15-20 minut davomida laboratoriya
bug`latgichida bug` bilan ishlanadi, iliq suv bilan yuviladi. So`ng
namunalar alohida-alohida stakanga solinib, 30 minut davomida sirt aktiv
moddaning 2 g/l li eritmasida qaynatiladi. Namunalar issiq va sovuq suv
bilan yuviladi va quritiladi. Tajribadan so`ng qaysi namuna yaxshi
bo`yalganligi aniqlanadi.
2.5. Sovun eritmasi ta`siriga rang mustahkamligini tekshirish
Katta bo`lgan aralash tolali matolar rangini sovun eritmasiga
chidamliligini tekshirish uchun, bo`yalgan yoki gul bosilgan mato
namunasini bir tarafiga shu matoni tashkil etuvchi, lekin oq holatdagi
namuna va ikkinchi tarafiga ishlatilgan bo`yovchi modda bilan bo`yalishi
mumkin bo`lgan boshqa mato namunasi tikiladi[44].
Rangning sovunga mustahkamlikni tekshirish vannasi moduli 50 ga
teng. Rangni sovunga mustahkamligini aniqlash uchun tarkibida 5 g/l
sovun bo`lgan eritma 40°C haroratgacha qizdiriladi. Shu vannada oldindan
tayyorlangan namunaga 30 minut davomida ishlov beriladi. Ishlovdan
so`ng namuna sovuq suvda chayilib quritiladi. Ishlov berilgan hamda
quritilgan namuna ranglari etalon bo`yicha baholanadi. Baho uch raqamdan
48
iborat bo`lib, ulardan birinchisi namuna rangini o`zgarganini, ikkinchi
namunaning o`ng tarafiga tikilgan oq matoning va uchinchisi namunaning
teskari tarafiga tikilgan oq namunaning bo`yalganlik darajasini bildiradi.
2.6. Rangni ishqalanishga bo`lgan chidamliligini tekshirish
Namuna ho`l va quruq holatda ishqalanishga chidamlilik darajasini
o`lchovchi asbobning old qismiga kiydirilib, metall uzuk bilan mahkamlab
qo`yiladi. Sterjenga oq rangdagi aralash mato namunasi kiydiriladi va
bo`yalgan mato yuzasida 10 marotaba bir tarafga va ikkinchi tarafga 10
marotaba yurgiziladi. Baholash natijasida ikkita sondan iborat bo`lgan ball
qo`yiladi. Birinchisi bo`yalgan matoni rangsizlanishiga va ikkinchisi oq
mato namunasini bo`yalganlik darajasiga tegishli ekanligini bildiradi.
Ho`l ishqalanishga chidamlilik tekshirilganda, sterjendagi oq mato
namunasi oldin ho`llanadi va ish yuqorida ko`rsatilgan tartib bo`yicha
davom etadi[44]
2.7. Aralash quyultiruvchilar tayyorlash uslubiyoti
Hajmi 250 ml bo’lgan kolbada 8 ml 30 % li gidrolizlangan akril
emulsiyasi eritmasi va 0,15% li uniflokdan o’lchab oldik. Ikkinchi xuddi
shunday kolbaga 58 ml suv o’lchab olib, ustiga texnik tarozida 5 g
karboksimetillangan kraxmal tortib olib, yaxshilab aralashtirdik. Hosil
bo’lgan eritmaga natriy metasilikat qo’shib kleyster hosil qilib,
gidrolizlangan akril emulsiyasi va uniflok eritmalarini quyib aralashtirdik.
Hosil bo’lgan aralashmani 85-90
0
C atrofida 15-20 minut aralashtirib turgan
holda qizdirdik. Aralashma bir jinsli bo’lgandan so’ng uni xona
haroratigacha sovutdik. So’ng turli nisbatlarda aralash quyultiruvchilar
tayyorladik.
49
II bob bo’yicha xulosa
Aralash tolalar asosida olingan matolar bo’yash, gul bosish va
yakunlovchi pardozlash jarayonlaridan o’tkazib, ularning xossalarini
o’rganish yuqorida ko’rsatilgan usullar yordamida aniqlandi,tajriba
natijasida xulosalarning bir-biriga yaqinligidan dalolat beradi.
Olib borilgan tajriba ishning natijasini tahlil qilib berishga qulayliklar
yaratadi. Matoning qator mustahkamliklar bo’yicha tajribalari metodik
jihatdan tahlil qilindi. Olib borilgan tadqiqot natijalaridagi tajriba xatoligi
1-2% ni tashkil qiladi.
50
III -bo`lim. Tajriba natijalari va ularning tahlili
3.1. Paxta va ipak tolali aralash matoni pardozlash
texnologiyasini yaratish
Ma’lumki, paxta tolasi o’rtacha 95 % sellyuloza va 5 % turli tabiiy yo’ldosh
moddalaridan tashkil topgan, undan tashqari matoni tayyorlash davomida
mexanik texnologiya jarayonlarini osonlashtirish maqsadida iplarni yigirishda
moylovchi moddalar bilan ishlov beriladi va mato to’qishdan oldin tanda iplari
oxorlanadi. Shunday qilib, qaynatishdan maqsad matoni chiqindilardan tozalash
va unga kapillyarlik berishdir. Aralashma matolarga pardoz berish
texnologiyasini yaratish sharoitini tanlashda kimyoviy moddalarga eng
ta’sirchan tashkil etuvchi xossalari nazarda tutiladi. Paxta va ipak aralashma
matodagi ipak iplari ishqoriy ishlovlarga chidamsiz bo’lganligi sababli bunday
agent sifatida natriy karbonat tanladik. Tajribalarda bo’yash va gul bosishga
tayyorlash eritmasidagi soda konstentratsiyasini matoning kapillyarligiga ta’siri
o’rganildi. Natriy karbonat miqdori quyidagicha tanlandi, g/l: 2, 6, 10, 14;
SAM miqdori o’zgarmas 2 g/l, T =95
0
C, qaynatish vaqti 60 min tashkil etdi.
Olingan natijalar 3.1-rasmda keltirildi. Kapillyarlik matoning tanda iplari
yo’nalishida o’lchandi.
51
Izоh: b.m. –C= Na
2
CO
3
– 3g/l,
3.1– rаsm. Aralash tolalar kapilyarligining Na
2
CO3 konsentratsiyasiga
bog’liqligi
1 – pаxtа + nitrоn; 2 – Pаxtа; 3 – Pаxtа + ipak, 4- ipak+nitron.
Olingan natijalarni tahlili asosida qaynatish eritmasidagi soda miqdorini 5 g/l
qilib tanladik, chunki bunda o’rganilgan SAM li eritmalari ta’sirida yetarli
darajadan ortiq kapillyarlikka erishildi. Keyingi tajribalarda o’zgarmas 5 g/l li
soda olib, SAM (metaupon, sulfonol) konstentrastiyasini mato oqligiga ta’siri
o’rganildi.
3.2-rasm. Namunalarning оqlik dаrаjаsining Na
2
CO
3
konsentratsiyasiga
bog’liqligi
1 – pаxtа + nitrоn; 2 – Pаxtа; 3 – Pаxtа + ipak, 4- ipak+nitron.
SAM konstentrastiyasi ortishi bilan mato kapillyarligi ham ortib
bormoqda, lekin kapillyarlik me’yorini (h =130mm/soat) inobatga olib, hamda
iqtisodiy nuqtai nazaridan ham SAM konstentrastiyasini oqlik darajasiga
ta’siri bo’yicha ko’rinib turibdiki 79,8 % ni tashkil etdi.
52
Oq holatda yoki gul bosilgan holatda ishlab chiqariladigan aralashma
matolarning oqlik darajasini oshirish tanlangan qaynatish eritmasi tarkibiga
vodorod peroksid qo’shishni taklif etdik. Olingan natijalardan ko’rinib
turibdiki, qaynatish eritmasidagi peroksid matoning kapillyarligi va oqligiga
ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Vodorod peroksid konstentrastiyasini SAM eritma
uchun 1,5 g/l deb tanladik, bunda matoning oqlik darajasi 83 % gacha
ko’tarildi.
3.2. Paxta-nitron matolarni bo’yash va gul bosishga tayyorlash
texnologiyasi
Yangi assortimentlarni yaratish asosan tolalar aralashmasidan
foydalanishga asoslangan. Bunda kelib chiqishi, fizik-mexanikaviy va
kimyoviy xossalari bo`yicha bir-biridan keskin farqlanadigan tolalardan
aralashma mahsulot komponentlari sifatida foydalanish o`ta talabchan
xaridorni ham qoniqtirishi mumkin, lekin bunday aralashmani pardozlash
jarayoni murakkab hisoblanadi. Tarkibida tabiiy va kimyoviy tolalar
aralashmasi bo`lgan assortimentli mahsulotlar o`ziga xos pardozlash
jarayonlarini talab etadi. Hozirgi kunda bunday aralashmani bo`yash va gul
bosishga tayyorlashning optimal sharoitlarini yaratish muhim vazifa
hisoblanadi. Dunyo tajribasida to`qimachilik mahsulotlarini aralash
tolalardan tayyorlashda quyidagi tarkiblar keng qo`llaniladi: Paxta-lavsan,
Paxta-viskoza, paxta-poliakrilonitril, jun-poliakrilonitril, Paxta-kapron,
lavsan-zig`ir tola, jun-lavsan, jun-kapron, lavsan-paxta.
Respublikamizda poliakrilonitril - nitron tolasini ishlab chiqarilishi,
hamda undan ratsional foydalanish davlatimizning ustivor vazifalaridan
biridir. Nitron tolasini ishlatilish sohasini kengaytirish maqsadida uni
modifikatsiyalash va boshqa tolalar bilan aralashma mahsulotlarning
komponenti sifatida foydalanish vazifani yechimi yo`llaridan biridir.
O`zbekiston Paxta va tabiiy ipak tolalarini ishlab chiqaruvchi davlatlar
qatorida turadi. Bu tolalardan olinadigan mahsulotlarning sifatlarini
53
yaxshilash, hamda xizmat qilish muddatini cho`zish orqali iqtisodiy
samaradorlikka erishish mumkin.
Tabiiy ipak chiqindilarini chet elga eksport qilishdan uni Respublika
to`qimachilik sanoatida qo`llash orqali xaridorgirligini oshirishga, hamda
undan foydalanish sohasini kengaytirishga erishiladi. Nitron tolasini tabiiy
ipak chiqindilari eritmasi bilan modifikatsiyalash orqali tolaning
gigroskopligi, elastikligi, sorbsion xossalari yaxshilanadi, elektrlanishi
kamayadi. Tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikatsiyalangan nitron tolasini
nafaqat kation bo`yovchi moddalari bilan, balki bir qator anion bo`yovchi
moddalar bilan bo`yash imkoniyati paydo bo`ladi. Bu esa o`z navbatida
bunday toladan Paxta tolasi bilan birgalikda aralashma mahsulot ishlab
chiqarishda qo`llash imkonini beradi[36].
Paxta-nitron tolalari aralashmasidan iborat mahsulotlarini ishlab
chiqarish, ularni bo`yash va gul bosishga tayyorlash, bo`yash hamda gul
bosish jarayonlarini o`rganishga ko`pgina ishlar bag`ishlangan bo`lib, bu
ishlarda aralashma mahsulotlarni bo`yash uchun bo`yovchi aralashmasi va
bir sinfga mansub bo`yovchi modda taklif etilgan.
Mazkur magistrlik ilmiy ishida nitron xususiyatini tabiiy tolanikiga
yaqinlashtirish maqsadida tola tabiiy ipak chiqindisi eritmasi bilan
modifikatsiyalandi va uning ishlatilish sohasini kengaytirish yo`lida
modifikatsiyalangan nitron tolasi bilan paxta aralashmasidan yangi turdagi
assortimentlar yaratilib, ularni pardozlash muammolari o`rganildi.
Paxta tolasini bo`yash va gul bosishga tayyorlash kuchli ishqoriy
sharoitda olib boriladi. Lekin bu sharoitda nitron tolasi destruktsiyaga
uchraydi va uning modifikatori tabiiy ipak ham yuqori haroratda, ishqoriy
sharoitda erib ketadi. Shunga ko`ra, Paxta va modifikatsiyalangan nitron
tolalari aralashmasidan iborat yangi assortimentdagi mato namunalarini
bo`yash va gul bosishga tayyorlash kuchsiz ishqoriy va kislotali muhitda
olib borildi. Oqartirish jarayonida vodorod pereoksidning stablizatori
sifatida arzon, ekologik toza, kam silikatli stablizator ishlatildi. Aralashma
54
tarkibidagi har bir komponentni kimyoviy reagentlarga bo`lgan ta`sirini
o`rganish maqsadida tajribalarni birinchi bosqichi quyidagi kalavalar
ustida olib borildi:
- tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikatsiyalangan nitron tolasi;
- Paxta + modifikatsiyalangan nitron;
- Paxta+nitron
- ipak;
- Paxta;
- nitron.
Nitron tolasi modifikatori tabiiy ipakni, aralashmani bo`yash va gul
bosishga tayyorlash jarayonidan so`ng, saqlanib qolganligini aniqlash
maqsadida barcha kalava namunalari azot kislotasi eritmasiga solindi.
Olingan natijalar 3.1- jadvalda keltirilgan.
Jadval 3.1.
Azot kislotasi eritmasini tola rang intensivligiga ta`siri
Namunalar
Rang intensivligi, K/S
Modifikatsiyalangan nitron
2
Paxta / modifikatsiyalangan nitron
1,7
Paxta+nitron
0
Ipak
15
Paxta
0
Nitron
0
Jadvaldagi ma`lumotlardan ko`rinishicha nitron tolasi 0,5% li tabiiy
ipak chiqindisi (TICH) eritmasi bilan modifikatsiyalanganda ham tolaning
rang intensivligi o`zgarar ekan.
Aralashma mahsulot tarkibida Paxta tolasini borligi hamda asosiy
yog` va yog` birikmalari, azot moddalar, tabiiy rang pigmentlari Paxta
tolasida bo`lishini inobatga olib aralashmani bo`yash va gul bosishga
tayyorlash jarayonini ip-gazlamalarni shu jarayonlarga tayyorlash kabi olib
55
borish maqsadga muvofiq keladi. Shu bilan birga ma`lumki, ishqor
eritmasida (3-5% li) tabiiy ipak erib ketadi. Modifikatsiyalangan nitron
tolasi tarkibidagi tabiiy ipakni ishqor ta`sirida aralashma tarkibida saqlanib
qolishini tekshirish maqsadida nitron, TICh bilan modifikatsiyalangan
nitron, hamda tabiiy ipak tolalari 3 % li NaOH eritmasida qaynatildi va
eritmaga qo`rg`oshin atsetat solindi. Bunda tabiiy ipak NaOH ta`sirida
darhol erib ketdi va qo`rg`oshin atsetat solingach oq cho`kmalar hosil
bo`ldi. Nitron tolasi sarg`ayib ketdi (K/S=18) va cho`kma hosil bo`lmadi.
Modifikatsiyalangan nitron tolasining rangi yanada intensivroq (K/S=36)
bo`lib, bunda qo`rg`oshin atsetat solingach eritmada cho`kma hosil
bo`lmadi. Demak, bundan nitron tolasi TICh bilan modifikatsiyalanganda
oqsil va nitron orasida mustahkam kimyoviy bog`lar vujudga kelishi
mumkin degan xulosaga kelish mumkin.
Ma`lumki yigirish jarayonida hamda mato va trikotaj polotnolarini
tayyorlashda iplarga ohorlovchi moddalar surtiladi. Pardozlashda esa
ohorsizlantirish jarayoni olib boriladi. Ohorsizlantirish jarayoni ishqoriy va
kislotali muhitlarda olib borilishi mumkin. Ishqoriy muhitda nitron va
modifikatsiyalangan nitron tolasini sarg`ayib ketishini inobatga olgan holda
namunalar kislotali sharoitda ohorsizlantiriladi.
To`qimachilik mahsulotlarini oqartirish uchun vodorod peroksiddan
keng foydalaniladi. Vodorod pereoksid bilan ishqoriy va kislotali
muhitlarda oqartirish jarayonni olib borish mumkin, yuqorida keltirilgan
mulohazalar asosida oqartirish jarayoni kislotali muhitda olib borildi.
Mahsulotlarni bo`yash va gul bosishga tayyorlash jarayoni uch yo`l bilan,
ya`ni faqat ohorsizlantirish, faqat oqartirish, oldin ohorsizlantirish so`ng
oqartirish ketma-ketligida olib borildi.[46] Qaynatish-oqartirish jarayonlari
bir vannada olib boriladi. Ma`lumki, bo`yash va gul bosishga tayyorlash
jarayonlarining
sifati
kapillyarlik,
oqlik
darajasi
va
uzilishdagi
mustahkamligi orqali baholanadi. Olingan natijalar natijalar shuni
ko`rsatadiki, ya`ni to`qimachilik mahsulotlarini kislotali usullarda tajribalar
56
olib borilganda yetarli miqdordagi oqlik darajasiga erishildi. Yuqoridagi
tajribalarning natijalari 3.2 — jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |