Reja kirish I bob Fel haqida tushuncha


Bo’lishli-bo’lishsizlik kategoriyasi



Download 69,27 Kb.
bet9/22
Sana27.05.2023
Hajmi69,27 Kb.
#944608
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
Fellarda zamon ko\'chishi haqida malumot

Bo’lishli-bo’lishsizlik kategoriyasi

Bo’lishli-bo’lishsizlik – fe’lning asosiy belgisidan biri. Chunki fe’l nutqda yo bo’lishli, yo bo’lishsiz shaklda bo’ladi. Bo’lishli shakl yuz berganG’berayotganG’beradigan, bo’lishsiz shakl esa yuz bermaganG’bermayotganG’bermaydigan harakatni ifodalaydi. Bo’lishli-bo’lishsizlik ma’nosini ifodalashda geterogen (har xil) tabiatli, ya’ni turli sathga mansub lisoniy birliklar ishtirok etadi. [-ma], [-may], [-maslik] morfologik ko’rsatkichidan tashqari, [na] nomustaqil so’zi ham ishtirok etadi. Ayrim adabiyotda [yo’q], [emas] inkor ifodalovchi so’zlarni ham shu siraga kiritadilar. Bu fikrga qo’shilib bo’lmaydi. Chunki zikr etilgan so’zlar fe’l kesim vazifasida kelgandagina inkor ifodalaydi va bu ma’noni ifodalash uchun fe’l bilangina cheklanmaydi. To’g’ri, nutqimizda kelgani yo’qligini bilmayman tipidagi qurilmalarda [yo’q] so’zi ishtirok etadi. Biroq bu qurilma Kelgani yo’q predikativ sintagmasining transformatsiyasi. Demak, baribir, [yo’q] so’zi kesimlikning inkor shakli bo’lib qolaveradi.


[Emas] inkor shakli haqida ham shunga o’xshash fikrni aytish mumkin. Ba’zan undan qiyoslanayotgan ikki harakatdan sifatdosh, ravishdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan harakatning inkorini ifodalash uchun foydalanilishi aytiladi: Kulib emas, jiddiy gapirdi. Qarashi emas, kulishi chiroyli. Bunday qurilmalar ham predikativ sintagmaning qisqaruvi natijasi: Kulib gapirdi emas, jiddiy gapirdi. Qarashi chiroyli emas, kulishi chiroyli.
Bo’lishli-bo’lishsizlik kategoriyasining UGMsi «harakatning sodir bo’lishG’bo’lmasligini ko’rsatish»dir. Bu kategoriyaning semantik qiymati bo’lib, uning sintaktik tomoni kuchsiz. Chunki u o’zi birikayotgan so’zning birikish imkoniyatiga juda oz ta’sir qiladi (ya’ni uning hech, hech qachon birliklari bilan birikuviga olib keladi, xolos).
Bo’lishlilik nol shakl orqali ifodalanadi. Bu nol shakl ham boshqa kategoriyalar nol shakli kabi xususiyatga ega bo’lib, bo’lishsizlikni ham ifodalashi mumkin. Masalan, Yozadi-ya, yozadi («yozmaydi» ma’nosida).
[-ma] affiksi fe’lning tuslangan va sifatdosh shaklida bo’lishsizlikni ifodalash uchun ishlatiladi: 1.Sevgi menga bo’ylama, Mehring bilan siylama. (M.Yusuf.) 2.Bu erlarga nega keldim men, qiziqmasam unut chiroyga. (A.Orip.) 3.O’qimagan odam, yurmagan mashina.
Bo’lishsizlik fe’lning harakat tarzi shakllarida uch xil qo’llanadi:
1) etakchi fe’lga qo’shiladi: (yozmay tur);
2) ko’makchi fe’lga qo’shiladi: (yoza ko’rma);
3) har ikkalasiga qo’shiladi: (yozmay qo’yma).
Uchinchi ko’rinishda shakliy-ma’noviy nomuvofiqlik yuz berib, bo’lishsiz shakl bo’lishlilikni ifodalaydi.
[-mayG’masdan] bo’lishsizlik ko’rsatkichi fe’lning ravishdosh shakliga xos. Uni ravishdosh shakli sifatida ajratishning bir nechta asosi bor. Masalaga tarixiylik nuqtai nazaridan yondashilsa, uning –maQy tarkibli emasligi oydinlashadi. Turkiy tilda O’rxun-Enisey yodgorliklaridan tortib XV asrgacha bo’lishsiz ravishdosh shakli [-mazib], [-madin], [-mayin] va h. ko’rinishida bo’lgan. O’zbek tilidagi [-may] qo’shimchasidagi y mana shu qadimiy [-mazib], [-madin], [-mayin] qo’shimchasi tarkibidagi ikki tish oralig’ida talaffuz etiluvchi [z] va uning boshqa turkiy tillardagi muqobili bo’lgan [d], [t] ga nisbat beriladi. Demak, [-may] qo’shimchasi [-mazib], [-madin], [-mayin] qo’shimchasi tarkibidagi -ib, -in qismlarining tushib qolishi natijasida hosil bo’lgan. Tadqiqotchilar fikriga ko’ra, [-may] bo’lishsizlik shaklidagi [-y] tovushi bilan o’qiy so’zidagi [-y] boshqa-boshqa manbalardan kelib chiqadi: o’qi-ya – o’qiy, bar-mazib – bor-may. Ko’rinadiki, bormaydi, o’qimaydigan fe’l shakllaridagi (-ma) va (-y) qo’shimchalari alohida-alohida grammatik ko’rsatkich. Bunda (-ma) bo’lishsizlik, (-y) esa kelasi zamon shakli.
Fe’lning harakat nomi uchun bo’lishsiz shakl [-maslik] ko’rsatkichi: ketish – ketmaslik, aytish – aytmaslik, ko’rinmoq – ko’rinmaslik kabi.
Demak, bo’lishli-bo’lishsizlik kategoriyasining UGMsi «harakatning sodir bo’lishG’bo’lmasligini fe’l birikuvchanligiga kuchsiz ta’sir ko’rsatish asosida ifodalash» bo’lib, bu UGM [0], [-ma], [-mayG’masdan], [-maslik] ko’rsatkichlari orqali ifodalanadi.
Bo’lishli-bo’lishsizlik fe’lga nisbatchalik mutlaq va doimiy belgi emas. Chunki nisbatini yo’qotgan fe’llar (ko’ra, osha) fe’llikdan chiqib ketadi. Lekin fe’lning ayrim shakllari, xususan, maqsad ravishdoshi (o’qigani, borgani), ayrim harakat tarzi shakllari (yiqilayozdi, tugatayozdi) to’laqonli fe’l bo’lsa-da, bo’lishsiz shaklda yuzaga chiqmaydi. Bu bo’lishli-bo’lishsizlik kategoriyasi fe’l tasniflovchi kategoriyalari sirasida nisbat kategoriyasidan keyin turishini bildiradi.

Download 69,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish