1
Reja:
Kirish.
I-bob. MDH davlatlarida neolit va enolit davrlarini o’rganilishi
1.1. Neolit va Enolit davrlarni vujudga kelishi, MDH davlatlarida so’ngi tosh davri
yodgorliklarini topilishi ……………………………………………………..
1.2. Neolit davriga oid Hisor, Kaltaminor,
Joyitun madaniyati
……...………
II-bob. MDH davlatlarida neolit va enolit davri arxeologiyasi
2.1. Rossiyada neolit davri manzilgohlarini o’rganilishi………………………..
2.2. Janubiy Turkmanistonda eneolit davri yodgorliklari ……………………….
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
2
Kirish
Qadimdan ma’lumki tarixni o’rganishda davrlarga bo’lib o’rganiladi. MDH
davlatlarida Neolit va Enolit davrlarini o’rganishda arxeologlar, antrapologlar,
tarixchilar yordamida o’rganiladi. Tarixdan ma’lumki “Millatlar Hamdo’stligi” ga
1991 – yil SSSR parchalangandan keyin dastlab 11 ta davlatlar unga a’zo bo’lgan.
Ushbu davlatlar mustaqil bo’lgandan so’ng ko’plab davlat rahbarlari tomonidan
xalqining qadimgi tarixini o’rganish bo’yicha bir qancha qonun qoidalar qabul
qilindi. Xususan O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov ham
1998 – yil barcha tarixchilarni to’plab yurtimizni qadimgi tarixini tiklash uchun
barcha shart sharoitlar yaratib berilishini va haqqoniy tariximizni tiklashimizni
buyurdi. Shundan boshlab xalqimizni keng tarixi, qadimgi davrga oid manzilgohlar
ham o’rganilib kelinmoqda. Yurtimizda yangi tosh davriga oid bir qancha
manzilgohlar topilgan.
SSSR arxeologiya instituti olimlari ham Neolit va Enolit davrini yaxshi
o’rganishgan vas shu davrda ham ko’plab manzilgohlar, qadimiy topilmalar
topilganligi ko’plab rus manbalarida uchraydi. Neolit davri uzoq davom etgan tosh
asrining so’nggi va yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Neolit yunoncha, «neos» -
yangi, «litos» - tosh degan so’zlardan tarkib topgan bo’lib, u «yangi tosh» davri
degan ma’noni anglatadi. Arxeologiya faniga neolit tushunchasini 1865 yilda ingliz
arxeologi Lebbok olib kirgan. Neolit davri miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklarni o’z
ichiga oladi. Arxeologlar neolit davrining boshlanishini sopol idishlar yasashni
kashf etilishi bilan belgilaydi. Neolit davrini ikki bosqichga: ilk va so’nggi neolit
davri bosqichlariga bo’lish mumkin.
Neolit davrining ob-havosi hozirgidek bo’lib, iqlim kishilarning keng
hududlarga tarqalishi va joylashishi uchun imkon bergan. Natijada keng hududlarga
o’rnashgan odamlar guruhi turli tabiiy sharoitga moslashgan va alohida madaniyat
yaratgan. Turli geografik muhit va sharoitdan kelib chiqib, ularning mehnat
qurollari, uy-ro’zg’or buyumlari turar joylari va ho’jaliklari ham har xil shaklga ega
bo’lgan. Bu esa ho’jalikning notekis rivojlanishiga sabab bo’ladi. Janubiy
o’lkalarning serhosil erlarida yashagan kishilar ho’jalikning dehqonchilik,
chorvachilik va hunarmandchilik shakllarini rivojlantirgan. Bu davr ho’jaligi ishlab
chiqaruvchi ho’jalik deb atalib, unda nafaqat tabiatdan tayyor mahsulotlar
o’zlashtirilgan, balki chorvachilik va ziroatchilik orqali ehtiyoj uchun qo’shimcha
oziq-ovqatlar yaratilgan. Masalan, hayvonlarni qo’lga o’rgatish orqali chorva
mollariga ega bo’linishi; yovvoyi o’simliklarni madaniylash-tirish va boshoqli don
ekinlari ekishga o’tish va hakozo.
Rossiya hududidagi neolit davri manzilgohlari XX asrning 20-yillaridan
o’rganila boshlangan. Moskvadan 40 km shimolda, Klyazma daryosi qirg’og’i
bo’yida joylashgan Lyalovo qishlog’idan topilgan manzilgoh 1922-1923 yillarda rus
arxeologlari B.S. Jukovva B.A. Kuftinlar tomonidan o’rganilgan. Bu yerdan
3
topilgan sopol buyumlar o’sha vaqtda sobiq Ittifoq hududidagi eng qadimiy va ilk
topilma hisoblangan.
MDH davlatlarining ba’zilari Markaziy Osiyo hududida neolit davri odamlari
ovchilik dehqonchilik va chorvachilik bilan qisman esa hunarmandchilik bilan
shug’ullangan. Markaziy Osiyo janubiy hududlarida, Kopetdog’ (Turkmaniston)
etaklarida dehqonchilik va ilk chorvachilik qaror topadi. Katta-kichik daryolar va
ko’llar sohilida ovchilik va chorvachilik, dehqonchilik qaror topishi insoniyat
tarixida buyuk burilish yasadi va ko’plab kashfiyotlarga turtki bo’ldi.
Bu davrdan so’ng tarixchilar ya’na bir davrni ya’ni Enolit davri deb olishadi.
Ma’lumki, eneolit davrida Markaziy Osiyo aholisi madaniyati bir bosqich yuqori
ko’tarilgan. Lekin ularning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti bir xil darajada bo’lmagan.
Bu davrda unumdor xo’jalikka asoslangan qabilalar tezroq rivojlangan. Qo’shimcha
ho’jalik bilan mashg’ul bo’lgan kishilar madaniy jihatdan bir necha yuz yillar orqada
bo’lgan. Urug’ munosabatlari ham tobora taraqqiy topib, kengaya boshlagan. Endi
kichik-kichik oilalardan iborat bo’lgan urug’ makonlari o’rniga bir necha urug’lar
yashagan yirik manzillar paydo bo’ladi, ular jamoa birlashmalarini tashkil etadi.
O’troq hayot ko’nikmalarini egallayotgan qabilalarning xom g’ishtdan yoki
paxsalardan qurilgan katta-katta uylari paydo bo’ladi. Yirik jamoa birlashmalari
yashagan makonlardan ko’plab mehnat ov qurollari, zeb-ziynat buyumlari topilgan.
Moddiy topilmalar ichida ayollarning ijtimoiy hayotdagi e’tibori va mavqeini
ko’rsatuvchi haykalchalari ham bo’lgan.
Eneolit makonlari yer yuzining turli nuqtalari – Xitoy, Eron, Markaziy Osiyo,
Ukraina, Bolgariya, Gretsiya, Frantsiya, Germaniya hududlaridan topib o’rganilgan.
Xususan MDH davlatlarining Ukrainada Tripole madaniyati, Kavkazortida
Shengavit, Turkmanistonda Anov, Nomozgoh makonlari eneolit davriga mansubdir.
Hozirgi kunda MDH davlatlarida qadimiy davrlarni o’rganish bo’yicha kotta
izlanishlar olib borilmoqda. Arxeolog olimlar juda ko’plab shu davrga oid
maskanlarni topip tarixga yangiliklar olib kirishmoqda.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |